Muhandislik-texnologiya


b) Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə47/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   193
Falsafa

b) Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi.
Borliqdagi har bir narsa yoki hodisa qarama-qarshi tomonlarning birligidan iborat bo’ladi. Ana shu bir-birini taqozo etuvchi va o’zaro bir-birini inkor qiluvchi tomonlar o’rtasidagi munosabat ziddiyat deb ataladi. Xuddi shu ziddiyat, qarama-qarshi tomonlar o’rtasidagi kurash, rivojlanishning sababi, uning manbayi hisoblanadi.
Buni tushunib olish uchun ,,ayniyat“, ,,tafovut“, ,,ziddiyat“, ,,qarama-qarshilik“ kabi tushunchalarning o’zaro munosabatlarini bilish lozim.
Narsa va hodisalardagi o’zaro o’xshash tomonlar birligi ayniyat deyiladi. Ayniylik — narsa va hodisalarning tomonlari va xususiyatlarining birga mavjudligini ifodalaydi. Har bir narsa yoki hodisada ayniylik bilan birga tafovut ham mavjud bo’ladi. Tafovut — narsa va hodisalar tomonlarining har birining farq qiluvchi jihatlarining ifodalanishidir. Tafovutlarning rivojlanishi ziddiyatning kelib chiqishiga olib keladi. Tafovutlar o’rtasidagi ziddiyatlar kuchayib qarama-qarshiliklarga aylanadi.
Falsafada qarama-qarshilik deb borliqdagi narsa, hodisa va jarayonlarning bir-birini istisno qiladigan, shu bilan birga, birbirini taqozo etuvchi tomonlari, tamoyillari va kuchlarining o’zaro munosabatlari tushuniladi. Umuman, qarama-qarshiliklarni, ular orasidagi ziddiyatlarni o’rganish harakat, o’sish, o’zgarish, rivojlanishning sabablarini bilishda muhim ahamiyatga ega.
Har qanday narsa va hodisalarning o’zgarishi, rivojlanishi ulardagi mavjud ziddiyatlar birligi va kurashi natijasida yuz beradi. Ziddiyatlar rivojlanib, keskinlashgan holatida hal qilinmasa, konfliktga aylanishi mumkin. Ziddiyatlarning hal qilinishi o’zgarish va rivojlanishga, eski narsa yoki hodisa o’miga yangi narsa va hodisa paydo bo’lishiga olib keladi. Organik, noorganik olam, ijtimoiy hodisalardagi o’z-o’zini boshqarish, tashkil etish imkoniyatlari ham muayyan ziddiyatlar yuzaga kelishi bilan bog’liq.
Ziddiyatlar juda xilma-xildir. Ular narsa va hodisalarning harakati va rivojlanishida turlicha rol oynaydi hamda har xil vazifani bajaradi. Ular, odatda, ichki va tashqi, asosiy va asosiy bo’lmagan antagonistik va noantagonistik ziddiyatlarga bo’lib o’rganiladi.
Ichki ziddiyat — narsa va hodisalarning o’z ichidagi qaramaqarshi tomonlar, kuchlar o’rtasidagi ziddiyatlardir. Tashqi ziddiyat esa, bir-biridan nisbatan mustaqil narsalar va hodisalar o’rtasidagi ziddiyatlardir.
Ichki va tashqi ziddiyatlarni bunday bo’lish nisbiy xarakterga ega. Chunki, bir munosabatda ichki ziddiyat, boshqa munosabatda tashqi ziddiyat bo’lishi mumkin. Masalan, turli tuzumdagi davlatlararo ziddiyat tashqi ziddiyat, ammo kishilik jamiyati miqyosida olinsa, ular ichki ziddiyatlardir.
Rivojlanish jarayonida ichki va tashqi ziddiyatlar bir xil rol oynamaydi. Rivojlanishning mohiyatini asosan ichki ziddiyat belgilaydi.Tashqi ziddiyatlar rivojlanishga bilvosita, ya’ni ichki ziddiyatlar orqali ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Narsa va hodisalaming mohiyatini, ularning kelib chiqish va rivojlanish qonuniyatlarini belgilab beradigan ziddiyat asosiy ziddiyat deyiladi. Asosiy ziddiyat taraqqiyotda hal qiluvchi rol oynaydi va boshqa barcha ziddiyatlarga ta’sir ko’rsatadi. Asosiy bo’lmagan ziddiyatlar esa narsa va hodisalarning ma’lum bir taraqqiyot bosqichida mavjud bo’lib, ularning mohiyatini belgilamaydigan, rivojlanishini o’zgartirish kuchiga ega bo’lmagan ziddiyatlar bo’lib, ta’siri konkret vaqtga va sharoitga bog’liqdir.
Ziddiyatlarning qaysi bid asosiy va asosiy emasligini aniqlash rivojlanishning sabablarini to’g’ri belgilashning yo’lidir. Asosiy ziddiyatni mavjud ziddiyatlar orasidan topish uchun ziddiyatlarni vujudga keltirgan sharoitni, vaziyatni, bundagi qarama-qarshi tomonlarni va ular birligidan tashkil topgan narsaning mohiyatini, har bir ziddiyatning shu mohiyatga boigan munosabatini aniqlash lozim. Asosiy ziddiyatlarni aniqlash esa, ijtimoiy amaliyot natijalarini tafakkur orqali analiz va sintez qilish natijasida amalga oshadi.
Asosiy ziddiyatlar bir nechta bo’lganda, ular orasida albatta bu bosh ziddiyatni tashkil qiladi. Bosh ziddiyat deb, rivojlanishning u yoki bu bosqichi mohiyatini belgilab, asosiy ziddiyatlar tarkibida muhim o’rin tutadigan, ularga nisbatan taraqqiyot jarayonida belgilovchi rol oynaydigan ziddiyatga aytiladi. Ijtimoiy taraqqiyotda bosh ziddiyatni to’g’ri aniqlash, mamlakat taraqqiyotini to’g’ri belgilab olishda muhim ahamiyatga ega.
Jamiyat hayotiga xos ziddiyatlarni tahlil qilganda, yana antagonistik va noantagonistik ziddiyatlarni ham farq qilish zarur. Antagonistik ziddiyatlar jamiyatdagi manfaatlari bir-biriga tubdan zid bo’lgan kuchlar, ijtimoiy guruhlar va tabaqalar o’rtasidagi ziddiyatlardir. Noantagonistik ziddiyatlar jamiyatdagi manfaatlari bir-biriga mos keladigan yoki manfaatlarini o’zaro kelishtirish mumkin bo’lgan ijtimoiy guruhlar va tabaqalar o’rtasidagi ziddiyatlardir. Antagonistik ziddiyatlar konfliktlarga olib kelishi ham mumkin. Bunday holda, ular bir tomonning mag’lubiyati va ikkinchi tomonning g’alabasi bilan hal qilinadi. Umuman, hamma ziddiyatlarni o’z vaqtida hal qilib borish zarur, aks holda ularning keskinlashib borishi kutilmagan oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Jamiyat hayotidagi ziddiyatlar xilma-xil shakl va usullar bilan bartaraf etilishi mumkin: ulardan ba’zilari eskining yemirilib borishi va yangining qaror topib borishi asosida hal qilinib borilsa, boshqalari ayni shu ziddiyatlarni tashkil qilgan qarama-qarshi tomonlarni o’zaro kelishtirish, murosa-yu madoraga keltirish, bir-birlari bilan o’zaro siyosiy muzokaralar olib borish, bitimlar tuzish, hamjihatlik va hamkorlikka erishish yo’llari bilan bartaraf etilishi va shu asosda taraqqiyotni ta’minlashi mumkin.
Hozirgi davrda murosa (konsensus) usuli jamiyat taraqqiyotida muhim rol oynamoqda. Ayniqsa, uzoq muddatlar davomida birbiriga qarama-qarshi bo’lib kelgan davlatlar, jamiyatdagi qaramaqarshi tomonlar, kuchlar, ijtimoiy guruhlar, harakatlar va partiyalar o’rtasidagi ziddiyatlarni jamiyatning umumiy manfaatlaridan kelib chiqib hal qilishda bu usul juda qo’l kelmoqda. Bu usul jahon xalqlarining milliy totuvlikka, o’zaro hamkorlikka, hamjihatlik va birlikka, barqarorlikka erishishida ham muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. Konsensus usuli o’zaro tinch yo’l bilan olib borilayotgan muzokaralar, muloqotlar, referendumlar, xalqaro huquq normalari asosida ma’lum bir bitimga kelishuvlar, demokratik tamoyillar asosida eng muhim hujjatlar qabul qilish orqali olib borilmoqda.
Har bir sohadagi ziddiyatlaming o’ziga xos hal bo’lish shakllari mavjud. Tabiatdagi ziddiyatlar, odatda, stixiyali — o’z-o’zicha paydo bo’lib, rivojlanib, so’ng o’zlariga xos qonuniyatlar asosida hal etiladi. Jamiyatda esa, ziddiyatlaming paydo bohishi, rivojlanishi va hal qilinishi kishilar tomonidan amalga oshiriladi.
Umuman olganda, harakat, o’zgarish va rivojlanish jarayonida turli-tuman ziddiyatlar paydo bohishi, ular turlicha hal qilinishi mumkin. Bu bilan ziddiyatlar butunlay tugamaydi. Eskilari o’rniga yangilari paydo bo’lib, ular ham ma’lum vaqtdan so’ng eskirib, o’rnini yana yangilari olib, shu asosda rivojlanish cheksiz davom etaveradi.
Ziddiyatlar kurashi asosida amalga oshadigan rivojlanish asosan progressiv yo’nalishda boradi. Buning sababi — vorislik, davomiylikdir. -

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə