Mundarija: I. Kirish. II. Asosiy qism


Tadqiqotning ilmiy darajasi



Yüklə 462,89 Kb.
səhifə2/11
tarix17.12.2023
ölçüsü462,89 Kb.
#149726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mundarija I. Kirish. II. Asosiy qism-fayllar.org (1)

Tadqiqotning ilmiy darajasi.Tarixiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, davlatchilik jamiyatning ichida, o‘z ichki qonuniyatlari asosida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Shakllana boshlagani 3,5 ming yildan kam emasligi ilmiy jihatdan asoslangan Baqtriya davlatchiligi buning yorqin misolidir.

2.1. Qadimgi Baqtriya podsholigi.
Hozirgi Afg‘onistonning shimoli-sharqi, O‘zbekistonning janubi va Tojikistonning janubi-g‘arbida joylashgan hududlar turli yozma manbalarda Bahdi, Baqtrish, Baqtriyona, Baqtriya, Baxli, Baxlika, Tuxolo kabi nomlar bilan eslatib o‘tiladi. Zamonaviy adabiyotlarda uni Baqtriya deb atash e’tirof etilgan (“Shohnoma”da Baxtar zamin, qadimgi turkiylarda Bahodirlar yurti).
Arxeologik ma’lumotlarning guvohlik berishicha, milloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalariga kelib Surxon vohasida qadimgi dehqonchilik madaniyatining jadallik bilan rivojlanishi asosida ilk davlatchilikka o‘tish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon bosqichma-bosqich rivojlanishning o‘ziga xos xususiyat va qonunlariga ega edi. Agar davlatchilik asosini shahar madaniyati tashkil etilishini hisobga oldigan bo‘lsak, bu jarayon O‘zbekistonning janubida, Baqtriya hududida milloddan avvalgi II ming yillik birinchi yarmidayoq shaharmonand qishloq Sopollitepa misolida boshlangan edi. A.Asqarovning fikricha, agar Sopollitepa o‘zining qadimgi shaharsozlik madaniyatiga xos barcha alomatlari bilan protoshahar, ya’ni, Avestoda tilga olingan “vara” inshootini eslatsa, Jarqo‘ton yodgorligi O‘zbekiston hududida birinchi bor shakllangan tom ma’nodagi shahar edi. Jarqo‘ton qadimgi Sharq shaharlaridan tarkibiy jihatidan farq qilmaydi.
Tadqiqotchilarning fikricha, Jarqo‘ton ko‘rinishidagi ko‘hna shaharlarni qadimgi Sharqdagi nom-davlatlar shakllari bilan qiyoslash uchun dalillar yetarli. Ammo, Mesopatamiya nom-davlatlarining asosiy belgilaridan bo‘lgan yozuv Jarqo‘tonda mavjudligi hozircha bahslarga sabab bo‘lmoqda. Umuman olganda, milloddan avvalgi II ming yillikning so‘nggi choragiga kelib qadimgi Baqtriya hududlarida davlatchilikning nom yoki voha tipidagi siyosiy uyushmalari shakllana boshlaganligiga ilmiy asoslar bor.1
Milloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmi Baqtriya hududlarida ko‘pgina tarixiy-madaniy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi.


Yüklə 462,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə