Muloqot psixologiyasi (Esse) Termiz davlat pedagogika Instituti Filalogiya fakulteti o’zbek tili yo’nalish 23-04 guruh talabasi Qudratova Shahnoza



Yüklə 48,02 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.12.2023
ölçüsü48,02 Kb.
#158653
Muloqot psixologiyasi



Muloqot psixologiyasi 
(Esse) 

Termiz davlat pedagogika
Instituti
Filalogiya fakulteti o’zbek tili
yo’nalish 23-04 guruh talabasi
Qudratova Shahnoza
Muloqot psixologiyasining predmeti — muloqot madaniyati, muloqot 
texnikasi, muloqot etikasini o'rganishdan iborat. Muloqot faqat insonlarga xos 
bo'lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir-birlari bilan muloqotda bo'lish 
ehtiyoji tug'iladi. O'zaro muloqot esa, tabiiyki, kishilik jamiyati vujudga kelishining 
eng asosiy unsuri hisoblanadi. Psixologiya lug'atida muloqot tushunchasiga ikki xil 
ta’rif beriladi: 1. Muloqot — hamkorlikdagi faoliyat ehtiyoji bilan taqozolangan 
aloqa o'matish va uni rivojlantirish jarayoni; 2. Muloqot — belgilar tizimi orqali 
subyektlaming o'zaro ta’sirlashuvi. Muloqot — odamlar o'rtasida birgalikdagi 
faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog'lanishlar rivojlanishining ko'p qirrali 
jarayonidir. Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko'rsatuvchilar o'rtasida 
axborot ayirboshlashni o'z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ 
(o'zaro 
aloqaga 
doir) 
jihati 
hisobga 
olinadi. 
Muloqot 
tushunchasini 
kommunikatsiyadan farqlash kerak. Kommunikatsiya — tirik va o'lik tabiatdagi 
tizimlar o'rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o'rtasidagi signallar 
almashinuvi, insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi — bulaming barchasi 
kommunikatsiya. Muloqot esa faqat insonlar o'rtasidagina amalga oshirilishi 
mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda va munosabatda bo'lish 
jarayonida shaxsga aylanib boradi, ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi. 
Muloqot ijtimoiy faollikning ontogenezda (individual rivojlanish yo'li) paydo 
bo'ladigan birinchi turidir. Faoliyat davomida insonlar o'rtasida yangi-yangi 
munosabatlar va aloqalar shakllanadi. Demak, faoliyat va muloqot o'zaro 


chambarchas bog'liqdir. Kishilar munosabatga kirishishda awalo tilga murojaat 
qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o'zaro 
birgalikdagi harakati — nutq jarayonida faqat so'zlar bilan emas, balki harakatlar 
bilan ham muloqot yuritishdan iborat. Munosabatning keyingi jihati muloqotga 
kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan 
muloqotga kirishishdan awal uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda 
bo'lamiz. Demak, muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv 
(o'zaro birgalikda harakat qilish) va perseptiv (o'zaro birgalikda) idrok etish amalga 
oshiriladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Har bir kishining o'z «Men«i atrofdagilar 
bilan bo'ladigan muloqot jarayonida shakllanadi. Shaxsning hayot yo'llari awal 
oilada, bog'cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va 
jamoalarda rivojlanadi. Muloqotga bo'lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham 
rivojlanmaydi. Kimlar bilandir bo'lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, ayrim 
hollarda esa qoniqmaslikni his qilamiz. Pedagogik muloqot bu — muloqot turlaridan 
biri bo'lib, pedagogik faoliyatda muhim o'rin tutadi. 1.2. Muloqot psixologiyasining 
psixologiyaning boshqa tarmoqlari bilan bog‘liqligi Muloqot psixologiyasi fani 
psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog'liq holda rivojlanadi. Jumladan, 
pedagogik psixologiya bilan uzviy bog'liq. Pedagogik muloqotda ta’lim 
psixologiyasi, tarbiyaning psixologik asoslari, o'q ituvchi va o'quvchi munosabatlari, 
o'qituvchi psixologiyasi, maktablarda ta’lim-tarbiya jarayonlarini boshqarish muhim 
o'rinni egallaydi. Ijtimoiy psixologiya fanida muloqot tarkibi (struktura) muammosi 
muhim o'rin tutadi. Chunki muloqot tuzilishini aniqlab olish uning tarkibidagi har 
bir elementni alohida tahlil qilish imkonini beradi. Muloqotning asosiy tarkibi 
quyidagi 
elementlardan 
tashkil 
topgan, 
deb 
hisoblanadi. 
Muloqotning 
kommunikativ tomoni muloqot ishtirokchilari o'rtasidagi axborot almashinuvidan, 
interaktiv jihati muloqot ishtirokchilarining o'zaro ta’sirlashuvidan, perseptiv 
tomoni esa muloqot ishtirokchilarining muloqot jarayonida bir-birini idrok etishi va 
bilishidan iborat. Ijtim oiy psixologiya turli ijtim oiy guruhlar, jamoaning psixik 
namoyon bo'lishi, katta guruhlar — jamoalarning kayfiyati, tafakkuri, raqobati 
kabilarni o'rganadi. Boshqaruvda rahbarlarda nutq qobiliyatining rivojlanishi


shuningdek, xodimlar bilan til topa olish uchun muloqot psixologiyasini bilish zarur. 
Muloqot din psixologiyasi uchun ham juda katta ahamiyatga ega. Din psixologiyasi 
diniy ong xususiyatlari, uning psixologik va ijtimoiy www.ziyouz.com kutubxonasi 
asoslari, vazifalari, tizim i, diniy his-tuyg‘ular, diniy guruhlar psixologiyasini 
o'rganishda albatta muloqot xususiyatlari, muloqot madaniyatini bilishga asoslanadi. 
Demak, muloqot psixologiyasi psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog'liq 
holda rivojlanadi. 1.3. Milliy g ‘oya asosida muloqotning shakllanishi M illiy 
psixologiyaning asosiy vazifasi yoshlar ongida milliy g'oyani shakllantirishdir. 
Bunda muloqot katta ahamiyatga ega. Respublikamizda istiqbolda amalga 
oshirishga mo'ljallangan g'oyalar mavjud. Ular vatanimiz taraqqiyotini belgilab 
beruvchi istiqbol dasturi vazifasini bajarib kelmoqda. Bu g'oyalar: 1) O'zbekiston 
kelajagi buyuk davlat; 2) O'zbekistonda demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyatini 
barpo etish; 3) fuqarolar ongini ma’naviyat mash’ali bilan yoritish; 4) mustaqil 
fikrlovchi, faol, fidoiy kishilarni tarbiyalash; 5) komil insonni kamol toptirish 
kabilardir. Vatanimizning m illiy g'oyasi barcha millatlar, uchun umumiydir. M illiy 
g'oya fuqarolarning diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar baxtli 
turmush, farovon hayot, o'zaro totuvlik, mustaqillik tuyg'usiga sadoqat, ezgu 
niyatlari ushalishini kafolatlaydi. M illiy g'oyani bolalar ongiga yoshlikdan 
singdirish darkor. Bog'cha yoshidagi bolalarga ham faqat yodlatish orqali 
mashg'ulotlami o'tkazmasdan, trening mashg'ulotlardan, ayniqsa, muomala 
treningidan ko'proq foydalanish maqsadga muvofiq. Turli yoshdagi bolalar bilan 
muloqot treningini tashkil etishda, yosh xususiyatlarini e’tiborga olish kerak-/ 
Muloqot treningida «Vatan nima?», «Ona zamin degani nima?», «Biz nima uchun 
yashaymiz?» kabi muammoli savollarni o'rtaga tashlab, bolalar ongiga m illiy 
g'oyani, m illiy g'urumi singdirish mumkin. M illiy tamoyillarini shakllantirish 
uchun quyidagi usullardan foydalanish ijobiy natija beradi: 1. Madhiyani maromiga 
yetkazib ijro etishga e’tibor berish; 2. Vatanimiz bayrog'iga ta’zim qilishga o'rgatish; 
3. «Biz Vatan farzandimiz» mavzusida ko'rik-tanlovlar o'tkazish; 4. Jamiyatning 
faol kishilari bilan uchrashuvlar tashkil qilish; 5. Muzeylarga sayohat uyushtirish 
kabilar. 1.4. Muloqot psixologiyasining maqsadi va vazifalari O'zbek tiliga davlat 


maqomi berilganidan keyin davlat va jamiyat hayotida birmuncha ijobiy o'zgarishlar 
yuz berdi, bu borada asosiy www.ziyouz.com kutubxonasi islohotlar m illiy 
istiqloldan so‘ng amalga oshirildi. Ijtimoiy hayotdagi katta yutuqlar bilan bir 
qatorda, shaxslararo munosabatlarda til odobi, nutq madaniyatida buzilishlar davom 
etmoqda, o‘zbek tilining musaffoligi, aniq va lo'ndaligi, mantiqiyligi, ohangdorligi 
va silliqligi muloqotda o'z ifodasini topa olmayapti. Natijada uzatilayotgan fikrlami 
idrok qilish qiyinlashmoqda. Muloqot psixologiyasining asosiy maqsadi, awalo 
yoshlarda nutq madaniyatini shakllantirishdir. Shuningdek, o‘qitish jarayonida 
bo'lajak mutaxassislarga muloqot madaniyati, muomala odobini singdirish, guruh va 
jamoalarda o'zaro munosabatlami muloqotni shakllantirish orqali yaxshilashdir. 
Muloqot psixologiyasining asosiy vazifalari quyidagilarda o'z ifodasini topadi: 1) 
hamkorlikdagi faoliyat jarayonida shaxslararo o'zaro ta’sir va muloqot 
qonuniyatlarini o'rganish; 2) Sharq allomalarining muloqot haqidagi qarashlarini 
tahlil qilish; 3) o'quvchini faollikka undovchi muomalaviy imkoniyatlar 
mavjudligini ta’kidlab o'tish; 4) o'quvchilarda kasbiy layoqatni faollashtirishga 
qaratilgan 
muloqotni 
shakllantirish; 
5) 
shaxslararo 
munosabatlami 
muvofiqlashtirishda muloqotning rolini orttirish; 6) o'zaro ta’sir etishning ayrim 
oqibatlarini hisobga olish. Bundan tashqari muloqotning inson ijtimoiy hayotida 
bajaradigan vazifalari (funksiya) ham mavjud. Muloqot funksiyalari xilma-xil bo'lib, 
eng keng tarqalgan tasnifga ko'ra ular quyidagilardan iborat: (B.F. Lomov taklif 
etgan tasnif): l.Informatsion-kommunikativ funksiya — axborot almashinuvini 
ta’minlash vazifasi. Axborot almashinuvi turli belgilar, tizimlar orqali amalga 
oshiriladi. Odatda verbal (unda belgilar tizimi sifatida nutq ishlatiladi) va noverbal 
(unda nolisoniy belgilar tizimi ishlatiladi) kommunikatsiya farqlanadi. Noverbal 
kommunikatsiya bir necha shakldan iborat: — kinetika (imo-ishora, mimika, 
pantomimika); — paralingvistika (ovoz lokalizatsiyalari, pauzalar); — proksemika 
(masofa va vaqt me’yorlari); — vizual aloqa (ko'zlar orqali aloqa); — takesika 
(jismoniy aloqa). Ba’zida muloqotdagi individlaming hidlari ham o'ziga xos belgilar 
tizim i sifatida baholanadi. 2. Regulatsion-kommunikativ funksiya — suhbatdoshlar 
xulqatvorining regulatsiya qilinishi (boshqarilishi)ni ta’minlash vazifasi. Kishilar 


muloqot jarayonida verbal, jismoniy, noverbal yo'llar bilan bir-birining motivlariga, 
maqsadlariga, qaror qabul qilishiga ta’sir o'tkazishi, biror www.ziyouz.com 
kutubxonasi harakatga undashi va harakatini nazorat qilishi, bir-birining xulq-
atvoriga stimullashtiruvchi va korreksiyalovchi tarzda ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
3.Affektiv-kommunikativ funksiya — inson emotsional sohasining regulatsiya 
(boshqarish) qilinishini ta’minlash vazifasi. Muloqot inson emotsional holatlarining 
eng muhim determinantasidir. Chunki turlituman emotsional holatlar muloqot 
jarayonida paydo bo'ladi va o'zgaradi. L. A. Karpenko taklif etgan tasnifga ko'ra 
muloqotning quyidagi vazifalari ajratiladi: — aloqa o'rnatish vazifasi — 
suhbatdoshni aloqaga kirishish uchun tayyorlash; — informatsion vazifa — 
suhbatdosh bilan muayyan ma’lumotlar, fikrlar va rejalami almashish; — faoliyatga 
undash — suhbatdoshni biror harakatni bajarishga stimullashtirish (rag'batlantirish); 
— koordinatsion vazifa — suhbatdosh bilan hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish 
va uni amalga oshirishdagi harakatlarni muvofiqlashtirish; — tushunishni 
ta’minlash vazifasi — suhbatdoshning fikrlari va hissiyotlarini tushunish; — amotiv 
vazifa — suhbatdoshda muayyan hissiyotlami uyg'otish hamda ularni o'zgartirish; 
— munosabat o'rnatish vazifasi — munosabatlar tizimidagi shaxsiy o'rinni, mavqeni 
aniqlash; — ta’sir ko'rsatish vazifasi — suhbatdoshning xulq-atvori, shaxsiy 
xususiyatlari, maqsadlarini o'zgartirish. Demak, muloqot murakkab polifunksional 
ya’ni ko'p vazifali hodisadir. Biz bo'lajak mutaxassislarda quyidagi muomala 
xususiyatlarini shakllantirishimiz zarur: — muomala madaniyatining nazariy 
asoslari; — shaxslararo munosabatlar qonuniyatlari; — pedagogik muloqotning 
qonuniyatlari; — oilada, guruh va jamoalarda muloqotga qo'yiladigan asosiy talablar 
haqida tasawurga ega bo'lish; — shaxsda muloqot shakllanishini o'rganish; — 
muomala madaniyatini barcha guruh va jamoalarda shakllantirish; — shaxslararo 
munosabatlarda muloqotning ahamiyatini kuzatish; — muloqot xossalarini bilish va 
qo'Ilay olish; — guruhlarda muloqotni shakllantirish metodikalarini o'tkazish; — 
oilada muloqot madaniyati, muloqot xossalaridan boxabar bo'lish; — muloqot 
madaniyatini shakllantirish maqsadida psixologik maslahatlar tashkil etish 
yuzasidan ko'nikmalar hosil qilish. www.ziyouz.com kutubxonasi 1.5. Muloqot — 


ijtimoiy psixologik voqelik sifatida Muloqot — shaxslararo munosabatlarning 
asosiy ko'rinishi bo'lib, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan o'zaro ruhiy 
jihatdan aloqaga kirishadilar, o'zaro axborot almashadilar, bir-birlariga ta’sir 
o'tkazadilar, bir-birlarini his qiladilar, tushunadilar. Shuning uchun muloqot 
ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida ishtirok 
etib, hamkorlik faoliyatining moddiy, ma’naviy, madaniy, emotsional, motivatsion 
qirralarining ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Insonda yuzaga keladigan har xil 
ehtiyojlami maqsadga muvofiq ravishda qondirish muloqot maromiga bog'liq bo'lib, 
shaxslararo munosabat barkamol avlod, komil inson g'oyalari qaror topishiga xizmat 
qiladi. Muloqot muvaffaqiyatining negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari 
motivatsiyasi, xarakter xislati, individual-tipologik xususiyati, qobiliyati, e’tiqodi 
kabi fazilatlar, sifatlar namoyon bo'lishi, rivojlanishi hisoblanadi. Muloqot tashqi 
ijobiy ta’sirlar, namunalar asosida o'zini-o'zi tuzatish, qayta tarbiyalash, shaxsiy 
imkoniyatini ro'yobga chiqarish uchun puxta zamin hozirlaydi, komillik sari 
yetaklaydi. Barkamol insonlaming muomala maromi, mulohaza yuritish uslubi, 
munosabatga kirishish uquvchanligi, vaziyatdan chiqish salohiyatiga boshqa 
odamlar ham taqlid qiladi va hayot tajribasida unga rioya etib yashaydi. Odamlar 
o'rtasidagi shaxslararo munosabat jarayonida g'ayritabiiy ijtimoiy holat yoki 
hodisaga ongli tayanish — o'zini-o'zi mukammallashtirish, ro'yobga chiqarish, 
boshqarish, baholash, o'zigao'zi buyruq berish shaxsning ruhiy dunyosida muhim 
kamolot bosqichidir. Shuning uchun ichki va tashqi taqlidni tushunish hamda 
bosqichma-bosqich egallab borish — bo'lg'usi mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi 
hamda barkamol shaxs sifatida shakllanishining garovidir. Muloqotga kirisha 
olmaslikning asosiy sababi — o'zini-o'zi ortiqcha yoki past baholash tufayli o'ziga 
va uni qurshab turgan odamlarga noto'g'ri munosabatdir. Buning oldini olish 
imkoniyatlari mavjud bo'lib, asosan, quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samara 
beradi: 1) hamkorlik faoliyatida, muloqotlar tizim i orqali muloqot jarayonining 
barcha a’zolari o'rtasida insonparvarlik munosabatlarini tashkil qilish, emotsional 
muhitni taqqoslash imkoniyatini yuzaga keltirish; 2) muloqotda ichki munosabatlar 
tizimida har bir a’zoning qulay mavqeini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga 


oshirish; 3) insonning muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari to'g'risidagi 


Yüklə 48,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə