Mundarij a futbol musobaqalariga tayyorgarlik



Yüklə 426,5 Kb.
səhifə31/32
tarix29.11.2023
ölçüsü426,5 Kb.
#140310
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Futbol musobaqalarini rejalashtirish va o’tkazish

X U L O S A
Musoboqalarini doimiy ravishda o’tkazish o’quvchilari sog’ligini mustaxkamlash bilan bir qatorda ularni sportning ushbu ajoyib turiga bo’lgan qiziqishini yanada ham oshiradi. Shu bois ham jismoniy tarbiya mutaxasisi barcha sport turlari qatori o’quv yili boshida futbol musoboqalarini ham yillik musoboqalar taqvimiga kiritishi zarur. Maktablarda jismoniy tarbiya va sog’lomlashtirish tadbirlari, barcha sport turlarini ommoviylashtirish ishlarini hisobga olgan holda futbol musoboqalarni olimpiya tizimida, ya’ni, bir mag’lubiyatdan keyin chiqib ketish tizimida o’tkazish yaxshi samara beradi. Musoboqalarni aylanma tizimda o’tkazilishi ko’p vaqtni olganligi uchun maktab sharoitida yoki maktablar o’rtasida, shahar, tuman maktablari o’rtasida “Umid nihollari ” musoboqalarida keng foydalanilmaydi. Musoboqalarni ushbu tizimidan O’zbekiston chempionatining barcha tabaqalarida keng foydalaniladi (kubok o’yinlaridan tashqari).
“Nasaf” PFK ga qarashli Nishon tuman futbol maktabi 2002-2003 yil tug’ilgan bolalar futbol guruhi. futbol musobaqasini tashkil qilib o’tkazganimizda o’quvchilarni ushbu sport turini naqadar sevishlarini guvohi bo’ldik. Barcha sinflar musoboqada g’alaba qozonish uchun astoydil harakat qildilar. O’quvchilar o’yinlar jarayonida o’zlarni texnik va taktik jihatdan naqadar yaxshi tayyorgarlikka ega ekanliklarini ko’rsatdilar. Musoboqa bir mag’lubiyatdan keyin chiqib ketish tizimida o’tkazildi.
Musoboqada jismoniy, texnik – taktik va ruhiy jixatdan yaxshi tayyorgarlikka ega bo’lgan 2002-yil o’quvchilari g’alaba qozondilar. 2003-yil tug’ilgan bollalar jamoalari ham mazmunli ishtirok etdilar. Ushbu tizimda kuchli jamoalarni aniqlab olishga ayrim to’sqinliklar bo’lishiga qaramay bollar terma jamoasi aniqlab olindi.
Bugungi kunda xotin – qizlar futbolni rivojlantirish borasida ham mamlakatimizda futbol jonkuyarlari tomonidan katta zafarli ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyatimizning “Sevinch” futbol jamoasi bir necha bor respublika chempionatida g’oliblikni qo’lga kirish bilan bir qatorda xalqaro musoboqalarda ham chempionlikni qo’ldan bermay Osiyo da birinchi jamoa bo’lib qolmoqda. Shunday ekan biz ushbu jamoamiz tarkibini shaxrimizda, viloyatimizda ta’lim tarbiya olayotgan o’quvchi qizlarimiz bilan to’ldirishimiz kerak.
Musoboqalarni tashkil qilish va o’tkazishga doir qo’yidagi taklif va muloxozalarga amal qilgan jismoniy tarbiya mutaxassislari maktab o’quvchilari o’rtasida futbol musoboqalarini samarali yo’lga qo’ya oladi:
Musoboqa nizomini ishlab chiqib, ishtirokchilarni tanishtirsalar;
Musoboqaning maqsad va vazifalarini to’g’ri belgilab olsalar;
Musoboqaga rahbarlik qilsalar;
Musoboqani o’tkazish kuni, soati va shartlarini belgilab olsalar;
Musoboqani chiqib ketish tizimidan foydalansalar;
Musoboqalashuvchi jamoalarni talabnomalarini ko’rib chiqib uni tasdiqlasalar;
Musoboqa hakamlar kollegiyasini tuzib ishlarini qat’iy tartibda musoboqa qoidalirga asosan olib borsalar;
Norozilik arizalarini halol va adolatli ko’rib chiqib to’g’ri hulosa chiqarsalar;
Musoboqa g’oliblarini faxriy yorliq va sovg’alar bilan taqdirlasalar sportning ushbu futbol turini maktab o’quvchi yoshlari orasida keng ommalashtirgan bo’ladilar.

Yüklə 426,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə