Mundarija : kirish


I.2. Yoshlar ish bilan ta’minlashda ijtimoiylashuvi muammolari



Yüklə 137,14 Kb.
səhifə3/5
tarix29.11.2023
ölçüsü137,14 Kb.
#140626
1   2   3   4   5
yoshlarni ish bilan ta\'minlash ijtimoiylashuv

I.2. Yoshlar ish bilan ta’minlashda ijtimoiylashuvi muammolari
Yoshlarga oid siyosat O’zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustivor yo’nalishi bo’lib, uning maqsadi Yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo’lida imkoni boricha to’la-to’kis ro’yobga chiqishi uchun ijtimoiy iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosati quyidagi qoidalarga asoslanadi:
millati, irqi, tili, dini, ijtimoiy mavqei, jinsi, ma’lumoti va siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar Yoshlar to’g’risida g’amxo’rlik qilish;

  • Yoshlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish;

  • milliy, madaniy an’analarning avloddan avlodga o’tishi, avlodlarning ma’naviy aloqasi;

  • Yoshlarning tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, Yoshlar O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari doirasida o’z manfaatlarini amalga oshirish yo’llarini erkin tanlab olishlariga kafolat berish;

  • jamiyatni rivojlantirishga, ayniqsa respublika Yoshlari hayotiga oid siyosat va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda Yoshlarning bevosita ishtirok etishi;

  • huquq va burchlarning erkinlik va fuqarolik mas’uliyatining birligi.

Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida O’zbekiston Respublikasi tasarrufiga quyidagilar kiradi:

  • respublika hududida Yoshlarga oid davlat siyosatining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilash;

  • Yoshlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ta’minlash;

  • Yoshlarga oid davlat siyosati boshqaruv idoralarini tuzish;

  • Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida respublika kompleks va aniq maqsadli dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

  • Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga mo’ljallangan moliyaviy mablag’larni tasarruf etish;

  • respublika Yoshlarining manfaatlarini O’zbekistonning respublikalararo va xalqaro majburiyatlari doirasida ifodalash;

  • respublika hududida Yoshlarning va ular birlashmalarining ijtimoiy munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish;

  • respublika Yoshlarining, Yoshlar jamoat uyushmalarining tashabbuslarini iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy jihatdan qo’llab-quvvatlash;

  • hamma huquq sub’ektlarining O’zbekiston Respublikasi qonunlarida Yoshlarga nisbatan belgilab qo’yilgan majburiyatlariga rioya etishlarini nazorat qilish, O’zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid siyosatni shakllantirish hamda amalga oshirishning boshqa masalalari.

Yoshlarga oid davlat siyosati O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, ushbu Qonunga va Yoshlarning manfaatlariga daxldor bo’lgan ijtimoiy, iqtisodiy hamda o’zga munosabatlarni tartibga soladigan boshqa qonun hujjatlariga asoslanadi.
O’zbekiston Respublikasi ushbu Qonun orqali 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan fuqarolarga taalluqli Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy negizini belgilab beradi va uni tegishli qonunlarni rivojlantirish hamda tizimga solish uchun asos deb e’tirof etadi.
Agarda O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida mazkur Qonundagidan va O’zbekiston Respublikasining Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risidagi boshqa qonun hujjatlaridagidan o’zgacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llanadi.
Yosh fuqarolarni huquqiy muhofaza qilish davlat va jamoat tashkilotlari, birlashmalar va korxonalarning Yoshlarga nisbatan huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yilgan vazifalarini shaxsning qadr-qimmatini oilada, mehnat va o’quv jamoasida, turar joyda har tomonlama himoya qilishni o’z ichida oladi.
Yoshlarni huquqiy muhofaza qilish O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda vakillik, ijroiya, sud hokimiyati idoralari, shuningdek huquq-tartibotni muhofaza qilish idoralari tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasining yosh fuqarolari Konstitusiya va qonun hujjatlarida mustahkamlab qo’yilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va shaxsiy huquq hamda erkinliklardan to’liq foydalanadilar. Yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ularning yoshiga qarab qandaydir bevosita yoki bilvosita cheklab qo’yishga yo’l qo’yilmaydi va bunday xatti-harakatlar amaldagi qonunlarga muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi. Voyaga yetmaganlarning muomala layoqati masalalari, yosh fuqarolar ayrim toifalarining (nogironlar, uy bekalari, bolalar uyida tarbiyalanayotgan hamda tarbiyalanib chiqqanlarning va hakozo) huquqlarini himoya qilish masalalari O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solib turiladi.
O’zbekiston Respublikasida Yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zo’ravonlikni, hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar man etiladi.
Davlat iste’dodli Yoshlarni alohida qo’llab-quvvatlaydi. O’zbekiston Respublikasida davlat tashkilotlari hamda jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar iste’dodli Yoshlarni aniqlashda va ularning ijodiy kamol topishida ko’maklashishlari shart. Ana shu maqsadda O’zbekiston Respublikasida fan va texnika, iqtisodiyot, boshqaruv, san’at sohalarida iste’dodli Yoshlarni qidirib topishni, ularni muhofaza qilish va qo’llab-quvvatlashni amalga oshirishda moddiy-texnika bazalari bilan ta’minlangan davlat muassasalari, jamoat birlashmalari va komissiyalar faoliyat ko’rsatadi. Iste’dodli Yoshlarni qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari respublika va mahalliy byudjetlar, hamda boshqa manbalardan pul bilan ta’minlanadi. (O’zR 30.04.2004 yil 621-II-son Qonuni taxriridagi modda matni) O’zR 01.05.1998 yil 621-I-son Qonuniga muvofiq 9-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlangan

Yüklə 137,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə