Muhandislik texnologiyalari


V BOB. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə17/19
tarix28.11.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#135200
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
1UVCh terapiya

V BOB. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
Hayot faoliyati deb insonni har kungi faoliyati, dam olishi, yashash tarziga aytiladi.
Insonlarni texnosferadagi faoliyatining xavfsizligini asoslarini o‘rganishga kirishishni avvalo tirik mavjudotlarning o‘zaro va atrof-muhit bilan bir-biriga munosabati to‘g‘risidagi umumiy bilimlarda HFXni o‘rnini bilishdan boshlash kerak.
Jamiyatda va tabiatda yuzaga kelgan ko‘pgina negativ faktorlarning avvalam bosh sababi insonlarni anropogen faoliyati bo‘lib, xozirgi paytda ushbu muammolarni yechish uchun insoniyat texnosferani mukammallashtirib, odamlarga va tabiatga salbiy ta’sirini yo‘l qo‘yilgan darajagacha pasaytirish hisoblanadi.
HFXning fan sifatidagi asosiy maqsadi- insonlarni texnosferadagi negativ antropogen va tabiiy ta’sirlardan himoyalash hamda hayot faoliyati uchun (qulay) komfort sharoitlar yaratishdan iborat.
Yashash siklida inson va atrof-muhit doimo harakatdagi «inson-yashash muhiti» tizimini hosil qiladi.
Yashash muhiti deb –hozirgi paytda inson faoliyatiga, uning sog‘lig‘iga va avlodiga bevosita yoki bilvosita ,shu zahotiyoq yoki chetdan ta’sir ko‘rsatuvchi shartlab qo‘yilgan fizik, kimyoviy, biologik, sosial faktorlar yihindisi bo‘lgan o‘rab turgan muhitga aytiladi.
Bu tizimda faoliyat ko‘rsatib, inson uzluksiz eng kamida ikkita masalani yechadi:
– ovqatga, havoga va suvga bo‘lgan extiyojini qondiradi;
– yashash muhitidagi hamda o‘ziga o‘xshaganlar tomonidan salbiy ta’sirlarni yo‘qotadi va muxofaza qilishni yaratadi.
Yashash muhitiga tegishli tabiiy salbiy ta’sirlar dunyo yaratilibdiki, mavjud bo‘lib, biosferadagi tabiiy ofatlar hisoblanuvchi iqlimning o‘zgarishi, yer silkinishi, momaqaldiroq va b. ularning manbalari hisoblanadi.
Yashash uchun kurash insonni doimo o‘zini muxofazalash borasida izlanishlar olib borishga va mukammallashtirishga majbur qildi. Bu o‘z vaqtida atrof-muxitga ham salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi. XX asrga kelib Yer yuzida biosferaning kuchaygan iflos zonalari yuzaga keldi, bu o‘z navbatida qisman, ba’zi xollarda butunlay regional inqirozga olib keldi. Bunday o‘zgarishlarga quyidagilar ta’sir ko‘rsatdi:

  • Yer yuzi aholisini yuqori templarda o‘sishi (demografikp ortlash) va shaharlarga to‘planishi;

  • energetik resurslardan foydalanshni va bir yerga jamlanishini o‘sishi;

  • sanoat va qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlanishi;

  • transport vositalarini keng ommada foydalanish;

Qishloq xo‘jaligida ham tuproq unumdorligini oshirish va zararkuandalar bilan kurashish maqsadida ko‘p yillar mobaynida sun’iy o‘g‘itlar bilan birgalikda turli toksikantlardan foydalanib kelindi. 1986 yilda yer yuzida 1 ga xaydalgan yerga 90 kg mineral o‘g‘it to‘g‘ri keldi, bu o‘z yo‘lida tuproqni nitrat, ftor, stronsiy bilan yuqori darajada to‘yinishiga olib keldi.
Pestisidlar bilan zaharlanishdan har yili 10 mingga yaqin kishi vafot etadi, suv xavzalari zaharlanadi, o‘rmonlarni, qush va hayvonlarni qirilishiga olib keladi.
Texnogen avariyalar va falokatlar. XX asr o‘rtalarigacha insonlar yirik miqyosdagi avariya va falokatlarni amalga oshira olmagan, texnika va ishlab chiqarishni mukammallashuvi natijada ular tabiiy ofatlardan ham o‘tib ketdi.
Hodisa deb–insonlarga, tabiiy manbalarga negativ ta’siridan zarar keltiruvchi voqeaga aytiladi.
Avariya deb – texnik tizimdagi insonlarni vafotisiz yuzaga kelgan xodisaga aytiladi. Bunda texnik vositalarni qayta tiklashni imkoni bo‘lmaydi yoki iqtisodiy jihatdan samarasizdir. Falokat deb – texnik tizimlardagi insonlarni vaofti yoki yo‘qolishi bilan kuzatiladigan hodisaga aytiladi [34].
Tabiiy ofat deb –biosferani vayronlovchi, yer yuzidagi odamlarning o‘limi yoki salomatligini yo‘qotishga olib keluvchi favqulotdagi hodisaga aytiladi.
Inson o‘z faoliyati bilan tabiatga bevosita ta’sirida yer yuzining bir necha regionlarida biosferaning buzilishi natijasida yangi yashash muhiti – texnosfera yaratildi.
Biosfera–Yer yuzidagi hayotni tarqalish maydoni bo‘lib, o‘z ichiga texnogen ta’sirga yoliqmagan atmosferaning quyi qatlamini, gidrosferani va yerning yuqori qatlamini oladi.
Texnosfera–insonlarning o‘zini moddiy va ijtimoiy-iqtisodiy extiyojlarini qoniish maqsadida bevosita yoki bilvosita texnik vositalar yordamida o‘zgangan biosfera regionidir. Ishlab chiqarish muhiti – inson ish faoliyatini olib boradigan bo‘shliqdir.
Texnosfera sharoitidanegativ ta’sirlar texnosfera elementlari va insonlarning xatti-harakati asosida bo‘ladi. Har bir oqimni o‘zgarishiga yarasha «inson-yashash muhiti» tizimini qulay xolatdan o‘ta xavfli xolatgacha o‘zgartirish mumkin.
Xavf deb – tirik va tirik bo‘lmagan materiyaning shu materiyaning o‘ziga, ya’ni odamlarga, tabiatga, moddiy boyliklarga ziyon keltiruvchi salbiy xususiyatiga aytiladi. Xavf HFXning markaziy tushunchasi hisoblanadi. Xavflarni tabiiy va antropogen kelib chiquvchilarga ajratish mumkin. Tabiiy xavflar haroratni o‘zgarishi, tabiiy ofatlar natijasida yuzaga kelsa, antropogen xavflar inson faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan chiqindilar, mexanik, issiqlik, elektromagnit energiyasining chiqindilarini atsmosferaga, suv xavzalariga tushishidan xosil bo‘ladi.
Mehnat faoliyatini tavsifi va uni tashkil etish inson organizmining funksional faoliyatini o‘zgarishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat faoliyatinin turli shakllari aqliy va jismoniy mehnatga bo‘linadi.
Jismoniy mehnat birinchi navbatda tayanch-harakatlanuvchi, asabiy-muskul, yurakka kuchaytirilgan og‘irlik berish bilan tavsiflanadi.
Aqliy mehnat ko‘pgina axborot qabul qilish-uzatish ishlarni diqqatni, eslab qolish tizimini, iikrlash tizimini aktivlashishini talab qiladi, natijada uzoq aqliy yuklama insonning asab tizimiga, yurak-tomir tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu mehnat turiga gipokineziya ya’ni insonni harakatlanish aktivligi pasayishi natijasida emosional kuchlanishga qarshi organizmning reaksiyasining yomonlashuvi kuzatiladi.uzoq aqliy mehnat bilan shug‘ullanish asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi: diqqat bilan ishlashi (bir ishdan ikkinchisiga o‘tishi, fikrni bir yerga jamlash), xotirasi (qisqa muddatni va uzoq davrni eslash), axborotni qabul qilishida ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yadi [34].
Hozirgi zamonda toza fizikaviy mehnat aytarli rol’ o‘ynamaydi. Fiziologik klassifikasiyaga ko‘ra ishlarni muskullarni sezilarli harakati bilan amalga oshadigan turiga, mehnatni mexanizasiyalashgan shakliga, avtomatlashgan va yarim avtomatlashgan ishlab chiqarishga, konveyerda ishlaydigan shakliga, uzoqdan turib boshqaradigan va intellekual mehnat turlariga bo‘linadi.
Operator ishi yuqori darajadagi asabiy- emosional kuchlanishni va javobgarlikni talab qiladigan ish bo‘lib, qisqa muddatda katta hajmdagi axborotni qayta ishlashiga to‘g‘ri keladi.
Inson energiyasining sarfi muskulli ishlarning intensivligiga, axborot bilan to‘yinganligiga, emosional kuchlanishga bog‘liq bo‘ladi. Kunlik znergiya sarfi aqliy mehnat qiluvchilarniki 10,5... 11,7 MDj; jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchilarniki esa –12,5...15,5 MDj ni, o‘rtacha og‘irlikdagi mehnat bian shug‘ullanuvchi xirurglar,. stanokda ishlovchilarning energiya sarfi –12,5...15,5 MDj; og‘ir mehnat bilan band odamlar- metallurglar, kon ishchilari, shaxterlarning kunlik energiya sarfi 16,3yo18 MDj ni tashkil etadi.
Mehnatning jismoniy og‘irligi deb, odamdan mehnat qilayotganda asosan muskullarining zo‘riqishini hamda kerekli energiyani talab qiluvchi yuklamaga aytiladi. Ular statik va dinamik ishlarga bo‘linadi.
Statik ishda mehnat qurollari va predmetlari bir yerda qo‘zg‘almas xolatda bo‘lib, ishchi ham bir xil ishchi xolatda mehnat qiladi.
Dinamik ish muskullar qisqarishi bilan kechadigan jarayon bo‘lib, bunda inson mehnat qilish jarayonida o‘zi harakatlanishi va ma’lum miqdordagi yuklarni tashishi bilan kechadi, energiya sarfi muskullarni kuchaygan xolda ushlab turishga hamda mexanik effekt uchun sarflanadi. Qo‘lda ko‘taradigan yukning maksimal og‘irligi ayollar uchun 10kg dan, erkaklar uchun 30 kg dan oshiq ishlar og‘ir ish hisoblanadi.
Mehnat zo‘riqishi deganda axborotni qabul qilish va qayta ishlash uchun inson miyasining zo‘r berib ishlashi natijasida organizmning emosional yuklamasiga aytiladi. Bundan tashqari, zo‘riqish darajasini baholashda quyidagi ergonomik ko‘rsatkichlar nazarda tutiladi: ishning smenaligi, ishchining ish xolati, harakatlanish soni va x.k.
Mehnatni gigiyenik klassifikasiyasi bo‘yicha 4 sinfga bo‘lish mumkin:
1. Optimal ish sharoitida mehnat samaradorligining maksimal, odam organizmining minimal zo‘riqishi ta’minlanadi.
2. Yo‘l qo‘yilgan mehnat sharoitida atrof-muhitning va ish jarayonining shunday darajasi bilan tavsiflanadiki, u ish joylari uchun o‘rnatilgan gigiyenik meyorlaridan oshib ketmasligi ta’minlanadi.
3. Zararli ish sharoitida inson organizmiga ko‘ngilsiz ta’sir etuvchi zararli faktorlar gigiyenik meyorlardan oshib ketgan xola tushuniladi.
4. Ekstremal ish sharoitida ish smenasi yoki uning bir qismida ishchining hayotiga, kuchli kasbiy jaroxatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish faktorlarining darajasi bilan tavsiflanadi.
Insonni ish faoliyatini samaradorligi ko‘p jixatdan ish qurollariga, organizmning ishlash qobiliyatiga, ish joyini tashkil etish va ishlab chiqarish muxitining gigiyenik faktorlariga bog‘liqdir. Ish faoliyatining samaradorligini oshiruvchi eng muhim faktorlardan biri mehnat faoliyatida ko‘nikma va mohirlikning takomillashuvi hisoblanadi.
Yuqori darajadagi turg‘un ish samaradorligi doimiy mehnat qilish bilan dam olishni uzluksizligi ta’minlanishi natijasida yuzaga keladi.
Ishlash qobiliyati deganda ma’lum muddatda ishning soni va sifati bilan tavsiflanadigan inson organizmining funksional imkoniyatlarining kattaligiga aytiladi. Mehnat faoliyatida organizmning ishlash qobiliyati vaqt bo‘yicha o‘zgaradi. Mehnat qilish jarayonida insonning xolatini bir-birini almashtiruvchi uch fazaga ajratish mumkin:
-ishlash qobiliyatini oshish fazasi, bu vaqtda ishlash qobiliyati boshlang‘ich davrdan ish harakteriga va insonnning individual xususiyatiga qarab sekin asta ko‘tarilish davri bir necha minutdan 1.5-2 soatgacha davom etadi;
-yuqori turg‘un ishlash qobiliyati fazasi, bu fazaga yuqori mehnat ko‘rsatkichlariga kam eneriya sarfi bilan erishish xosdir, uning davomiyligi ishning og‘irligiga qarab 2-2.5 saot davom etadi.
- ishchining asosiy ishchi organlarining charchash xissi bilan kechadigan ish qobiliyatining pasayish fazasi.
Ish joyini, ish qurollarini to‘g‘ri loyihalash, erkin mehnat sharoitini yaratish ish samaradorligini oshiradi, charchashni kamaytiradi va kasbiy kasalliklar kelib chiqish xavfini oldini oladi.
Umumiy baxtsiz xodisalar ichida, elektr tokidan jaroxatlanish taxminan 5% ni tashkil qiladi. Lekin, elektr jaroxatlanish ichida og‘ir turli, ayniqsa o‘lim bilan tugaydigan xodisalar 70-75% ni tashkil qiladi. Elektr xodisalarni asosiy soni, kuchlanishi 1000V gacha bo‘lgan elektr uskunalarga tug‘ri keladi. Kuchlanish 1000 V dan ortiq bo‘lgan elektr jaroxatlarni soni ancha kam, va ularga xizmat qiladigan xodimlar maxsus o‘rgatilgan va tayyorlangan, shu sababli baxtsiz xodisalar xam deyarli kam sodir buladi.
Elektr tok ta’siri natijasida inson tanasini shikastlanishi elektr jaroxat deb ataladi. Elektr tokning xatarligi shuki, inson o‘z sezguvchi organlari bilan, kuchlanishni bor-yuqligini aniklamaydi. Odam elektr kuchlanish ostida qolgandan keyin ximoyalovchi reaksiyasi kechikib ishga tushadi.
Insonni elektr tokidan jaroxatlanishi sabablari quyidagicha: izolyasiya qilinmagan tok o‘tkazuvchi qismlarga tasodifan tegib ketishi; izolyasiyasi lat yegan sababi metal qismlarga tokni o‘tib ketishi; kuchlanish ostida qolgan metalmas buyumlardan, qadamli kuchlanishdan va elektr yoyi orqali.
Inson tanasidan o‘tayotgan tok termik, elektrolitik, biologik ta’sirini va mexanik jaroxatlanish olishi mumkin. Termik ta’sirini teri tuqimasining xujayrasini qizishidan kuydirishigacha olib kelishi mumkin. Biologik ta’siri-tanani bioyenergetik jarayonini buzilishi, ya’ni tirik xujayralarni to‘lqinlanishi va mushaklarni keskin qisqarishiga olib keladigan xolat. Elektrolitik ta’sirida esa organizmning suyuqliklari parchalanishi natijasida qonning va hujayralarning kimyoviy va ximik xususiyatlari o‘zgarishi kuzatiladi.
Elektr tok bilan shikastlanishni ikki turini ko‘rsatish mumkin: elektr jarohat va elektr zarb.
Elektr jarohatlanishi-insonni tanasini ayrim joylarini shikastlanishi, elektr kuyishi, elektr belgilari va terini metallanishini ko‘rinishlariga ega.
Inson tanasidan tok o‘tishi natijasida tanani qizishi-elektr kuyish deb ataladi. Tanani ichki va tashqi qismi kuyishi mumkin. Jarohat olish sharoitlariga ko‘ra kontakt, yoyi va aralash kuyishlarga ajratiladi.
Ish jarayonini tashkil etishda ishlovchining antropometrik va psixofiziologik xususiyatini e’tiborga olish kerak, tik turib ishlash chog‘ida ishchi uskunalarni joylashtirishda ayollar bilan erkaklarning bo‘yi o‘rtacha 11,1 sm ga, yonga cho‘zilgan qo‘llarn 6,2 sm ga, to‘g‘riga cho‘zilgan qo‘llar farqi 5,7 sm ga, o‘tirib ishlash chog‘ida esa ayollarning tanasi erkaklarnikidan 9,8 sm ga past ekanligini nazarda tutish kerak.
Ish yuzasining balandligini bajarilayotgan ishning og‘irligiga, harakteriga va aniqligiga qarab 12.2.032–78 va 21998–76 DAVST da beriladi.
Konchilik ishida qobiliyatiga mashina va mexanizm pul’tlarini to‘g‘ri tanlash va joylashtirish salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. Pul’tlarni o‘rnatishda shuni yaxshi bilish kerakki, boshini burmay ko‘rish zonasi120° ni, boshini burib ko‘rishi – 225°, tepaga 30° va pastga esa 40°ni tashkil etadi.
Ish va dam olishni navbatma-navbat amalga oshirish ishlash qobiliyatini yuqori turg‘unligini ta’minlaydi. Bundan tashqari ish davomidagi zaruriy mikropauzalar butun ish vaqtining 9...10 % ni tashkil etishi kerak.
Insonning faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shartlardan biri xonada o‘zining normal tana harorati 36,5 °C ni ta’minlovchi metiorologik sharoitni yaratishdan iboratdir unday ta’minlanish jismoniy ish qilganda tanadagi issiqlik balansini va energiya ta’minoti darajasini qay darajada buzilishiga bog‘liq o‘rtacha og‘irlikdagi va og‘ir jismoniy ishni bajarganda tana harorati o‘zgarib turadi. Inson ichki organlari +43 °C dan minimal +25 °C bo‘lgan haroratni ko‘tara oladi.
VI BOB. ATROF-MUHIT MUXOFAZASINI TASHKIL ETISH

O‘zbekiston Republikasi hududida atrof-muhit muhofazasini tashkil etish Respublika Vazirlar Maxkamasi, Respublika va viloyatlardagi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitalari, Davlat boshqaruvining tegishli mahalliy organlari tomonidan amalga oshiriladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining tabiat muhofazasini tashkil etishdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:


Tabiatni muhofaza qilishga doir yagona siyosat yuritish;
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni tartibga solish;
Tabiiy resurslarni baholash va respublika axamiyatiga molik tabiiy resurslar zaxiralarini tasdiqlash;
Ekologik jixatdan tang vaziyatlar, tabiiy ofatlar va falokatlarni oldini olish yuzasidan chora tadbirlar ishlab chiqish;
Tabiiy ofatlar va yirik halokatlar oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Tabiiy resurslardan foydalanganlik, atrof-muhitni ifloslantirganlik chiqindilar, zararli ta’sir etuvchi moddalarni joylashtirib tashlaganlik uchun xaq to‘lash tartibini, shuningdek, tabiiy resurslardan foydalanish, chiqindilarni joylashtirish, chiqindilarni joylashtirish limitlarini belgilash;
Ekologik ta’lim-tarbiya tizimini yaratish va uning amal qilishini ta’minlash;
Tabiatdan mahsus tartibda foydalaniladigan xududlarning chegaralarini va xo‘jalik faoliyati rejimlarini tasdiklash;
Tabiatni muxofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish.
O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga bo‘ysunadi hamda vazirliklar, Davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek ayrim shaxslar tomonidan yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmon, hayvonot va o‘simliklar dunyosidan, atmosfera xavosidan foydalanish xamda ularni muxofaza qilishga doir qonunlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. Shunday qilib, O‘zbeksiton Respublikasi tabiatini muxofaza qilish Davlat qo‘mitasi O‘zbekiston xududida faoliyat ko‘rsatadigan barcha tashkilotlar ustidan ish ko‘ruvchi organ bo‘lib, tabiatni muhofaza qilish va resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha tarmoqlararo boshqaruv va davlat nazoratini amalga oshiradi. U o‘z funksiyasini maxalliy boshqaruv organlariga bog‘liq bo‘lmagan holda bajaradi va tabiatdan oqilona foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, ishlab chiqarish korxonalari xolati va tabiiy resurslarini ximoya qilish bo‘yicha texnik va iqtisodiy masalalarni hal yetishga ko‘maklashadi. O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muxofaza qilish Davlat qo‘mitasining vakolatlari, O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlangan Nizom bilan belgilanadi. O‘zbeksiton Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat Qo‘mitasi va o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar uchun majburiy xisoblanadi.
Davlat xokimiyati va boshqaruv mahalliy idoralari tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha kuyidagi vakolatlarga ega:
O‘z xududida tabiatni muxofaza qilishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, mintaqaning ekologiya dasturini tasdiqlash;
Tabiiy resurslarni xisobga olish va baxolash, ekologik jixatdan zararli bo‘lgan ob’ektlarni ro‘yxatga olish;
Tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni moddiy texnik tomondan ta’minlash;
Tabiiy resurslardan foydalanish xuquqini beruvchi, sanoat va uy ro‘zg‘or chiqindilarni to‘plash yoki ko‘mib tashlashga ruxsatnomalarni belgilangan tartibda berish yoki ularni bekor qilish;
Tabiiy resurslardan foydlanganlik uchun to‘lovlar undirish;
Tabiatni muxofaza qilishni ustidan nazorat o‘rnatish atrof-muhitga zarar yetkazayotgan mahalliy ahamiyatga molik ob’ektlar faoliyatini vahtincha yoki butunlay to‘xtatish yoki qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə