Mundarija Kirish. Korxona yoki tashkilot bilan umumiy tanishuv. Korxona yoki tashkilotni umumiy vazifaalri



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə3/5
tarix20.10.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#129005
1   2   3   4   5
Hisobot Asil

Urologiya- Urologiya (uro… va … logiya) — klinik tibbiyot sohasi; siydik aʼzolari sistemasi, jinsiy aʼzolar kasalliklarini, ularning kelib chiqish sabablarini oʻrganadi, shuningdek, bu kasalliklar diagnostikasi, davosi hamda oldini olish usullarini ishlab chiqadi.
U. 20-asrda xirurgiyad&n mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Urologik kasalliklar kadimdan maʼlum. Abu Ali ibn Sino qovukdagi toshlarni tushirish sirasrorlarini bilgan. Lekin ilmiy U. 19-asrda shakllandi. 1869 yilda G. Simon (Angliya) birinchi marta siydik nayini kateterlash, kasallangan buyrakni operatsiya yoʻli bilan olib tashlashga muvaffaqboʻldi. Fransiyalik F.J. Gyuyon, L. Mersye, J. Albarran; angliyalik G. Tompson, P. Freyer; avstriyalik L. Dittel U.ning rivojiga munosib hissa koʻshdilar. U.ning rivoji, asosan, sistoskopiya va rentgen nurlari orqali tekshirish usullarining kashf etilishi bilan bogʻliq. 20-asr da diagnostika va davolashning yangi usullari — xromotsistoskopiya (F.Felker va E. Iozef, Germaniya, 1903), retrograd piyelografiya (A. Lixtenberg va F. Felker, Germaniya, 1906), ekskretor urografiya (M. Svik, A. Lixtenberg , Germaniya. 1929) va boshqa ishlab chikildi. Buyrak yetishmovchiligida gollandiyalik olim V. Kolf klinikada birinchi marta sunʼiy buyrak ishlatdi (1944).
Oʻzbekistonda U.ning rivoji 1924 yilda Oʻrta Osiyo universitetining tibbiyot ftida urologiya kafedrasi hamda 25 oʻrinli urologiya klinikasi tashkil etilishi bilan bogʻliq. 60—70-yillarda radiologik, angiografik, urodinamik, kompyuter tomografik tekshiruvlarning amaliyotga kirib kelishi bilan U.da jarroxlik usullari takomillashdi; TUR, perkutan operatsiyalar, buyrak toshlarini masofadan parchalash yoʻlga qoʻyildi. Hozirgi kunda laparoskopik operatsiyalar (qarang Laparoskopiya) keng qoʻllanmoqda. Bunda O.M. Muxtorov, I.P. Pogorelko, T.N. Pozdnyakova, D.L. Arustamov va boshqalarning hissasi katta boʻldi.

Ginekologiya- Ginekologiya (yun. gynaikos — ayol va …logiya) — klinik tibbiyotning bir sohasi; turli yoshdagi xotin-qizlar organizmining oʻziga xos anatomik-fiziologik xususiyatlarini hamda ularning jinsiy aʼzolari kasalliklarini oʻrganadi. Ayollarning normal jinsiy faoliyati — hayz koʻrishi, bola tugʻishi, shuningdek, bola tugʻish va hayz koʻrishdan qolishi (klimakteriya davri) hamda shu davrga xos kasalliklar, tugʻmaslik sabablari, ularning oldini olish va davolash yoʻl-yoʻriqlarini ham oʻrganadi. Umumiy va xususiy G. farq qilinadi. Umumiy G. ginekologik kasalliklarning simptomlari, tashhisi, ularning oldini olish va davolash; xususiy G. esa ayollar jinsiy sistemasining ayrim kasalliklari, ularning oʻziga xos jihatlari va belgilari, tashhisi, oldini olish hamda davolashni oʻz ichiga oladi. G. akusherlik bilan chambarchas bogʻlangan.
G. 19-asrning oʻrtalarida mustaqil fan sifatida tashkil topdi. Anatomiya, fiziologiya, umumiy patologiya, mikrobiologiya, endokrinologiya, jarrohlik va b. fanlar G.ning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. G.ning tarixi juda qadimga borib taqaladi. Misr, Hindiston, Yunonistonning qad. qoʻlyozmalarida G.ga oid maʼlumotlar keltirilgan. G. tushunchasi Gippokrat, Gerofil kabi yunon vrachlarining asarlarida ham oʻz ifodasini topgan. Ibn Siioning «Tib qonunlari»da bir qancha ginekologik kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularni aniqlash, davolash va oldini olish yoʻllari bayon etilgan.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə