Mundarija: kirish I. Bob. Amir temur va temuriylar davrida me’morchilik taraqiyoti


Temuriylar davrida me’morchilikga bo’lgan e’tibor



Yüklə 55,8 Kb.
səhifə4/7
tarix30.04.2023
ölçüsü55,8 Kb.
#107743
1   2   3   4   5   6   7
amirtemur

1.2. Temuriylar davrida me’morchilikga bo’lgan e’tibor.
XV asrda Samarqand va Hirotda me’morchilik, naqqoshlik, tasviriy san’at va adabiyot nihoyat darajada taraqqiy etadi. Bu ikki poytaxt shaharlarida ko’plab hashamatli jamoat binolari qad ko’taradi. Temuriy hukmdorlar orasida ayniqsa, Ulug’bek bobosi Temur kabi mamlakatda qurilish ishlariga katta ahamiyat beradi. U hukmdorlik qilgan davrda bir qancha masjid, madrasa, honaqoh, hammom, sardoba va karvonsaroylar quriladi. Mozorot va ziyoratgohlar obod etiladi. Avvalo u Temur davrida qurib bitkazilmagan talaygina binolarni itmomiga yetkazadi. Go’ri Amirning kirish peshtoqi, SHohizinda ansamblidagi ba’zi maqbaralar, SHahrisabzdagi Qo’kgumbaz masjidi, Yassidagi Ahmad Yassaviy qabri ustiga qurilgan binolar shular jumlasidandir.
Ulug’bek, ayniqsa Samarqandni obod qilishga alohida e’tibor beradi. Uning davrida Samarqand shahrining Registon. maydoni shakllandi. U qaytadan rejalashtirilib, maydonga Ulug’bek madrasasidan tashqari peshtoqli va ulkan gumbazli xonaqoh, karvonsaroy, o’ymakor yog’ochlardan ishlangan masjidi Muqatta’ bino qilindi. Ikki yuz o’n gumbazli Ko’kaldosh jome masjidi qad ko’tardi. Bu oliy imoratlardan faqat Ulug’bek madrasasigina bizning davrimizgacha saqlangan. Madrasa me’morlik jihatidan musulmon SHarqida shu turdagi binolarning klassik namunasi hisoblanadi.15 U ikki qavatli, hujralarining old tovdonlari to’rt qirrali ayvon burchaklarida darsxonalar, g’arbiy tomonida esa masjid joylashgan. Imorat peshtoqi sharq tomonga, Registon maydoniga qaragan. Madrasa peshtoqi, to’rt burchagidagi minoralari va devorlari naqshinkor parchin va koshinlar bilan qoplangan, beqiyos me’moriy ko’rinishga ega.
Ulug’bek davrida yana bir yirik me’moriy majmua-SHohizinda ansambli kompozitsiyasi jihatidan to’la qurib bitkazildi. Uning markaziy qismdagi naqshinokr obidalar orasida ayniqsa, Qozizoda Rumiy maqbarasi me’moriy jihatdan eng ajoyibi hisoblanadi. U peshtoqli, ulkan gumbazli ziyoratxonadan iborat bo’lib, koshinkor va beqiyos jilvali rango-rang parchinlar bilan naqshlangan.

Ulug’bek tomonidan qurdirilgan me’moriy binolar ichida tapxi, matematik yechimlari, naqsh va bezaklari jihatidan eng nodir inshootlardan hisoblangan Samarqand rasadxonasi alohida o’ringa ega. Chunki u Sharqning ko’p asrli ilmu ma’rifat va madaniyati tarixida shuhrat topgan rasadxonalar orasida Movarounnahrda qad ko’targan yakkayu yagonadir. SHarq mamlakatlarida ilmu ma’rifatni, xususan astronomiya va matematika fanlarining rivoji yo’lida rasadxonaning qo’shgan hissasi nihoyatda buyukdir.


Jamoat binolari qurilishi me’morchiligida Registon maydonida bino qilingan Mirzoyi hammomi va karvonsaroyi, «Bog’i maydon»da qad ko’targan «CHilsutun» («Qirk ustun») va «CHinnixona» saroylari, ayniqsa diqqatga sazovor. Tillakori madrasasi o’rnida bo’lgan Mirzoyi karvonsaroyida ko’pincha xorijiy mamlakatlardan kelgan savdogarlar qo’nishgan. Boburning ta’riflashicha, «CHilsutun» va «CHinnixona» saroylari nihoyatda muhtasham va ko’rkam bo’lgan. «CHilsutun» toshlardan farsh qilingan baland tagkursi ustiga ikki qavatli qilib qurilgan, uning burchaklarida ichki aylanma zinapoyali minoralari bo’lgan. Zinapoyalar orqali saroyning yuqori qavatiga chiqilgan. Ikkinchi qavatning markazida chordara uslubida qurilgan xonaning to’rt tarafi o’ymakor tosh ustunli ayvon bo’lgan. CHordara uslubida bino qilingan CHinnixona saroyining devorlari, xususan ularning izora (panelь) qismlari xitoydan keltirilgan rangdor va naqshli chinnilar bilan qoplangan, shu sababli bu oliy imorat shu nom bilan shuhrat topgan. XV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr va uning poytaxti Samarqandda hashamatli binolar qurish birmuncha cheklandi. Bu davrda ikki qavatli Xo’ja Ahror madrasasi (1456), Ishratxona (1464) va Oqsaroy (1470-yillar) maqbaralari kabi imoratlar qad ko’tardi.16
XIV-XV asr me’morchiligida imoratlarni o’ziga xos yangi ma’lum maqsadga qaratilgan yechimlar asosida qurish bilan birga, ularni bezashda ham yangi usullar qo’llaniladi. Binolarning peshtoqlari va xonalarning ichki devorlari qabartma rango-rang parchinlar, oq yoki zangori rang ustiga zarhal berilgan islimiy naqshlar, ba’zan esa epigrafik yozuvlar bilan pardozlanadi.
Bu davr me’morchiligi va amaliy san’atida asriy an’analar yanada takomillashtirilib, yuqori darajali ma’naviyatni anglatuvchi o’ziga xos uslub yaratiladi. Bu uslubda bino qilingan imoratlar o’zining uyg’unligi, qismlarining mutanosibligi, rang-barangligi va tantanali manzara kashf ettiruvchi vositalari bilan ajralib turadi. Darhaqiqat, o’zining mukammalligi, yetuk shakli nafisligi va go’zal naqshlari bilan kishini mahliyo etuvchi 14-15 asrlar qurilish san’atining ajoyib durdonalari minglab kishilar mehnatining mahsulidir. Ularda xalq ichidan yetishib chiqqan mohir me’mor, naqqosh va bannolarning aql-idroki, mahorati va qurilish sohasidagi ko’p asrli tajribasi o’z ifodasini topgan. Bu me’moriy obidalarning muhandisu tarrohlari go’zallikning ob’ektiv qonunlarini chuqur bilganlar, o’z ijodlarida davrning g’oyasi va ruhini bera olganlar. Ularning me’moriy usuli, naqshi, o’ziga xos xislat va fazilatlari beqiyos va takrorlanmasdir.17
XV asrning 2-yarmida Movarounnahrning ma’naviy hayotida sufiylik tariqatining ta’siri kuchayib.dunyoviy ilmlarga deyarli ahamiyat berilmay, Samarqand rasadxonasidek «Dor ul-ilm» qarovsiz qolgan bir paytda Xuroson shaharlari, xususan uning poytaxti Hirot obodonlashib, u ilm-fan, adabiyot va san’atning markaziga aylandi. Hirotda, ayniqsa, Sulton Husayn Boyqaro (1469-1506) hukmronlik qilgan davrda bir qancha oliy imorat va inshootlar qad ko’taradi. Hirotning obodonlashishi va unda amalga oshirilgan qurilishlarning askariyati o’sha vaqtlarda Sulton Husayn devonida bosh vazirlik lavozimida bo’lgan va nihoyatda davlatmand Mir Alisher Navoiyning nomi bilan ham bevosita bog’liqdir. Navoiyga zamondosh muarrixlarning shahodat berishicha, Xurosonda, xususan Hirot va uning buluklarida Navoiy tashabbusi bilan uch yuzdan ortiq jamoat binolari:masjid, madrasa, maqbara, xonaqoh, hammom, shifoxona, saroy, istirohat bog’lari, rabot va karvonsaroylar haada sug’orish inshootlaridan ariq (kanal), hovuz, ko’prik, koriz, bandlar (suv omborlari) qurilgan. Qurilishlarning ko’pi Navoiyning bevosita homiyligi bilan yoki uning mablag’iga amalga oshirilgan. Mirzo Muhammad Haydarning «Tarixi Rashidi» risolasida qayd etilishicha, Alisher Navoiy-ning har yilgi daromadi o’n sakkiz ming «shohruhiy» dinorga teng bo’lgan. Bu mablag’ning deyarli hammasini u xayrli ishlarga, jumladan jamoat qurilishlariga sarf qilgan. 15-asr muarrixi Xondamirning yozishicha, Alisher Navoiy o’z mablag’iga 52 rabot, 19 hovuz, 16 ko’prik, 9 hammom va bir qancha masjid, mad-rasa, xonaqoh va shifixonalar kabi hayrli imorat va inshootlar qurdirgan. Astrobod shahrida qurilgan Mir saroyi va Jome masjidi, shuningdek Marv shahrida bino qilingan Xusraviya madrasasi shular jumlasidandir. SHu bilan birga Navoiy jangu jadallar va zilzilalar oqibatida vayron bo’lgan ko’pgina jamoat binolarini qayta tiklashdek sermashaqqat ishlarni ham amalga oshiradi. U Hirot va boshqa shahar-qishloqlarda 12 ta masjidni qayta tuzattiradi, jumladan 13 asrda Hirotda bino qilingan Jome masjidi, 1405-1418 yillarida Mashhadda qurilgan Gavharshod masjidi, 11-asr boshida Gurg’on yaqinida o’rnatilgan Qobus minorasi, 11 asrda Marv va Hirot oralig’ida qurilgan Arslonjoziba raboti va ko’pgina boshqa imoratu inshootlar ta’mir etiladi. Binolar majmuotining’ eng ko’rkami va yirigi Navoiy tomonidan Hirot yakinida bunyod etiladi. Navoiy vazirlik lavozimidan iste’fo bergach, Husayn Boyqaro unga Injil anhori bo’yidan yer va suv ajratib beradi. Bu yerda Navoiy hovli joy, bog’cha va katta kutubxona bunyod etadi, ayni paytda bir qancha xayrli qurilishlarni ham boshlab yuboradi. Qurilishning bosh tarhi Navoiy tomonidan taklif etiladi. Binokorlik ishlari Hirotning mohir me’mor, muhandis, binokor va naqqoshlari tomonidan bajariladi.18
Injil bo’yida nihoyatda naqshinkor «Ixlosiya» madrasasi, uning qarshisida ko’rkam «Xalosiya» xonaqohi qad ko’taradi. «Qudsiya» jome masjidining g’arbida «SHifoiya» davolash uyi, uning qarshisida esa «Safoiya» hammomi, ular qoshida tosh hovuz ham quriladi. Madrasa va xonaqohlarda bir necha ming kishi istiqomat qilib fan, adabiyot va san’at bilan mashg’ul bo’lgan. Xondamirning yozishicha, «Xalosiya» xonaqohida har kuni zaifa va miskinlarni ziyofat qilib, laziz taomlar bilan to’ydirishgan. Yangitdan quriladigan har bir bino yoki ta’mir etiladigan har bir yodgorlikka mukammal me’moriy zeb berish uchun Navoiy qurilishga hamma vaqt ko’plab turli kasbdagi binokor ustalarni: mohir muhandisu me’morlar, koshintaroshu toshtaroshlar, o’ymakor naqqoshlaru muzahhiblar (zarhal tortuvchi) hamda parchinpazlarni jalb qilar edi. Xondamirning «Xulosat ul-axbor» nomli asarida yozishicha, 1498 yilda Hirot Jome masjidini ta’mir etib tiklashda qariyb yuzta hunarmand ustalar qatnashgan. Ta’mirlash ishlari boshidan oxirigacha bevosita Navoiy boshchiligida amalga oshirilgan. «Ko’p kunlar u etagini beliga qistirib, yollangan ishchilar singari ustalarga g’isht uzatardi va boshqa ishlar qilardi. Tez-tez me’mor, usta va kosiblarga qimmatbaho sarupolar kiydirardi va ko’p navozish ko’rsatar va bosha in’omlar bilan xushdilu hursand qilardi. SHunday qilib, uch-to’rt yillik ish olti oy muddat ichida tamomlandi». Navoiy tomonidan ta’mir ettirilgan Hirot Jome masjidi hovlisining uzunligi 114 metr, eni 84 metr bo’lib, oltita darvozasi bo’lgan. Jome masjidi hozir ham Hirotning eng go’zal obidalaridan biri.19
Movarounnahr va Xurosonning 15-asr me’morchiligi to’g’risida so’z yuritilar ekan, shuni ta’kidlash joizki, unda hozirgi zamon shaharsozligida infrastruktura deb ataladigan uyg’unlikka erishishga harakat qilingan. Masalan, 15-asrning 80-yillarida Hirot yaqinida Injil anhori bo’yida qurib bitkazilgan ko’rkam imoratlar majmuasida uy-joylardan tashqari, madrasa, xonaqoh, shifoxona, hammom, hovuzlar, savdo rasualari bo’lgan. Dam olish hiyobonlari, bog’-rog’lar esa xushhavo joylarda barpo qilinib, ularga shahar me’morchiligining tarkibiy qismi sifatida qaralgan. Bu davrda jamoat binolarini ismi jismiga monand, ma’nodor, hamda jarangdor nomlar bilan atashga ham katta ahamiyat berilgan.
Shuningdek bunday nomlar zaruriyatga qarab, abjad hisobida kurilish yili tarixini ham ifodalashi lozim bo’lgan. Ixlosiya, Xalosiya, SHifoiya, Safoiya, Unsiya, Hudsiya, Nizomiya, Xusraviya va Fanoiya shular jumlasidandir. Masalan, Ixlosiya madrasasining nomi Navoiyning maktabdosh do’sti Sulton Husayn Boyqaroga bo’lgan ixlosini, minnatdorchiligini bildirsa, Xalosiya-ozodlik, SHifoiya-sog’liq, shifo; Safoiya-poklik, soflik ma’nosini anglatgan. Xusraviya madrasasining nomi esa binoning birinchi g’ishtini qo’ygan shahzoda Muhammad Sulton nomini hamda uning qurilish yilini ifodalagan. Movarounnahr va Xurosonning 15-asr me’morchiligida o’zining kompleksligiga va bajargan vazifasi jihatidan jamoat binolari orasida shifoxona va hammomlar alohida o’rin tutadi. Bunday binolar O’rta va Yaqin Sharkda IX-X asrlardayoq qad ko’tarib, XV asrda Samarqand, Buxoro, Gurganch, Marv, Hirot, G’azna, Ray, Ham adon va Isfixon kabi SHarqning nufuzli shaharlarida keng tarqalgan edi.
XV asrda me’morchilikning bu sohasida ilk o’rta asrlar an’analari yanada rivojlantirildi. Hirot shahrida shunday shifoxonalardan biri Sulton Abusaidning (1439—1469) katta xotini Milkat og’o tomonidan qurdiriladi. Unga Hirotning yetuk tabiblaridan Mavlono Darvishali mutasaddi qilib tayinlanib, barcha muolaja ishlari unga topshirilgan edi. Bunday jamoat shifoxonasi «Dor ush-shifo» (Davolash uyi) nomi bilan yuritilib, ularga zamonasining bilimdon tabiblari bemorlarni davolaganlar. Dor ush-shifoda maxsus dorixonalar bo’lib, ularda doripazlar bemorlar uchun dori-darmonlar tayyorlab berganlar.20
Xondamirning ta’riflashicha, Injil sohilida qurdirilgan «SHifoiya» shifoxonasi «Ixlosiya» madrasasining ro’parasida joylashgan bo’lib, gumbazi naqshinkor moviy koshinlar bilan qoplangan. Devorlari qizil g’ishtdan terilgan. Hovlisida sarhovuz bo’lib, sahnidan mayin tog’ shabadasi mutassil esib turgan. «SHifoiya» shifoxonali tabobat ilmgohi tarzida bo’lib, unda tabib va hakimlar bemorlarni davolashdan tashqari tabobat ilmi bilan ham shug’ullanganlar.
Alisher Navoiyning inoyati bilan o’sha davrda yetishib chiqqan G’iyosuddin Muhammad, Nizomuddin Abdulxay, Darvishali, Muhammad Yusuf, Abdulxay Tuniy, Muhammad Mu’in, Xutbuddin Odam kabi mashhur tabiblar «SHifoiya» da uzoq vaqt faoliyat ko’rsatganlar. Bu davrda Hirot Dor ush-shifosi, ayniqsa, kahhollari (ko’z kasalliklari tabiblari) g’oyat shuhrat topadi. Bir safar hatto Xo’ja Ahrorning Navoiyga yozgan maxsus maktubi bilan Mavlono Fazlulloh davolanish uchun Samarqanddan Hirotga yuboriladi. Xo’ja Ahror kasal bo’lganida esa Navoiy farmoniga binoan Nizomuddin Abdulxay tabib Samarqandga keladi. SHubhasiz, Hirotning 15-asr tabib va hakimlari tabobat sohasida ko’plab ilmiy kitob va risolalar yozganlar. Navoiyning tabobat ilmiga rahnamoligi tufayli Hirotda Dor ush-shifo ochiladi. Unda mashhur Tabiblar faoliyat ko’rsatib, tib ilmi rivojiga o’z hissalarini qo’shadilar. E’tiborli tomoni shuki, shifoxonada davolash va davolanish uchun barcha sharoqtlar mavjud bo’lib, bemorlarga dori-darmonlar, kundalik nonushta va tushlik ovqatlar muhayyo etilgandi. Navoiyning vafotigacha uning tarbiyasida 12 mingga yaqin madrasa tolibi, shoir, olim, muzahhib, musavvir va zargarlar, duradgor va binokor ustalar kamol topadilar.21
Xalq salomatligi yo’lida qayg’urgan Navoiy Hirot va uning atrofida, SHifoiya, Ziyoratgoh Darai Zang, Tuvurchi, CHilduxtaron, Tarnob, Panjdeh, Fayzobod, Sa’dobod kabi bir qancha hammom ham qurdiradi.
Navoiyning rejasi va tarhi bilan bino kilingan yirik me’moriy mukammal majmuotlar, uning tashabbusi bilan qurilgan katta-kichik inshootlar ulug’ shoirning me’morchilik san’ati bobida ham boy bilimga ega bo’lganligidan guvohlik beradi. Me’moriy jihatdan bekamu ko’st qurilgan har bir binoni Navoiy oddiygina boshpana emas, balki o’zining jozibasi bilan kishilarga orom va estetik zavq beruvchi san’at asari deb hisoblagan. O’zining bunday fikrini u:
Tarix qilsa muhandisi mohir.
Har zamon o’zga shakl etar zohir.
Har kishi g’olib o’lsa savdosi.
Daf’i savdo qilur tamoshasi misralarida ifodalagan. Navoiyning me’morchilik va san’at sohasida yetarli bilimga va yuksak badiiy tasavvurga ega ekani, san’atga bo’lgan ixlosu e’tiqodi, shavku zavqi tufayli u asarlarida yaratgan qahramonlarini ko’pincha mohir musavvir, usta binokor, qo’li gul naqqosh, zukko me’mor qiyofasida tasvirlaydi. Navoiy SHarq me’morchiligi va musavvirligi an’analari tarixining zo’r bilimdoni ekanini nafaqat o’zi yaratgan obrazlar misolida, balki hayotiy faoliyatida ham chuqur namoyish eta oldi.
XV asrning madaniy hayotida istirohat bog’lari tashkil etish san’ati ham diqqatga sazovordir Samarqand. Buxoro, Marv, Hirot kabi yirik shaharlar atrofida go’zal oromgohlar barpo etiladi. Bu davrda ham sayrgoh bog’lar asriy an’analarga asosan ikki xil usulda: chorbog’ va qo’riqxona tarzida tashkil etiladi. CHorbog’lar tarhi mutanosiblik (simmetriya) asosida to’g’ri geometrik shakllardan tuzilgan tartibli gulzor va mevazorlardan iborat bo’lib, ko’riqxonalar tabiatning xushmanzara bag’rida barpo etilgan.
Istirohat bog’lari gulzorlar bilan o’ralgan baland saroy va naqshinkor shiyponlar, ularga eltuvchi sersoya so’lim xiyobonlar, zilol suvli ariqlar, markazida girdi va ichi tosh-taxtalar bilan farsh etilgan hamda atrofiga g’ujum va majnuntollar o’tqazilgan to’rt yoki sakkiz burchakli hovuzlardan iborat bo’lgan. Bunday istirohat bog’larini o’z ko’zi bilan ko’rgan Xondamir «bu sharofatli Joy nafis bezaklar va g’aroyib ixtirolar bilan orasta qilingandir», deb ta’riflagan. SHubhasiz, bunday ta’rif Hirotning eng yirik istirohat bog’i «Bog’i Jahonaro» manzarasida o’z ifodasini topgan edi. Bog’i Jahonaroning umumiy maydoni qariyb bir kvadrat kilometrga teng bo’lib, bog’da oldi gulzor, atrofi mevali va manzarali daraxtlar bilan o’ralgan baland saroydan tashqari CHorbog’ va CHorchaman hamda hiyobon ko’rinishida tashqil etilgan to’rtta bog’, ular o’rtasidagi keng hovuzning to’rt tomoniga qurilgan to’rtta naqshinqor shiypon va kamonda nishonga o’q uzib mashq va musobaqa qilishga mo’ljallangan maxsus binot-sadoqxona (tir) joylashgan edi.22


Yüklə 55,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə