Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə43/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   193
Falsafa

Shaxs va jamiyat. Faollik va doimiy kamolotga intilish bilan bir qatorda shaxsning muhim xususiyatlaridan biri uning erkinligidir. Erkinlikning yo’qligi turli ko’rinishlarda namoyon bo’lishi mumkin: qullik, krepostnoylik, qamoq, ma'naviy qullik va hokazo. Erkinlikning yo’qligi shaxsiy mas'uliyatning yo’qligini anglatadiki, u siz shaxs haqida so’z ham yuritish mumkin emas. Bunda shuni esda tutish kerakki, erkinlik bu anarxiya emas, zero «jamiyatda yashab undan ozod bo’lish mumkin emas».
Erkinlik va mas'uliyat ikkita o’zaro dialektik bog’langan qarama-qarshilikni tashkil etadi.
Inson o’zining ijtimoiy majburiyatlarini, jamiyat oldidagi burchini, o’z mas'uliyatini tabiiy bir hol, o’z erkinligi va ijtimoiy faolligining uzviy bir qismi sifatida qabul qilgandagina chinakam shaxsga aylanadi.
Insonning hayotiy faolligi uning shaxsining shakllanishining asosiy omili sifatida namoyon bo’ladi. Mazkur jarayon davomida faqat tabiiy va ijtimoiy dunyoga moslashish yuz berib qolmasdan balki inson uni o’z xohishiga mos ravishda o’zgartiradi. Bunda chinakam insoniy, shaxsiy, ijtimoiy taqozo etilgan olam shakllantiriladi. Jamiyatning o’zi, uning tizimi va tuzilishi, undagi munosabatlarni tashkil etuvchi unsurlar bularning hammasi shaxsning bunyodkorlik faoliyatining, uning dunyoni o’zgartiruvchi ijodiy faoliyatining natijasi.
Ushbu o’zgarish jarayoni cheksizdir, chunki faoliyat, faollik inson shaxsining mohiyatini tashkil etuvchi kuchlarning namoyon bo’lishi, ochilishi va rivojlanishi demakdir. Dunyoni o’zgartirar ekan, faol shaxs ayni paytda o’z qobiliyatlari, mahorati, ko’nikma va bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borgan holda o’z-o’zini yaratadi. Faol hayoti va ishi davomida shaxs doimiy ravishda sotsium ichidagi o’z aloqalarini kengaytiradi. Bunda insoniy ehtiyojlar doirasi kengayib boradi va shu bilan bir paytda mazkur ehtiyojlarni qondirish vositalarining sifat va son jihatdan o’sishi yuz beradi.
Axloq shaxs erkinligini, uning o’zini, o’z ehtiroslarini boshqarish qobiliyatini, insonning o’z qilmishlari uchun, avvalo, o’zi oldida javobgarligini nazarda tutadi. Axloq inson aqlini ezgu ishlarga yo’naltiradiki, bu shaxsiy manfaatdorlik tuyg’usidan xoli yaxshi niyatlarda namoyon bo’ladi. Individ erkinligi va axloqiy qadriyatlarning mos kelishi axloqqa xos xususiyatdir.Jamiyatning axloqiy qoidalari shaxsga bu qoidalarga rioya etish majburiyatini yuklaydi, shu sababli burch axloqiy qilmishlarga turtki beradigan muhim ichki omil hisoblanadi. Bundan xulq-atvor meyorlari va andozalariga oddiy rioya etish nari borsa ijtimoiy jarayon bir maromda kechishini ta’minlash imkonini beradi. Uning rivojlanishi uchun esa ijod imkoniyat yaratadi. Bunda ijodning vazifasi tarix talablariga javob berish, faoliyatning mutlaqo yangi dasturlarini topishdan iboratdir.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə