Mundarija Kirish. Korxona yoki tashkilot bilan umumiy tanishuv. Korxona yoki tashkilotni umumiy vazifaalri



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə2/5
tarix20.10.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#129005
1   2   3   4   5
Hisobot Asil

Xirurgiya- Xirurgiya (yun. cheir — qoʻl va ergon — harakat, ish), jarrohlik — tibbiyotning bir sohasi. Xirurgik operatsiyalarni talab etadigan kasalliklarni oʻrganadi hamda operatsiya qilish usullarini ishlab chiqadi. Qadimdan odamlar oʻzoʻziga yoki bir-birlariga yordam berib, jarohatdan oqayotgan qonni toʻxtatish uchun jarohatni bosib turish, yaralarga kul sepish kabi oddiy usullardan foydalanganlar. Qad. qazilmalarda bosh suyak chanogʻi trepanatsiyasi, oyoq amputatsiyasidan keyingi izlar topilgan. X. dastlab fan va madaniyati rivojlangan davlatlar (Misr, Hindiston, Yunoniston, Xitoy, Vizantiya) da shakllangan. Mil. av. ham kasalliklarni davolashda qon chiqarish, qovuqsan toshlarni tushirish operatsiyalari oʻtkazilganligi qayd etilgan. Gippokrat (mil. av. 460—377 yillar) jarohatlarni birlamchi va ikkilamchi bitishini kuzatgan, turli bogʻlovlarni qoʻyish texnikasini ishlab chiqqan, operatsiyani oʻtkazishda tozalikka rioya qilish maqsadida qaynatilgan yomgʻir suvidan foydalangan. U ishlab chiqqan plevra boʻshligʻini drenajlashda qoʻllaniladigan qovurgʻa rezeksiyasi operatsiyasi hozir ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Qad. Rimda Sels (Antillus) baʼzi aʼzolar anatomiyasini, yalligʻlanishning belgilarini va operatsiya vaqtida qon toʻxtatish uchun tomirlarni bogʻlash, oqma yaralarni davolash usullarini, Galen esa jarohatlarni tikishda ipaqdan foydalanishni, jarroxlik operatsiyalarini oʻtkazishda aʼzolarning anatomiyasi va funksiyasini hisobga olish zarurligini taklif etgan. Abu Ali ibn Sino (980—1037) «Tib qonunlari» asarida xirurgik kasalliklarni davolashda qoʻllanilgan usullarni bayon etgan; u operatsiya vaqtida narkoz sifatida bemorga opiy, mandragor ishlatgan, shuningdek, buyrakdan tosh olish, oʻsmalarni aniqlash va oʻsmani sogʻlom toʻqimagacha olib tashlash va boshqa operatsiyalar texnikasini yaxshi bilgan.

Terapiya- Terapiya (yun. therapeia — davolash) — 1) konservativ usullar: doridarmonlar (farmakoterapiya), antibakterial (kimyoterapiya, antibiotikoterapiya) va gormonal moddalar; zardob va vaksinalar, turli ionlovchi nurlar (nur bilan davolash); iqlim, balchiq, mineral suvlar, massaj, elektr toki va boshqa fizik omillar (sanatoriy va kurortlarda davolash, fizioterapiya, shifobaxsh fizkultura; parhez va boshqa yoʻllar) bilan davolash; 2) ichki kasalliklar tibbiyoti, ichki kasalliklar klinikasi, ichki azolar kasalliklari, ularning paydo boʻlish sabablari (etiologiya), rivojlanish mexanizmlari (patogenez), kasallikni aniqlash (diagnostika), davolash va oldini olish usullarini oʻrganuvchi klinik fan.
Yunoniston, Qad. Rim, Sharqning Uygʻonish davrida Sharq va Yevropaning buyuk vrachlari (Gippokrat, Galen, Ibn Sino, a.rRoziy, Paratsels va boshqalar) ilk bor tibbiyotda muhim ilmiy sistemalar va yoʻnalishlarni asoslab berdi. 17-asrda ingliz vrachi Sidenxem Gippokratning bemorni vrach qarovida kuzatish taomiliga asoslanib, kasallik jarayoni bosqichlari haqidagi tushunchani shakllantirdi va koʻpchilik kasallik belgilarini tavsifladi. Ilmiy anatomiyaning asoschisi A.Vezaliynish ishlari, U.Garveyning qon aylanishini kashf etishi, patologik anatomiya sohasida erishilgan yutuqlar, bemorni soʻrash (M.Ya.Mudrov, G.A.Zaxarin), tanani barmoq bilan urib koʻrish, paypaslash, eshitish kabi usullarning qoʻllanilishi hamda kasallikni aniqlashda eksperimental usullardan foydalanish T.ning tibbiyilmiy fan sifatida rivojlanishiga zamin boʻldi.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə