Mundarija: kirish 2 I bob. Byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasini xamda shtatlar jadvalini tuzish va tasdiqlash tartibi


Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasi takomillashtirish



Yüklə 67,52 Kb.
səhifə6/7
tarix11.12.2023
ölçüsü67,52 Kb.
#147495
1   2   3   4   5   6   7
Byudjet tashkilotlarida smeta tuzish hamda rasmiylashtirish

2.2. Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasi takomillashtirish


O’zbekiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar mablag‘lari tasdiqlangan byudjet doirasida xarajat qilinadi. O’zbekiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar xarajatlari tasdiqlangan byudjetdan mablag‘lar ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarining joriy xarajatlari shaklida;

  • joriy byudjet trasfertlari shaklida;

  • kapital xarajatlar shaklida;

  • asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog‘liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;

  • davlat ehtiyojlari uchun erga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;

  • qonun xujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.

O’zbekiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan qonun xujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarga mo‘ljallangan xarajatlar moliyalashtiriladi:

  • Fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport;

  • Ijtimoiy ta’minot;

  • Aholini ijtimoiy himoyalash; Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash;

  • Iqtisodiyot turi tarmoqlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjet tashkilotlarini saqlash; qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarni amalga oshirish;

  • Qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.

Aytib o‘tish kerakki, alohida mahalliy byudjetlarning xarajatlar tarkibi bir xil bo‘lmaydi va shu mintaqadagi turli darajada bo‘lgan xo‘jalik va idoralarning hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Davlat byudjetining tґla hajmda moliyalashtiriladigan birinchi navbatdagi xarajatlarga ish hahi, ish haqidan ajratmalar, stipendiyalar, nafaqalar, ovqatlanish va dori-darmonlarni sotib olish uchun sarflanadigan xarajatlar kiritildi.
Davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek, boshqa byudjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan asosiy vazifalar bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi. Biz byudjet tashkiloti deganda zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun davlat byudjetidan mablag‘ ajratish nazarda tutilgan va bu mablag‘ moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo‘mitasi, idora, davlat tashkilotini tushunamiz.
Davlat byudjeti xarajatlarining tashkiliy tasnifi byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar ularni bevosita oluvchilar o‘rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va tadbirlar turlari bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi.
Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi to‘lovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi.
Davlat byudjetining ijrosini hamda byudjet xarajatlarini to‘liq va o‘z vaqtida moliyalashtirishni ta’minlash va byudjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2000 yil 3 yanvardagi «Byudjetda ko‘zda tutilgan xarajatlarni to‘liq va o‘z vaqtida moliyalashtirishni ta’minlash va byudjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida» buyrug‘i chiqdi. Bu buyruqqa asosan, birinchi navbatdagi va ustuvor xarajatlarni amalga oshirishda quyidagi ketma-ketlik belgilab qo‘yilgan:
Ish haqi ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari bilan birgalikda stipendiyalar;
16 yoshgacha bolasi bo‘lgan oilalarga va 2 yoshgacha bolasi bo‘lgan onalarga bola tarbiyasi uchun nafaqa hamda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam;
Byudjet muassasalari tomonidan belgilangan kontengentdagi bolalar, bemorlar va qariyalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sotib olish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari boshliqlari, shahar va tuman moliya bo‘limlari mudirlarinng zimmasiga byudjet xarajatlarini moliyalashtirishning yangi tartibiga binoan quyidagilar yuklatilgan:

    • tasdiqlangan byudjet parametrlari va xarajatlar smetalari doirasida birinchi va ikkinchi guruhlarga kiritilgan to‘lovlarni birinchi navbatda va to‘liq moliyalashtirishni ta’minlash;

    • uchinchi guruh bo‘yicha kapital qo‘yilmalar xarajatlarini investitsiya dasturiga kiritilgan ob’ektlarning manzilli ro‘yxatlari bo‘yicha o‘rnatilagn moliyalashtirish rejalari doirasida amalga oshirish;

    • xarajatlarning to‘rtinchi guruhiga kiritilgan ustuvor to‘lovlar, oziq -ovqat va dori-darmonlar sotib olish xarajatlarini birinchi va ikkinchi guruh to‘lovlari to‘liq amalga oshirilgandan keyingina moliyalashtirish;

    • boshqa moddalar bo‘yicha xarajatlarni (kapital qo‘yilmalar, safar va o‘quv xarajatlari, kommunal xizmatlar, xo‘jalik xarajatlari, yumshoq va boshqa jihozlar sotib olish, kapital ta’mirlash va boshqa xarajatlar) yuqoridagi to‘lovlar to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng daromadlar tushumiga qarab moliyalashtirish;

    • xizmat kursatuvchi tijorat banklari tomonidan xarajatlarni naqd pul bilan ta’minlashning belgilangan muddatlari buzilgan taqdirda, uch kun ichida tijorat banklariga nisbatan xo‘jalik sudlariga byudjetga keltirilgan zararni qoplash uchun belgilangan tartibda da’vo arizalari kiritish;

-huquqiy shaxs maqomi berilgan byudjet tashkilotlarining faoliyatlarini mustaqil ravishda amalga oshirishlari uchun kerakli tashkiliy-iqtisodiy choralar ko‘rish.
Byudjet mablag‘laridan foydalanishni nazorat qilish byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning belgilangan me’yorlari va limitlari, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining amaldagi tasnifnomasi, tegishli byudjetlarning tasdiqlangan parametrlari, tasdiqlangan shtat jadvallari, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan byudjet tashkilotlari xarajatlari smetasi, byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibiga va boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.

XULOSA
Biz O‘zbekiston Respublikasi byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasi hamda shtatlar jadvalini tuzish va uning ijrosi hisobini tashkil etishning muhim tarkibiy qismi hisoblangan byudjet nazoratining nazariy va huquqiy asoslariga, uning zarurligi va mohiyati, turlari va usullariga tayangan holda ushbu mavzuni yoritishga harakat qildik. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng bozor talabalariga javob bera oladigan milliy byudjet tizimi shakllana boshladi. Avvalambor, byudjet tizimining huquqiy asosi bo‘lgan Konstitutsiya qabul qilindi, byudjet siyosatining institutsional asoslari bo‘lgan davlat hokimiyati idoralarining huquqiy maqomi, moliya-byudjet siyosati sohasidagi vakolatlari va vazifalari belgilab berildi. Konstitutsiyada mustahkamlangan mahalliy hokimiyatlarining mustaqilligi, moliya sohasida qat’iy o‘zgartirishlarni va davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimini bosqichma-bosqich joriy etish yo‘nalishlarini tadqiq etishni talab qildi.






Yüklə 67,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə