Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə41/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   193
Falsafa

Tomas Gobbs, mexanik materializm tarafdori o’laroq, insonning ruhiy dunyosi mexanik kuch-g’ayrat va harakatlar majmuasidan boshqa narsa emas, deb hisobladi. Uning fikricha, inson faqatgina murakkab tuzilgan mexanizmdir xolos, u mexanika qonunlariga boysunadi. Gobbs ruhning alohida substansiya sifatida mavjudligini inkor etdi.
Rene Dekart insonning dualistik konsepsiyasini ishlab chiqdi. U inson o’lik mexanizm (tana) bilan irodaga va fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan substansiya (ruh)ning qo’shiluvidan tashkil topgan, deb hisobladi.
Benedikt Spinoza o’zining inson haqidagi ta'limotini insonning tabiatning bir qismi ekanligi, tana va ruhning birligi asosida yaratdi. Insonning butun ruhiy hayoti idrok va affektlar (quvonch, g’am, lazzat)dan iborat. Insonni harakatiga keltiruvchi kuch o’zini saqlash va manfaatga intilishdir.

  1. asr fransuz materialistlari J.O.Lametri, K.A.Gelvetsiy, P.A. Golbax, D.Didro va boshqalar inson haqidagi ta'limotini ishlab chiqishga katta xissa qo’shdilar. Buni hatto ularning asarlarining nomlari ham tasdiqlab turadi: Lametrining «Inson-mashina», Gelvetsiyning «Inson haqida» va hokazo.

Lametri ijtimoiy rivojlanishning asosiy sabablari ulug’ shaxslarning faoliyati va ma'rifatdir, deb hisoblar edi. Didro insonni oliy qadriyat, koinotning idrok markazi, butun madaniyatning yaratuvchisi deb hisobladi. Golbaxning nazarida esa, inson tabiatning bir qismi, u tabiat qonunlariga boysunadi. Gelvetsiyning fikriga ko’ra, insonning shakllanishida atrof muhit asosiy rol oynaydi. U barcha odamlar o’z qobiliyatlari va imkoniyatlariga ko’ra tabiat tomonidan teng qilib yaratilgan, ularning qanday bo’lishi faqat tarbiyaga bog’liq deb hisobladi.

  1. asr falsafiy fikrning inson haqidagi ta'limotni rivojlantirishdagi eng muhim yutuqlaridan biri bu Lyudvig Feyerbaxning (1804-1872) falsafiy antropologizmidir. U inson mohiyati muammosini falsafasining «birdan-bir, universal va eng oliy» muammosi sifatida qaradi va birinchi planga olib chiqdi. Biroq Feyerbax, aslida, insonga biologik nuqtai nazardan qaraydi, uning ijtimoiy mohiyatini izohlamaydi.

Antropologik tamoyil (ya'ni, ob'ektiv olamni inson mohiyatining hosilasidan iborat bir narsa sifatida qarash) ekzistensializm, hayot falsafasi, falsafiy antropologiya, antroposotsiologiya, freydizm va boshqa ko’plab falsafiy va ijtimoiy oqimlarning asosida yotadi. Ekzisensialistlar (J.P.Sartr, A.Kamyu va hokazo) falsafaning asosiy muammosi deb insonning mavjud bo’lishi masalalarini hisoblaydilar (Ekzistensiya). Inson faqat o’zini anglashi mumkin. K.Yaspers yozganidek: «Mavjud bo’lish bilish demakdir va men ong sifatida mavjudman». Ekzistensializmning asosiy tamoyili erkinlik tamoyilidir. Inson «ozod bo’lishga mahkum etilgan» (J.P.Sartr). Ijtimoiy hayotning tangliklaridan chiqishning yo’li shaxsning individualistik borlig’ida. Insonning o’z diqqat markaziga qoyuvchi yana bir oqim «falsafiy antropologiya». Bu oqimning asoschisi Maks Sheler (1874-1928) falsafaning asosiy masalasi «Inson nima?» degan savoldan iborat deb hisobladi.
Inson ko’plab fanlar o’rganadigan predmetdir. Biologiya uni Homo sapiens turi sifatida qaraydi. Pedagogika uchun u tarbiya ob'ekti, sotsiologiya uchun turli munosabatlar sub'ekti, kulturologiya uchun madaniyatning ob'ekti va sub'ekti, iqtisodiy nazariya uchun asosiy ishlab chiqarish kuchi va hokazo.
Tabiiy fanlar orasida an'anaviy (biologiya, antropologiya, meditsina va boshqalar) bilan bir qatorda nisbatan yangi fanlar (oliy nerv tizimi faoliyati fiziologiyasi, somatologiya, seksologiya va hokazo) paydo bo’ldi. Ijtimoiy bilim sohasida ham «eski» fanlar (psixologiya, sotsiologiya, tilshunoslik, etika) qatorida «yangi» fanlar (aksiologiya, germenevtika) kabilar faoliyat ko’rsatishadi.

  1. asrda ilmiy bilimning shiddatli rivoji, parallel tarzda boruvchi fanlarning faol differensiatsiyasi va integratsiyasi tabiiy-ilmiy va ijtimoiy fanlar chegarasida bir qator yangi fanlarning: bioetika va tibbiyot etikasi, sotsiobiologiya, psixofiziologiya va boshqalarning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Bu hol falsafaning inson muammolarini ko’rib chiqishdagi metodologik roli haqidagi masalani yanada dolzarb etib qoyadi.


Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə