Mundarija kirish I bob


Sizot suvlarining yotish sharoitlari



Yüklə 69,21 Kb.
səhifə5/8
tarix26.10.2023
ölçüsü69,21 Kb.
#131205
1   2   3   4   5   6   7   8
Adabiyotlar tahlili-fayllar.org

Sizot suvlarining yotish sharoitlari.
Sizotsuvlarieryuzigayaqinjoylashganligisabablieryuzasidasodirbo’ladiganjarayonlarbilanuzviybog`langandir. Atmosfera yog`inlari ta’sirida ularning sathi ko’tariladi, haroratining ta’sirida bug`lanish ro’y berib, ularning sathi pasayadi. Daryo suvioqimining ko’tarilishi yoki pasayishi sizot suvlarida shu kabi o’zgarishlarni yuzagakeltiradi, ya’ni sizot suvlari tabiatda suvning aylanishida faol qatnashadi.
Sizot suvlarining yuzasi uning oynasi deyiladi. Sizot suvlarining yuzasi notekis, to’lqinsimon bo’ladi. Ko’p hollarda yuzaning relefi ozgina yumshoqroq holda errelefini qaytaradi. Litologik tarkibi va gidrogeologik xossalari bir xil bo’lgan tog`jinsi qatlamlariga sizot suvlari qatlami deyiladi. Suvli qatlamning tagida joylashgan suv o’tkazmaydigan tog` jinslariga suv o’tkazmas qatlam deyiladi. Suvli qatlamningqalinligi, sizot suvining yuza sathidan suv o’tkazmas qatlam yuzasigacha bo’lgan tik masofani ko’rsatadi. Sizot suvlarining er qobig`ida tarqalishi, joylashishi, yuza tuzilishi, kimyoviy tarkibi, er usti suvlari bilan o’zaro bog`liqligi va boshqa jihatlari xaqida to’liq tushunchagaega bo’lishuchun turli xildagi gidrogeologik xaritalar tuziladi. Ulardan engahamiyatlisi sizot suvlarining gidroizogips va yotishchuqurligi xaritasi hisoblanadi.Gidroizogips deb sizot suvlari yuzasidagi bir xil balandlik nuqtalarini birlashtiruvchiegri chiziqlarga aytiladi. Gidroizogips xaritasini tuzish uchun tadqiqot maydonida
kavlangan quduqlarda va o’rnatilgan gidropostlarda sath o’lchash ishlari bajariladi. Sizot suvlarining sathi o’zgaruvchan bo’lganligi uchun gidroizogips xaritasi satho’lchangan kun yoki haftaga xos bo’lgan holatni aks etdiradi. Shuning uchun xarita ma’lum davrlar uchun bir vaqtda o’lchangan o’lchovlar natijasidan foydalanibtuziladi. Bu xaritada bosimsiz sizot suvlari yuzasining tuzilishi gidroizogipslarda, yotishchuqurligi esa izobatlarda tasvirlanadi. Gidroizogips xaritasidan foydalanib, amaliy ishlar uchun zarur bo’lgan quyidagima’lumotlarni aniqlash mumkin:
1) sizot suvi oqimining yo’nalishi va nishabini;
2) maydonning xoxlagan nuqtasidagi sizot suvining yotishchuqurligini;
3) agar suvo’tkazmas qatlam yuzasi izobatlarda berilsa, suvli qatlamning qalinligini;
4) sizot suvlarining yotish holatini va er yuzasi relefiga munosabatini;
5) sizot suvlarining er usti suvlari bilan o’zaro bog`liqligini;
6) sizot suvlari oqimining ozuqalanish, sarflanishmaydonlarini;
7) erlarning meliorativ holatini tezkorlik bilan baholash va uni nazorat qilishni.
Tekshirishlar natijasida surilish hodisasi sodir bo‘ladi, deb topilgan hududlarda aholi yashashi qat’iy man etiladi. Shu hududda ariqlar qazish, yo‘llar o‘tkazish, haydash, daraxtlarni qirqish ishlariga chek qo‘yiladi. Agar surilish hodisasi davom etayotgan bo‘lsa, doimiy ravishda kuzatiladi, surilishning xarakteri o‘rganiladi. Buning uchun reperlar o‘rnatish, burg‘i quduqlari qazilib, uning ichiga plastmassadan egiluvchan moslamalarni joylashtirish, agar yoriqlarning kengayib borishini hisobga olish zarur bo‘lsa, suriluvchi reykalar o‘rnatish ayni muddaodir. Surilish yuz berayotgan maydon juda katta bo‘lmasa uning pastki qismiga — yo‘liga tosh, temir-beton devorlar quriladi. Agar surilish hodisasi juda katta maydonni o‘z ichiga oladigan bo‘lsa, buning chorasi ancha mushkul bo‘lib, temir-beton devorlar yordamida to‘sib, ushlab bo‘lmaydi. Bunday hollarda ochiq va yopiq suv yo‘llari (drenajlar) qazilib shu hududdagi mavjud yer osti sizot suvlarining chiqib ketishi ta’minlanadi. Ba’zan tuproq qatlamlarida transheyalar qazilib, shu transheyalarda yuqori issiqlik beruvchi yoqilg‘ilarni yoqish yordamida yuqori (800° dan oshiqroq) temperaturada qizdiriladi, bunda tuproq mag‘zidagi suvlar bug‘lanib, tuproqning fizik-mexanik xossalari o‘zgarib ketadi, natijada suriluvchi massa o‘z joyida turib qoladi. Ba’zi hollarda suriluvchi qatlam bilan shu qatlam ostida yotgan asos jins orasida sizot suvlari sizilib chiqib turadigan turlicha qalinlikdagi qum, qum tuproq, shag‘altosh qatlamlari bo‘lib, bu qatlamlardan uzoqdavrlar mobaynida doimiy ravishda sizot suvlari o‘zi bilan mayda qum,tuproq zarrachalarini olib chiqib ketishi jarayonida yuqoridagi qatlamning pastki qatlamga jipslashib turishi kamayadi. Natijada suriluvchikuch, ushlab turuvchi kuchdan oshib ketadi va surilish hodisasi yuzberishi mumkin. Bunday hollarda ana shu ora qatlamning (qum,shag‘altosh qatlami) qalinligi undan oqib chiqib turadigan suvning miqdori, shu sizot suv paydo bo‘ladigan joy o‘rganilib, sizot suvining oqish yo‘li o‘zgartiriladi yoki quduqlar (drenajlar) qazilib, shu quduqlarga nasoslar o‘rnatiladi va suv nasoslar yordamida so‘rib olinadi.
Yer osti suvlari oqimi o‘zining vujudga kelish, harakat qilish, sarflanish maydonidagi mavjud tog‘ jinslarining genetik turlariga, tarkibiga, qalinligiga, suv o‘tkazmaydigan qatlamlarga nisbatan suvli qatlamlarning yotish holatiga, yer yuzasiga nisbatan yaqin yoki chuqurda oqishiga hamda tektonik sharoitining murakkabligiga qarab tekis, radial (to‘planib va yoyilib oquvchan) va egri chiziqli ko‘rinishda bo‘ladi . Ana shu yuqorida keltirilgan omillarning ta’sir darajasiga qarab doimo o‘z oqim holatini bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga o‘zgartira boradi. Masalan, karst va yoriq suvlari harakat qiluvchi tog‘ jinslari yoriqlarini, karst bo‘shliqlarini kengayishi va torayishi bilan suvning yig‘ilib yoki yoyilib oqish holati sodir bo‘ladi. Yer osti suvlarining oqim yo‘nalishini gidroizogips va gidroizopez xaritalari yordamida aniqlash usullari to‘g‘risidagi ma’lumot grunt va artezian suvlari boblarida berilganligini hisobga olib, biz bu yerda yer osti grunt suvlarining haqiqiy harakat tezligini aniqlash to‘g‘risida so‘z yuritamiz. Yer osti grunt suvlarining haqiqiy tezligini aniqlash asosan dala sharoitida kalorimetrik, kimyoviy va elektrokimyoviy usullar yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun, eng avvalo, grunt suvlarining harakat tezligini aniqlash lozim bo‘lgan maydonda tarqalgan tog‘ jinslari qatlamlarining yotish holatlarini, qalinligini, litologik tuzilishini, suv sathi chuqurligini aniqlash maqsadida bir nechta burg‘i quduqlari yoki shurflar qaziladi. Olingan ma’lumotlarni tahlil qilinishi asosida suvning har akat yo‘nalishi aniqlanadi. Ana shu yo‘nalish bo‘yicha joylashgan burg‘i quduqlari, shurflar ajratib olinadi. Ulardan biri, ya’ni suv sath chuqirligi yer yuzasiga yaqini, asosiy deb olinib, indikator yuborish uchun,qolganlari kuzatish maqsadlari uchun qo‘llaniladi.
g‘larida uning miqdori sekundiga 1250 m3/s (yiliga 39,4 km3) bo‘lsa, shuning 105 m3/s miqdori O‘zbekiston tog‘lari zimmasiga tushadi. Bu suvlarning 80% buloq tariqasida yoki daryo vodiylariga sizib chiqadi. Tog‘ oldi va tog‘ oralig‘idagi mintaqadagi sizot suvlari ham yog‘inlardan, daryodan, kanal, ko‘l, suv omborlaridan sizgan suvlardan hamda tog‘ mintaqasidan oqib kelayotgan suvlardan to‘yinadi. Relefi nishab, sizot suvining siljishi nisbatan tez bo‘lgan Farg‘ona, Chirchiq-Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vodiylaridagi sizot suvlari toza va chuchuk. Aksincha, relefi tekis, sizot suvlariningsiljishi sust, iqlimi quruq, issiq bo‘lgan Markaziy Farg‘ona, Mirzacho‘l, Qarshi cho‘li
va Zarafshon kabi joylardagi sizot suvlari sho‘rlangan. Bu joylarda zovurlar qurib sizot suvlarining sathlarini pasaytirish orqali tuproqni sho‘rlanishdan saqlash kerak.
Tekis-cho‘l mintaqasida sizot suvlarining bir yerdan ikkinchi yerga siljishi juda sekin, bug‘lanish katta, binobarin uning tarkibida har xil tuzlar (9-10 g/l gacha) mavjud bo‘ladi. Bunday sizot suvlari Qizilqumda, Sanduqli qumligi, Ustyurtda, Orol atrofida, Quyi Amudaryoning sug‘oriladigan yerlari atrofida keng tarqalgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, Amudaryoning quyi qismidagi va Orol atrofidagi sizot suvlari tarkibida 100 g/l gacha, Qizilqumda 50 g/l gacha har xil tuzlar borligi aniqlangan. Taqir yerdan bug‘lanish ko‘p jihatdan tuproqning mexanikaviy va donadorholatlariga, shuningdek, sizot suvlarining qanday chuqurlikda joylashganligiga bog‘liq bo‘ladi. Yuqorigi qatlam 1- 2 mm diametrli zarralar bilan qoplangan tuproqdabug‘lanish eng kam bo‘ladi. Sizot suvlarning joylashish chuqurligining bug‘lanishgata’sirini quyidagi ma’lumotlardan bilib olsa bo‘ladi: yupqa qum qatlami bilanqoplangan va sizot suvlari 15 sm chuqurlikda joylashganda bug‘lanish 2,85 mm/soatni, sizot suvlari 75 sm chuqurlikda joylashganda esa hammasi bo‘lib 0,48 mm/soat nitashkil etgan.
O‘simlik bilan qoplangan tuproq sirtidan bug‘lanish quyidagi qismlardan tarkibtopadi: a) tuproqning o‘zidan bug‘lanish; b) o‘simliklar ustida qolgan atmosferayog‘inlarining bug‘lanishi hamda v) transpiratsiya, ya’ni tuproq suvining o‘simlikbarglari va tanasi orqali bug‘lanishi.
Sizot suvlar rejimi melioratsiyasi – sizot suvlar sathi (SSS)ni, uning rejimini,mineralizatsiyasini, sizot suvlarni chuchuklashtirish va ularning sathini eng maqbulchuqurlikkacha pasaytirish, dala ekinlarini xamda daraxtlarini sug‘orishda ulardanfoydalanishni kuchaytirishdan va ba’zida haroratini tartibga solishdan iboratdir;
Yer osti suvlari planetamizdagi mavjud ichimlik suvining asosiy qismini tashkil etadi. V.V.Vernadskiyning taxminicha, yer qobig‘idagi (yer sathidan 16 km chuqurlikdagi) yer osti suvlarining miqdori 460 mln km3 ni tashkil etadi. Golland olimi Vonxonsning ta’kidlashicha, yer qobig‘idagi yer osti suvlarini Yer shari yuzasiga chiqarilsa, 90 m qalinlikdagi suv qatlami hosil bo‘ladi. Fransuz mutaxassisi Rene Koyanining ko‘rsatishicha, yer bag‘riga qazib tushilgan burg‘i quduqlarining chuqurligicha bo‘lgan tog‘ jinslarining g‘ovaklarida 8 mln km3 hajmdagi suv mavjud.
Yer osti suvlari tabiatda mavjudligi bilan insonlarning chuchuk ichimlik suviga bo‘lgan talabini qondiradigan, xalq xo‘jaligining hamma sohalarida, jumladan, qishloq xo‘jaligida, meditsinada va boshqa sohalarda ishlatiladigan birdan-bir suv manbayi bo‘lib hisoblanadi. Respublikamiz hududlaridagi mavjud minerallashganlik darajasi 5 g/l
gacha bo‘lgan hamma yer osti suvlarining prognoz zaxirasi N. A. Ahmedov, A. A. Mavlonovlarning ma’lumotiga ko‘ra (2003-yil) 66 mln m3/sutbo‘lib, uning 34,5% Farg‘ona vodiysiga, 25,7% Toshkent viloyati hududiga, 18% Samarqand viloyati hududiga, 9% Surxandaryo viloyati hududiga, 5,5% Qashqadaryo viloyati hududiga to‘g‘ri keladi. Umumiy yer osti suvlarining 22,9% chuchuk, kam minerallashgan (minerallashishi 1 % dan kam) suv hisoblanadi. 2002-yilning 1-yanvarigabo‘lgan ma’lumotga asosan respublikamizdagi hamma maqsadlar uchunyer ostidan olinayotgan suvning umumiy miqdori 17367,2 ming m3/sut bo‘lib, undan 6913,8 ming m3/sut xo‘jalik-ichish maqsadlari uchun, 1849,5 m3 /sutsanoat va texnikaviy; 4486,5 m3/sut sug‘orish maqsadlari uchun ishlatiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni aytish kerakki, yer osti suvlarining paydo bo‘lish, sarflanish qonuniyatlarini bilish, ularning turlari, tarkibi, fizik, kimyoviy xususiyatlari, vujudga kelish, o‘zgarish sabablari to‘g‘risida bilimga ega bo‘lish nihoyatda zarur. Talabalarning bunday bilimga ega bo‘lishi respublikamiz hududidagi hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan yer osti suv zaxiralarini ekologik jihatdan ehtiyot qilish, saqlash, tejamkorlik bilan ishlatish imkoniyatini beradi.

Yüklə 69,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə