Mundarij a futbol musobaqalariga tayyorgarlik


Ogoxlantirish bilan jazolanadigan qoida buzishlar



Yüklə 426,5 Kb.
səhifə7/32
tarix29.11.2023
ölçüsü426,5 Kb.
#140310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Futbol musobaqalarini rejalashtirish va o’tkazish

Ogoxlantirish bilan jazolanadigan qoida buzishlar.
O’yinchi sariq kartochka bilan quyidagi etti qoidaning birontasini buzsa ogoxlantiriladi.

  1. Sportchiga xos bo’lmagan xatti harakatlar.

2. Hakam qaroriga namoyishkorona norozilik bildirish(so’z ishora bilan)
3. O’yin qoidasini muntazam buzish.
4. O’yinni yangidan boshlashni cho’zish.
5. O’yinni burchakdan, jarima yoki erkin to’p bilan yangidan boshlashda talab qilingan masofaga rioya qilmasa.
6. Maydonga hakam ruxsatisiz chiqish yoki qaytish.
7. O’zboshimchalik bilan hakam ruxsatisiz maydondan ketish.
O’yindan chetlatish bilan jazolanadigan qoida buzishlar.
O’yinchi qizil kartochka ko’rsatish bilan quyidagi etti qoidaning birontasini buzsa o’yindan chetlatiladi:

  1. O’yin qoidasining jiddiy buzsa;

  2. Zo’ravonlik, qupollik xatti harakatlari qilsa;

  3. Raqibiga yoki boshqa shaxsga tupirsa;

  4. Ataylab qo’l bilan o’ynab, raqibning gol urishiga xalaqit qilish yoki aniq gol urishi imkoniyatidan maxrum qilsa (bu o’z jarima maydonida turgan darvozabonga tegishli emas).

5. Erkin to’p, jarima yoki 11 metrlik zarba bilan jazolanidigan qoida buzish bilan darvozaga harakat qilayotgan raqibni aniq gol urish imkoniyatidan mahrum qilsa;

  1. O’yinchilarni haqoratli so’z yoki odob ahloqqa to’g’ri kelmaydigan ishoralar qilsa;

  2. Bir match davomida 2 ta ogoxlantirish olsa.

Maydondan chiqarilib yuborilgan o’yinchi maydon chegarasiga yaqin joylar va texnik zonalardan ham chiqib ketish kerak. Qizil yoki sariq kartochka faqat o’yinchiga, zaxiradagi o’yinchiga yoki almashtirilgan o’yinchiga ko’rsatilishi mumkin.
O’yinchining raqibga, sherigiga, hakamga, hakam yordamchisiga yoki boshqa har qanday shaxsga nisbatan uyin maydonida yoki maydon tashqarisida ogoxlantirishga yoki chiqarib yuborilishiga olib keladigan qoida buzishi, yo’l qo’ygan hatti harakatlariga munosib jazolanadi. Agar darvozabon qo’lining har qanday qismi to’pga tegsa u to’pni nazorat qilayotgan hisobla-nadi. Darvozabon to’pni nazorat qilishi deganda ataylab to’pni egallab olishi tushuniladi. Agar darvozabon to’pni egallashda qo’lidan chiqarib yuborsa, maydondagi o’yinchilar to’p bilan o’ynashlari mumkin. 12- qoidaga ko’ra o’yinchi to’pni o’z darvozaboniga kallasi, ko’kragi yoki tizzasi bilan berishi mumkin. Lekin o’yinchi hakam fikricha ataylab ustalik bilan xiyla ishlatib qoidani aylanib o’tmokchi bo’lsa (to’p o’yinda bo’lgan vaqtida) bu sportga xos bulmagan harakat hisoblanadi va o’yinchi sariq kartochka ko’rsa-tish bilan ogoxlantirish oladi va raqib jamoa qoida buzilgan joydan erkin to’p tepish xuquqini qo’lga kiritadi. O’yinchi erkin yoki jarima zarbasini bajarayotganda ataylab ustalik bilan xiyla ishlatib qoidani aylanib o’tmokchi bo’lsa sportga xos bo’lmagan harakati uchun bunda ular sariq kartochka ko’rsatish bilan ogoxlantirish oladi, zarba qaytariladi. To’pni orqadan olib qo’yishda raqibning xavfsizligiga taxdid solinishi, jiddiy qoida buzilishi sifatida jazolanishi kerak. Maydonda hakamni aldash uchun ishlatilgan har qanday mug’ambirlik ayyorlik sportchiga xos bo’lmagan hatti harakat sifatida jazolanadi.
Jarima va erkin zarbalar - Zarbalar jarima yoki erkin zarbaga bo’linadi. Jarima zarbasidagi kabi erkin zarbada ham to’p zarba bajarilayotganda harakatsiz holatda bo’lib, zarbani bajarayotgan o’yinchi esa to’p boshqa o’yinchiga tegmaguncha ikkinchi marta to’pga tegishga haqqi yo’q.

Yüklə 426,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə