O’zbekiston nomoddiy madaniy merosi



Yüklə 28,07 Kb.
səhifə1/4
tarix09.10.2023
ölçüsü28,07 Kb.
#126483
  1   2   3   4
бахолаш мезони


O’zbekiston nomoddiy madaniy merosi” fanidan talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi
Ushbu talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i hamda shu buyruqqa asosan ishlab chiqilgan, Namangan davlat universitetining 2018 yil 10-oktyabrdagi 3-sonli Kengashida muhokama qilingan va ma’qullangan Namangan davlat universitetida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi bo‘yicha YO‘RIQNOMA asosida ishlab chiqildi.
Fan o‘qituvchisi tomonidan birinchi mashg‘ulotda Yo‘riqnoma talablari hamda nazorat turlari, soni, shakli va talabalar bilimini baholash mezonlari bilan tanishtiriladi.


Nazorat turlari:
Talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida hamda mashg‘ulotlardan keyin o‘tkaziladi.
Talabalar mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Seminar mashg‘ulotlarida talabalar ishchi fan dasturida belgilangan mavzularning kamida 50 foizini o’zlashtirishlari va baholanishlari shart. Talabalarning mashg‘ulotlarda olgan baholari barchasi qo‘shiladi va olinishi shart bo‘lgan baholar soniga bo‘lgan holda o‘rtacha baho keltirib chiqariladi.
Mashg‘ulotlar jarayonida talabalar mustaqil ta’limiga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda talaba belgilangan TBBM asosida baholab boriladi.
Oraliq nazorat fan o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan yozma ish shaklida semestr davomida bir marta o‘tkaziladi. Yozma ish TBBM asosida baholanadi.
Talabani yakuniy nazoratga kiritilishi o‘quv mashg‘ulotlari (seminar mashg‘ulotlari, mustaqil ta’lim, ma’ruza mashg‘ulotlari yakunida olinadigan oraliq nazoratning yozma ish shakli)da olgan ballari asosida amalga oshiriladi. Bunda talabaning olgan barcha baholari umumlashtiriladi va o‘rtacha baho keltirib chiqariladi.
Talabaning yakuniy nazorat turigacha bo‘lgan o‘rtacha bahosi quyidagicha aniqlanadi:

Yüklə 28,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə