Mundarija kirish I bob. Hujayradagi hayotiy jarayonlar haqida umumiy tushuncha II bob. Hujayraviy jarayonlarning kechishini o‘rganishda qo‘llaniladigan zamonaviy tadqiqod usullari III bob. Biomembranalarning tarkibiy tuzilishi va uning o‘ziga xos


Pestitsidlarning hujayra membranasi faoliyatiga ta'siri



Yüklə 239,43 Kb.
səhifə21/22
tarix22.03.2024
ölçüsü239,43 Kb.
#181233
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Hujayradagi hayotiy jara

4.3.2. Pestitsidlarning hujayra membranasi faoliyatiga ta'siri
Ko‘p sonli ma'lumotlarga qaraganda, biologik membranalarning funksiyasi va struktura o‘zgarishlari turli pestitsidlarning muhim ta'sir mexanizmlari tufayli yuzaga keladi. Bu hayotiy jarayonlarni ta'minlashda biologik membranalarning rolini to‘la to‘kis tushunishda yordam beradi.
Hozirgi vaqtda ko‘pgina biologik faol birikmalar, xususan, pestitsidlarning ta'siri biologik membranalar o‘tkazuvchanligining o‘zgarishi bilan tushuntiriladi (33). Ko‘pgina tabiiy va sun'iy membranafaol birikmalarning membranoaktiv xususiyatlari biologik membranalar va ularning modellarida o‘tkazuvchanlikni qayd qilish orqali o‘rganiladi.
Pestitsidlarning zaharli ta'sir mexanizmi ularning biomembrananing qo‘sh lipid qatlami bilan o‘zaro ta'siri natijasida kuzatiladi. Bu qoidaga binoan, moddaning membrana yuzasida so‘rilishi ro‘y berib, membrana fermenti bilan pestitsid o‘rtasida reaksiya kirishish imkoniyati tug‘iladi, yoki bevosita membrana lipid qatlamining transportlik xususiyati o‘zgaradi. Pestitsidning membrana lipid matriksiga o‘zaro ta'sir xarakteri ko‘pincha preparatning lipid qatlamda eruvchanligi, uning molekulasining dipol momenti, o‘lchami, shakli va boshqalarga bog‘liq.
Ko‘pgina pestitsidlarning yog‘da eruvchan birikmalar bo‘lishi, ularning membrana qo‘shqavat lipidi bilan o‘zaro samarali bog‘lanishini ta'minlaydi. Ko‘pgina FOB (fosfoorganik birikmalar), XOB (xlororganik birikmalar) va piretroid insektitsidlar, fenilmochevina hosilalari-gerbitsidlar, imidazol fungitsidlar va boshqa birikmalarning membnalarga ta'siri chuqurroq o‘rganilgan. Pestitsid molekulasining membranaga yopishishi, membrana lipidlarining suyulishining oshishi bilan amalga oshadi. Membrana suyulishiga xolesterin miqdori kuchli ta'sir ko‘rsatishi ma'lum. Blaziak fosfororganik pestitsid metilparation va uning bosh metaboliti metilparaoksonning eritrotsit membranasi orqali xlorid va sulfat oqimlariga ta'sirini o‘rgandi. Har ikki pestitsid miqdori va vaqtga bog‘liqligi bir xil darajada eritrotsit tanachalarida xlorid almashinuvini ingibirlaydi. Har ikkala pestitsidning umumiy o‘xshash jihatlari sulfat oqimiga ham ta'sir ettirilgan.
Pestitsidlarning biomembranalardagi ion kanallari bilan o‘zaro ta'sirini o‘rganishda ularning biologik ta'sir mexanizmini molekulyar asosda ekanligiga e'tibor qaratish kerak. Dosidicus gigas kalmarining nerv hujayralari membranalariga DDT ning ta'siri o‘rganilganda, ushbu pestitsid nerv tolasi plazmatik membranasida to‘planib, kalmar aksonida K+ ionlari o‘tkazuvchanligini ingibirlashi va Na+-kanallarini ochilishini rag‘batlantirishi aniqlangan.

XULOSA
Bitiruv malakaviy ishda to‘plangan ma'lumotlar asosida quyidagilarni xulosalarni keltirish mumkin. Biomembranalar tuzilishiga oid zamonaviy ma'lumotlar to‘plandi va tahlil qilindi. Yangi to‘plangan ma'lumotlarning tahlili asosida biomembranalarning tarkibiy tuzilishida asosiy ahamiyatga ega bo‘lgan lipid turlarining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganildi.
Hujayra membranasi lipidlarning 3 ta sinf vakillaridan tashkil topgan bo‘lib, ular: fosfolipidlar, glikolipidlar va xolesteroldir.
Xolesterol lipidlarning gidrofob dumlari o‘rtasida erkin bo‘shliqni egallab, ularning egilishiga yo‘l qo‘ymaydi va membranaga qattiqlik beradi. Shuning uchun xolesterol kam miqdordagi membrana qiyshiq, ko‘pmiqdordagisi esa ancha qattiq va ta'sirchan bo‘ladi. Shuningdek, xolesterol hujayradan hujayraga qutbli molekulalarning mos ravishda o‘tkazilishida “to‘xtatuvchi” bo‘lib xizmat qiladi.
Biomembranalardagi integral oqsillargina moddalarning membrana orqali hujayraga o’tishini ta’minlaydi. Qolgan oqsillar esa membrana o’rtasida yoki ustki qismida “suzib” yuradi. Shu boisdan hujayra membranasi uch qavatdan: tashqi oqsil va ikki qatlamdan iborat fosfolipid molekulalaridan iborat. Hujayra membranasi faol o’zgaruvchan tarkibga ega bo’lib, nafaqat uni tashqi muhitdan chegaralab himoyalaydi balki, qo’shni hujayralar bilan o’zaro aloqasini ta’minlaydi.
Membranalarning ichki va tashqi tomonlaridagi oqsil-fermentlar o’sha membrnaning holatiga va barcha hujayralar hayotiga ta’sir ko’rsatadi.
Biomembranalardagi transport jarayonlari to‘g‘risida ilmiy ma'lumotlar to‘plandi va tahlil qilindi. Unga ko‘ra transport jarayonida ion kanallari ahamiyati va yangi ionoforlar Enniatin B va monaktinlar haqida ma'lumotlar keltirildi.
Hujayraviy jarayonlarni kechishida biomembranalarga gormonlar va pestitsidlarning ta’siri haqidagi ilmiy ma’lumotlar to’plandi va tahlil qilindi.
Xulosa o‘rnida shuni ta'kidlash mumkinki, u yoki bu pestitsidning fizik-kimyoviy xususiyatlari hujayra membranasining qo‘shlipid qatlami bilan turli xil o‘zaro bog‘lanishi, membranada ionlarning tashilishini, yoki qo‘shqavatli lipid strukturasining o‘zgarishini, shuningdek, qo‘shqavat yuzasida so‘rilishni, membrananing elektrpotensialini oshirishida namoyon bo‘ladi va bu holatlar hujayraviy jarayonlarning bir me’yorda kechishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Tibbiyotda membrana oqsillariga har doim dori moddalarning “nishoni” sifatida qaralgan. Bunday nishonlarga retseptorlar, ion kanallari, fermentlar va transport tizimlar kiradi. Hozirgi kunga kelib dori moddalar uchun hujayra yadrosidagi genlar ham nishon bo’lib xizmat qilmoqda.

Yüklə 239,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə