Mundarij a futbol musobaqalariga tayyorgarlik


Turlar bo’yicha o’tkaziladigan o’yinlar



Yüklə 426,5 Kb.
səhifə26/32
tarix29.11.2023
ölçüsü426,5 Kb.
#140310
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
Futbol musobaqalarini rejalashtirish va o’tkazish

Turlar bo’yicha o’tkaziladigan o’yinlar

1- tur

2- tur

3- tur

4- tur

5- tur

6-tur

7- tur

8- tur

9- tur

1- 10

10– 6

2-10

10-7

3-10

10-8

4-10

10-9

5-10

2-9

1-2

3-1

2-3

4-2

3-4

5-3

4-5

6-4

3-8

9-3

4-9

1-4

5-1

2-5

6-2

3-6

7-3

4-7

8-4

5-8

9-5

6-9

1-6

7-1

2-7

8-2

5-6

7-5

6-7

8-6

7-8

9-7

8-9

1-8

9-1

Grafalarni barchasi to’ldirilib chiqilganidan keyin, o’yinlarning taqvimi tuziladi. Buning uchun vertikal chiziqning ikki tomonida turuvchi raqamlar juft-juft qilib birlashtiriladi. Musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar soni toq bo’lsa, har bir vertikal chiziqnig ostida yoki ustida turuvchi raqamlar mazkur taqvim kuni (shu turda) o’ynamaydigan jamoa ekanini ko’rsatadi.


Jamoalar soni juft bo’lganda (masalan, jamoalar soni o’nta bo’lganda) ko’rsatilgan (vertikal chiziqning ostida yoki ustida) raqamlar (jamoalar) oxirgi raqamlar (o’ninchi) bilan o’ynaydilar.
Turlar bo’yicha o’yinlar jadvali bo’sh raqamli jamoalar (vertikal chiziq ostida yoki ustidagi raqamlar) bilan so’nggi raqamli jamoa o’yinini hisobga olgan holda tuziladi (yuqoridagi misolda 1-raqam bilan, 10-raqam bilan va hokazo).
Tur jadvalida birinchi bo’lib ko’rsatilgan jamoa odatda maydon egasi hisoblanadi. Shuning uchun qur’aning oxirgi raqami (masalan, musobaqada qatnashuvchi jamoalar o’nta bo’lganda 10-raqam) har bir turdan keyin o’rin almashib turadi. Qolgan bellashuvchi jamoalar vertikal chiziqning o’ng tomonida turuvchi raqamdan boshlab tuziladi.
Shunday qilib, bu usulda jamoalarning har bir turda navbat bilan maydon almashishiga qat’iy rioya qilinadi.
Ikkinchi usul («qatorasiga»). O’yinlar taqvimini o’yinda ishtirok etuvchi hamma jamoalarni bir qatorga juft-juft qilib yozish usuli bilan tuzishda maydonlar almashishining avvalgidek shartlari, ya’ni uchrashuv «egasi» huquqi saqlanadi. Mazkur usulda jamoalarning juft soni olinadi (masalan, agar musobaqada 7 jamoa qatnashsa, o’yinlar taqvimi 8 jamoaga tuziladi; agar 9 ta jamoa bo’lsa, 10 jamoaga tuziladi va hokazo).
Musoboqalarda 8 ta jamoa ishtirok etganda birinchi taqvim kuni quyidagicha tartibda tuziladi: bir qatorda birinchi raqam oxirgi 8-raqam bilan, ikkinchi raqam oxirgi raqamdan oldingi 7- raqam bilan birlashtiri-ladi, ya’ni bir-birlari bilan o’ynaydigan jamoa aniqlanadi va hokazo. Shunda quyidagi jamoalar bellashadigan bo’lib chiqadi: 1-8, 2-7, 3-6, 4-5.
Keyingi taqvim kunlaridagi o’yinlar jadvalini tuzish dastlabki juftlikdagi 1 - raqamni avvalgi taqvim kunidagi o’ng tomondagi chekka raqam bilan birlashtirishdan boshlanadi. Bunda maydonlar almashinishi uchun 1- raqam navbatma-navbat juftlikning goho o’ng, goho chap tomoniga qo’yiladi. Qolgan juftliklar (bir - biri bilan o’ynaydigan jamoalar) qolgan raqamlarni juft - juft qilib bir qatorga yozish bilan tuziladi, bunda jamoalarni birlashtirish o’ng tomondan boshlanadi. Shunday qilib, musoboqalarni ikkinchi taqvim kuni qo’yidagi jamoalar bir-biri bilan bellashadi:5-1, 6-4, 7-3, 8-2.
Musoboqalarni ikkinchi va undan keyingi taqvim kunlarini tuzish uchun birinchi juftlikning 1-raqamdagi o’rin boshqa raqamdagi (mazkur holda 8-raqamni) qoldiriladi, keyingi juftliklarni birlashtirish printsipi avvalgidek bo’ladi.
Nazorat qatorida hosil bo’ladigan juftliklarning (birinchidan tashqari) birinchi kalendar kunidagi juftliklar bilan to’g’ri kelishi barcha kunlar bo’yicha tuzilgan o’yinlar taqvimining to’g’riligini tasdiq-laydi. O’yinlar taqvimi ikki davrali bo’lganda, barcha juftliklardagi raqamlar almashtiriladi. O’yinlar taqvimini tuzish va uni nazorat qilish-ning oddiyligi – bu usulning afzalligidir.
Uchinchi usul. Bu usul avvalgi ikki usuldan ham oddiy: u musobaqa o’tkazish jarayonida maydonning almashinishi hech qanday ahamiyatga ega bo’lmagan taqdirda (musobaqalar bir joyda o’tkazilganda) qo’llaniladi.
Ushbu uchinchi usulga binoan o’yinlar taqvimi bevosita turlar bo’yicha tuziladi. Musobaqada qatnashuvchi jamoalar soniga mos bo’lgan raqamlar (jamoalar soni juft bo’lganda) birinchi raqamdan boshlab ikki ustuncha qilib yoziladi (butunda 1 - raqam chap ustunchaning tepasidan boshlanadi). Shundan keyin ikkinchi raqamdan boshlab (bu raqam, ya’ni 2 - raqam ikkinchi ustunchaga, birinchi raqamning qarshisiga yoziladi), ketma-ket tartibda soat strelkasi bo’ylab qolgan raqamlar qo’yib chiqiladi (3 - jadval). Keyingi tur o’yinlarini tuzish uchun raqamlar soat strelkasiga qarshi yozib chiqiladi, birinchi raqam o’z o’rnida qoladi.

Yüklə 426,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə