Mundarija : kirish


II BOB AHOLINI IJTIMOIY HIMOYALASH TIZIMI HАQIDА UMUMIY TUSHUNCHАLАR VA О’ZIGА XОS XUSUSIYАTLАRI



Yüklə 137,14 Kb.
səhifə5/5
tarix29.11.2023
ölçüsü137,14 Kb.
#140626
1   2   3   4   5
yoshlarni ish bilan ta\'minlash ijtimoiylashuv

II BOB AHOLINI IJTIMOIY HIMOYALASH TIZIMI HАQIDА UMUMIY TUSHUNCHАLАR VA О’ZIGА XОS XUSUSIYАTLАRI
II.1. Bolalar va yoshlarni iijtimoiy himoyalash va farovonligini ta’minlash
Ijtimoiy himoya - keng ma’noda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini ta’minlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy chora-tadbirlar majmui, tor ma’noda — davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli ta’minlanmagani tufayli yordamga, ko’makka muhtoj fuqarolar to’g’risidagi g’amxo’rligi.
Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining to’xtovsiz yaxshilanishini ta’minlash, aholi qat-lamlarining ta’lim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini ta’minlashga yordam berishdan ibo-rat.
Ijtimoiy himoyaning asosiy yo’nalishlari:

  • erkin ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat ko’rsatishni ta’minlash;

  • ish bilan bandlik, kasb tanlash, o’qish va bilim olish; daromadlarning kafolatlanishi;

  • har bir fuqaroning o’z iqtisodiy faoliyatida daromadga ega bo’lishi;

  • iste’molchilar himoyasi, iste’molchilar jamiyatlari;

  • tovarlar va xizmatlar sifati, iste’mol kafolatini ta’minlash;

  • aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish; ijtimoiy ta’minot tizimi va aholining muhtoj, kam ta’minlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.

Rivojlangan demokratik jamiyatda ijtimoiy himoya vazifalarini bajarishni davlat o’z zimmasiga oladi. "Ijtimoiy himoya" tushunchasi birinchi marta 1935 yilda AQShning "Ijtimoiy xavfsizlik bo’yicha qonun" ida qo’llanilgan, keyinchalik Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarida bu tushuncha mazmuni mukammallashtirilgan. AQSH, Kanada, Shveysariya kabi mamlakatlarda Ijtimoiy himoya ning ko’pgina muammolari hal etilgan, lekin yechimini topmagan muammolari ham juda ko’p. Shunga qaramay, bu mamlakatlar tajribalaridan foydalanish ahamiyatlidir.
Turli mamlakatlarda aholini ijtimoiy himoya tizimi mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi, demokratik taraqqiyot va uning aholi manfaatiga muvofikligi, ijtimoiy siyosat darajasi, ijtimoiy ta’minot tizimi kabi omillarga bog’liq holda amal qiladi.
Respublikada ayollar, bolalar, keksalarga alohida g’amxo’rlik ko’rsatiladi. Ijtimoiy himoya doirasida 1998 yil "Oila yili", 1999 yil "Ayollar yili", 2000 yil "Sog’lom avlod yili", 2001 yil "Bolalar yili", 2002 yil "Qariyalarni qadrlash yili" deb e’lon qilingani va ularga taallukli maxsus dasturlarni amalga oshirish mavjud ijtimoiy himoya muammolarini hal qilish va bunga jamoatchilikni jalb etishda yaxshi samaralar berdi. 1995 yilda byudjet harajatlarining 21,8%, 2000 yilda 29,6% ijtimoiy sohaga ajratildi. 1999 yildan boshlab YAIM o’sishi aholi o’sishi sur’atidan ustun bo’lishiga erishildi. Bu turmush darajasi o’sishining va ijtimoiy himoya rivojining zaminidir. Umr uzunligi 70,3 yoshni (1999 yil) tashkil etdi.
"O’zbekiston Respublikasi aholisini 2010-yilgacha bo’lgan davrga mo’ljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona konsepsiyasi" ishlab chiqilgan. Unda Respublikada mavjud bo’lgan Ijtimoiy himoya va ijtimoiy yordam, pensiya ta’mino-ti, bolalarga nafaqa to’lash, yolg’iz kek-salarga xizmat ko’rsatish, nogironlarni protez-ortopediya buyumlari, harakatlanish vositalari bilan ta’minlash, shuningdek, tibbiy, mehnat va ijtimoiy jihatdan tiklash, tibbiy xizmat, ishsizlarni ishga joylashtirish va moddiy yordam berish, bir yo’la (nomuntazam) yordam tizimlari asoslarida amalga oshirilishi belgilangan.
O’zbekistonda 2000 yilda Respublika davlat byudjetidan 72,4 mlrd, so’m (YAIMning 2,3%) ijtimoiy himoyaga ajratildi (yana q. Ijtimoiy ta’minot).
Kam ta’minlangan oilalar farzandlari – bu jami daromadlari har bir oila a’zosiga taqsimlanganda rasmiy belgilangan eng kam miqdorga etmaydigan oilalardagi mehnatga layoqatli yoshga yetmagan bolalardir. Ushbu turdagi shaxslarning ijtimoiy himoyasi bolalarga beriladigan nafaqalar tizimi orqali amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, O’zbekistonda parvarishga muhtoj bo’lgan yolg’iz va keksa fuqarolar mavjud. Sog’liqni saqlash vazirligining tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida nogironligi bo’lgan shaxslar, keksalar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga tibbiy va ijtimoiy yordam ko’rsatish bo’limlari mavjud bo’lib, ular 2017 yilda 15302 kishiga xizmat ko’rsatgan.
Bir ijtimoiy xodimga to’g’ri keladigan yolg’iz nogironligi bo’lgan shaxslar va keksalar sonining viloyatlar bo’yicha taqsimotidan ko’rinadiki, hududlar bo’yicha ijtimoiy xodimlar yuklamalari turlicha taqsimlangan. Masalan, 2016 yilda 1 nafar ijtimoiy xizmatchiga Toshkent shahrida 8,9 kishi, Jizzax viloyatida esa 2,7 kishi to’g’ri kelgan 2017 yilda nisbatan ko’proq yuklama Toshkent viloyatiga 10,9 kishi, eng kam Surxondaryo viloyatiga 4,8 kishi to’g’ri keladi. Yuklamalarning turlichaligi ijtimoiy xodimlar tarkibiy soni nisbatan o’zgarmas bo’lib, xizmat ko’rsatilayotgan shaxslar soni o’zgarishi bilan izohlanadi.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasida etim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar uchun muassasalar tarmog’i mavjud bo’lib, bular - bolalar uylari, "Mehribonlik" uylari, "Bolalar shaharchalari", "Oila turidagi bolalar uylari" "SOS - O’zbekiston bolalar mahallalari". "Saxovat" va "Muruvvat" uylari asosan qariyalar uchun mo’ljallangan bo’lib, "Muruvvat" uylarining bir qismida muayyan muammosi mavjud bo’lgan bolalar tarbiyalanadi.
Turli sabablarga ko’ra, O’zbekistonda 2017 yilda 9223 nafar bola ota-ona qaramog’isiz qolgan, biroq davlat bu faktni e’tiborsiz qoldirmaydi va hodisaning sabablaridan qat’iy nazar, barcha bolalar majburiy ravishda yuqorida ko’rsatilgan muassasalarga tarqatiladi yoki farzandlikka qabul qilinadi
2017 yilda aniqlangan ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarning nisbatan ko’proq soni, ya’ni 1172 kishi Samarqand viloyatiga va 979 kishi Toshkent viloyatiga to’g’ri keladi. Aniqlangan ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarning nisbatan kamroq soni esa, ya’ni 187 kishi Jizzax viloyatiga va 247 kishi Navoiy viloyatiga to’g’ri keladi.
Bolalarning ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lish sabablarini tahlil qilish natijalarida quyidagi holatlarni ko’rishimiz mumkin. 31,9 foiz "bolani tarbiyalash uchun vaqtinchalik yoki umuman imkoniyatga ega bo’lmagan ota-onalar " va 26,4 foiz "boshqa sabablar" nisbatan ko’p qismini, qolganlari ya’ni 15,8 foiz "tashlab ketish yoki ota-onaning farzandidan voz kechishi", 15,5 foiz etim bolalar va 10,4 foiz "Ota-onalik huquqidan mahrum etish" tashkil qiladi.
Umumiy o’rta ta’lim tizimidagi jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun maktablar va sinflarda 19858 nafar bolalar ta’lim oladilar. 8259 nafar bolalar uyda alohida ta’lim oladi. Ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan va etim bolalar soni 3626 nafarni, kam ta’minlangan oilalar farzandlari soni 328651 nafarni tashkil etadi. 2017/2018 o’quv yili boshida akademik litseylarda 101 nafarni, kasb-hunar kollejlarida esa 2016 nafarni yetim bolalar tashkil etgan. Bundan tashqari, akademik litseylarda 65 nafar, kasb-hunar kollejlarida 2261 nafar va oliy o’quv yurtlarida 611 nafar nogironligi bo’lgan shaxslar tahsil oladi.
Jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun maktablar va sinflarda tahsil oladigan o’quvchilarning nisbatan ko’p soni, ya’ni 3787 kishi Toshkent shahrida va 2316 kishi Toshkent viloyatida kuzatiladi. Eng kam o’quvchilar, ya’ni 234 kishi Sirdaryo viloyatiga va 583 kishi Navoiy viloyatiga to’g’ri keladi. Ushbu ko’rsatkich jinsi bo’yicha (qizlar) taqsimlanishida 33,3 foizdan (Sirdaryo viloyatida) 42,7 foizgacha (Toshkent viloyatida) oraliqda o’zgaradi
Umumiy o’rta ta’lim tizimidagi yakka tartibda uy sharoitida ta’lim beriladigan o’quvchilarning soni va ularning respublika hududlari bo’yicha taqsimlanishida eng sezilarli ko’rsatkichlar Farg’ona (956 kishi) va Samarqand (893 kishi) viloyatlarida, eng kam soni Toshkent shahrida 252 kishi va Sirdaryo viloyatida 317 kishini tashkil etadi.
Umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan o’quvchilardan ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan va yetim bolalar soni Xorazm viloyatida 504 kishini va Toshkent shahrida 436 kishini tashkil etgan bo’lsa, Navoiy va Buxoro viloyatlarida esa mos ravishda 38 va 69 kishini tashkil etadi.
01.01.2018 yilga kelib mamlakatda 670866 kishi nogironligi bo’lgan shaxslar sifatida ro’yxatdan o’tgan bo’lib, shundan 100827 nafari (15,0%) 18 yoshgacha bo’lgan bolalardir. Nogironligi bo’lgan shaxslarning nogironlikkka olib keluvchi kasalliklar bo’yicha taqsimlanishida "ruhiyat va xulq-atvor buzilishlari" - 19,3 foiz, "asab tizimi kasalliklari" - 14,0 foiz va "qon aylanish tizimi kasalliklari" - 11,2 foizni, nisbatan kam foizni (1 foizdan kam) "terining va teri osti to’qimalarining kasalliklari" hamda "kasbiy kasalliklar va zaharlanish" 0,3 foiz, "yuqumli va parazitar kasalliklar" 0,4 foiz, OIV- 0,8 foizni tashkil etadi. Ayollarda shunga o’xshash holatlar kuzatiladi.
Turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan (jami 831 nafar) ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan va etim bolalar (shu toifaga kiruvchi shaxslar)dan 2017 yil davomida faqat 342 kishi order olgan bo’lib, yil oxirida ularning soni respublika bo’yicha 489 nafarni tashkil etdi. Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida garchi mos ravishda 73, 7, 22, 21 va 44 kishi turar joyga muhtojlar sifatida ro’yxatga olingan bo’lsada, yil davomida hech kimga uy-joylar uchun order berilmagan. Navoiy viloyatida esa yil davomida 102 nafar turar joyga muhtojlar sifatida ro’yxatga olinganlardan faqat bittasiga order berilgan.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan islohotlar ta’lim tizimining tubdan yangilanishi hamda mazmunan boyishini ta’minladi. Jamiyatda ro’y berayotgan ijtimoiy o’zgarishlarni inobatga olgan holda bir qator yangi o’quv fanlarini o’qitishning yo’lga qo’yilganligi esa shaxsni davr talablariga muvofiq tarbiyalab voyaga yetkazish imkoniyatini yuzaga keltirdi. Ilm-fan, texnika va texnologiyaning tezkor rivojlanishi, maishiy turmush sharoitining yaxshilanishi, qishloq va shahar hayotining bir-biriga yaqinlashuvi, inson tomonidan tabiatga ko’rsatilayotgan salbiy ta’sir doirasining tobora kengayishi, axborot-aloqa almashuvining takomillashuvi, shuningdek, kompyuter va murakkab texnikalar xizmatining ijtimoiy hayotning turli sohalarida ustuvor o’rin tutishi kishilik munosabatlarida ham ijobiy, ham salbiy holatlarni yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda. Nosog’lom turmush kechirish (spirtli ichimlikka va giyohvand moddalarga ruju qo’yish, tartibsiz jinsiy hayot), deviant xulqqa egalik, ijtimoiy mas’uliyatsizlik kabilarni salbiy holatlar sirasida keltirish mumkin. Bolalarni hozirgi kunda rщy berayotgan bnday salbiy holatlardan asrash uchun ularni hayotga to’g’ri ijtimoiylashuvini tashkil etish lozim.
Bolaning ijtimoiylashuvi, xususan, insonning ijtimoiy moslashuvi uning bilishga bo’lgan obyektiv ehtiyoji jarayonida paydo bo’ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola boshqa bir obyektiv ehtiyoj -o’ziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro’y beradi. Shaxsning faqat o’ziga tegishli bo’lgan ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari individual tarzda namoyon bo’ladi, uning ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega bo’ladi. Shunday qilib, bolaning ijtimoiy rivojlanishi o’zaro bog’liq ikki yo’nalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv ( ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni o’zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbiy o’ziga xoslikni qo’lga kiritish). Shu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda moslashuv va individuallashuv jarayonlari bilan bog’liq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni tashkil etadi. Inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvi subyekt va ijtimoiy muhitning o’zaro faol yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj).
Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos bo’lgan universal vositalar orqali amalga oshiriladi, ularga: go’dakni emizish va g’amxo’rlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish qoidalari, insonni o’rab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, ma’naviy madaniyat unsurlari(alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, shuningdek oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning hayotiy faoliyatidagi ko’p sonli munosabatlari-muloqot, o’yinlar, ma’naviy-amaliy faoliyati, sport bilan shug’ullanishi kiradi.
Har bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy, formal va noformal sanksiyalarni man etish, ruxsat berish, majburlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Bu choralar yordamida inson xulq-atvori shu jamiyatda qabul qilingan me’yoriy qadriyatlarga moslashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari: muloqot (ota-onalar, tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (o’yin, o’qish, ijod, sport). Psixologik-pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga turli faoliyat turlari mos kelishi aniqlangan.
Yordamchi maktabda o’quvchilarni kasbga yo’naltirishga o’quv dasturining asosiy tarkibiy qismidir. Ma’lumki, agar kasb to’g’ri tanlansa inson uchun mehnat quvonchi, ijodiy ilhom manbaiga aylanadi, bu esa inson uchun ham jamiyat uchun ham foydalidir. Jamiyatning intelektual, ma’naviy imkoniyatlari rivojlanishida hozirgi sharoitda mamlakatning barcha bulg’usi mutahasislarini tayyorlab beruvchi maktab oldida muhim vazifalar turadi.
Yordamchi maktablarning umumiy vazifasi o’quvchilarni mustaqil hayotga va ishlab chiqarish korxonalarida mustaqil mehnat qilishga tayyorlashdir. Aqliy zaif o’quvchilarni ijtimoiy reabilitasiya masalasini hal qilishda kasb –hunarga yo’naltirish muhim o’rin egallaydi.
Jahon pedagogik hamjamiyatidagi ishlab chiqarish va o’quvchilarni kasbga yo’naltirishni o’rta umumta’limni yaxshilashning muhim omili sifatida tan oldi. Ta’lim masalalari bo’yicha Yuniskoning halqaro Konferensiyasining tavsiyalarida asosiy sohalarida qo’llaniladigan asosiy ilmiy qoidalarni tushunishga yordam berishi o’quvchilarni jismonan va aqliy qobiliyatlarini hamohang kamol toptirishga xizmat qilishi, ishlar sharoitida stanok va boshqa jihozlar bilan ishlash, ko’nikmalar, malakalarini egallashda yordam berishini ta’kidlab o’tganlar. Yoshlarni kasbga yo’naltirishda o’quvchilarning alohida qobiliyatlari va mehnat resurslarini jamiyat manfaatlariga mos tarzda taqsimlanishini hisobga olish lozim. Kasbga yo’naltirish har bir shahsning alohida fzilatlari mamlakat halq xo’jaligining iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqib, mehnat bozorining to’laqonli hisobga olib yorqin v mustaqil kasb tanlashga tayyorlashga asoslangan tizimidir. Ishchi kasblarni o’rganishning imkoniyatlari mavjud, jumladan, Respublikada ishchi –kadrlar tayyorlashga jiddiy e’tibor berilmoqda. Kasb hunar kollejlarida Yoshlar turli kasblarni o’rganishmoqda. O’quvchilarni yordamchi maktabda aniq ixtisos bo’yicha kasbiy tayyorgarlik berish lozim. Maktab tizimida to’garaklar muxim o’rin tutadi.
Fan to’garaklari, elektrotexnika, radiotexnika traktor, tillachilik, o’simlikshunoslik, duradgorchilik, kosibchilik, tikuvchilik, bog’bonlik to’garaklarida bolalar bilimlarini kengaytirish bilan barcha kasb tanlashga amaliy tayyorgarlik ko’riladi. O’quvchilarni kasbga yo’naltirishda ularning maktabdagi ko’zda tutilgan unumli mehnati va ijtimoiy foydali ishlaridan ham foydalanish zarur. Masalan, o’quvchilarni qishloq xo’jaligi ishlarida jalb qilish ko’rgazmali qurollar yasash, shanbalik obodonlashtirish ishlari shular jumlasidandir. Kasbga yo’naltirishda maktab jamoasining barcha a’zolari ishtirok etadi.
O’quvchilarni kasbga yo’naltirishda maqsad, maktabda kasbga yo’naltirish kengashi tuziladi. Kengashning asosiy vazifasi pedagogic jamoada va ommaviy korxonalarda o’quvchilarning kasbga yo’naltirish ishini tubdan yaxshilash uchun birlashtirish va yo’llashdan iborat. Maktab kasbga yo’naltirish kengashi har bir o’quv yili uchun maktabdi direktori buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
Kengash ishiga qo’yidagi pedagogik talablar qo’yiladi;
-kasbga yo’naltirish ishlarini rivojlannishidagi turli kasb egalari ilg’orlari bilan uchrashuvlar o’tkazish;
-maktabda kasbga yo’naltirish o’quv metodlari kabinti ashkil etish, uni jihozlash, rivojlanishini tasdiqlash;
-ota-onalar bilan aloqa o’rnatish;
-o’quvchilar uchun kasbga yo’naltirish bo’yicha konsultatsiyalar uyushtiriladi; kasbga yo’naltirishda ma’ruza va suhbatlarda kasb mazmuni istiqboli, ishning tahkil etish shakllari va metodlari, mehnat qurollari, imkoniyatlari, moddiy ahvolini o’rganish yo’llari haqida fikr yuritish lozim.
-o’quvchilar diqqatini kasb tanlash masalalarida jalb etish va ularga kasblar haqida tushuncha berish uchun maktablarda kasbga yo’naltirish kabinet burchaklari tashkil etiladi.
Tajribalar hamda ilmiy izlanishlarning ko’rsatishicha yordamchi maktab o’quvchilari mehnat faoliyatining turli jabhalarida muvoffaqiyatli ishtirok etish mumkin.
Yordamchi maktab o’quvchilari 40 ortiq mehnat (turmush) turlarini bajara oladilar, bu ilmiy asoslangan. O’qtirilgan fikrlarni amalda sinab ko’rib mehnatni malaka va ko’nikmaga aylantirishga yordam berish yordamchi maktab o’qituvchi va bevosita mehnat o’qituvchilari.
Korxona, muassasa va tashkilotlar jamoatchilikning birgalikdagi faoliyati muhim ahamiyatga egadir.
Demak, yordamchi maktabda mehnat tarbiyasi ham kechiktirib bo’lishmaydigan kundalik va doimiy bajarilishi shart bo’lgan muhim variantlardir.
Yangi Mustaqullik O’zbekiston davlatning olib borayotgan siyosati va ilgar surilayotgan ilmiy g’oyalar negizida umum ta’lim bilan bir qatorda maxsus ta’lim hamda yordamchi maktab o’quvchilarini kasb-hunarga tayyorlash borasidagi say-harakatlarda mehnat qilishga diqqat e’tibor qaratilishi ham taqqozo etadi.
Bu borada defektolog olimlar (G.M.Dulnev, K.M.Mirskiy, S. S. X. Ayetmetova, D.A.Gordiyenko, K.H.Mamedov, P.M.Pulatova va boshqalar) takidlashicha yordamchi maktabda o’quvchilarni kasb - hunarga tayyorlashda o’quvchilarning yosh tanlash kutilgan natijalar berishi haqida fikr bildirganlar. Bunda ular yordamchi maktab o’quvchilariga differensial yondashuvga bir muncha e’tibor beradilar.
Bunda yordamchi maktab o’quvchilarni intellektual, jismoniy va emotsional iroda xususiyatlar, qiziqishlari, ularning matorikasi harakat koordinatsiyasining o’ziga xos xususiyatini nuqson, tur hususiyatlarini inobatga olgan holda mehnat ta’limi berishi kasb hunarga o’rgatilishi taqoza etadi.
Yordamchi maktabda o’quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashning tayyorlovchi maxsus kollejlarga tanlagan kasbini mukammal o’rganish uchun o’qishni davom ettirishga yuboriladi. Chunki yordamchi maktab o’quvchilari 9-sinfni tugatgach ularning yoshi yetishmaganligi sababli kasb –hunarni chegaraganligi tufayli ishga joylashish muammo bo’ladi. Aynan anashuning uchun ham yordamchi maktab o’quvchilari kasb-hunarga oid bilimlarini maxsus kollejlarda davom ettirishga to’g’ri keladi.
Shundagina yordamchi maktab o’quvchilari kuchada ishsiz bekor qolmaydilar. Hayotda o’z o’rinlarini topa oladilar. Jamiyatimizga ishchi kuchi sifatida foyda keltirar edilar. Kuchadagi ba’zi yomon ta’surotlar ta’siriga tushib qolmaydilar. yordamchi maktabda o’quvchilarni iloji boricha ko’proq ijtimoiy mehnatga ishtirok ettirish kerak. Ma’lumki yordamchi maktabda ijtimoiy- foydali mehnat ga faol ravishda tayyorlash har xil yo’nalishlar (ekologik, huquqiy, mehnat, axloqiy) bo’yicha olib boriladi. Yordamchi maktab o’quvchilarini ijtimoiy foydali mehnat jarayonida har tomonlama diagnostic nuqtai nazardan yondashish shaxsning bundan keyingi rivojlanishini prognozlashni nazarda tutadi. Shu maqsadda biz yordamchi maktablarda ijtimoiy foydali mehnat jarayonida o’quvchilarning milliy g’oyaviy jixatdan tarbiyalashga doir tavsiyalar ishlab chiqildi.
Yordamchi maktablarda o’quvchilar mehnat ta’limi va kasb yo’naltirishdan chuqur va puxta bilim olishlari lozim. Ta’lim muassasalarida o’quvchilarning o’quv, umummehnat, umummilliy, umummadaniy bilimlari, boshlang’ich kasbiy ma’lumotlari, dastlabki ijtimoiy va mehnat munosabatlari shakllanib boradi. O’quvchilarni mehnat jarayoniga tayyorlashda ularning mehnat jihozlari, kishilar ongli va ishchan munosabatda bo’lishi talab etiladi. O’quvchilar mehnat mahsulotlarini iste’molga chiqarish mazkur jarayonda tejamkorlik,uddaburonlik, ishbilarmonlik kabi fazilatlarni shakllantirilishi, ishbilarmonlik kabi fazilatlarni shakllantirilishi, ularning mehnatga tayyorlashning asosini tashkil etadi va qo’yidagilarni amalgam oshirishni maqsad qilib qo’yadi:
O’quvchilarda mehnat jarayonida hamda mehnatni yuzaga keltiruvchi kishilarga hurmatni shakllantirish;
O’quvchilarni zamonaviy ishlab chiqarish, xalq xo’jaligiga xizmat ko’rsatish, qurilish, mashinasozlik va xalq hunarmandchiligi asoslari bilan tanishtirish;
O’quvchilarni umummehnat bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish hamda ularni oddiy mehnat jarayonida ishtirok etishga tayyorlash;
O’quvchilarni ta’lim jarayonida va uni bitirgandan so’ng turli xil yo’nalishlardagi kasb –hunarlarga tayyorlash kabilardir.
9-16 yoshli o’quvchilarning mehnatga tayyorgarlash yordamchi maktablarida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida oila, mahalla, ishlab chiqarish va mustaqil faoliyatda amalga oshiriladi hamda qator vazifalarni bajarishni nazarda tutadi.
Mehnat tayyorgarligining vazifalarini amalga oshirishda ta’lim va tarbiyaning rivojlantiruvchilik, ta’limiylik, amaliylik, yaratuvchanlik, kasbiy yo’nltirilganlik, ishlab chiqaruvchilik kabi jihatlari qo’yidagilar nazarda tutiladi.
Hozirgi davrda o’quvchilarni mehnatga tayyorlashning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • O’quvchilarda va mehnatga bo’lgan munosabatlarini shakllantirish, uning aqliy va jismoniy rivojlanishini korreksiyalash va ta’minlash;

  • O’quvchilarda, ahloqiy, mehnatsevarlik, tejamkorlik, fuqarolik, ijodkorlik kabi fazilatlarni tarbiyalash hamda ular faoliyatida mehnatni doimiy ehtiyojga aylantirib boorish;

  • O’quvchilarda bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardoshlik xususiyatlarini shakllantirish;

  • Tabiat zahiralari, moddiy buyumlar, narsalar va materiallarga bo’lgan tejamkorlik munosabatlarini shakllantirish;

  • Fikrimcha, o’quvchi – Yoshlarni mehnat tayyorgarligi hozirgi davrda mehnat tarbiyasi, ma’limni, kasbga yo’naltirishlari, ishlab chiqarishda ishtirok etish, turli kasblarni egallash kabi jarayonlarni qamrab oladi.

  • Mehnat ta’limida kasb –hunarga yo’naltirish omillari qo’yidagilar deb hisoblayman;

  • Mehnat ta’limi darsida bolalarga kasb –hunarlar to’g’risida boshlang’ich ma’lumotlarni berib boorish;

  • Bolalarni qo’l motorikasini rivojlantirib borish.

Yordamchi maktablarning umumiy vazifasi o’quvchilarni mustaqil hayotga va ishlab chiqarish korxonalarida mehnat qilishga tayyorlashdir. Aqli zaif o’quvchilarni ijtimoiy realibitatsiya masalasini hal qilishda kasb –hunarga yo’naltirish muhimi omil hisoblanadi. Yordamchi maktablarda kasb-hunarga yo’naltirish psixologik –pedagogik va tibbiy chora-tadbirlar tizimidan iborat bo’lib maktab bitiruvchisiga jamiyat ehtiyojlari va uning qobiliyatlarini inobatga olgan holda kasb tanlashga yordam beradi. Ko’zatishlar natijasiga ko’ra aqli zaif o’quvchilar juda kam hollarda o’zlariga kasb tanlashadi. Ularning kasbiy qiziqishlari asosan mehnat ta’limi sohasi ta’sirida shakllanadi; o’quvchilar ko’pincha maktabda tayyorgarlik ko’rgan mutaxassislikni tanlashadi yoki aksincha, bu mutaxassislik bo’yicha ishlashni istashmaydi.
II.2. Xavf ostida qolgan bolalar bilan ijtimoiy ish
Ijtimoiy ish xodimlar faoliyatida deviant xulqlilar bilan ishlash xususiyatlari. Deviant xulq-atvorni oldini olish yo’llari. Deviant xulqlilar bilan ishlashda ijtimoiy ish hodimining kasbiy va ahloqiy sifatlari. Deviantlikning shakllanishi va yo’nalishi. Deviant xulqlilar bilan ishlashga ixtisoslashtirilgan ijtimoiy ish muassasalari faoliyati. Horijiy mamlakatlarda ijtimoiy siyosat va ijtimoiy xizmatning shakllanishi. Horijiy mamlakatlarda deviant xulqlilar bilan ijtimoiy ishni tashkil yetish. Deviant hulq-atvor turlari va ijtimoiy ish. Ijimoiy deviantlik: umumiy tushunchalar. Turmush tarzi va ijtimoiy me’yor.Ijtimoiy deviantlikning sabablari. Deviant xulq-atvor mexanizmi. Jinoyatchilik va ijtmoiy ish. Ichkilikbozlik va ijtimoiy ish. Giyohvandlik va ijtimoiy ish. O’z joniga qasd qilish va ijtimoiy ish. Fohishabozlik va ijtimoiy ish. Daydilar bilan ijtimoiy ish olib borish. Oilaviy zulm va ijtimoiy ish. O’smir Yoshlar va ijtimoiy ish.
Pedagogikaning asosiy mezoni-tarbiya. Tarbiya - ijtimoiy hayotning abadiy va umumiy mezoni. Pedagogika bolalar tarbiyasini shaxs axloqiy hislatlarini shakllantirishning maqsadga qaratilgan jarayoni sifatida ko’rib chiqadi.
Birok, bu tarbiya jarayoni har doim ham yetarli darajada samarali bo’lmaydi. Yuqorida ijtimoiy ta’lim vazifasini ko’rib-chiqib, ko’rsatdiki, bolada muayyan bir ijtimoiy bilim, malaka va ko’nikmalar shakllanishi kerak ularning shakllanish jarayoni masalan, otaga, onaga bo’lgan g’amxo’r, e’tiborli, mehribon, rahmdil munosabatlarning shakllanishi bilan bog’liq. Agar qandaydir sababga ko’ra bolada ijtimoiy bilimlar shakllanmagan bo’lsa, demak munosabatlar shakllanmagan, ya’ni unga zarur bo’lgan ijtimoiylashuvda qandaydir mos hislatlari ham shakllanmagan. Shuning uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida boladagi shunday ijtimoiy ahamaiyatga ega bo’lgan hislatlar shakllangan bo’lishi kerak shuni o’zi ijtimoiy tarbiyani vazifasidir. Ya’ni ijtimoiy tarbiya deganda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun zarur bo’lgan ijtimoiy ahamiyatli bola shaxsi hislatlarining shakllanishi maqsadga qaratilgan jarayoni tushiniladi.
Tarbiya jarayoni – uni tiklash, rivojlantirish va hayotda joriy qilish, ta’lim, milliy, ma’naviy – axloqiy qadriyat va normalar bilan bevosita bog’liq. Ular xalq pedagogikasi, urf – odatlari, bayramlari, o’yinlari va boshqalarda o’z ifodasini topadi». Ma’naviyat va ma’rifat» markazi, «Ma’rifatparvarlar», «Oltin meros», «Tarixchilar», «Faylasuflar» va boshqa jamoat tashkilotlari, jamg’armalari yuqorida qo’yilgan vazifalarni hal etishga katta imkoniyatlariga egadir.
Tarbiyasi «qiyin» o’smirlar anomalligi o’qishda (o’qishi qiyin, yomon kechali, dangasa) va xulqida (intizom va tarbiyaga rioya qilmaydi) namoyon bo’ladi. «Qiyin bolalar» - jamiyatga zid yo’nalishdagi, beqaror axloqli, irodasi bo’sh, pedagogik ta’siriga doim qarshilik ko’rsatib keluvchi Yoshlardir. Maktab miqyosida ular ko’p uchramaydi (bir sinfda ikki – uchtadan). Ammo sinf, maktab hayotiga, uning axloqiy muhitiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. «Qiyin» bolalar o’quvchilarning kam qismini tashkil etsa ham ular o’quv – tarbiyaviy ishlarda barqarorlikka jiddiy to’siq bo’ladilar. Ular maktabda va undan tashqarida (oilada, ko’chada, dam olish joylarida va x.k.) tartibsizlikni vujudga keltiruvchilar hisoblanadi. Shuning uchun ham «qiyin» bolalar maktabda ham, undan tashqarida ham o’qituvchi va barcha jamoat e’tiborida turishi kerak.
Tarbiyasi qiyin bo’lganlarning kelib chiqishining ijtimoiy – psixologik va psixologik – pedagogik sabab va omillarni besh guruhga ajratish mumkin:
1. Noqulay oilaviy muhit, ota – onalari o’rtasidagi ziddiyatli vaziyatlar.
O’qishga bo’lgan qiziqishning pasayib ketishi va shu munosabat bilan o’qishdan sovib ketishi (60 – 70 % voyaga yetmagan jinoyatchilar bir sinfda ikki yil o’qigan).
3. Ijtimoiy faolligi past va maktab jamoasida noqulay holat mavjud.
4. Mikro muhitning salbiy ta’siri, salbiy referent guruh ta’siri.
5. Biror faoliyat yuzasidan o’z moyilligini, qiziqishini namoyon qilish imkoniyati bo’lmasligi.
Deviasiya va uning turlari.
Jamiyat tomonidan qabul qilingan xatti - harakatlar, qoidalar va me’yorlardan chekingan o’smirlarni og’ir yoki tarbiyasi qiyin yoki tarbiyasi og’ir o’smirlar deb atashadi. Tarbiyasi qiyin o’smirlar deganda turli xil sabablarga ko’ra pedagogik ta’sirlarga qarshi chiquvchi bolalar tushuniladi. Jamiyatda o’rnatilgan me’yor va qoidalarga rioya qilmaydigan shunday tarbiyasi og’ir o’smirlarni ilmda deviasiya deb atashadi.
Deviant xatti-harakat — bu psixik sog’lom shaxslar tomonidan me’yoriy qoidalarni buzish hollaridir.
Deviasiya — bu ijtimoiy pedagogik muammo bo’lib, inson ruhiy olamidagi, uning atrofidagi muhitning o’zgarish hollari bilan borliq. Bu hol, ayniqsa, o’smir yoshdagi bolalarga xosdir. Chunki bu yosh eng qiyin va murakkab davr bo’lib, bu yoshdagi bolalarning anatomo — fiziologik, intellektual, axloqiy va boshqada jihatlarida o’zgarishlar ro’y beradi. Bu o’zgarishlar o’z navbatida ularning psixikasida o’zgarishlar ro’y berishiga zamin yaratadi. Ularning ijtimoiy statusida, jamoada o’zini tutishida o’zgarishlar ro’y berib, ularni ko’proq «Men kimman?» - degan savol qiynaydi.
Deviasiya o’z ichiga deviant, delinkvent va kriminal xatti — harakatlarni birlashtiradi.
(Deviant xatti — harakat — bu kichik ijtimoiy munosabatlar (sila, maktab) hamda harakter, jinsiy va yosh xususiyatlari jihatidan yaqin kichik ijtimoiy guruhlarga xos ijtimoiy me’yorlardan, xatti — harakatlar va qoidalardan og’ish, chekinishning bir turidir.! Ya’ni bu turdagi harakatni intizomsizlik deb ham atash mumkin. Agressiya, chaqiriq, ishda va mehnat faoliyatida o’z boshimchalikka yo’l qo’yish, bolalar va o’smirlarning ichkilikka berilishi, daydib yurishlari, oliftagarchilik qilishlari, assosial harakatlarga berilish kabilar deviant harakatlarning asosiy ko’rinishlaridir. Ma’lum vaziyatlarda bolalar va o’smirlarning shu kabi xatti — harakatlarni namoyon etishi deviant harakatlarning tipik xususiyatidir.
Kriminal xatti — harakat — bu jinoiy javobgarchilikka tortilishta yoshi yetgan shaxslarning xuquklarga zid harakatlari bo’lib, ular ustidan jinoiy ish ko’zg’atilish jarayonidir. Kriminal harakatlarga deviant va delinkvent harakatlar asos yaratadi. Deviant harakterlarning asosiy sabablari bolalar, o’smirlar va umuman ba’zi jamiyat a’zolarining jamiyat tan olgan me’yorlarga zid keluvchi xatti — harakatlarni namoyon etishi — bu birdaniga, o’z-o’zidan bo’ladigan hodisa emas. Ya’ni o’sha insonlarning shunday yo’l tutishiga nimadir sabab bo’ladi. Ya’ni har bir fazilat o’z tarixiga ega. Insonning rivojlanishi bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan turli xil faktorlarga bog’liq: irsiy, muhit, tarbiya, iisonning shaxsiy amaliy faoliyati va h.k.
Deviant xatti — harakatdagi bolalar va o’smirlarga nisbatan profilaktika, reabilitasiya va korreksiya ishlari amalga oshiriladi.
Reabilitasiya — bu bola shaxsining huquqi, huquqiy status, sog’ligi, ishga layoqatsizligini tiklashga qaratilgan kompleks, ko’p darajali, bosqichli va dinamik tizimdir. U profilaktika va korreksiya singari aspektlarni o’z ichiga oladi.
Profilaktika — bu reabilitasiya tizimidagi shaxsning rivojlanishidagi u yoki bu chekinishlarni yo’qotishga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan tadbirlardir. U ko’proq ijtimoiy muhit bilan bog’liqdir.
Korreksiya — bu hayotiy chekinishlarga uchragan bolalar va o’smirlar bilan olib boriladigan aniq faoliyat hisoblanadi.
Metodlar -o’rganilayotgan obyektning mohiyati va qonuniyatlaridan kelib chiqib, borliqni amaliy va nazariy o’zlashtirish usullaridir ijtimoiy pedagogika esa pedagogikaning bir sohasi bo’lib, uning metodlarini pedagogikada qo’llanadigan tarbiyalash va o’qitishning an’anaviy metodlariga tayanamiz, boshqa tomondan ijtimoiy ta’lim va ijtimoiy tarbiyaning ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy faoliyat bilan o’zgarib bormoqda. Yana shuni yodda tutish kerakki, buning diqqat markazimizda bola va uni o’rab turgan ijtimoiy muhit turadi ijtimoiy pedagog esa bolaga muammolarni uni ijtimoiylashish jarayon hal qilishga yordam beradi . Ijtimoiy pedagogika bola bilan bevosita yoki bilvosita - oila, do’stlari, bolalar jamoasi orqali ta’sir o’tkazadi. U qandaydir qisqa muddatli vazifalarni bajarilishi yoki, bola bilan uzoq vaqt davomida ishlashi mumkin oqliqligini hisobga olamiz.
Ijtimoiy pedagog metodlar orqali bolaning ongi, xulqi his-tuyg’ulariga maqsadga muvofiq ta’sir o’tkazilish hamda uni o’rab turgan ijtimoiy muhitga ta’sir o’tkazilishi mumkin.
Metodlar - bolaning ijtimoiylashilishi va tiklashda hamkorlik qiluvchi, pozitiv ijtimoiy tajriba to’plashida yordam beruvchi ijtimoiy pedagog va bolaning o’zaro boqliq xatti- harakatlari usullaridir. Ijtimoiy pedagogika ham pedagogikaning eng yangi sohalaridan biri bo’lib, ijtimoiy - pedagogik faoliyat yangi shakllanayotgani uchun uning metodlar tizimi haqida gapirish juda erta .
Shuning uchun ijtimoiy pedagog o’z amaliy faoliyatida pedagogika, psixologiya va ijtimoiy ishdagi metodlardan keng foydalanadi. U shakllanishi bosqichida o’z kasbiy faoliyatni bajarish uchun ijtimoiy pedagog alohida usullardan tashkil topgan metodlarni egallashi kerak. Metodlar, usullar va vositalar shu tariqa bir - birlari bilan bog’liqki, metodlar va usullar holatda vositalar rolini bajarishi mumkin.
Ijtimoiy pedagogik faoliyatda ishontirish va mashq qilishi metodlari keng qo’llaniladi, Bu metodni qo’llashning xususiyati shundan iboratki, ijtimoiy pedagog qaysidir sabablarga ko’ra odob - axloqning umumqabul qilingan me’yorlari shakllanmagan yoki noto’g’ri shakllangan bola bilan ish olib boradilar.
Shu jamiyatga qabul qilishgan hayot me’yorlari, ular to’g’risidagi to’g’ri va aniq tasavvurning yuzaga kelishi, og’ir - oqibatda shaxsning ishonchi uning hayotdagi o’rnini shakllantiradi, bilim va ular haqidagi tasavvur bilan boqliq.
Ishontirish metodi jamiyatda qabul qilingan me’yorlarni bola xulqi va faoliyoti motivlariga ko’chirishga yordam berib, e’tiqodni shakllantiradi.
E’tiqod - bu bolaning ma’naviy bilimlarining xaqiqiyligi va adolatliliga qat’iy ishonch bo’lib, u shaxsning ahloqiy faoliyatga va harakatiga ichki xohishdir.
E’tiqod - bu muayyan harakatning zarurligi va to’g’riligi tushuntirish va isbotlashdir. Ishontirish jarayonida ijtimoiy pedagog bolaning ongli, his-tuyg’ulari va irodasiga ta’sir o’tkazadi.
Ishontirish metodi maqsadga erishishi uchun bolalarning psixologik xususiyatlari, ularning xulqi, qiziqishlari, shaxsiy tajribasini hisobga olish zarur.
Ishontirishning asosiy qismi talab qilishdir.
Uning asosiy vazifasi shundan iboratki, bolalar oldiga vazifa qo’yilib, axloq - odob qoidalarining mazmunini ularning ongiga yetkazishi va kelgusi faoliyat mazmunini aniqlashdan iborat.
Ishontirish quyidagi pedagogikaga ma’lum bo’lgan metodlar orqali amalga oshiriladi, ya’ni hikoya, leksiya, suhbat, disput.
Hikoya va leksiya - bir kishi ijtimoiy pedagog tomonidan olib boriladigan metodning monologik formasi.
Hikoya kichik yoshdagi bolalar bilan ishlashda qo’llaniladi, u uzoq vaqt cho’zilmaydi, aniq va ravshan faktlarga asoslanadi.
Leksiya katta yoshdagi bolalariga qo’llaniladi, vaqti uzoqroq bo’lib, murakkab axloqiy tushunchalar ( gumanium, do’stlik, yaxshilik) ni ochib beradi.
Suhbat va disput - dialogik shakldagi usul, bunda bolalarning ishlash muhim. Suhbat - bu savol - javob metodi ijtimoiy pedagog suhbatni shunday olib borishi kerakki, savollarni nafaqat u, balki bolalar ham bersin.
O’smirlar uchun disput metodi qo’llanadi, bu metod fikrlarini shakllantiradi.
Shunday qilib ishontirish - bu ma’lum axloqning to’g’riligi va zarurligini tushuntirish va isbotlash. Agar ishontirish bola ongini «programmalashtirilsa, mashq qilish bilim - ko’nikma va malakalarini shakllantiradi».
Mashq qilish ohir - oqibatda bolalarda odob - axloqni shakllantirishi uchun zarur.
Axloqiy mashqlar deganda, bolalar faoliyati va harakatlarining zarur bo’lgan ko’nikma va odat hosil bo’lib, mustahkamlanishga qadar bo’lgan ko’p marta takrorlanuvchi harakatga aytiladi. Ko’nikma va odatlarning shakllanishi quyidagi usullardan iborat: vazifani qo’yish, uning bajarilishi qoidalarini tushuntirish va talab uyg’otish, amalda qilib ko’rsatish, amalliy mashqni tashkil qilishi, talab qo’yishi, talabni bajarishni zslatish va uniig bajarilishini kuzatib borish. Malaka va odat o’rtasida ma’lum distansiya bor. Bu malakani shakllantiramiz keyin ma’lum vaqt muntazam mustahkamlab borib, uni odatga aylantiramiz.
Mashq qilishi metodining unumliligi ijtimoiy pedagogning mashq qilishini o’yin shaklida tashkil qilishi orqali oshadi.
Mashq qilishi va ishontirish metodlari o’zaro chambarchas boqliq..
Ijtimoiy pedagogik metodlar orasida muhim guruhni korreksiya metodlari tashkil qiladi, unga rag’batlantirish va jazolash metodlari kiradi.
Ijtimoiy - pedagogogika tarixi guvohlik beradiki, rag’batlantirishi va jazolash - bola shaxsiga ta’sir qilishining murakkab usullari. Rag’batlantirish va jazolash bir maqsadga yo’naltirilgan - ya’ni ma’lum axloqiy sifatlarni bola harakterida shakllantiradi.
Lekin bu maqsad turli yo’llar bilan amalga oshiriladi: rag’batlantirish harakat va holatni ma’qullaydi, jazolash noto’g’ri harakat va faoliyatni qoralaydi, unga yomon baho beradi. Jazolash va rag’batlantirish bola harakati va uning oqibati orasidagi muqarrar boqliqlikni eslatadi (rag’batlantirish - qoniqish, jazo - norozilik).
Ijtimoiy pedagogning amaliy faoliyatida bu metodlarning turli xil turlari qo’llanilishi mumkin.
Modomiki, bolalarda adashish va hato qilish xos ekan, qayta ishontirish, ogohlantirish, qiziqishlarini o’zgartirish va jazolash metodlarni qo’llash mumkin.
Qayta ishontirish bola ongidan noto’g’ri tasavvurlar, hato hayotiy rejalarni, aqliy tasavvurlar va qarashlar orqali surib chiqarish. Bu ishontirish metodining bir turidir .
Ogohlantirish ijtimoiy pedagog va pedagog faoliyatiga keng qo’llaniladi va u bola noto’g’ri harakatni oldini oladi va noto’g’ri faoliyatga yo’l qo’ymaydi.
Yuqorida ko’rib chiqilgan metodlar ijtimoiy pedagogikada alohda emas balki bir - biri bilan bog’iq holda qo’llaniladi.
Ijtimoiy maqom va o’rinlar, ijtimoiy o’zini tutish me’yor va kiradilar.Haqida ko’pgina bilimlarni o’zlashtiradi. U shuningdek integrasiyasion va jamiyatta kirishiga yordam beraligan turli xil malaka va ko’nikmalarni egallaydi. Agar normal bolada normal bola (jismonan va psixik sog’lom) tug’ilsa, unda uning jismoniy, psixik va ijtimoiy shakllanishi ma’lum qonunlariga ko’ra sodir bo’ladi. Bola avval jismoniy maqomni o’zlashtiradi, unda yo’lini topishga o’rganildi: emaklash, o’tirish, yurish, yugirish va h.
Bola yaqin kishilarini ajratadi otani, onani, aka-ukalarini o’z ismiga egaligiga o’rganadi, o’nta javob berishni boshlaydi. Bolada ijtimoiy xush ko’rishlar, his tuyg’ular, ijtimoiy tajriba shakllanadi. Bola ijtimoiy rivojlanishda nuh xazinasidagi bor narsa til yordamida bola diliga o’tadi. Tilda xalq tarixi, harakteri, odatlari, an’nalari saqlanib qoladi. Tilni o’zlashtirib, bola xalq madaniyati, ijtimoiy tajriba va ijtimoiy an’analarni ham o’zlashtiradi. Eng muhim bo’lgan bola ijtimoiy rivojlanishi o’yinlarda sodir bo’ladi. O’yinlar yordamida bolalar turli xil ijtimoiy rollar bilan tanishadi. Agar bolalar jismoniy va psixik kamchiliklar bilan tug’ilsa, unla ijtimoiy tajribani o’zlashtirilishi ancha murakkabdir. Agar bunday bola oddiy oilada tug’ilsa bu haqida bolaning ijtimoiy tiklanishi ko’p holda bunga tayyor bo’lmagan ota-onalar zimmasiga to’lanadi. Bola o’zi uchun zarur bo’lgan muhitlaridan tashqarida, masalan, chaqaloq uyida, so’ngra bolalar uyida tarbiyalansa boshqa gap.

XULOSA
Ijtimoiy muammolar aniq bir jamiyat doirasida belgilanadi. Munosabatlarning mazmun va mohiyati madaniy-tarixiy va ijtimoiy-siyosiy sharoitlarga bog’liq bo’ladi. Ijtimoiy muammo sifatida belgilangan u yoki bu hodisa o’z o’rnida madaniyat, ijtimoiy institut va jamiyatdagi munosabatlarning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi.
Har qanday mamlakat o’z kelajagini bolalar, voyaga yetmagan Yoshlar timsolida, aniqrogi. ularni jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamrl qilib voyaga yetkazishda ko’rishi tabiiydir. Voyaga yetmaganlar esa bogcha yoshidan to 18 .yoshgacha bo’lgan bolalardir. Ya’ni ular hali rasman fuqarolik huquqiga ega emaslar. Ularning huquqbuzarliklari esa shartli tushuncha. Shu sababli bolalarning huquk va burchlari, axloq-odobiga javobgarlikning barcha mas’uliyati kattalar, oila, davlat va nodavlat, jamoat tashkilotlari zimmasiga tushadi. Hozirgi paytda O’zbekiston aholisining salmoqli qismini voyaga yetmagan bolalar va o’smirlar tashkil etadi. Agar kattalarning qarovsizligi tufayli bu bolalarning o’ndan bir qismi turli darajadaga jinoyatlarga qo’l ursa, jinoyatchilik bir. o’n, yuzga emas. minglab miqdorlarga oshib ketadi. Prezidentimiz Islom Karimov va hukumatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lgan barkamol avlod tarbiyasiga qayg’urish, ularning huquqlarini himoya qilish va ro’yobga chiqarish xar bir jamiyat, oila qolaversa xar bir fuqaroning muqaddas burchi, insoniylik mas’uliyatidir.
Mamlakatimizda voyaga yetmagan Yoshlar muammosiga u yoki bu darajada aloqador bo’lmagan birorta tashkilot yoki shaxsning o’zi yo’q. Biroq bu tashkilotlar va shaxslarning voyaga yetmaganlarni barkamol etib tarbiyalashda har birining o’z o’rni, ahamiyati, o’ziga xos ta’siri bor. Aytaylik, birorta bekorchi, hukuqbuzar yoki diniy aqidaparast o’z manfaatlari yo’lida voyaga yetmagan Yoshlar xizmatidan foydalansa, hatto jinoyatga undasa, bu ham ularga ta’sirning bir ko’rinishi, afsuski, salbiy namoyon bo’lishidir.
Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, O'zbekistonda bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta`minlash choralarini yanada rivojlantirish, bu borada davlat, nodavlat va qonunchilik organlari hamkorligini kuchaytirish maqsadida joriy yilda to'qqizinchi bor o'tkazilgan tadbirda qayd etilganidek, mamlakatimizda millati, ijtimoiy holatidan qat`i nazar, barcha bolalarni kuchli va manzilli tarzda ijtimoiy himoyalashga oid amaliy chora-tadbirlar jarayonida Mehribonlik uylari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularda tarbiyalanayotgan bolalarning to'laqonli ta`lim-tarbiya olishi va kasb-hunar egallashiga alohida e`tibor qaratilmoqda.
Respublikada aholining 40 % ini bolalar, 65 % ini esa 30 yoshgacha bo’lgan Yoshlar tashkil etadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muhofaza qilish tizimining rivojlanish darajasi jamiyatning insonparvar va ma’naviy-axloqiy rivojlanish darajasini aks ettiradi. Bunday bolalarga g’amxo’rlik qilish ahamiyatli umuminsoniy qadriyatlardan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar chuqurlashgan sari o’sib kelayotgan avlodni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash g’oyasi maqsadli ijtimoiy harakatlar va real ijtimoiy himoya chizig’ini egallagancha yanada konkretlashib boryapti, ijtimoiy dasturlarning samaradorligi to’g’ridan-to’g’ri ularning xususiyatiga – eng yuqori darajada hayotga yaqinlashish, ijtimoiy ko’makning vazifalarini nafaqat aniq deklarasiya qilish, balki, avvalo, ularni yechishning real yo’llarini topish, doimo aniq insonga mo’ljal olgancha manzilli ishlashga ongli intilishga bog’liq.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



  1. irziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent. O‘zbekiston nashriyoti, 2017.

  2. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent. O‘zbekiston nashriyoti, 2017.

  3. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent. O‘zbekiston nashriyoti, 2017.

  4. Mirziyoev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Toshkent. O‘zbekiston nashriyoti, 2017.

  5. Ganieva M.X. Ijtimoiy ishga kirish.  Toshkent: CHASHMA PRINT, 2010.

  6. A.V.Vaxabov. Ijtimoiy ish va ijtimoiy ta’minotga kirish. Toshkent, “Iqtisod-moliya”, 2018 y.

  7. YU.Tursunov. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy ta’minot huquqi. Toshkent, “Voris-nashriyot”, 2012 y.

  8. Xusanova X. O’zbekistonda aholini ijtimoiy muhofazalashda o’zini-o’zi boshqarish organlarini o’rni. 2008 y.

  9. Kim L. Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimida kadrlar masalalarini hal qilish yo’lida.T.2008 y.

  10. G’aniyeva M.X. Ijtimoiy ish asoslari.T.: 2010 y.

  11. Normurodov B. Sotsiologiya tarixi. T.:2010 y.

  12. Tadjieva S. Bolalarni patranat oilalarga berishning xorij tajribasi.T.:2010 y.

  13. Социальная работа // Под ред. В. И. Курбатова. - 2-изд., - Ростов н\Д, 2003.

  14. Смирнова Е.Я. Социальная работа с инвалидами. – М. 2003. –15-17 с.

  15. Социальная работа: теория и практика. - М.: Инфра, 2002.

  16. Тетерский С.В. Введение в социальную работу. -М., 2003.

  17. Ганиева М.Х. XIX век - век социального работника // J. Bola va Zamon. 2005, №1,-S. 24-25.

  18. Ганиева М.Х Парадигма «Изучение, диагноз, лечение». История развития социальной работы как вида деятельности. // J. Bola va Zamon. 2007. - № 1 (6).-S. 34-36.

Internet manbalari:

  1. O‘zbekistonda ijtimoiy ish rasmiy sayti: http://socialwork.uz/

  2. http://www.opsi.gov.uk/acts/acts2004/20040033.htm

  3. http://www.justitie.nl/english/publications/factsheets/same-sex_marriages.asp

  4. http://en.wikipedia.org/

  5. http://www.kleo.ru/items/family/unisex_families.shtml

Yüklə 137,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə