Muhandislik texnologiyalari


Ideallashtirilgan kuchaytirgich sxemasini ishlashi



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə15/19
tarix28.11.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#135200
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
1UVCh terapiya

3.6. Ideallashtirilgan kuchaytirgich sxemasini ishlashi


Bu boʼlimda nazariy jixatdan ideal boʼlgan Ye-klass quvvat kuchaytirgichining ishlashini koʼrib chiqamiz. Ye-klass quvvat kuchaytirgichining asosiy birlamchi sxemasi 2.7-rasmda keltirilgan.



2.7- rasm. E-klass kuchaytirgichining asosiy sxemasi

Kuchaytirgich sxemasi tranzistor, shuntlovchi kondensator S1, yuqori chastotali drossel (RFC), ketma ket sxemali LC rezonans konturi va RL yuklama qarshiligidan iborat. Bu sxemada bipolyar tranzistor ko‘rsatilgan, ammo uni boshqa turdagi tranzistorlar, misol uchun MOSFET,MESFET,HFETlar bilan almashtirish mumkin. Avval aytganimizdek, E-klass kuchaytirgichlar kommutatsion quvvat kuchaytirgichlari turiga kiradi va ularda tranzistor og‘ir rejimda kommutatsiya rejimida ishlaydi va ikkita ON va OFF holatlarida bo‘ladi. Sxema ishlashini analiz qilish uchun, uning 2.8- rasmda keltirilgan, ekvivalent sxemasidan foydalanamiz.



2.8- rasm. E-klass kuchaytirgichining ekvivalent sxemasi

Ekvivalent sxemada tranzistor shuntlovchi S kondensatoriga parallel ulangan kommutator bilan almashtirilgan. Bu kondensator asosiy sxemadagi S1 kondensatorining sig‘imi bilan tranzistorning parazitik chiqish sig‘imining yig‘indisini aks etadi. Bundan tashqari, ketma ket ulangan Ls Cs konturi ωc chastotada ishlaydigan L0 C0 rezonans konturi bilan qo‘shimcha jX reaktivligi bilan almashtirilgan. Bunday almashtirishlar sababini keyinroq ko‘rsatamiz. Sxemaning matematik analizini osonlashtirish uchun quyidagi soddalashtirishlarni kiritamiz:


Tranzistor vazifasini ideal kommutator bajaradi, ya’ni ON holatida qisqa tutashgan, OFF holatida bo‘lsa to‘liq uzilgan bo‘ladi va kommutatsiya jarayoni juda tez bir onda amalga oshadi deb olamiz Kommutatsiya jarayoni D = 50% faktor bilan rezonans chastotasida amalga oshadi Kommutator ulanganida ON holatida tokni o‘tkazadi va uzilgan OFF holatida undagi kuchlanishni ushlab bera oladi.


Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə