Muhandislik texnologiyalari


-jadval. Go’shtga bo’lgan talab va taklif



Yüklə 227,57 Kb.
səhifə4/8
tarix05.06.2023
ölçüsü227,57 Kb.
#115508
1   2   3   4   5   6   7   8
BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA NARXLARNING SHAKLLANISHI

1.1-jadval. Go’shtga bo’lgan talab va taklif
Endi biz xuddi shu raqamlarni grafikka ko’chiramiz. Grafikda narxi 30 ming so’mga teng bo’lganda talab va taklif egri chizig’i K nuqtada kesishmoqda. Xuddi shu bahoda talab va taklif miqdori teng bo’lmoqda va bu narx (30 ming so’m) muvozanatlashgan yoki bozor narxi deyiladi.
1.1- rasm. Bozor muvozanati
Bozor (muvozanatlashgan) narxni jadvaldan ko’rish mumkin. Jadvaldan go’shtning 1 kg narxi 30 ming so’m bo’lganda bozorda go’shtning taklifi va unga bo’lgan talab (425=425) tengligini ko’rish mumkin. Go’shtning narxi 20 va 25 ming so’m bo’lganda bunday tenglik yo’q. Bu bozorda go’shtning narxi 20 ming so’m bo’lganda 950 kg va 25 so’m bo’lganda 400 kg miqdorda iste‘molchilarning talabi qondirilmayotganligini ko’rsatmoqda. Go’shtning bahosi 40 va 50 so’m bo’lganda esa 250 va 425 kg go’sht sotilmay qolayotganini ko’rishimiz mumkin.


II-BOB. BOZOR STRUKTURASI VA NARXNING SHAKLLANISHI




2.1. Mukammal raqobat bozorida narxlarning shakllanishi


Erkin raqobat kurashi sharoitida narxning tashkil to’ish xususiyatlarini tadqiq etgan dastlabki iqtisodchilardan biri A.Marshall hisoblanadi. Uning fikricha, tovarning oldi-sotdi jarayoniga qadar ikki xil, ya’ni sotuvchi va xaridor narxlari mavjud bo’ladi. Nazariy jihatdan har ikki narxning yuqori va quyi darajalari mavjud. Sotuvchi o’z tovari narxining imkon qadar yuqori bo’lishidan manfaatdor, chunki bunday narx uning foydasi hajmini oshiradi. Biroq, erkin raqobat sharoitida narxni boshqalardan yuqori darajada belgilashga intilish mazkur sotuvchining bozordan siqib chiqarilishiga olib kelishi mumkin. Sotuvchi narxining eng ‘ast darajasi shu tovarni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarni qo’lashi kerak. Xaridor tovarni eng ‘ast narxda sotib olishdan manfaatdor, biroq erkin raqobatli bozor sharoitida uning ham tovar sotib ololmay qolish xavfi mavjud bo’ladi. Xaridor narxining yuqori darajasi esa, Marshall ta’biricha, so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligiga teng bo’lishi kerak.


Sotuvchi va xaridor o’rtasidagi qulay narxga erishish borasidagi kurash har ikki narxning mosligi ta’minlangunga, ya’ni bozor narxi ‘aydo bo’lgunga qadar davom etadi. Shunday qilib, sotuvchining narxi tomonidan ishlab chiqarish xarajatlari, xaridor narxi tomonidan esa so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligi maydonga tushib, ularning nisbati asosida bozor narxi ‘aydo bo’ladi. Bu holatni Marshall shunday ifodalaydi: «…«ishlab chiqarish xarajatlari» prinstipi hamda «sopnggi qopshilgan naflilik» prinstipi, shubhasiz, yagona talab va taklif umumiy qonunining tarkibiy qismi hisoblanib, ulardan har birini qaychining bitta kesuvchi tomoniga qiyoslash mumkin».
Shu oprinda, biz tomondan IV-bobda bildirilgan fikr-mulohazalarni yana bir bor esga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Yapni, mukammal raqobatli bozor sharoitida narxning shakllanishida talab va taklifning tapsirida, A.Marshall tapkidlaganidek, sopnggi qopshilgan naflilik va ishlab chiqarish xarajatlari emas, balki ijtimoiy zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari yotadi.
Talab va taklifning muvozanati mukammal raqobat bozoridagi narxning shakllanishiga muvofiq keladi (3-chizma).
Chizmadan koprinadiki, faqat narxning RE darajasidagi talab miqdoriga ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif miqdori muvofiq keladi. Narxning bu darajadan har qanday pasayishi talabning taklifdan oshib ketishini, narxning bu darajadan har qanday yuqori boplishi esa, taklifning talabdan oshib ketishini keltirib chiqaradi.

Yüklə 227,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə