Mundarija Kirish. Korxona yoki tashkilot bilan umumiy tanishuv. Korxona yoki tashkilotni umumiy vazifaalri



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə4/5
tarix20.10.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#129005
1   2   3   4   5
Hisobot Asil

Bolalar Shifokori- 14 yoshgacha boʻlgan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatadigan davolashprofilaktika muassasasi. Bolalar poliklinikasi bolalar kasalxonasi tarkibiga kirishi yoki mustaqil holda faoliyat koʻrsatishi hamda koʻp tarmoqli boʻlishi mumkin. Qishloq joylarda markaziy tuman kasalxonalari qoshidagi poliklinikalarda bolalar maslahatxonasi boʻladi.
Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda (Toshkent shahrida) kattalar va bolalar poliklinikalari hamda ayollar maslahatxonasida «oilaviy vrach» omillari asosida tibbiy yordam koʻrsatadigan oilaviy poliklinikalar tashkil qilingan. Bu joylarda Bolalar poliklinikasi vazifasini oilaviy poliklinikalar bajaradi. Shu bilan birga bolalar konsultativdiagnostika poliklinikalari (markazlari) ham ochilgan. Bolalar poliklinikasi da ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatadigan xonalar (jarroh, logoped, revmatolog , tish, koʻz, buruntomoq va quloq kasalliklari, badantarbiya va uqalash xonalari), uyda yordam koʻrsatish va soglom bolalar boʻlimi, sut oshxonasi mavjud. Bolalar poliklinikasi da tez-tez qoʻzib turadigan kasalliklardan aziyat chekadigan bemorlar dispanser kuzatuvida boʻladi (qarang Dispanserizatsiya). Bolalar poliklinikasi da bir necha vrach boʻlsa, ularning har biri maʼlum uchastkalarga biriktirib qoʻyiladi. Uchastka hududida yashaydigan har bir vrachga 1—2 hamshira yordam beradi. Bolalar poliklinikasi sogʻlom bolalarning asabiyruhiy, jismoniy rivojlanishini muntazam kuzatib borish, maslahatlar berish, bolalar va ularning otaonalarini sanitariyagigiyena jihatidan tarbiyalash ishlarini amalga oshiradi. Shuningdek, bolaning jismoniy rivojlanishiga alohida ahamiyat beriladi; gavda vazni oʻlchamlari (antropometriya) qayd qilib boriladi.


Reanimatsiya- Reanimatsiya (re… va lot. animatio — jonlantirish, tiriltirish) — klinik oʻlim holatidagi (qarang Terminal holat) kishilarni tiriltirish, shuningdek, hayotiy muhim aʼzolarning baxtsiz hodisalar, kasallik va uning asoratlari natijasida toʻsatdan yoʻqolgan yoki oʻzgargan funksiyalarini tiklash uchun koʻriladigan chora-tadbirlar majmui. Nafas olish va yurak faoliyati toʻxtaganda yoki amalda nafas ham, qon aylanish ham organizm ehtiyojini taʼminlay olmay qolgan hollarda R. qoʻllaniladi. R. masalalarini reanimatologiya oʻrganadi. Reanimatologiyaning taraqqiy etishi endilikda R. usullaridan bevosita jonlantirishda emas, balki moddalar (suvelektrolit, gaz) almashinuvining keskin buzilishi, qon aylanishi, nafas, jigar, buyrak faoliyatining nuqsonlarida hamda operatsiyalardan soʻng aʼzolar funksiyasini tiklashda ham foydalanish imkonini berdi. Yashashga krbiliyatli organizmnigina tiriltirish mumkin. R. tadbirlarini ogir mexanik shikastlanishdan, shu jumladan, shikastlanish oqibatidagi shok, qon ketishi, tok urishi, kuchli zaharlanish, boʻgʻilish, suvga choʻkish, termik kuyish, sovqotish va h.k.dan oʻlayotgan vaqtda qoʻllash lozim. R.ni koʻpincha «intensiv terapiya», «intensiv parvarish» deyiladi. Demak, toʻsatdan yuz beruvchi oʻlim bilan tugaydigan har qanday tang holat reanimatsion tadbirlarni zudlik bilan amalga oshirishni taqozo etadi. R. oʻtkazishda turli vositalar, jumladan, elektron asboblar (defibrillyator, elektrostimulyator va h.k.) va boshqa apparatlar, xirurgiya usullari (traxeostomiya, punksiya, yirik tomirlarga kateter qoʻyish), doridarmonlardan foydalaniladi, shuningdek, yurakni bevosita (yaʼni, koʻkrak qafasini ochmay turib) massaj kilish, apparatsiz sunʼiy nafas oldirish va h.k. usullar qoʻllanadi. R.ni vrach, hamshiralar, shuningdek, maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan boshqa sohadagi kishilar bajaradi, tez yordam xodimlari malakali reanimatsion yordam koʻrsatadi.
R. chora-tadbirlarining toʻla kompleksi maxsus R. va intensiv terapiya boʻlimlarida oʻtkaziladi, bu boʻlimlar nevrologiya, kardiologiya, xirurgiya va boshqa markazlarda tashkil topsa, shu asosda tarmoklar (kardiologik, toksikologik va h.k.)ga boʻlinadi. Yirik viloyat yoki shahar kasalxonalarida tuzilgan. R. markazlari koʻp tarmokdi boʻladi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə