Mundarija Kirish I bob. Boshqaruv hisobini tashkil qilish


Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish tamoyillariga quyidagilar kiradi



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə5/6
tarix03.05.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#108202
1   2   3   4   5   6

Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish tamoyillariga quyidagilar kiradi:


  • ishlab chiqarish jarayonida xarajatlar tasnifining ilmiy asoslanishi. Ushbu tamoyilni o'z faoliyatida amalga oshirish uchun har bir hisobchi buxgalteriya sohasidagi amaldagi me'yoriy hujjatlardan foydalanishi kerak. Bunday hujjatlarga korxonalarning barcha o'ziga xos sanoat xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan rejalashtirish, xarajatlarni hisobga olish va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash bo'yicha tipik ko'rsatmalar va tavsiyalar kiradi;

  • xarajatlarni hisobi ob'ektini, kalkulyatsiya ob'ektini va kalkulyatsiya birliklarini to'g'ri aniqlashtirish zarur. Ko’p hollarda kalkuyatsiya ob'ekti va xarajatlar hisobi ob'ekti bir-biriga mos kelmaydi. Kalkulyatsiya ob'ekti korxonada sotiladigan barcha turdagi mahsulotlarni o'z ichiga oladi. Xarajatlar hisobi ob'ekti ko'pincha ularning paydo bo'lishi joylari, bir xil turdagi mahsulotlar va ularning guruhlarini o’z ichiga oladi;

Kalkulyatsiyaning tamoyillari, ob’ekti va usullari (davomi)


  • bilvosita xarajatlarni taqsimlash usulini tanlash. Har bir korxona ushbu tanlovni mustaqil ravishda amalga oshiradi va uni majburiy ravishda hisob siyosatida qayd etadi;

  • korxona xarajatlarini davrlar bo'yicha taqsimlash. Buxgalteriya hisobida barcha operatsiyalar ularni tugatish vaqtida aks ettirilishi kerak. Pul oqimlari bilan bog'lash muhim emas;

  • Kapital qo'yilmalar va joriy xarajatlar hisobini alohida yuritilishi. Ushbu tamoyil "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida " nizom bilan asoslanadi;

  • Ishlab chiqarish harajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini hisoblash usullarini mustaqil tanlash.


2.2 Buyurtmali kalkulyatsiya qilish mohiyati, afzalliklari

Xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) birligining tannarxini aniqlashda quyidagi to‘rtta usulning biridan foydalaniladi:


- oddiy usul;
- buyurtmali usul;
- jarayonli usul;
- normativ usul.

Ba’zi bir mamlakatlarda bu usullardan tashqari yana boshqa, xususan o‘rtacha tannarx, koeffitsientlar usulidan ham foydalaniladi.


Xo‘jalik yurituvchi subyektda boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish uchun eng samarali ishlatilishi mumkin bo‘lgan usullar – bu tannarxni hisoblashning buyurtmali va jarayonli usullaridir.

Xarajatlarni hisobga olishning va mahsulot tannarxini hisoblashning buyurtmali usuli – faqat bir mahsulot turini ishlab chiqaruvchi, shuningdek maxsus buyurtma asosida ishlovchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan foydalaniladigan usuldir. Bu usulda barcha xarajatlar alohida bo‘linmalar yoki hisobot davri uchun emas, har bir buyurtma bo‘yicha yig‘iladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektda asosiy ishlab chiqarish schyoti yuritiladi, bu boradagi analitik ma’lumot buyurtmalar kartochkasida olib boriladi.


Aynan shu kartochkalarda ma’lum buyurtmani bajarish uchun barcha bo‘linmalar bo‘yicha xarajatlar yig‘iladi.

Oddiyroq qilib ifoda qilinadigan bo‘lsa, kichik xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining (ish, xizmat) aynan mana shu buyurtmali usul orqali tannarxini xisoblash har tomonlama samarali, juda aniq va qulaydir. Chunki:

- ortiqcha hisob kitoblarni talab qiladigan “asosiy ishlab chiqarish” qoldig‘I bo‘lmaydi;

- odatda buyurtmalar qisqa va aniq muddatlarga qabul qilinadi;

- buyurtma vaqti, miqdori, mahsulot bahosi aniq kelishib olingan bo‘ladi.

- to‘g‘ri xarajatlar mehnat va moddiy xarajatlar kabi aniq mahsulot yoki xizmat turiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borilishi mumkin;

- umumishlab chiqarish xarajatlari mahsulot turiga qarab faqatgina maxsus uslublar yordamida taqsimlanishi mumkin. Ya’ni, aynan ana shu buyurtma hajmiga to‘g‘ri keladigan qo‘shimcha xarajatlarni (ma’muriy-boshqaruv apparati xarajatlari va barcha umumishlab chiqarish xarajatlari) hisoblash uchun tegishli hisob kitoblarni amalga oshirish mumkin. Ularni hisobdan chiqarishda har bir bo‘linma yoki faoliyay yuritayotgan obyekt uchun odatda bir yilga o‘rnatilgan umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlashning normativ koeffitsentlaridan foydalaniladi.4


Bu koeffitsent uch bosqichda hisoblanadi:

1. Umumishlab chiqarish xarajatlarining yillik byudjeti, ya’ni rejasini tuzish. Kutilayotgan umumishlab chiqarish xarajatlari hajmini hisoblash xarajatlar dinamikasi va rejadagi ishlab chiqarish hajmi asosida amalga oshiriladi. Bu jarayonni kelgusi hisobot davriga har bir ishlab chiqarish bo‘linmasi uchun alohida bajarish lozim. Aynan mana shu bosqichda amalga oshirilgan hisob-kitoblar kelgusida samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun asos bo‘ladi.

2. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash bazasini tanlash. Buning uchun ishlab chiqarish faoliyatini o‘lchaydigan ma’lum ko‘rsatkichdan foydalanilib, umumishlab chiqarish xarajatlari va tayyor mahsulot hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanadi. Masalan, bajarilgan ishlarning kishi-soat ko‘rsatkichidagi soni, ishlab chiqarish ishchilari uchun hisoblangan ish haqi summasi, mashina-soatlar soni. Tanlangan baza umumishlab chiqarish xarajatlarini mahsulot ishlab chiqarish hajmi bilan chambar-chas bog‘lashi lozim. Yuqorida qayd qilingan uchta ko‘rsatkichdan u yoki bu holatda samarali foydalanish, ya’ni ularni to‘g‘ri qo‘llash juda muhimdir.

3. Kelgusi davr uchun kutilayotgan umumishlab chiqarish xarajatlari hajmini taqsimlashning tanlangan bazasi ko‘rsatkichida (soatlar, pul birligida) ifodalangan kutilayotgan ishlab chiqarish hajmiga bo‘linadi. Bu jarayonning natijasida umumishlab chiqarish xarajatlarining normativ koeffitsenti aniqlanadi.

Shundan so‘ng, umumishlab chiqarish xarajatlari bu koeffitsentni qo‘llagan holda, ya’ni normativ koeffitsentni taqsimlash bazasi ko‘rsatkichining amaldagi holatiga ko‘paytirish orqali, har bir mahsulot turiga olib boriladi. Bu summa moddiy xarajatlarga va ishlab chiqarish ishchilari uchun hisoblangan ish haqi xarajatlariga qo‘shiladi.

Natijada shu tariqa hisoblashlar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi aniqlanadi.

Ana shu ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini hisoblashda xarajatlarning faqatgina ikkita elementini to‘g‘ridan - to‘g‘ri (to‘g‘ri moddiy va to‘g‘ri mehnat

xarajatlari) ishlab chiqarish tannarxiga olib borish mumkin, ya’ni ortiqcha hisobkitoblarni amalga oshirmasdan. Umumishlab chiqarish xarajatlari esa normative koeffitsent asosida hisobdan chiqariladi. Aynan mana shu tartibda ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash buxgalteriya hisobining barcha schyotlari bo‘yicha mahsulot harakatini ifoda etadi.








Yuqorida keltirilgan misolda ham ko‘rish mumkinki, ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini buyurtmali usul orqali hisoblash juda oddiy va qulay hisoblanadi. Ishlab chiqarishni tashkil qilish va tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘lmaganligi uchun ham ortiqcha hisob-kitoblar qilinmaydi, shunga muvofiq tannarx miqdorini tez aniqlash va uni to‘g‘ri hisoblanish imkoniyati juda katta. Chunki, buyurtma bajarilgandan so‘ng qilingan barcha xarajatlar yig‘iladi, tannarx aniqlanadi. Bu usul shuningdek buxgalteriya hisobini tashkil qilish, ya’ni xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobining schyotlarida aks ettirishga ham qulaylik tug‘diradi.

Quyidagi chizmada yuqorida ko‘rib chiqilgan misoldagi jarayonlarning buxgalteriya schyotlarida aks ettirilishi, hamda ana shu sintetik schyotlar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar chizmasi ko‘rsatilgan. Misol ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, buyurtma uchun jami 3191,3 ming so‘m miqdorida xarajat qilingan, buyurtma 12 ta mahsulot birligidan iborat, shunga muvofiq bir dona mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi 265940 so‘mga teng.

Shu o‘rinda misolning yakuniy bosqichidagi amalga oshirilgan to‘g‘rilanish, ya’ni korrektirovka jarayoniga ham e’tibor qaratish lozim. U umumishlab chiqarish xarajatlarining to‘g‘rilanishi hisobiga umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi 9 ming so‘m, shunga muvofiq korrektirovka hisobiga bir dona mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tannnarxi 265040 so‘mni tashkil qiladi.

Xulosa


Xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) birligining tannarxini aniqlashda quyidagi to‘rtta usulning biridan foydalaniladi:
- oddiy usul;
- buyurtmali usul;
- jarayonli usul;

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə