Mundarij a futbol musobaqalariga tayyorgarlik


Futbol musoboqalarini aralash tizim



Yüklə 426,5 Kb.
səhifə30/32
tarix29.11.2023
ölçüsü426,5 Kb.
#140310
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Futbol musobaqalarini rejalashtirish va o’tkazish

Futbol musoboqalarini aralash tizim
Musoboqalar amaliyotida aralash tizim futbol musoboqalarining ikki tizimi davrali tizim va mag’lubiyatdan keyin o’yindan chiqib ketila-digan tizimning kambinatsiyasiyasidan iborat. Bu usulga binoan musoboqa-ning bir qismi (dastlabki yoki yakuniy qismi) mag’lubiyatdan keyin o’yindan chiqib ketiladigan tizim bo’yicha, boshqasi esa davrali tizim bo’yicha o’tkaziladi. Ba’zan mag’lubiyatdan keyin o’yindan chiqib ketiladigan tizim kichik guruhlarga bo’lingan jamoalar o’rtasidagi musoboqalarning dastlab-ki vismida qo’llaniladi, qolgan jamoalardan bitta kuchli jaioalar gurihi tashkil etiladi, bular musoboqalarning yakuniy qismida bir-birlari bilan davrvli tizim bo’yicha uchrashadilar.
Mag’lubiyatdan keyin o’yindan chiqib ketiladigan tizim bo’yicha (bunda musoboqada qatnashuvchi jamoalar sof qur’a tashlash bilan aniqlanadi) o’tkaziladigan musoboqalarga hos bo’lgan tasodifiylik faktorini kamayti-rish istagi musoboqa tashkilotchilarini musoboqa o’yinlarining tobora yangi tizimlarini izlashga majbur etadiki, bu tizimlar, odatda, aralash usullaridan iborat bo’ladi.
Hilma-hil xalqaro turnirlarda, jumladan jahon birinchiligi va olimpiada o’yinlarining final qismida keng qo’llanilgan o’yin tizimlari shu tariqa paydo bo’lgan.
Bu tizimga binoan musoboqada qatnashuvchi jamoalar guruhlarga bo’linadi. Masalan, musoboqada qatnashuvchi jamoalar soni 16 ta bo’lganda, ular har bir guruhda to’rttadan jamoa bo’lgan to’rt guruhga bo’lib yuboriladi. Guruhdagi o’yinlar davrali tizim bo’yicha bir yoki ikki davrada o’tkaziladi. Jamoalarni qur’a tashlash bilan guruhlarga bo’lishni turli sharoitlarni hisobga olib o’tkazish mumkin. Bu sharoitlar oldindan Musoboqa nizomida ko’rsatib o’tiladi (jamoalarning xududga mansublik printsipi, kuchli jamoalarni oldindan klassifikatsiyalash asosida turli guruhlarga bo’lib yuborish va hokazo). Jamoalar qandaydir bir joyda yig’ilganda emas, balki turli guruhlar va xatto guruhga kiruvchi jamoalar xudud jixatidan turli joylarda joylashtirilganda ham musoboqalarni bu tizimi bilan o’tkazish mumkin. Guruhda birinchi yoki ikkinchi o’rinni egallagan jamoalar keningi musoboqalarga ishtirok etishga yo’l qo’yiladi. Bu musoboqalar mag’lubiyatdan keyin o’yindan chiqib ketish bilan o’ynaladigan tizim bo’yicha o’tkaziladi, bunda birinchi ikki tur o’yinlarida bir guruhdagi jamoalar bir- birlari bilan uchrashmasliklari kerak, chunki ular dastlab o’zaro o’yin o’tkazganlar.
Qo’yidagi musoboqa o’tkazishning shunday sxemasi keltiriladi, bu sxema musoboqaning birinchi qismida ham, shuning bilan birga ikkinchi qismida ham jamoalarning qur’a tashlashidan oldin tasdiqlangan bo’lishi kerak.
Yuqorida keltirilgan musoboqa tizimining afzalliga ravshan: bunda musoboqaning birinchi qismida mumkin bo’lgan dasodiflar iloji boricha yuqotiladi va musoboqalar jamoalar soni anchagina ko’p bo’lganda ham nisbatan qisqa muddat ichida o’tkaziladi.
Ma’lumki, mag’lubiyatdan keyin o’yindan chiqib ketish tizimi bo’yicha o’ynaladigan o’yinlarda yoki aralash tizimda o’tkazilayotgan musoboqada, garchi o’yin asosiy va qo’shimcha vaqtda durang bilan tugallansa ham, bir o’yinda yohut bir necha o’yindan keyingi musoboqalarda qatnashish uchun g’olibni aniqlash zarur, albatta. Buni aniqlashning birnecha usuli bor. Ulardan birining, hozirgi vaqtda eng keng tarqalganining mohiyati shundan iboratki, jamoalar o’zaro ikki marta: o’z maydonida shuningdek raqib maydonida
uchrashadilar (bunda o’tkazilgan har bir o’yin uchun ochko beriladi). Ochkolar soni teng bo’lgan taqdirda kiritilgan va o’tkazib yuborilgan to’plpr nisbati e’tiborga olinadi, shu bilan birga raqib maydonda kiritilgan bir to’p ikkitaga hisoblanadi.
O’yinning oxiriga kelib (mazkur holda ikkinchi o’yinining ohiriga kelib) ochkolar va kiritilgan hamda o’tkazib yuborilgan to’plar nisbati teng bo’lib qolsa (to’plar nisbati nolga teng), g’olibni aniqlash uchun qo’shimcha 30 daqiqa vaqt beriladi. Agar qo’shimcha vaqtda ham jamoalardan hech biri g’alabaga erishmasa g’olib jamao 11 metrlik to’p tepish bilan aniqlanadi. Bu to’plarni har ikki jamoa o’yinchilari, o’yin tugashi bilanoq darvazabon qo’riqlab turgan darvozaga 11 metrlik to’p tepilpdigan belgidan navbatma – navbat tepadilar.



Yüklə 426,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə