Mundarija kirish I bob. Basketbolchining harakat faoliyati tavsifi



Yüklə 61,32 Kb.
səhifə2/7
tarix30.05.2023
ölçüsü61,32 Kb.
#114179
1   2   3   4   5   6   7
Sarvar aka

Kurs ishining maqsadi. Yosh basketbolchilarni harakatli o’yinlar vositasida jismoniy qobilyat va sifatlarini rivojlantirish va uni samardorligini o’rganish.
Kurs ishining ob’ekti. 12-14 yoshli basketbolchilar, jismoniy tayyorgarlik jarayoni.
Kurs ishining predmeti. 12-14 yoshli basketbolchilarning tezkorlik-kuch sifatlari hamda harakatli o’yinlaridan foydalanish samaradorligi.


I BOB.BASKETBOLCHINING HARAKAT FAOLIYATI TAVSIFI

    1. Yosh basketbolchilarni jismoniy tayyorlashda ilmiy izlanishlari

Basketbol o’yinida turli harakatlar, yurish, yugurish, to’xtash, aylana sakrash, tutish, uloqtirish va to’pni olib yurish xos bo’lib, bunday harakatlar raqobatdoshlar bilan tortishuv musobaqalarida ifodalanadi. Bunday turli harakatlar nerv tizimini mustaxkamlash harakat apparati, modda almashuvini yaxshilash tananing barcha tizimi faoliyatini yaxshilashga imkoniyat yaratadi. Basketbol - ko’pgina mehnatkashlar aynan aqliy faoliyat bilan shug’ulanuvchilar uchun faol dam olish vositasi sifatida xizmat qiladi. G’alabaga erishish uchun jamoa a’zolarining barchasini bir-biri bilan kelishganlik o’zini faoliyatini umumiy vazifalariga ta’lluqligidir. Xar bir o’yinchi harakati aniq yo’nalishga ega bo’lib, ularga asosan basketbolchilar ampulasi farqlanadi: Markazda o’ynovchi- baland bo’yli atletik tana tuzilishiga ega, a’lo darajadagi chidamlilik va sakrovchanlikka ega bo’lishi kerak; Chekkada xujum yurutuvchi – u birinchi navbatda baland bo’yli tezkor va sakrovchan, vaqtni va bo’shliqni sezish imkoniyatlarini yahshi rivojlangan, nishonga ola bilish qobiliyatli, o’yin vaziyatini to’g’ri baholay biladigan va jasur maqsadli xujumga o’ta oluvchi hususiyatlarga ega bo’lishi; Himoyachi-yuqori darajada tezlik, harakatchan va chidamlilik, aniq fikrlaydigan va diqqatlilik xususiyatlarga ega bo’lishi kerakligi nazarda tutiladi. O’yinchilarni vazifalariga ko’ra taqsimlash o’yin faoliyatini asosiy printsplaridan (tamoyillaridan) biri xisoblanadi . O’yinchilarni amplua bo’yicha farqlash va faqat o’yin usullari va ularni o’yin maydonida joylashtirishlari, balki ularni fiziologik xususiyatlariga xos farqlash xam nazarda tutiladi. O’yin faoliyatlarining muvoffaqiyati sensamotor muvofiqlashtirish ko’rsatkichlari bilan mustahkam bog’liqlikga egadir. O’zaro bog’liklik sensamotor ko’rsatkichlari ”vaqtni sezish” bo’lib, uni basketbolchini maxsus qobilyatining komponenti (ma’lum bir qismi) sifatida qarash mumkin uni asosida bir qator analizatorlar (sezgilar) kompleksi yig’indisi o’z ifodasini topadi vaqtni idrok qilish bo’shliqni, idrok qilish bilan bog’liq holatda ifodalanadi. Turli amplua tizimida ishtirok qiluvchi basketbolchi uchun vaqt bo’shligi masofasiga xos maxsus idrok xususiyatiga ega bo’lishi kerak. Keyingi chiziqda ishtirok etuvchi o’yinchilar 5-10 daqiqa doirasidagi bo’shliq masofasiga to’gri mo’ljallangan bo’lishi kerak. Bu esa o’yinni tashkil qilish bilan markaz o’yinchisini 3 soniya bo’shliqda ajratilgan qoidaga asosan maydonidagi talablarga itoat qilishi oldingi qatordagi o’yinchilarni esa 1soniya davomida ko’proq darajadagi bo’shliq asosida to’pni irg’itish nazarda tutiladi. Xar bir jamoa o’z raqibidan yuqori turishga harakat qilganligini, maxfiy sir sifatida saqlab, shu vaqtni o’zida qarama-qarshi jamoani rejalarini aniqlashga harakat qiladi. O’yin, o’z jamoasidagi o’yinchilarni bir-birlari bilan muloqatga kirishish harakatlari asosida amalga oshadi, bunda qarama-qarshi jamoalarning bir-biriga nisbatan qarama-qarshiliklari barcha kuch va intilishlarini jalb qilish, to’pni egallab olish va xujumni tashkil qilish orqali amalgam oshadi. Buni asosida birinchi rejaga o’yinchini shiddatli hayol jarayoniga e’tibor qaratiladi. Sport o’yinlari vakillari qaror qabul qilishda boshqa ko’pgina sport turlari vakillariga nisbatan o’ziga xos yuqori imkoniyatlarga ega ekanligi tastiqlanadi. Hayol jarayonining tezligi vaziyatni o’zgarishi mumkun bo’lgan holatlarda zarurligi ifodalanadi, huddi shunday, his-tuyg’ularlarga xos sharoitlarda maxsus qaror qabul qilish orqali ifodalanadi. To’pni savatga tashlash uchun, sport qarama-qarshilik shaxsini yengib o’tish zarur, buning uchun o’yinchilar ma’lum bir texnika va taktika qoidalariga ega bo’lishlari, tez harakat qila bilishlari, kutilmaganda yo’nalish va harakat tezligini o’zgartira bilishlari kerak. Basketbolchilarning o’yindagi faoliyati va xujumga faqat himoya qilishning ma’lum bir uslublarini egallash, balkim harakatlar yig’indisi asosida umumiy maqsadga yo’naltirilgan umumiy dinamik (rivojlantiruvchi) tizimga ega bo’lishi kerak. Jamoalarda o’yinchilarning to’g’ri o’zaro harakatlari jamoa faoliyatining asosi sifatida, u jamoani umumiy maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan holatda xar bir o’yinchini faoliyati va 8 tashabbusiga bog’liq. Har bir o’yinchi nafaqat xujumga o’tish balki o’z doirasini faol himoya qilishi kerak. Raqibini to’pini tutib olish yoki unga uloqtirish uchun imkoniyat bermaslik uchun raqibni barcha harakatlarini to’g’ri va o’z vaqtida aniq ifodalash uchun ularni va to’pni harakat doirasini aniq seza bilishi kerak. O’yin faoliyati mustaxkam shakllangan yoki o’zigaruvchan harakat malakalari bilan bog’liq, bu jarayonda jismoniy sifatlar sog’lomlik holati va o’yinchining intellekti (aqli) zarur. Basketbolchi musobaqalarda qatnashib katta ishlarni amalga oshiradi: o’yinchi o’yin davomida 5000-7000 m masofani bosib o’tadi (yuqori darajadagi mutaxassis), bu jarayonda 130-140 sakrash, ko’pgina oldinga tezlik bilan siljish (120-150gacha), tezlik va to’xtalishlarni amalga oshiradi. Katta tezlikdagi harakat to’pni savatga tashlash bilan bog’liq bo’lib ilmiy tadqiqotlar natijasiga ko’ra o’rin almashtirishsiz o’yinda ishtirok etayotgan basketbolchi to’p bilan jami 3,5-4 daqiqa dovomida muomalada bo’ladi, boshqa vaqtlarda o’yinda to’psiz ishtirok qilar ekan. Keyingi davrlarda o’yin jarayoni ma’lum darajada tezkor tusga aylanmoqda. Uning asosida birinchi navbatda koordinatsiyani tezlashtirilishi o’yinchilarni harakat tezligini yuqori darajadaligi, o’yin maydonida o’ziga xos o’rin egallashga bo’lgan harakatchanliklar o’z ifodasini topadi. O’yin davomida serharakat jismoniy faoliyat juda katta darajadagi kuchni talab qiladi. O’yin foaliyatini energetik (kuchg’ayrat) ta’minlash aralash tasnifga ega ekanligi tasdiqlangan (ular aerob-anaerob turlaridan iborat). Aerob asosiy ko’rsatkichlari imkoniyati basketbolchilar tomonidan kislarodni qabul qilish maksimum hajmini oshib borishi, ya’ni yuqori darajadagi mutaxassis basketbolchilar sport ustalarida 5,1 min (misol sifatida 60 ml 1 kg og’irlikka). O’yin davomida basketbo’lchilar 80-90 % maksimal darajada energiya imkoniyatlaridan foydalanadilar. Tanani funksional holati ko’rsatkichlaridan eng asosiysi yurak-tomir tizimi faoliyatidir. Yurak–tomir urish tizimi tezligi kardialogik natija ko’rsatkichi sifatida fiziologik yuklama miqdorini ifodalaydi. Basketbolchilarda yurak urish tizimi tezligi o’yin davomida 180-210 minutga urish tizimini ifodalaydi. 9 Mashqlantiruvchi yuklama miqdori u yoki bu mashqlarni bajarish davomida tanaga ta’sir qilish darajasini ifodalaydi. Har bir murabbiyga bajarilayotgan mashqlarni ta’siri ularni tanada bo’layotgan o’zgarishlarga asosan tizimlashtirish zarurligini bilish zarurligini ifodalaydi. Tadqiqotlarni ko’rsatkichlariga asosan basketbolchilarda maxsus mashqlar tanani javob reaksiasiga asosan farq qilinadi. Masalan, jarima to’pini uloqtirishlarni bajarish davomida yurak tomir urish tizimi o’rtacha 128 urish daqiqada kislarod (xavo) istemol darajasi - 30% sifatida eng yuqori daraja miqdorida bo’lsa maxsus mashqlarni bajarishda yurak tomir urish tizimi o’rtacha miqdorda 140-150 urish daqiqada, kislarodni iste’mol qilish darajasi 50% hajmda, o’yin mashqlarini bajarishda yurak tomir urish darajasi 172- 187 urish daqiqada kislarod iste’mol darajasi 5-7 l daqiqasiga yetadi. O’yin davomida sportchi og’irligidan 2-5 kg yo’qatadi. Energiyasini sarf qilish turli yo’nalishdagi turli jinsdagi sportchilarda ularni guruhlashtirish ham turlicha (3). Agar o’yinchi nerv tizimini katta zo’riqishi hisobga olinmasa va g’alabaga erishish uchun ahloqiy kuchlanish harakatlari xisobga olinmasa o’yin mazmuni to’liq ochib berilmaydi. Basketbolchi faoliyatini har tamonlama bilish o’quv-mashqlantirish va musaboqa jarayonlarini to’g’ri rejalashtirish, o’quv - mashqlantirish jarayonlariga erishish uchun xizmat qiladigan normativ asoslarni va modul tavsifini aniqlash mumkin emas.
Yosh basketbolchilarni tarbiyalash va ularni yetuk iqtidorli kuchli basketbolchi qilib yetishtirish har qachon xam murabbiylarga kattagina mexnatni, izlanishni talab qiladi. Murabbiylar basketbol sport turini bugungi kunda,texnik-taktik jismoniy tayorgarlik bo’yicha jadallik bilan o’sayotganligi va yosh basketbolchilarni xam bunday rivojlanishga tayorlash kerakligini izohlaydi. 10 Ko’pgina basketbol mutaxassislari (Qosimov A.SH. 1986; Rasulev O.T. 1998), yosh basketbolchilarni mahorat darajasini oshirish to’g’ridan-to’g’ri ilk yoshlik chog’idan boshlab basketbol o’yiniga rejasi va malakali ravishda o’rgatishga bog’liqligini ta’kidlashadi. A.A.Suchilin (1987) yosh basketbolchilarni maxoratli qilib tarbiyalashda murabbiylardan bolalarda quydagi jixatlarni ko’ra bilish va talab eta olishni e’tirof etadi: - bolalarni kuchli-irodaviy, o’zini tuta bilish - mashg’ulotlarda texnik harakatlarni, mashqlarni astoidil bajarishlari - yuqori darajadagi jismoniy sifatlarga (tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, tezlik-kuch) ega bo’lish - organizmning sog’lom bo’lishi, o’yinlarda funksional tayyorgarligi a’lo darajada bo’lishini yosh basketbolchilarning dastlabki tayyorgarligida mutaxassislar ko’proq texnik tayyorgarlikka e’tibor berishini ta’kidlaydilar. Mashg’ulotlarda umumiy jismoniy tayyorgarlikka 30-40% vaqt ajratishni ko’rsatilgan. Yu.N.Lopachev (1988) shuni e’tirof etadiki, basketbolchilarni texnik harakatlari, jismoniy siftlarni tarbiyalashda, ularning kuchi, yoshi, funksional imkoniyatlarni xisobga olish zarurdir. Murabbiylik amaliyoti shundan dalolat beradiki, yosh basketbolchilarni o’yin texnikasi o’rgatish, jismoniy rivojlantirishda katta basketbolchilar trenerovkasiga nisbatan boshqa usubiyatlarni qo’llash lozim. Yosh basketbolchilar bilan ishlaydigan murabbiylar, basketbol sirasrorlarini mukammal bilish (basketbolchi bo’lganligi), basketbol uslubiyati bo’yicha nazariy bilimlarga ega bo’lishi o’ta muhimdir. Yosh bolalarning basketbol sifatiga kirishi uchun, birinchi navbatda, muvofiq xolda ulg’aygan bo’lishi zarur. Bu bilan shu narsa nazarda tutiladiki harakatlarni egallash uchun bir xil darajada xam jismonan, xam ruhan tayyor bo’lishi kerak. Yosh basketbolchilarning texnik tayyorgarligi, o’yin texnikasining ayrim usullariga o’rgatish, o’rganilganlarning nazoratsiz qoldirilishi mumkin emas. Agar o’yin texnikasiga o’rgatish rejelashtirilgan muntazam mashg’ulotlar bilan o’tkazilsa, unda u yaxshi natija berishi mumkin. Sport maktablari tizimida yangi sportchilarni o’yin texnikasiga o’rgatishda navbatma-navbat keladigan ketma-ketlikka rioya qilish zarur hamda uni quyidagi tamoyil asosida: 1) osondan qiyinga, 2) oddiydan murakkabga, amalga oshirish kerak. Basketbol o’yini texnikasi, harakat malakalarining umumiy o’ziga xos xususiyatlaridan tashqari, bir qator o’ta ixtisoslashgan malakalarga ega. Texnika usullari va to’pni egallab olishning ayrim elementlarini bajarish hamda ularni o’yin vaziyatlarida qo’llash quyidagicha tavsiflanadi: 1) basketbol harakatlari malakasi xar doim ma’lum bir sifatlar, masalan, mushak-kuch, tezkorlik, chidamlilikka asoslanadi; 2) harakat malakasi o’yin texnikasini ifodalovchi element xisoblanadi va u shundan iboratki, uzoq vaqt ichida yuqori darajada barqaror bo’ladi, ya’ni o’yin texnikasi malakalari ko’p yillarga saqlanib qoladi; 3) o’yin paytida basketbolchilar texnik usullarni «o’ziga xos muhitda» qo’llaydilar: o’yin qoidalarida gavda bilan kurash olib borish ruxsat beriladi. Bunda raqibingiz sizga u yoki bu texnika usulini qo’llashingizga xalaqit berishi mumkin. Shuning uchun texnikaga o’rgatish va uni mustaxkamlashda o’yindagi kurash xususiyati hamda raqibning qarshilik ko’rsatuvchi harakatlarini nazardan qochirmaslik lozim. O’yin xususiyati va harakatlarning o’ziga xos tuzilmasi, o’yinchilarning individual jismoniy hamda ruhiy xususiyatlaridan tashqari, texnikaga o’rgatish va uni mustaxkamlashni belgilab beradi. Harakatlarga o’rgatishni alohida qismlarga bo’lingan va parchalangan xolda amalga oshirish mumkin emas.
Inson kuchi tashqi qarshiliklarni kuchlanish orqali yengish qobilyati tushuniladi. Maktablar uchun jismoniy tarbiya dasturida, birinchi sinflardan boshlab bolalarning kuch tayyorgarligi ko’zda tutilgan. Mexnat va sport faoliyati jarayonida, turmushda kuch chidamliligi va portlash kuchi eng ko’p ahamiyatga ega. Kuchning bu turlari ro’yobga chiqishi bilan inson har qadamda to’qnash keladi (masalan: og’ir atletikada, sport gimnastikasida, kurashda va boshqalar) maksimal kuchni mushaklar qisqarishlarining yuqori tezligi bilan birga qo’shib olib borishda (uloqtirish, greble va boshqalar) bajarilishi vaqtida foydalaniladi. Insonni absolyut nisbiy kuchni farqlash kerak. Ya’ni shaxsiy og’irligining 1 kg ga to’g’ri keladigan kuchni miqdori u tayyorgarligi bir xilda bo’lgan, ammo har xil og’irlikdagi atletikachilarning kuchlarini taqqoslash uchun aniqlanadi. Kuch mashqlarini bajarish vaqtida mushaklar uch xil tartibda ishlashi mumkin: 1. O’z uzunliklarini (statistik izometrik) o’zgartirmaydigan rejim. 2. O’z uzunliklarini qisqartirib (pryudolevayushiy, miometrik) rejim. 3. Uzayib yon beruvchi (pliometrik) rejim. Chunonchi, masalan oyoqlar to’g’ri ko’tarilgan vaqtda og’irlikda to to’g’ri burchakgacha mushaklar faoliyatining barcha uchala tartibi uchrashadilar. Mushak ishining uzunligini qisqartirishda – oyoqlarni ko’tarish, statistik ish – oyoqlarni 90º burchak ostida ushlab turish; Mushaklarni uzayishi – dastlabki holatga qaytish oyoqlarni tushirish. O’quvchilar jismoniy tarbiyasida umumiy va maxsus kuch tayyorgarligi amalga oshiriladi. Umumiy kuch tayyorgarligi insonning mehnat faoliyatiga tayyorligi va jismoniy rivojlanishi uchun ahamiyatga ega bo’luvchi barcha asosiy mushaklar guruhlarining garmonik rivojlanishiga qaratilgan (rasm 1). Maxsus kuch tayyorgarligining maqsadi faoliyatining tanlangan turiga tadbiqan musobaqalashuvchi harakatning texnikasi bilan mushakning muvofiq 13 guruhlari kuchining birga qo’shib olib borilishining yuzaga chiqishi jismoniy sifatlarning rivojlanishidir. Inson kuchini o’lchash uchun har xil konstruksiyalardagi dinamometrlar qo’llaniladi. Eng ko’p qo’llanishni panja va (gavda) bel umurtqa dinamometri bilan aniqlanadi. Bu ko’rsatkichlar o’lchamlar majmuasiga kiradi¸ ular bo’yicha o’quvchilarning jismoniy rivojlanishi to’g’risida mulohaza yuritadilar. Biroq bu ikkita ko’rsatkich ayrim mushak guruhlarining kuchi to’g’risida zaruriy axborot bermaydi. Maktab o’quvchilarida ayrim mushak guruhlarining kuchini aniqlash uchun gavda dinamometrining ayrim unsurlari moslamalardan taglik uchun sirtmoqlar bilan to’ldirib foydalaniladi. Masalan: gavdaning mushak kuchini aniqlash vaqtida o’quvchilar gimnastika devoriga undan 1 m masofada orqa bilan yerga o’tiradilar. Oyoqlar va bel mustahkamlanadi, ko’krakka sirtmoqli kamar kiyiladi, unga dinamometr biriktiriladi. Ayni vaqtda taranglashishlarni sezmasligi, osilib turmasligi uchun gimnastika devoriga barcha tizim bog’lab qo’yiladi. Taklif qilingan uslub bilan son, boldir, tovonlar, yelka oldi va yelkaning yoziluvchanligini va bukiluvchanligini aniqlash mumkin. Maktab o’quvchilarida ayrim mushak guruhlarning kuchi bo’yicha yoshi – jinsiga qarab o’rtacha ma’lumotlar 1 va 2-jadvallarda keltirilgan. Kuchning dinamik va portlash, shuningdek kuch chidamliligini o’lchash uchun amaliyotda xilma-xil nazarat mashqlaridan foydalaniladi. Tezkorlik– kuch sifatlarini aniqlash uchun uzoqlikka har xil og’irlikdagi (tosh, chiralar, yadro va to’ldirilgan to’plarni uloqtirish) kabilardan foydalaniladi.  Har xil boshlang’ich holatlarda (turib, yotib) qadoq toshlar, shtangalarni ko’tarish, tortilish, tayanib yotishda siqish yoki qo’l bilan to’ldirilgan qopchani;  Kuch chidamliligini aniqlash uchun topshirilgan balandlikka sakrash bo’yicha joyida sakrash;  Maksimal kuchni aniqlash uchun oxirgi og’irlikni ko’tarish;
Maktab o’quvchilarini kuchini tayyorlash maqsadida umuman barcha mushak tizimlarining yoki ayrim mushak guruhlarining kuchi rivojlanishiga ko’maklashuvchi maxsus mashqlardan foydalaniladi. Portlovchi va maksimal kuchni rivojlanishining asosiy vositalari har xil turdagi og’irlikdagi inventar va buyumlardan gantellar, to’ldirilgan koptoklar, qum bilan to’ldirilgan qopchalar, shtangalar, amortizatorlar bilan, blokli uskunalar) bilan bajariladigan mashqlardir. Malolliksiz, barcha shaxsiy tanasidan foydalanayotib sherigining qarshiligi bilan (tortilish, tayanishda siqish, cho’nqayib o’tirish, qup marta sakrash va boshqalar) qo’llaniladi. Har xil kuch imkoniyatlarining rivojlanishiga ta’sir o’tkazishning samaradorligi kuch yuklamalarini rejalashtirish bilan. Chunonchi, masalan, katta bo’lmagan og’irlik bilan (20 dan to 60: gacha maksimal mumkinligi) va takrorlashlarning katta miqdori bilan cho’qqayib o’tirish amalga oshirilsa, asosan kuch chidamliligi rivojlanadi; agarda bu mashq tezlik tempda bajarilsa, u holda “portlovchi kuch”ning rivojlanishi ro’y beradi. O’sha mashqni oxirgi va qariyib oxirgi yuklamalar bilan takrorlashlarning kam miqdori bilan bajarilsa, asosan mutloq kuchning rivojlanishiga ko’maklashadi. Shuning uchun bolalarning kuch tayyorgarligi vaqtida uning u yoki bu uslublardan to’g’ri foydalanish juda muhimdir. Jismoniy tarbiyaning amaliyotida mushak kuchi rivojlanishining quyidagi uslublari eng ko’p tarqalgan: Maksimal kuchlanish maksimal qarshilik ko’rsatishni bartaraf etish zaruriyati bilan bog’langan topshiriqlarni bajarishdan iborat: oxirgi og’irlikdagi shtangani ko’tarish cho’zilgan qo’llardan og’irlashtirilganni ushlab olish og’irlashtirilgan yukni tortish va boshqalar. Qarshilik ko’rsatish miqdorini o’lchash uchun TM (takroriy maksimum) ko’rsatkichidan foydalaniladi. Chunonchi, masalan, 8 TM og’irlashtirilgan miqdor deyilganda mashqlantiruvchi og’irlashtirishni tushunmoq kerak, ular bilan shug’ullanuvchilar bir yondashuvda 8 tadan ko’p bo’lmagan takrorlashlarni bajarishlari mumkin. Malollik keltirmaydigan barcha shahsiy tanasidan foydalanayotib (sherigining qarshiligi bilan tortilish, tayanishda siqish, cho’nqayib o’tirish, ko’p marta sakrash va boshqalar). Mushak massasining o’sishisiz mushak kuchining rivojlanishi dam olishning intervallari 20-30 s dan to 2-3 daqiqagacha bo’lishni talab qiladigan, bajariladigan mashqning xarakteri bilan (maxalliy yoki umumiy ta’sir o’tkazish) va qarshilik ko’rsatishning miqdori bilan aniqlanadi. Og’irlashtirish bilan barcha mashqlar to’la amplituda bilan bajarilishi kerak. Har bir yangi kuch mashqining boshlanishidan oldin ishlovchi muskul bilan tortilish mashqini bajarish maqsadga muvofiqdir. Mashqlantirilganligining darajasiga qarab sportchining kuch yuklamalariga moslashishi ro’y beradi; shuning uchun kuch ishining dasturini almashtirish kerak. Aks holda natijalar o’sishi bo’lmaydi. Kuch yuklamalari dasturini qo’llash vaqtida quyidagi metodik usullardan foydalaniladi: Ayni bir xil mushak guruhlarini kuchning rivojlanishi uchun xilma-xil mashqlarni qo’llash; qarshilik ko’rsatishning miqdori o’zgarishi, mashqlar va seriyalar miqdori, ayrim yondashuvlar o’rtasida dam olishning intervali, bajariladigan mashqlar izchilligi, maktabda fizkultura darslarida kuch tayyorgarligining davom etishi 10-12 daqiqagacha yetishi mumkin, uydagi mashg’ulotlar sharoitida 20-30 daqiqa. Tezkorlik va uni tarbiyalashning uslublari. Muhim jismoniy sifatlar qatoriga tezkorlik tegishlidir. Tezkorlik – muayyan sharoitda minimal vaqt sarflash bilan harakat faoliyatini bajarish inson qobiliyatidir. Tezkorlikni namoyon bo’lishining asosiy omillari quyidagilar: A. harakatlantiruvchi ta’sirning yashirin davri (reaksiya); B. Ayrim harakatning tezligi V. Harakatlar chastotasi. Tezlikning bu shakllari ro’y berishi biri ikkinchisidan bog’liq emas. Eng muhim ahamiyatliligi harakatning yaxlit tezligi ega. Biroq u nafaqat tezlikning rivojlanishi darajasiga bog’liq. Masalan: yugurishda qadamlarning uzunligidan, itarilish kuchidan va boshqa omillar. Insonning tezlik qobiliyati o’ziga xos koordinatsion harakatlarga mansub bo’ladi. Tezkorlikni aniqlash uchun eng qulay modeli yugurishdir. Uni bajarish vaqtida barcha uchta komponenti namoyon bo’ladi. Harakat ta’sirning tezligi masofaga yugurish, musobaqa boshlanishini bildiruvchi kishining signali yugurishni tez boshlash ko’nikma, yugurish vaqtida har bir qadamning tezligi va oyoqlar harakatlarining chastotasi bilan bog’liq. Harakatlantiruvchi ta’sirning yashirin vaqtini aniqlash uchun oddiy uskunareaksiametrdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Maktab o’quvchisiga muayyan yorug’lik yoki tovushli signalga javobida iloji boricha qandaydir bir oddiy harakatni bajarishini taklif qiladilar. Masalan: priborning askariy qismlarini tugmachasini bosish, elektr sekundomer priborining sxemaga joriy etilishi, signalning boshlanishidan tomotorning ta’siri o’tgan vaqtni ko’rsatadi. Maksimal kuchlanish uslubining foydalanishi vaqtida og’irlashtirish miqdori 1-3 sm atrofida tebranib turadi. Harakatlar tezlik darajasi yuqori emas, tezlik sekindan to mo’tadilgacha mashqlar va yondoshuvlar o’rtasidagi dam olish tanaffusi 2 daqiqadan kam emas. Oxirgi kuchlanish bolalarning asab-ruhiy imkoniyatlariga katta talablar qo’yadi. Shuning uchun bolalar bilan bu uslubdan foydalanish vaqtida katta extiyotkorlik kerak va xaftada 1-2 martadan ortiq bo’lmagan holda qo’llash lozim. Takroriy zo’r berish uslubi to’rt va undan ko’proq atrofida vazminlashtiruvchilar miqdori bilan kuch mashqining bajarilishidan iboratdir. Izokinetik taranglashish uslubi. Izometrik taranglashishning bir yondoshuvda muddati 6-8 s, bu mashqlarda zo’r berish darajasi 70-100% atrofida tebranib turishi mumkin. Kuch yuklamalarining ayrim seriyalari o’rtasida dam olishning intervallari kiritiladi, ularning davom etishini yurak qisqarishlari to 110- 120 gacha daqiqada zarba tezligining pasayishi momenti bilan aniqlanadi. Kuch yuklamalarini bajarish vaqtida dam olish intervallarining davom etishi 1,5 dan to 3 daqiqagacha tebranib turadi. Maksimal kuchning rivojlanishi vaqtida mushak massalarining o’sishi hisobidan dam olishning 15-30 s nisbatan davom etmaydigan tanaffusdan 18 foydalaniladi. Maxalliy harakterdagi mashqlarda 40-60 s va umumiy xarakterdagi mashqlarda ham. Yolg’iz harakat vaqtini masalan 5 marta sakrash yoki 5 marta cho’nqayib o’tirish yoki bosh ustida 5 marta qarsak chalish (yoki tezlikning maksimal imkoniyati bilan murakkab bo’lmagan har qanday harakatlar bilan) bajarilishini aniqlash mumkin. 5 ta mashqlar bajarilish vaqti ro’yxatga olinadi. So’ngra esa yolg’iz harakatlarning bajarilishi vaqti hisoblab chiqiladi. Ular qancha kam bo’lsa, tezlikning rivojlanish darajasi shunchalik yuqori bo’ladi. Panjalar harakatining tezligi 5 yoki 10s uchun mumkin qadar nuo’talar sonini qog’ozga qalam bilan belgilab qo’yib aniqlash mumkin. Yosh bilan tezlik o’zgarishi bilan birga kichik maktab yoshidagilarda maxsus mashqlar katta sinf o’quvchilaridan ko’ra ko’proq jadal rivojlanadi. Tezlik mushak kuchi, texnika, bukilish, jadallashtirish darajasiga layoqatligi, iroda zo’r berishning darajasi bilan mustahkam bog’langan. Oddiy va murakkab harakatlantiruvchi ta’sirning tezligini tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Harakatlantiruvchi ta’sirning yuqori darajasi bilan egallagan odamlar. Ilgari ma’lum bo’lgan to’satdagi signalga. Ilgari ma’lum bo’lgan harakatlarga (masalan: “Marsh!” buyrug’i bilan yugurishni boshlash) tez javob berish qobiliyatiga egadirlar. Bunday ta’sirni oddiy harakatlantiruvchi ta’sir deb ataladi. Murakkab harakatlantiruvchi ta’sirning namoyon bo’lishi zaruriyati vaqtida o’quvchi ta’sir qiluvchiga qanday javob berishni bilmaydi – murakkab vazifaning oldida turib qoladi. Masalan: basketbolchi savatga xujum qilayotib, koptokni o’ng va chap, yuqori va quyi burchagdan tashlashi mumkin. kerak. Oddiy va murakkab harakatlantiruvchi ta’sirning yuqori darajasi sport o’yinlarida va yakkama-yakka kurashlarda yuqori natijalarga erishishning muhim shartlaridan biridir.
Qisqa muddatda bajariladigan harakatlarning yuqori darajasiga layoqatligini tarbiyalashning samarali vositalari (berilgan vaqtda takrorlashlar sonini kim ko’p bajaradi) musobaqalar sharoitida uni asta-sekin ko’paytirish bilan va o’qituvchining topshirig’ida (qarsaklar, xushtaklar va boshqalar), ovozli signallar, ritmik musiqa metronom ostida bajarilanadigan umumrivojlanish va ixtisoslashtirilgan mashqlardir.  5.10.15 s (bosh ustida qo’llar bilan chapaklar, qo’llarni aylantirish joyida yugurish vaqtida qadamlar soni, topshirilgan balandlikka joyida sakrash, arg’amchi bilan sakrashlar, cho’nqayib o’tirish navbat bilan yoki bir vaqtning o’zida, qadoq toshlar, gantellar ko’tarish) qanday ko’p harakatlarni bajarish mumkin;  qisqa uzoqlikka yugurish (10-80 m);  topshirilgan vaqt uchun nishonga to’ldirilgan koptokni, granatalar, tennis koptoklarini tashlash; Harakatlantiruvchi tarbiyaning maqsadi bilan maxsus mashq foydalaniladi, unda o’quvchilar signalga imkoni boricha tezroq javob berishga intiladilar. Bunday mashqlarga quyidagilar misol bo’lishi mumkin:  aylana bo’yicha yugurish, yurish, to’satdan berilgan signalga (xushtak, qarsak) biror bir mashqni (cho’nqayib o’tirish, aylanishlar, qo’llar bilan qarsaklar va x.k.) maksimal tezlikda bajarish. Har qaysi harakat tezlikka 2- 3 marta bajariladi;  signal bo’yicha tezlikka, nishonga koptoklarni tashlashlar;  signal bo’yicha predmetlar bilan va predmetsiz (gavdani engashtirish va aylantirish, cho’nqayib o’tirish, oyoq va qo’llar harakati). Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish. Tezkorlikni muvaffaqqiyatli tarbiyalash jadal harakatlarning oxirgisiga yaqin va oxirgilarini bajarish vaqtida (95-100% maksimal mumkin bo’lganidan) bo’lishi mumkin. Shu bilan birga oxirgi va oxirgisiga yaqin tezlik bilan tezlik mashqlariga berilib ketish kerak emas, chunki bu “tezlik to’sig’i”deb ataladiganning vujudga kelishiga olib kelishi mumkin, unda natijalarning o’sishi to’xtaydi va o’quvchilar bunday yuklamalarni qanchalik ko’p va tez-tez bajarsalar, shunchalik ko’p dinamikli streotip tezlikka natija ham, mashq ham barqarorlashadi. Bunday holda “tezlik to’sig’ini”, “buzish” maqsadi bilan tezlik bilan bajariladigan xima-xil maxsus mashq foydalinadi. Bunday mashqlarga masalan: shatak bilan tog’ yonida yugurish, yengillashtirilgan snaryadlarni uloqtirish va boshqalarni kiritish mumkin. Tezkorlik mashqlarida o’quvchilarning tezlikni kamaytirmasdan yuklamalarni bajarish qobiliyati aniqlanadi. Tezkorlik ta’sirini yaxshilash uchun o’quvchilarda vaqt sezgirligini (xissini) tarbiyalash katta ahamiyatga ega. Shu maqsad bilan shug’ullanuvchilarga izchillikning turli xildagi mashqlar taklif qilinadi. 1.Tezkorlik mashqi bajarilgandan keyin o’qituvchi shug’ullanuvchilarga topshiriq bajarilganiga sarf qilingan vaqt xabar qilinadi. 2. O’quvchining vaqti xabar qilinmaydi, o’quvchining o’zi uni aniqlashi kerak. 3. O’quvchi berilgan vaqt uchun tezlik mashqini bajarishi kerak. Harakatlantiruvchi ta’sir tezligining mashqi uchun eng qimmatli mashqlar sarasiga harakatlanuvchi va sport o’yinlari kiradi.


    1. Yüklə 61,32 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə