Mundarij a futbol musobaqalariga tayyorgarlik


Futbol Hakamining huquqi va majburiyatlari



Yüklə 426,5 Kb.
səhifə4/32
tarix29.11.2023
ölçüsü426,5 Kb.
#140310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Futbol musobaqalarini rejalashtirish va o’tkazish

1.2 Futbol Hakamining huquqi va majburiyatlari.
- o’yin qoidasiga rioya qilinishini ta’minlaydi.
- matchning borishini o’z yordamchilari bilan nazorat qiladi.
- foydalaniladigan har kanday tupni 2- qoida talablariga mos kelishini ta’minlaydi.
- o’yinchilar kiyimi 4- qoida talablariga mos kelishini ta’minlaydi.
- o’yin xronometrajini va matchni yozib boradi.
- u o’z ixtiyoriga ko’ra o’yinni to’xtatishi vaqtinchalik to’xtatishi yoki har qanday qoida buzilishida o’yinni umuman to’xtatib qo’yishi mumkin.
- to’xtatishi, vaqtinchalik to’xtatishi yoki har qanday chetdan bo’lgan arala-shuvga matchni umuman to’xtatib qo’yish mumkin.
- matchni to’xtatadi, agar uning fikricha o’yinchi jiddiy jaroxat olgan va o’yinchini maydondan olib chiqilishini ta’minlaydi.
- agar uni fikricha o’yinchi unchalik axamiyatga ega bo’lmagan jaroxat olgan bo’lsa to’p o’yindan chiqmaguncha o’yinni davom ettirishiga ruxsat berishi mumkin.
- o’yinchidan qon oqayotgan bo’lsa, uning maydondan chiqishini ta’min-laydi.Hakam qon oqishining to’xtaganiga ishonch xosil qilib, signal berganidan so’ng o’yinchi maydonga qaytishi mumkin.
- qachonki o’yinchi birdaniga bir nechta qoida buzilishiga yo’l qo’ysa, uni muximroq ( og’irroq ) bo’lgan qoida buzilishi uchun jazolaydi.
- ogoxlantirishi yoki chiqarib yuborish bilan jazolanadigan qoida buzilishlariga yo’l qo’ygan o’yinchilarga nisbatan intizom choralarini qabul qiladi. U bunday choralarni tez qabul qilishga majbur emas, lekin to’p o’yindan chiqqan zaxotiyoq qabul qilishi keark.
- o’zlarini tarbiyali, madaniyatli tutmagan jamoa rasmiy kishilarga nisbatan chora qabul qiladi va o’z ixtiyoriga ko’ra maydondan (texnik zonadan) chiqarib yuborishi mumkin.
- hakam o’zi ko’rmay qolgan xolatlar bo’yicha o’z yordamchilari tavsiyasiga asoslanib xarakat qiladi.
- begona shaxslar maydonda bo’lmasliklarini ta’minlaydi.
- match vaqtinchalik tuxtatilgandan keyin uni yangilaydi.
- match davomida o’yinchilarga yoki jamoaning rasmiy shaxslariga nisbatan qo’llanilgan intizom choralari va har xil matchdan oldin, match davomida yoki matchdan so’ng yuz bergan xolatlar bo’yicha tegishli tashkilotga bildirishnoma beradi.
O’yinga bog’liq voqealar bo’yicha hakam qarori qat’iy xisoblanadi. Hakam o’z qarorini faqat shunday xolatlarda o’zgartirishi mumkin, agar u qarorini xato ekanligini yoki yordamchilari tavsiyasi bilan tushunib etsa, lekin shu shart bilan-ki u hali o’yinni yangilamagan bo’lsa.

Yüklə 426,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə