Mundarija: I – bob. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish



Yüklə 139 Kb.
səhifə13/14
tarix09.03.2023
ölçüsü139 Kb.
#102170
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Mundarija I – bob. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish (1)

Analiz-sintez metodi savod o’rgatish darslariga rus-tuzem maktablari va tatar o’qituvchilarining faoliyati orqali kirib kelgan. Ona tili ta’limi jarayoniga analiz - tahlil grammatik hodisaning muhim belgilarini aniqlash maqsadida, o’rganilgan grammatik tushunchaning yangi qirralarini ochish va mustahkamlash maqsadida tatbiq etiladi. Fonetik, leksik, morfologik va sintaktik tahlil shu metodning amalda namoyon bolishidir. Sintez qismlarga bo’lib o’rganilgan grammatik materialni yaxlitlashdir. Masalan, ot, sifat, fe’l, son kabi so’z tur­kumlari o’rganilayotganda ularga oid so’zlar berilib, ular ishtirokida gap tuzish, aralash berilgan so’zlardan gap tuzish, aralash berilgan gaplarni voqealar rivoji asosida tartiblashtirib matn tuzish, mazmunan tahlil qilingan rasm asosida hikoyacha tuzish kabi ishiarda sintez metodi namoyon bo’ladi.
Analiz-sintez metodida ham o’quvchilarni faollashtirish o’qituvchining o’quvchilarga beradigan savol va topshiriqlariga, ishni tashkil etish shakilariga bog’liq bo’ladi.
Induksiya metodida o'quvchilar o’qituvchi tavsiya etgan til dalillarini kuzatadi, tahlil qiladi va shu asosda xulosa va ta’riflar keltirib chiqaradi.
Deduksiya metodida o’quvchi tayyor qoida - ta’rif bilan tanishadi va uning mohiyatini til dalillari asosida ochadi.
Bu metodlarning samarasi o’qituvchining savol-topshiriqlari maz­muni grammatik hodisaning muhim tomonlariga yo’naltirilganligiga; izchilligiga, faoliyatni tashkil etish shakllariga, o’quv vositalari (darslik, turli xarakterdagi lug’atlar, rasm, jadvallar, texnik vositalar)ga bog’liq bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda yuqoridagi barcha metodlarning muvaffaqiyati o’qituvchining beradigan savol-topshiriqlariga bog'liq. Yo’l-yo’lakay duch kelgan savollar bilan kichik yoshdagi o’quvchining anglash faoliyatini ishga solish kutilgan natijani bermaydi.
So’nggi yillar davomida ta’lim tizimiga an’anaviy metodlar bilan birga zamonaviy pedagogik texnologiya usullari kirib keldi. Ulardan ona tili ta’limi jarayonida foydalanish bo’yicha yutuqlar qo’lga kiritildi.

XULOSA
O’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish vazifalaridan biri ularda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishdir. Bu vazifani hal qilishda maqsadga muvofiq ishlashning yetakchi sharti - o’quvchini shaxs sifatida muvaffaqiyatli kamol toptirishdir. Quyida ko’rsatilgan omillar tilni o’rgatish bilan bog’liq holda o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish usulini belgilaydi:

  1. Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati uning aloqa (kommunikativ) vazifasini ifodalashdan iboratdir. Maktabda, shu jumladan, boshlang’ich sinflarda tilni o’rgatishning yetakchi yo’nalishi o’quvchilar tomonidan tilning aloqa vazifasini bajarishini tushunishlariga erishish hisoblanadi.

  2. Til bilan tafakkur uzviy bog’liq bo’lib, tafakkur so’z vositasida yuzaga chiqadi. Til tafakkurning mahsuli hisoblanib, ongdan tashqarida o’zicha yashamaydi.

  3. Til va tafakkur atrofimizni o’rab olgan moddiy borliqqa nisbatan ikkilamchidir. Tafakkur tashqi dunyoning tushunchadagi ifodasi hisoblanadi. So’z tushunchaning shartli nomini o’zida aks ettiradi. Dunyoda yo’q narsa ongda ham, tilda ham boimaydi. Bu holat o'quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish asosini tashkil etadi va didaktik tamoyillardan birini, ya’ni til atrofni o’rab olgan muhitni, voqelikni kuzatish jarayonida faol bilish faoliyati vaziyatida o’rganilishini belgilaydi. Bunday yondashish dunyoqarashning asosiy masalalaridan biriga, ya’ni nima birlamchi: tabiat (materiya)mi yoki ongmi degan savolga javob tayyorlash hisoblanadi; materiya - birlamchi, ong -ikkilamchi degan tushunchadan o’quvchilarning xabardor bo’lishiga yordam beradi.

  4. Til - barcha tomonlari o’zaro dialektik bog’lanishda va birlikda bo'lgan murakkab, ko’p qirrali hodisa. Aloqa jarayonida tilning barcha tomonlari, uning barcha jihatlari bir-biriga o’zaro ta’sir etadi, shunday sharoitdagina til o’zining aloqa quroli vazifasini bajara oladi.

Maktabda tilning barcha tomonlari (talaffuzi, fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, so’z yasalishi)ni o’zaro bog’liq holda o’rganish ona tilini o’rgatishdagi yetakchi tamoyil bo’lib, uni amalga oshirish o’quvchilarning tilni murakkab, rivojlanuvchan, o’zaro bog’langan iriuhim tomonlarga ega bo’lgan hodisa sifatida anglab yetishlari uchun ilmiy asos yaratadi. Tilning mohiyatini bunday idrok etish hodisalarning rivojlanuvchanligi va o'zaro bog’langan qismlardan tuzilishini tushunishga zamin hozirlaydi.
Maktab tajribasi va rnaxsus tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, yuqorida qayd etiigan dastlabki qoidalarni o’quv jarayonida amalga oshirishda ijtimoiy hodisa sifatida til haqidagi bilimlar majmuasini to’g’ri tanlash, asosiy til hodisalarini va turlarini tushuntirishda o'qituvchining tutgan metodologik yo'lining aniqligi, o’quvchilar fikrlashini faollashtirish, til nazariyasini o’rgatishga asos bo’ladigan til materialining yuqori sifatii bo’lishi kabi dalillar hal qiluvchi ta’sir etadi. Shubhasiz, har bir omil maktab tajribasida bir-biridan ajralgan holda bo’lmaydi. Aksincha, ularning bir-biriga to’g’ri, maqsadga muvofiq ta’siri ijobiy natija beradi.
Tilni ijtimoiy hodisa sifatida tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Tilning ijtimoiy mohiyati uning aloqa vazifasini bajarishida ko'rinadi. Uning jamiyat hayotidagi ahamiyatini aniq tushunishga yordam berish uchun quyidagi jihatlarga ahamiyat berish kerak:

  1. o’quv jarayonida har bir til birligining nutqimizdagi o'mini o’quvchilar o’zlashtirishini ta’minlash zarur. O’quvchilar tilning aloqa vazifasini tilning asosiy birliklari (fonema, morfema, so’z, so’z birikmasi, gap)ning vazifasini tushunish jarayonida o’rganadilar.

  2. o’quvchilarning tilning o'zaro aloqa vositasi ekanligini tushunishlari “Til har bir kishi, umuman, jamiyat hayotida qanday o’rinni egallaydi?” savoliga javob topishda ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’quvchiiar sinfdan sinfga o’tishi bilan bu savolga javob chuqurlashib va kengayib boradi. Til kishilarning birgalikdagi mehnat faoliyatida, yangiliklarni maslahatlashib tushunishida, yangi mashinalar ixtiro qilishda zarurligi haqida misollar topib, o’z fikrlarini tasdiqlaydilar. Yoshlari ulg’aygan sari o’quvchiiar odamning odam bo’iishida tilning ahamiyatini tushuna boradilar. Odam o’zining fikrlash faoliyatini rivojlantirish va nutqini o’stirish biian o’zini doimo takomillashtirib boradi. Olamni, koinotni o’zgartira borib, kishi yanada kamol topa boradi, uning tili ham boyiydi. Kishilar bilan, jamiyat a’zolari bilan aloqa, munosabat har bir kishining o’sishi, rivojlanishidagi zaruriy shartlardan hisoblanadi.

d) boshlang’ich sinf o’quvchilarining tilga ijtimoiy hodisa sifatida qarashini shakllantirishda tilning kelib chiqishi, tilda yangi so'zlarning paydo bo’lishi haqida ularning saviyasiga mos bo’lgan “sir”ni yechish (tushuntirish) ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’qituvchi o'quvchilarga tilning bir kishi tomonidan maxsus o’ylab chiqarilmaganini, u ibtidoiy odamlarning mehnat faoliyati bilan bog’liq holda varatilganini va asta-sekin rivojlanib borganini tushuntiradi: “Bizdan juda uzoq vaqtlar ilgari tilda faqat bir necha o’ngina so’z mavjud edi, kishilar atrofdagi tabiatni, narsalarni bilib, ish qurollari yaratib, nimadir ishlab chiqarganlari sari tilda yangi so'zlar paydo bo’la boshladi. Atrofimizda mavjud bo’lgan shaxs va narsalarga, ularning belgilariga, jarayonga, juda ko’p boshqa narsalarga kishilar nom qo’yganlar. Shunday qilib, til yangi so’ziar bilan boyidi va boyib bormoqda”.


Yüklə 139 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə