Muhandislik-texnologiya


Ilmiy bilish va uning usullari



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə64/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   193
Falsafa

Ilmiy bilish va uning usullari. Fanlar ilmiy bilishning shakllaridir. Fanlar borliq va uning turli ko’rinishlari: tabiat, jamiyat, inson tafakkuri to’g’risidagi ilmiy bilish jarayonida yuzaga kelgan bilimlar tizimlaridan iboratdir. Ular insonning borliqni bilishi, o’rganishi va o’zlashtirishining o’ziga xos nazariy shakllari bo’lib, o’zlarida moddiy va ma’naviy omillami birlashtiruvchi ko’p qirrali ijtimoiy hodisalar.
Fanlarning predmeti, keng ma’noda,insonni qurshab turgan borliq va uning shakllaridir. Shu jihatdan fanlarni ularning predmetlariga ko’ra, shartli ravishda: tabiatshunoslik, jamiyatshunoslik va ularning o’rtasidagi texnika fanlariga bo’lish mumkin.
Tabiatshunoslik fanlari tabiatni bilish, o’zlashtirish va o’zgartirish qonunlarini o’rganadi.
Jamiyatshunoslik fanlari esa,ijtimoiy munosabatlarni, insonni va uning jamiyatda tutgan o’rnini, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotini o’rganadi.
Texnika fanlari bo’lsa, inson tomonidan ixtiro qilingan mashina va mexanizmlar, ularning tuzilishi, qurilishi va ish faoliyatining qonuniyatlarini o’rganuvchi fanlardir. Texnik fanlarning vazifasi insonni texnika qurilmalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirib, yangi texnika vositalarini yaratishga yordam berishdan iboratdir.
Fanlarni yana amaliy va fundamental fanlarga ham bo’lishadi. Bunda ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lgan, erishilgan har bir yangi natijasi ishlab chiqarishga bevosita tatbiq etilib boradigan fanlar amaliy fanlar, deyiladi. Fundamental fanlar esa tabiat, jamiyat, inson va inson tafakkuri taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini nazariy jihatdan o’rganuvchi fanlardir. Amaliy va fundamental fanlar o’zaro chambarchas bog’liq bo’lib, funda­mental fanlar borliqning turli sohalari qonuniyatlarini ishlab chiqarishga joriyetib, ijtimoiy-amaliy masalalarni ham hal qilishga tatbiq etadi.
Tabiatshunoslik, jamiyatshunoslik va texnika fanlaridan farqli, falsafa insonning borliq haqidagi eng umumiy bilimlari tizimidan iborat bo’lib, boshqa barcha fanlarga metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. Barcha fanlarning o’ziga xos tadqiqot usullari (metodlari) bor. Ulaming metodologiyasi esa, barcha fanlarning yutuqlarini umumlashtirishdan kelib chiqqan falsafiy xulosalardir.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə