Mundarija: kirish I. Bob. Amir temur va temuriylar davrida me’morchilik taraqiyoti



Yüklə 55,8 Kb.
səhifə1/7
tarix30.04.2023
ölçüsü55,8 Kb.
#107743
  1   2   3   4   5   6   7
amirtemur


Mundarija:

KIRISH…………………………………………………………………….….....3
I.BOB. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA ME’MORCHILIK TARAQIYOTI………………………………………………………...……....….9
1.1. Amir Temur davri madaniyati va uning asosiy xususiyatlari……………......9
1.2. Temuriylar davrida me’morchilikga bo’lgan e’tibor ………………….....…18
II.BOB XIV-XV TEMURIYLAR DAVRIDA QURILGAN BINOLAR…………………………………………………………………..…....25
2.1 Temuriylar davrida Samarqand shaharida me’morchilik na’munalari…....…25
2.2 Oq Saroy binosi qurilishi……………………………………………..….…..29
XULOSA…………………………………………………………………………31 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………….....33

KIRISH
O‘zbekiston dunyoga mashhur diyor bo‘lib, jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan zamin hisoblanadi, Shuningdek, bu hududda insoniyat madaniyatining durdonalari hisoblangan ko‘plab betakror, mahobatli tarixiy me’moriy obidalar mavjud. O‘zbekiston Respublikasi hududida me’morchilik va binokorlik qadim zamonlardan — miloddan avvalgi III minginchi, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, X minginchi yillardan boshlangan1 . Shundan so‘ng bu tarixiy diyor asrlar mobaynida turli me’morchilik san’ati obidalari maskaniga aylandi. Jang-u jadallar vaqtida anchasi barbod bo‘ldi. XIV asrdan me’morchilik yana rivojlana boshlagan.
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda tarixiy meros, tarixiy xotiraning qayta tiklanishi nafaqat O‟zbekiston Respublikasi rahbariyati va tarixchilarining, shu bilan birga keng jamoatchilikning diqqat e‟tiborida bo„lib kelmoqda. Bu esa, O‟zbekiston Prezidenti I.A. Karimov tomonidan bir necha marta ta‟kidlangan va O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlari bilan belgilanishi tarix fani oldiga katta mas‟uliyatni yuklaydi. Mustaqillik yillarida O‟zbekiston olimlarining samarali tadqiqotlari natijasida milliy tariximizning ilgari noma‟lum bo„lgan sahifalari ochildi, tarixiy o„tmishimizning ko„p jihatlari kashf etildi. Tarixiy haqiqatni tiklash jarayonida zamonaviy yondashuvni talab qiladigan dolzarb muammolar mavjud bo„lib, ular qatoriga, davlatchiligimiz tarixida chuqur iz qoldirgan tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyatini tadqiq etish muhim ahamiyatga egadir. Shunday shaxslardan biri Sohibqiron Amir Temur bo„lib, “tengsiz azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo„lgan bu mumtoz siymo buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o„zidan ham amaliy, ham nazariy meros qoldirdi, ilmu fan, madaniyat bunyodkorlik, din va ma‟naviyat rivojiga keng yo„l ochdi”.
Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov Amir Temur nomini tiklash va abadiylashtirish masalalariga katta e‟tibor qaratdi. Bu yillar uning shaxsi va tarixini qayta tiklash yillari bo„ldi. Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash va 1996 yilni “Amir Temur yili” deb e‟lon qilish to„g„risida, “Temuriylar tarixi” davlat muzeyini tashkil etish to„g„risida”, “Amir Temur ordenini ta‟sis etish to„g„risida” kabi qator farmon va qarorlar, hamda ularning ijrosi muhim tarixiy voqea bo„lib, ushbu mavzuni davlat miqyosida ko„tarilishi uning yanada dolzarbligini ko„rsatadi.
Dunyo ilmiy jamoatchiligining Amir Temur shaxsiga bo„lgan e‟tiborini hisobga olib, YUNESKO tomonidan Parijda “Temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi” haftaligi o„tkazildi. Bu tadbirlar samarasi o„laroq, Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid yangi tadqiqotlar, manbalar ilmiy muomalaga kiritildi. Ta‟kidlaganidek: “bizning tariximizda Amir Temurday ulug„ siymo bor ekan, uning qoldirgan merosi, panduo„gitlari bugungi hayotimizga hamohang ekan, oldimizda turgan bugungi muammolarni yechishda bizga qo„l kelayotgan ekan, bizning bu merosni o„rganmasdan, ta‟riflamasdan, targ„ibot qilmasdan haqqimiz yo„q”. Mustaqillik yillarida Amir Temur shaxsi va davriga oid shu qadar ko„plab manbalar tarjimasi amalga oshirildi, tarixiy-ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar yaratildiki, bu ularni tarixshunoslik nuqtai nazaridan tizimlashtirish, ilmiy tahlil etish, yutuq va kamchiliklarini aniqlash zarurligini ko„rsatadi. Bu esa zamonaviy tarix fani uchun dolzarb hisoblandi.1
Arxitekturada yangi uslub vujudga kelgan (masalan, Bayonqulixon maqbarasi). O‘sha davrning me’morchilik namunalari Shohi Zinda kompleksida saqlangan. Bu davrda me’morchilik rivojlanishiga Amir Temur va uning avlodlari o‘zlarining ulkan beqiyos hissalarini qo‘shgan.
O’rta Osiyo zaminida temuriylar davri ilm-fan, adabiyot, san’at sohlarida kamolot bosqichiga ko’tarildi. Тemuriylar davlatining qudrati ayniqsa me’morchilikda namoyon bo’ldi. Oqsaroy peshtoqida bitilgan «Qudratimizni ko’rmoq istasang- binolarimizga boq!» degan yozuv Тemur davlatining siyosiy vazifasini ham anglatar edi. Тemur davrida Movarounnahr shaharlari qurilishida istehkomlar, shoh ko’chalar, me’moriy majmualar keng ko’lam kasb etadi. Ilk o’rta asrlardagi shaharning asosiy qismi bo’lgan «Shahriston»dan ko’lam va mazmuni bilan farq qiluvchi «hisor» qurilishini Samarqand va Shahrisabzda kuzatish mumkin. Тemur davrida Kesh shahar qurilishi yakunlandi. «Hisor»ning janubi-g’arbida hukumat saroyi Oqsaroy va atrofida rabotlar, bog’-rog’lar qurildi.
Тemur saltanat poytaxti Samarqandni bezatishga alohida e’tibor berdi. Shaharda «Hisori», qal’a, ulug’vor inshoatlar va tillakor saroylar bunyod ettirdi. Samarqandga kiraverishdagi Ko’hak tepaligida Cho’pon ota maqbarasi Ulug’bek davrida qurilgan bo’lib, bu inshootda mutanosiblik, umumiy shaklning nafisligi, bezaklarda ulug’vorlik uyg’unlashib ketgan. Тemur davrda Samarqand Afrosiyobdan janubda mo’g’ullar davridagi ichki va tashqi shahar o’rnida qurila boshladi hamda bu maydon qal’a devori va xandok bilan o’ralib (1371 y) Hisor deb ataldi. Hisor 500 gektar bo’lib devor bilan o’ralgan. Shaharga oltita darvozadan kirilgan.
Shahar mahalalardan iborat bo’lib, guzarlarga birlashgan. Shaharda me’moriy majmualar shakllanishi Тemur va temuriylar davrining eng katta yutug’i bo’ldi. Me’morchilik taraqqiyotning yangi bosqichiga ko’tarildi, inshootlar ko’lami bilan birga uning shakli ham ulkanlashdi. Bu jarayon muhandislar, me’morlar va naqqoshlar zimmasiga yangi vazifalarni qo’ydi. Тemur davrida gumbazlar tuzilishida qirralar oralig’i kengaydi. Ikki qavatli gumbazlar qurishda ichkaridan yoysimon qovurg’alarga tayangan tashqi gumbazni ko’tarib turuvchi poy gumbazning balandligi oshdi. Ulug’bek davrida gumbaz osti tuzilmalarning yangi xillari ishlab chiqildi. Aniq fanlardagi yutuqlar me’morchilik yodgorliklarida aniq ko’rinadi (Shohizinda, Ahmad Yassaviy, Go’ri Amir maqbaralari, Bibixonim masjidi, Ulug’bek madrasasi). Ularning old tomoni va ichki qiyofasi rejalarini tuzishda me’moriy shakllarning umumiy uyg’unligini belgilovchi geometrik tuzilmalarning aniq o’zaro nisbati bor. Bezak va sayqal ishlari ham bino qurilishi jarayonida baravar amalga oshirilgan.
Тemuriylar davrigacha va undan keyin ham Movarounnahr va Хuroson me’morchiligida bezak va naqsh bu qadar yuksalmagan. Тemur va Ulug’bek davri me’morchiligida bezakda ko’p ranglilik va naqshlar xilma-xilligi kuzatiladi. Epigrafik bitiklarni binoning maxsus joylariga, xattotlik san’atini mukammal egallagan ustalar olti xil yozuvda ishlagan.
Koshin qatamlarida tasvir mavzui kam uchraydi. Oqsaroy peshtoqlarida Sher bilan Quyoshning juft tasviri uchraydiki, bu ramziy ma’noga ega. Тemur va Ulug’bek davrida bino ichining bezagi ham xilma-xil bo’lgan. Devor va shift, hatto gumbaz ham naqsh bilan ziynatilgan. Тemur davrida qurilgan binolarda ko’k va zarhal ranglar ustun bo’lib, dabdabali naqshlar ishlangan, Ulug’bek davrida Хitoy chinnisiga o’xshash oq fondagi ko’k naqshlar ko’p uchraydi.
Bu davrda diniy inshootlar, hukmdor saroylari, aslzodalarning qarorgohlari ko’plab qurildi. Тemur Hindiston yurishidan so’ng (1399 y). Samarqandda jome masjidi qurdiradi. Uning ro’parasida Bibixonim madrasasi va maqbara bunyod ettirdi. Ulug’bek Buxoro Jome masjidini kengaytirib, qayta qurish ishlarini boshlagan, biroq u XVI asrda qurib bitkazdi.

Yüklə 55,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə