Mundarij a futbol musobaqalariga tayyorgarlik


O’yinchi o’yindan tashqari xolatda bo’lmaydi agar



Yüklə 426,5 Kb.
səhifə6/32
tarix29.11.2023
ölçüsü426,5 Kb.
#140310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Futbol musobaqalarini rejalashtirish va o’tkazish

O’yinchi o’yindan tashqari xolatda bo’lmaydi agar:
- U maydonning o’ziga tegishli qismida bo’lsa.
- U raqib jamoaning oxirgi o’yinchisi bilan bir chiziqda bo’lsa yoki
- U raqib jamoasining oxirgi ikki o’yinchisi bilan bir chiziqda bo’lsa.
Qoida buzilishi va jazo - Uyindan tashqari holatda turgan o’yinchi faqat shunday hollarda jazo-lanishi mumkin, agar to’pga tegish vaqtida yoki biror jamoadoshi to’pga zarba berayotgan vaqtda, u hakamning fikricha o’yin faoliyatiga faol ishtirok etayotgan bulsa, aniqrog’i: o’yinga aralashsa yoki raqibining o’ynashiga xalaqit bersa, o’zining joylashgan vaziyatiga ko’ra ustunlikka ega bo’lsa.
Qoida buzilmaydi - Agar o’yinchi to’g’ridan to’g’ri to’pni qabul qilsa o’yindan tashqari holat xisoblanmaydi: darvoza maydoni chizig’idan zarbadan, yon chiziqdan to’p o’yinga kiritilganda yoki burchak to’pi tepilganda.
Qoida buzilishi va jazo - o’yindan tashqari xolat qoidasi buzilganda hakam erkin to’p tayinlaydi. Qoida buzilgan joydan to’p o’yinga kiritiladi.
Qoida buzilishi va intizomsiz o’yinchilar xulqi.
Qoidaning buzilishi, ta’qiqlangan usullarning qo’llanishi, tartibsiz o’yinchilar xulqi o’yin jarayonida hakam tomonidan quyidagicha jazolanadi.
Jarima to’pi - O’yinchi quyidagi 6 xolatdan birortasini amalga oshirsa va bunda hakam o’yinchining harakatini extiyotsizlik yoki o’ta jismoniy zo’ravonlik deb baholasa jarima to’pi tepish xuquqi raqib jamoaga beriladi :
- raqibga oyoq bilan zarba berish yoki zarba berishga harakat qilinsa;
- chalib yuborish yoki chalib yuborishga harakat qilsa;
- raqib ustiga sakrasa;
- raqibga xujum qilsa;
- raqibga qo’l bilan zarba berish yoki zarba berishga urinsa;
- raqibni itarsa.
Jarima to’pini tepish xuquqi raqib jamoaga ham berilishi mumkin agar o’yinchi quyidagi 4 ta qoida buzilishiga yo’l qo’ysa:
- to’pni olib qo’yishda, to’pga etib unga tegmasidan oldin raqibga tegsa;
- raqibni ushlab qolsa;.
- raqibga tupursa;
- qasddan qo’l bilan o’ynashsa (o’z jarima maydonida turgan darvozabondan tashqari ). jarima to’pi qoida buzilgan joydan bajariladi.
11 metrlik jarima to’pi - 11- metrlik jarima to’pi yuqorida ko’rsatilgan 10 ta qoida buzilishi-ning har qaysisida tayinlanadi. Agar bu xolatlar o’yinchi tomonidan o’z darvozasi jarima maydonida sodir etilsa, bunda to’pning qaerda bo’lishi xisobga olinmaydi, shu shart bilanki to’p o’yinda bo’lishi kerak.
Erkin to’p tepish - Erkin to’p tepish xuquqi raqib jamoaga beriladi agar darvozabon o’z jarima maydonida turib quyidagi 5 ta qoidadan birortasini buzsa:
- to’pni tashlashdan oldin, qo’lida 6 sekunddan ortiq to’pni ushlab tursa;
- to’p tashlangandan so’ng, boshqa o’yinchi tegmasidan uni qo’l bilan ushlasa;
- o’z jamoadoshi tomonidan ataylab oshirilgan to’pga qo’li bilan tegsa;
- o’z jamoadoshi tomonidan yon chiziqdan tashlangan to’pni qabul qilishda to’g’ridan to’g’ri qo’li bilan tegsa;
Shunday xolatlarda erkin to’p tayinlanadi, agar o’yinchi hakam fikricha:
- havfli o’ynasa.
- raqibning harakat qilishiga yo’l qo’ymasa.
- darvozabonning to’pni tashlashiga xalaqit qilsa.
Qoidada ko’rsatib o’tilmagan, boshqa har qanday qoida buzilsa, o’yin to’xtalib o’yinchiga ogoxlantirish beriladi yoki maydondan chiqarib yuboriladi. Erkin to’p qaerda qoida buzilgan bo’lsa o’sha joydan bajariladi.

Yüklə 426,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə