Muhandislik texnologiyalari


-chizma. Oligopolistik bozordagi narxning shakllanishida talab egri chizigpining «sinishi»



Yüklə 227,57 Kb.
səhifə7/8
tarix05.06.2023
ölçüsü227,57 Kb.
#115508
1   2   3   4   5   6   7   8
BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA NARXLARNING SHAKLLANISHI

6-chizma. Oligopolistik bozordagi narxning shakllanishida talab egri chizigpining «sinishi».
Oligopolist-firma opz tovari narxini R0 dan R1 ga oshirgan taqdirda qolgan oligopolistlar «inkor etish» hatti-harakatini qopllashlari natijasida talab egri chizigpi yana «sinadi». Oldingi D1D1 koprinishdagi talab egri chizigpi endi D3ED1 koprinishini oladi. Agar boshqa oligopolistlar ham opz tovarlari narxini oshirganlarida, mazkur oligopolist-firmaning tovariga boplgan talab hajmi Q2 ga qadar qisqarishi lozim boplsa, bunday hatti-harakatning amalga oshirilmasligi natijasida bu qisqarish Q3 ga qadar davom etadi, yapni bozordagi sotish hajmini yopqotish darajasi oshib ketadi.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan koprinadiki, oligopoliya sharoitida ishlab chiqaruvchilar narxni kopproq opzaro kelishish orqali belgilashga harakat qiladilar.
Opz mahsulotlariga bozor narxini oprnatishda oligopolistlar tomonidan «narx bopyicha etakchilik» hatti-harakati keng qopllaniladi. Bu hatti-harakat narx vositasida raqobatlashuvni inkor etib, mazkur tarmoqqa kiruvchi barcha oligopolist-firmalarning narxni shakllantirish va uni opzgartirishda etakchi oligopolist-firmaga ergashishlarini taqozo etadi. Odatda tarmoqdagi eng yirik firma etakchi sifatida maydonga tushadi. Narx bopyicha etakchi firma boshqalarga qaraganda iqtisodiy jihatdan ancha ustun boplsada, u opzining hatti-harakatini faqat narx jihatdan tazyiq optkazish asosida amalga oshira olmaydi. Narxni shakllantirishda etakchi-firma boshqa ergashuvchi-firmalarning ham manfaatlarini eptiborga olmogpi lozim. Bu manfaatlar ularning xarajatlarini qoplash, mepyordagi foydani tapminlash, mahsulotlarini sotishga sharoit yaratish kabi holatlar orqali namoyon bopladi. Agar talab yoki ishlab chiqarish xarajatlarining opzgarishi natijasida bozor narxi oligopolistik kelishuv doirasidagi firmalarning manfaatlariga muvofiq kelmay qolsa, etakchi firma darhol narxlarni opzgartirishi lozim bopladi.


2.3. Narx siyosati va uning O’zbekistonda amalga oshirish xususiyatlari

Buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan barcha mamlakatlarda davlatning narx sohasidagi siyosati kopp jihatdan narxlarni erkinlashtirish, milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi.


Narxlarni erkinlashtirish – iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yopnalishlaridan biri boplib, islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko’p jihatdan shu muammoning hal etilishiga bog’liq bopladi.
Narxlarni erkinlashtirish xom-ashyo bilan mahsulot ayrim turlarining narxlari, narx bilan aholi va korxonalar daromadlari o’rtasida mutanosiblikka erishishga qanday yondashilishi bilan farqlanadi. Shu yondashuvlarga asoslanib, narxlar quyidagi yo’llar bilan erkinlashtiriladi:
a) narxlarni birdaniga, yoki «esankiratadigan» tarzda qo’yib yuborish;
b) narxlarning o’sishini sunpiy ravishda topxtatib qopyish;
v) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni ma’lum darajada saqlab qolish.
Bozor munosabatlariga o’tayotgan har bir mamlakat, shu yo’llardan birini tanlashda ulardan har birining mavjud real shart-sharoitlarga qanchalik mos kelishi, aholi asosiy qismining moddiy ahvoliga qanday darajada tapsir ko’rsatishi, isloh qilishning tanlab olingan yo’liga qanchalik darajada javob berishi va kutiladigan salbiy oqibatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Sobiq ittifoq mamlakatlari negizida vujudga kelgan bir qancha mustaqil davlatlar narxlarni erkinlashtirishning «esankiratuvchi» yo’lini tanlab oldi. Barcha turdagi xom ashyo resurslari, istepmol mollari hamda xizmatlar narxlari bir yopla erkin qo’yib yuborilishi natijasida narxlar keskin oshdi. Bu aholi keng qatlamining birdaniga qashshoqlashuviga, ijtimoiy ahvolining keskinlashuviga olib keldi. Ishlab chiqarishning pasayishiga, milliy sanoat va qishloq xopjaligining izdan chiqishiga sabab bo’ldi.
O’zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning opziga xos tamoyillari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo’li tanlab olindi. Shu yo’l bilan narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992 yilning boshida) keng doiradagi ishlab chiqarish-texnika vositasi boplgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq istepmoli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari va tariflariga optildi. Aholini himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi belgilab qopyildi, ayrim turdagi xizmatlarning eng yuqori tariflari joriy qilindi.
Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993 yil) kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tortibga solish topxtatildi. Qatpiy belgilangan va davlat tomonidan tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va koprsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi.
Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994 yil, oktyabr, noyabr) xalq iste’mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qopyib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. Shunday qilib, respublikada iqtisodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni bosqichma-bosqich (uch bosqichda) topliq erkinlashtirish bilan tugadi. Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. Davlat tomonidan turli kompensastiyalar maqsadidagi jamg’armalar tuzildi, ish haqi, pensiya va stipendiyalarning eng kam miqdori muntazam suratda oshirib borildi, bolalar uchun nafaqalar joriy etildi. Aholining muhtoj qismiga yordam ko’rsatildi, imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi.
Inflyasiya bu faqatgina tovarlar va xizmatlar narxining o‘sishi hamda aholi daromadlarining kamayishini ifodalovchi ko‘rsatkich emas. Bu – keng ma’nodagi iqtisodiy jarayon hisoblanadi.
Inflyasiya darajasi aslida boshqa iqtisodiy jarayonlar bilan bevosita bog‘liq va o‘zaro bir-biriga ta’sir qiladi. Misol uchun, inflyasiyaning yuqori darajasi xohlaymizmi yo‘qmi milliy valyuta devalvatsiyasiga olib keladi.
Milliy valyuta qadrsizlanishi, o‘z navbatida, barcha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarda aks etadi.
Yuqori inflyasiya sharoiti tadbirkorlar uchun ham yaxshi emas, ular ham o‘z biznes faoliyatlarini 2-3 yil oldinga reja qila olmaydi, bugungi kun bilan yashaydi. Iqtisodiyotda jamg‘armalar oshmaydi va bu, o‘z navbatida, kelgusida investitsiyalarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Inflyasiyaning muqobil darajasi investorlar uchun ham juda muhim. Xorijiy yirik investorlar bizdagi inflyasiyani kuzatib boradi. Qachon inflyasiya pasayishiga ko‘zi yetsagina shunda haqiqiy sarmoyasini olib kirishga harakat qiladi.
Birinchidan, iqtisodiyotimizni erkinlashtirishning birinchi bosqichida amalga oshirilgan islohotlar (valyuta bozorini erkinlashtirish, qo‘shni davlatlar bilan chegara va savdo munosabatlarini yaxshilash, ijtimoiy sohada oyliklarni ko‘rib chiqish, tadbirkorlikni faol rivojlanishiga ko‘maklashish, hududlarda infratuzilmani yaxshilash, paxta va g‘alla yetishtirish sohasidagi xarid narxlarini to‘g‘irlash va hokazolar) ob’yektiv ravishda inflyasion xatarlarni kuchaytiruvchi o‘zgarishlar edi.
Ikkinchidan, bu sifat o‘zgarishlarini amalga oshirmasdan turib keng ma’noda va har tomonlama inflyasiya jarayonlarini to‘xtatishga erishib bo‘lmas edi.
Shu nuqtai nazardan, endilikda ya’ni islohotlarning hozirgi bosqichida inflyasiya darajasini pasaytirish bo‘yicha Hukumat va Markaziy bankning birgalikdagi harakatlarini kuchaytirish bo‘yicha davlatimiz rahbari tomonidan asosli vazifalar belgilab berildi.
Inflyasion targetlash bu – pul-kredit siyosatini yuritishning zamonaviy rejimi bo‘lib, bunda nafaqat pul-kredit siyosatida balki butun makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirishdagi har bir qadam inflyasiyaga ta’siri va uni past darajada ushlab turish maqsadlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Umuman olganda, xalqaro tajribada pul-kredit siyosatini amalga oshirishning 3 ta asosiy rejimini qayd etish mumkin. Bular – valyuta kursini targetlash, monetar targetlash va inflyasion targetlash. (To‘rtinchisi ham bor, bu aralash rejim deyiladi, aslida esa Markaziy banklar nima qilishini bilmasa yoki hech qanday rejimga rioya qilmasa aralash rejimda deb yuritiladi.)
Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning valyuta almashuv kursini targetlash rejimida milliy valyuta kursi barqarorligini ta’minlash orqali inflyasiya darajasini past miqdorda saqlab qolish maqsad hisoblanadi. Bunda, Markaziy bank ichki valyuta bozoriga doimiy intervensiya qilish yoki ma’muriy yo‘l bilan aralashish orqali milliy valyuta kursini muayyan darajada ushlab turadi (bu rejim asosan neft va gaz eksport qiluvchi Arab davlatlari, Qozog‘istonda 2015-yilgacha, Rossiyada 2014-yilgacha qo‘llanilgan).
Biroq, tashqi iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi sharoitida, almashuv kursini ushlab turish oltin-valyuta zaxirasiga sezilarli bosim ko‘rsatadi. Bu, o‘z navbatida, ichki valyuta bozorida beqarorlikka sabab bo‘lib, milliy valyuta devalvatsiyasiga ya’ni qadrsizlanishiga olib kelishi mumkin.
Qo‘shni davlatlar tajribasi yana bir bor ko‘rsatdiki, bu rejim har doim ham samarali ishlamaydi va katta miqdordagi oltin-valyuta zaxirasining ishlatilishiga olib kelishi mumkin.
Monetar targetlashda esa pul-kredit ko‘rsatkichlari – pul bazasi, pul massasi yoki boshqa ko‘rsatkichni ma’lum darajada ushlab turish orqali inflyasiya darajasini va umuman makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash e’tibor markazida bo‘ladi.
Hozirgi paytda bu rejimdan dunyoning aksariyat Markaziy banklari voz kechgan, sababi global iqtisodiyotda pul massasi bilan inflyasiya orasida doimiy aniq bog‘liqlik umuman yo‘q desak ham bo‘ladi. Chunki pul massasi bu hosila yoki natija, ya’ni ma’lum bir iqtisodiy jarayonlar natijasida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining hisobraqamlarida paydo bo‘lgan omonat va depozitlar miqdori hisoblanadi. Moliya bozorlarining globallashuvi jarayonida ham pul massasi u yoki bu tomonga keskin o‘zgarib turishi mumkin.
Xalqaro tajriba bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit siyosatini yuritishning samarali usullaridan biri inflyasion targetlash rejimi ekanligini ko‘rsatadi.
Bu dunyoda inflyasion targetlash rejimiga o‘tgan davlatlar soni tobora ortib borayotganligi bilan isbotlanmoqda. Hozirgi paytga kelib dunyoning 40 dan ortiq rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlari inflyasion targetlash rejimiga o‘tgan.
Xususan, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Ukraina singari MDH davlatlari ham oxirgi 5-6 yilda inflyasion targetlash rejimiga o‘tgan davlatlardan hisoblanishadi.
Inflyasion targetlash rejimining afzalliklari 2007-2009-yillardagi global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida hamda Yevropa inqirozi davrida yaqqol namoyon bo‘ldi. Inflyasion targetlash yo‘lini tanlagan iqtisodiyotlar inqirozdan oldingi davrga nisbatan biroz pastroq iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishgan bo‘lishsada, global moliyaviy-iqtisodiy inqirozdan
(2007-2009-yillar) katta iqtisodiy talofatlarsiz o‘tishga muvaffaq bo‘ldilar.
Buning sababi oddiy: inflyasion targetlashga o‘tgan davlatlarda muvofiqlashgan makroiqtisodiy siyosatning yuritilishidir. Ya’ni, inflyasion targetlash rejimiga o‘tishda har bir davlat tartibli makroiqtisodiy siyosat yuritadi:
1) kreditlar hajmi o‘sishi muvozanatli bo‘ladi;
2) makroprudensial nazorat bo‘yicha samarali choralar joriy etiladi. Ushbu ijobiy o‘zgarishlar mamlakatga tashqi inqiroz ta’sirlaridan nisbatan osonroq chiqish imkonini beradi;
3) fiskal holat belgilangan parametrlar doirasida bo‘ladi va pul-kredit siyosati bilan soliq-budjet siyosatining muvofiqligi ta’minlanadi.
Mazkur rejimda, inflyasiya bo‘yicha uzoq muddatli maqsadning bo‘lishi juda muhim. Sababi aholi va iqtisodiyotning boshqa sub’yektlari iste’mol va investitsiya qilish bo‘yicha qarorlarni qabul qilishda inflyasiyaning kelgusi maqsadli ko‘rsatkichlarini inobatga olishadi.
Inflyasion targetlash rejimida, birinchi navbatda, bozorda pulning narxi belgilanadi.
Markaziy bank o‘z operatsiyalari bilan pulning bozor narxini va shu orqali pulga bo‘lgan talab va taklifini tartibga solishi – inflyasion targetlash rejimining tub mohiyati hisoblanadi.
Bu bilan biz nima demoqchimiz: Bizda hozir pulning narxi samarali boshqarilmaydi, ma’lum miqdordagi puldan bir kun, bir hafta yoki bir yil foydalanish qancha turishini (foiz to‘lovini) aniq aytishimiz qiyin
Shu nuqtai nazardan, endilikda Markaziy bank tomonidan pul bozorida bir kunlik, ikki haftalik va uzoq muddatlarga mo‘ljallangan doimiy operatsiyalar amalga oshiriladi.
Bundan asosiy maqsad Markaziy bank pulning bozor narxini to‘g‘ri belgilash orqali inflyasiya darajasiga samarali ta’sir ko‘rsatishi hisoblanadi.
Ushbu rejimda kommunikatsiya siyosatining, ya’ni jamoatchilik bilan aloqa kanalining o‘rni juda muhim hisoblanadi. Bunda, (ya’ni uzoq muddatli target e’lon qilinganidan keyin) eng muhim omil ushbu targetga erishishda keng jamoatchilikning ishonchini qozonish hisoblanadi.
Ya’ni, inflyasion targetlash bo‘yicha tajribali mutaxassislarning ta’biri bilan aytganda, Markaziy bank choralarining targetga erishish bo‘yicha ketma-ketligi yoki bosqichma-bosqich amalga oshirib borilayotganligi va bu bo‘yicha qilinayotgan ishlar va ularning natijasi bo‘yicha ko‘pchilikda aniq tasavvur va ma’lumot bo‘lishi kerak.
Yuqorida ta’kidlanganidek, inflyasion targetlash rejimiga o‘tish uchun 2 yildan ortiq tayyorgarlik ko‘rildi. 2017 yil sentyabr oyida Prezidentimizning Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish borasida Qarorlarida inflyasion targetlash rejimiga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rish vazifasi topshirilgan edi.

Bu borada qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, Markaziy bankning tarkibiy tuzilmasi qayta ko‘rib chiqildi, yangi departamentlar tashkil qilindi, maroiqtisodiy prognozlash va tahlil salohiyatini oshirishga, kommunikatsiya siyosatini yangidan ishlab chiqishga e’tibor qaratildi.


Targetni har bir davlat o‘zi ma’lum bir omillarni hisobga olib belgilaydi. Buning biron joyda shuncha bo‘lsin deb aniq yozib qo‘yilgan qoidasi yo‘q. 2023-yilda 5 foizlik inflyasion targetga erishish bu – maqsad.
Birinchi omil, bu hozirgi inflyasiyaning xususiyati, bugungi inflyasiya yuqorida ta’kidlaganidek ma’lum bir zaruriy islohotlarning natijasi. Bu vaqtinchalik ta’sirga ega bo‘lib bir-ikki yilda hammasi joyiga tushadi. Narxlarni erkinlashtirish jarayoni ham yakunlanadi. Undan keyin inflyasiyani yuqori bo‘lishiga kuchli yoki fundamental asos qolmaydi. Qolaversa, baland inflyasiyaga yo‘l qo‘yishga, haqqimiz ham yo‘q.
Inflyasiya tarkibida narxlari mavsumiylikka juda ta’sirchan bo‘lgan tovarlar narxlari ham barqarorlashadi. Misol uchun hozirgi paytda bizda meva va sabzavotlar narxlari yuqori mavsumiy tebranishga ega. Lekin, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va uni diversifikatsiya qilish, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va tashish sohasiga qilinayotgan investitsiyalar o‘z samarasini beradi va mazkur mahsulotlar narxlaridagi mavsumiylik pasayadi.
Bundan tashqari, oxirgi 2-2,5 yilda ko‘plab qishloq xo‘jaligi mahsulotlarimizning ichki narxlari qo‘shni davlatlar narxlariga moslashib bo‘ldi. Bu ham kelgusida narxlarning yuqori oshishiga asos yo‘qligini ko‘rsatadi.
Ikkinchi omil, inflyasiya bu iste’mol savatiga kirgan tovar va xizmatlar o‘rtacha narxlari oshishi, bunda hamma tovar va xizmatlar bir xilda oshmaydi. Qaysidir tovar narxi 1 foizga oshsa, boshqasi 10 foizga oshishi mumkin, lekin o‘rtacha oshish 5 foizdan oshmasligi kerak.
Agar biz targetni yuqoriroq qo‘ysak unda ma’lum bir tovarlar ayniqsa aholining kundalik iste’moli uchun zarur tovarlar narxi yanada baland oshishi mumkin va bunda targetdan xalqqa foyda bo‘lmay qoladi.
Shuningdek, ayrim bozorlardagi narxlarning yuqori o‘sish sur’atlari aholi va biznes vakillarining inflyasion kutilmalariga ta’sir etishi va natijada, yanada kengroq tovar guruhlari narxlarining o‘sishiga olib kelishi mumkin.
Inflyasiya 7-9 foizlik sharoitida nafaqat inflyasion kutilmalar, balki almashuv kursiga ham bosim kuchliroq bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, milliy valyutaga bo‘lgan ishonchning pasayishiga, uzoq muddatli resurslar taqchilligiga, ya’ni mavjud pul va kapital resurslarining noto‘g‘ri taqsimlanishiga olib keladi.
Uchinchi omil, xalqaro tajribada dunyoning rivojlangan davlatlari odatda inflyasiya bo‘yicha targetlarini 2 foiz qilib belgilangan bo‘lsa, rivojlanayotgan davlatlar 5 foiz va undan past qilib belgilangan. Bu borada ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilgan 5 foizlik inflyasiya rivojlanayotgan davlatlarda barqaror va sifatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun maqbul hisoblanadi.
To‘rtinchi omil, aksariyat qo‘shni mamlakatlar bizning asosiy savdo hamkorlarimiz bo‘lgan davlatlardagi inflyasiya darajasi 5 foizdan yuqori emas. Misol uchun Rossiya Federatsiyasida
4 foizlik Qozog‘istonda 5 foizlik, Qirg‘izistonda 2 foizlik inflyasiya bo‘lganda, nima uchun bizda yuqori bo‘lishi kerak. Biz yuqori inflyasiya sharoitida xalqaro savdoda solishtirma ustunligimizni yo‘qotamiz, har doim almashuv kursimizga bosim saqlanib qoladi, inflyasion zanjirdan chiqib keta olmaymiz.
Yuqorida sanab o‘tilgan omillarni kompleks tahlil qilib, inflyasiya bo‘yicha targetimiz 2023 yilga 5 foiz qilib belgilanmoqda.
Buning uchun, eng avvalo, Prezidentimiz Farmonlarida va «Yo‘l xaritasi»da belgilab berilgan kompleks va tizimli vazifalarni o‘z vaqtida va samarali bajarishimiz zarur.
Bunda, har bir vazirlik va idoraga alohida topshiriqlar berilganki, hammasi bitta maqsad inflyasiyani pasaytirish va belgilangan 5 foizlik target darajaga olib tushishga yo‘naltiriladi.
Birinchi navbatda, Markaziy bank pul-kredit siyosatini yuritish mexanizmini tubdan o‘zgartiradi. Asosiy foiz stavkasi va foizlar koridori joriy qilinadi, pul bozorida doimiy operatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan pulning haqiqiy narxini belgilaydi, inflyasiyaning joriy va prognoz ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib asosiy foiz stavka darajasi yilda kamida 8 marta Markaziy bank Boshqaruvi yig‘ilishlarida muhokama qilinadi.
Shu o‘rinda, yuqorida ta’kidlanganidek, ommaviy axborot vositalarining roli ham juda muhim. Biz ochiq bo‘lishimiz kerak, har bir qilgan ishimizni, qabul qilgan qarorlarimizni aholimizga va tadbirkorlarimizga batafsil tushuntirib berishimiz kerak. Inflyasion targetlashda o‘zaro ishonch juda muhim rol o‘ynaydi.
Markaziy bank faoliyati shaffofligining ortishi va faol kommunikatsiya siyosatining yuritilishi aholi va biznesning amalga oshirilayotgan islohotlarga bo‘lgan ishonchi ortadi, inflyasion kutilmalari belgilangan maqsad doirasida bo‘ladi.
2020 yil va 2021-2022 yillar davri uchun pul-kredit siyosati sohasida qanday asosiy yo‘nalishlar belgilab olinyapti va ularni shakllantirishda qanday makroiqtisodiy vazifa va omillar asos qilib olinganligi to‘g‘risida ma’lumot berishni ham lozim topdik.
Xususan, 2020 yildan boshlab pul-kredit siyosatini yuritishda mutlaqo yangi sharoit, ya’ni Inflyasion targetlash rejimiga o‘tiladi. Bunda inflyasiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyasion maqsad (target) belgilab olinmoqda.
1) Iqtisodiyotga ajratiladigan kreditlar qoldig‘i YaIM nominal o‘sish darajasida bo‘ladi (valyuta o‘zgarishlarini hisobga olmaganda 2020-yilda 20-25 foizni tashkil etadi). Bu iqtisodiyotda pulga bo‘lgan talabni to‘liq qondirishga yetarli bo‘ladi. Chunki, imtiyozli kreditlash tartibi o‘zgartirilyapti. Kelgusi yildan boshlab imtiyozli kreditlar foiz stavkalari Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi darajasida va 2021-yildan kompensatsiya mexanizmini qo‘llash orqali bozor foiz stavkalarida ajratiladi.
Bu, birinchi navbatda, iqtisodiyotda kreditga bo‘lgan noreal talabni qisqartirsa, ikkinchi tomondan, mavjud resurslardan samarali foydalanish imkoniyatini beradi. Boshqacha qilib aytganda, kelgusi yilda o‘zining barqaror pul tushumlariga ega bo‘lgan, iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lgan loyihalar moliyalashtiriladi.
Bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra asosiy ssenariy bo‘yicha YaIMning yillik o‘sishi 2020 yilda 5,5 foizni tashkil etishi, 2021-2022-yillarda 5,5-5,8 foizgacha tezlashishi kutilmoqda.
2) Umumiy fiskal balans taqchilligi 2022-yilga qadar bosqichma-bosqich YaIMga nisbatan 1,5 foizgacha pasayib borishi maqsad qilingan.
Eng muhimi, asosiy ssenariy bo‘yicha yillik inflyasiya 2020-yil oxirida 12-13,5 foiz oralig‘ida bo‘lib, 2021-yilda bir xonali son darajasiga tushadi, 2023-yilda esa asosiy 5 foizlik targetiga erishadi.
Markaziy bank har qanday vaziyatda ham inflyasiyani pasaytirishni va past darajada ushlab turishni maqsad qilgan. Pul-kredit siyosatining 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarida ham shundan kelib chiqib, quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
1) Markaziy bank operatsion mexanizmini takomillashtiriladi. Bank tizimi likvidliligini yanada samarali boshqarish maqsadida Markaziy bankning asosiy stavkasi, foiz koridori, likvidlilikni boshqarish instrumentlari (qisqa muddatli depozit va kredit operatsiyalari) muomalaga kiritiladi.
2) Ichki valyuta bozorini yanada rivojlantirish choralari ko‘riladi. Ilgari ta’kidlaganimizdek, valyuta kursi to‘la bozor mexanizmlari asosida shakllanayapti. Endi, tijorat banklarining valyuta bozoridagi faolligini yanada oshirish va bosqichma-bosqich Markaziy bank ishtirokisiz mustaqil savdolar olib borish tizimiga o‘tiladi. (2018-yilda – 21,4 foiz, 2019-yilda – 43,6 foiz)
Shuningdek, valyuta kursi bilan bog‘liq xatarlarni oldini olish uchun xalqaro amaliyotda keng qo‘llanilayotgan hosilaviy instrumentlarni (svop, opsion va fyucherslarni) joriy etish mo‘ljallangan.
3) Markaziy bankning tahliliy-prognozlash salohiyatini oshirish borasida. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil va prognoz qilish bo‘yicha zamonaviy modellarni ishlab chiqish joriy etiladi. Bu orqali, iqtisodiyotimizning holati va o‘rta muddatli rivojlanish istiqbollarini prognozlash imkoniyati vujudga keladi.
4) Aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining inflyasion kutilmalarini o‘rganishni yo‘lga qo‘ydik. Buni yanada takomillashtiramiz. Biz uchun eng muhimi jamoatchilik fikri, iqtisodiyotda jamg‘arma va iste’mol hajmlarini, narxlarni belgilaydigan ular.
5) Kelgusi yillarda Markaziy bankning kommunikatsiya siyosatini tubdan takomillashtirish va ommaviy axborot vositalari bilan yanada faol ishlash choralari ko‘riladi.


XULOSA


Narx o’zida faqatgina naflilik yoki ijtimoiy mehnat sarflarining birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda ‘uldagi ko’rinishini ifoda etadi. Demak, narx – real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining ‘uldagi ifodasidir.
Narxning darajasiga ta’sir etuvchi omillarni bilish muhim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari bo’lib qiymat yoki ishlab chiqarish sarflari; tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif nisbati; raqobat holati; davlatning iqtisodiy siyosati, ‘ulning qalr-qimmati va h.k. hisoblanadi. Bu omillar ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos bo’lib xizmat qiladi.
Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

  • muvozanatlikni ta’minlash vazifasi; qiymat va naflilikni hisobga olish vazifasi;

  • tartibga solish vazifasi;

  • raqobat vositasi vazifasi;

  • ijtimoiy himoya vazifasi.

Narxning juda ko’p turlari mavjud bo’lsada, ularning barchasi bir-biri bilan o’zaro bog’langan, chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning ishlatilish samarasi o’z ifodasini to’adi.
Buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan barcha mamlakatlarda davlatning narx sohasidagi siyosati ko’’ jihatdan narxlarni erkinlashtirish, milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi.
O’zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o’ziga xos tamoyillari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo’li tanlab olindi.
Respublikada narxlarni bosqichma-bosqich erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi.
Tovarning qiymati narx deb ataladi. Mehnat sarfi, bozor uchun ishlab chiqarilgan va iste’mol qobiliyatini qondirish holatiga ega bo‘lganda tovar bo‘la oladi. Tovarniig qiymati tovarga sarf etilgan jonli mehnat qiymati bilan ko‘proq namoyon bo‘ladi, tovarga qo‘yiladigan narx unga ketadigan barcha xarajatlarni o‘zida aks ettiradi. Narx siyosati marketingga kirib borishda eng asosiy element bo‘lib hisoblanadi hamda marketingning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib qoladi.
Bozorda narx uchta guruh omil natijasida shakllanadi:
1. Talab (bozorda o‘xshash tovarlar mavjudligi va ularga bo‘lgan narxlar, bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, talablar).
2. Xarajat (ishlab chiqarish xarajatlari, marketing xarajatlari, foyda).
3. Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan o‘xshash import tovarlari, raqobatchilar tovarlariga bo‘lgan narxni bilish.
Asosiy narxni belgilash uslubi quyidigilardan iborat:
- narxlashtirish masalasi qo‘yiladi,
- talabi aniqlanadi,
- xarajatlari baholanadi
- raqobatchilar va narx tahlil qilinadi,
- narxlashtirish uslubi tanlanadi,
- oxirgi natijaviy narx belgilanadi.
Narx belgilashning murakkabligi, muayyan darajada mahsulotning yangiligi darajasiga ham bog‘liq , bu daraja esa uchga bo‘linadi:
- eng yangi mahsulot;
- texnikaviy ilg‘or mahsulot;
- original bo‘lmagan (yangi taqlidiy) va o‘rinbosar mahsulotlar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROpYXATI.


  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi – T.: O’zbekiston, 2014,- 46b.

  2. Mirziyoev. Sh. M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz – Toshkent : O‘zbekiston, 2017. - 592 b.

  3. Mirziyoev Sh. M. «Xalqimizning roziligi bizning faolyatimizga berilgan eng oliy bahodir» 2- jild«- Toshkent: O‘zbekiston», 2019 - 592 bet

  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017yil 7 fevraldagi PF-4947- sonli “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni

  5. Мирзиёев Ш.М. Янги Узбекистон стратегияси [Матн] / Ш.М. Мирзиёев. - Тошкент: “0‘zbekiston” нашриёти, 2021. - 464 б.

  6. Ўзбекистон Республикаси Президенти 2022 йил 28 январдаги ПФ-60-сонли “2022- 2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида” Фармони

  7. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi 22.12.2017 y.

  8. Xodiyеv B.Yu., Shodmonov Sh.Sh. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. – T.: Barkamol fayz-media, 2017. – 783 bеt.

  9. Макконнелл К.Р., Брю С.Л., Флинн Ш.М. Экономикс: принципы, проблемы и политика: Учебник: Пер. с англ. 21-е изд. М.: ИНФРА-М, 2019. - 1152. с.

  10. 10 . Ulmasov A., Vaxobov A.B. Iktisodiyot nazariyasi. Darslik. - T.: “Iqtisod-moliya” 2014. — 480 bet.

  11. 11.Tursunov A.M. Iqtisodiyoti. O‘quv qo‘llanma.- T: “Ilm-Ziyo-Zakovat”, 2021, 414 bet.


Yüklə 227,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə