Mundarija t/r


- mavzu. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ( 2 soat)



Yüklə 13,19 Mb.
səhifə52/116
tarix04.05.2023
ölçüsü13,19 Mb.
#108415
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   116
Mundarija t r

9- mavzu. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ( 2 soat)


Reja:



  1. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlanish tendensiyalari.

  2. Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar.

  3. Qoraqalpog‘istonda ma'naviy-madaniy sohadagi yangilanishlar.

  4. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi. Ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati.



1. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismida, Amudaryoning quyi qismi, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan. Respublika janubi-g‘arb tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoli-g‘arbida Ustyurt pasttekisligi, shimoli-sharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi yastanib yotibdi. Orol dengizining janubiy hududi qoraqalpoq zaminida joylashgan.


Qoraqalpog‘iston umumiy yer maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat bo‘lib, u hududining kattaligi jihatdan O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari o‘rtasida birinchi o‘rinda turadi. Respublikaning aholisi 1 881,9 ming kishidan ziyoddir.
Respublikaning ma'muriy-hududiy tuzilmasi 16 ta tuman va 1 ta shahardan iborat: Amudaryo, Beruniy, Bozatov, ellikqal'a, To‘rtko‘l, Kegeyli, Chimboy, Qorao‘zak, Taxtako‘pir, Qonliko‘l, Sho‘manoy, Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq, Xo‘jayli, Taxiatosh, Nukus tumanlari va poytaxt – Nukus shahridir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi parlament boshqaruv shakliga ega bo‘lgan suveren Respublikadir. Qoraqalpog‘iston o‘z Konstitutsiyasi, bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega. Qoraqalpog‘istonning Konstitutsiyasi va qonunlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va ular shu asosda amal qiladi.
Respublikada umumiy rahbarlik Jo‘qorg‘i Kengesh Raisi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi parlamenti tomonidan amalga oshiriladi. Respublikaning oliy ijroiya hokimiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengeshi tomonidan tasdiqlangan Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Respublika Vazirlar Kengashi tarkibiga Kengash Raisi, Raisning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, yirik konsern va birlashmalar rahbarlari kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, o‘z vazifasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi poytaxti – Toshkent shahrida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining doimiy vakolatxonasi faoliyat yuritadi.
1990-yili 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining IV sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat suvereniteti to‘g‘risida»gi Deklaratsiya qabul qildi.
Mazkur Deklaratsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunda o‘zining huquqiy asosini topib, 1-17-moddalarida Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e'tirof etildi. Har ikki respublika o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasida (70-75 moddalar) o‘z aksini topdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining XII sessiyasida (1993-yil 9-aprel) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Qoraqalpoq milliy davlatchiligi o‘z taraqqiyoti tarixida birinchi marta insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo‘ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning barcha atributlariga ega. «Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida» Qonun 14-dekabr 1992-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yo‘qorgi Sovetining XI sessiyasida qabul qilingan. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasining suveren davlat ekanligini bildiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i moviy rang, sariq va yashil ranglardan iborat bo‘lib, markazida sariq rangni oq va qizil rangli yo‘laklar ajratib turadi. Bayroqning moviy rangi bahor yoshligi – suvning mangu timsoli hisoblanadi. Sariq rang esa, Qoraqalpog‘iston aymog‘ining ulkan qismi sahrolardan iborat ekanligini bildiradi. Yashil rang esa tabiatning yangilanishining, ma'naviy yasharish, ishonchining va quyoshning belgisi. Bayroqdagi endi tug‘ilgan oy musulmonlarnning muhaddas timsoli bo‘lsa, besh yulduzning rasmi Qoraqalpog‘istonining qadimiy va navquron besh shahrining – qoraqalpog‘istonliklarning turmush va ishonch qo‘rg‘onlarining timsoli hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasining rasmiy vakillarining chet el safarlariga, xalqaro anjumanlarda, ko‘rgazmalarda va sport o‘yinlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasini jahonga tanitadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro maydonda boshqa davlatlarning bayroqlari bilan teng turadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqoralari va bu yerda yashaydigan boshqa insonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘ini hurmat qilishi shart. Qoraqalpog‘iston Respublikasining O`zbekiston Respublikasi tarkibiga kirganligi sababli 1992-yil 2-iyuldagi 616-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan davlatimiz gerbini tan oladi. Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun ham amal qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrdagi 768-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
Parlament - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorgi Kengeshi hisoblanadi. 86 deputatdan iborat. Quyidagi davlat arboblari Parlament raislari bo‘lib ishladi: Dauletbay Shamshetov (1991-1992), Ubbiniyaz Ashirbekov (1992-1997), Timur Kamalov (1997-2002), Musa Tajetdinovich yerniyazov (2002-2020), 2020-yil 2-oktyabr kuni bu lavozimga Murat Kallibekovich Kamalov saylandi.
Mustaqillik yillarida boshqa mintaqalarimiz qatori Qoraqalpog‘istonning rivojlanishiga ham ulkan e'tibor qaratildi. Aynan ana shunday e'tibor tufayli bugungi kunda respublika poytaxti – Nukus shahridan boshlab, tumanlar va qishloqlar, hatto, eng chekka ovullar ham har tomonlama o‘zgarib, rivojlanib bormoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston markaziy byudjetidan Qoraqalpog‘istonga berilayotgan subvensiya, ya'ni moliyaviy yordam mikdori butun Qoraqalpog‘iston byudjeti harajatlarining 75 foizini tashkil etmoqda.
O‘zbekiston hukumatining amaliy yordami qoraqalpoq xalqining fidoiy mexnati tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog‘istonda aholi turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy natijalarga yerishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. Hamjixatlik bilan yurt istiqboli yo‘lida mehnat qilishga sharoit yaratildi.
Respublikada mulkchilikning yangi shakllari paydo bo‘la boshladi. Ishlab chiqarish va xizmat sohasida nodavlat sektorning hissasi oshib bordi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va savdoda nodavlat sektori hissasi 80-90 foizni tashkil etmoqda.
Respublika iqtisodiyotining boshqa yo‘nalishlarida ham islohotlar izchil amalga oshirila boshlandi.
Jumladan, bank tizimida ham jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Bu yerda davlat banklar bilan birga tijorat va xususiy banklari xam faoliyat ko‘rsatmoqda.
1999-yilning birinchi yanvarigacha bo‘lgan ma'lumotlarga qaraganda xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larning umumiy hajmi 650 million so‘mni tashkil etdi.
Uning 20 foizi respublika ijtimoiy taraqqiyotiga ajratildi. 50 foizi esa tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishga sarflandi. Shu bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat mulkini xususiylashtirish qo‘mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 13,8 million so‘m kredi ajratdi.
2000-yilga kelib 2932 korxona xususiylashtirildi. Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. 2000 yilga kelib respublika fond birjalari filiallarida 958 million so‘mlik aksiyalar sotildi. Respublikada 7807 kichik va o‘rta ishbilarmon korxonalari, 8977 yakka tartibdagi tadbirkorlar ro‘yxatga olindi.
Jami sanoat ishlab chiqarish hajmida nodavlat korxonalarining ulushi 90 foizga o‘sdi.
Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor trikotaj buyumlar, iste'mol mahsulotlaridan un, makaron, mineral suvlar ishlab chiqarish ko‘paydi. Yig‘ma temir-beton konstruksiyalari va detallari, toshdan bezakli materiallar tayyorlash, qandolatchilik mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, uzum vinosi, salqin ichimliklar, osh tuzi ishlab chiqarish o‘sdi.
Sanoatda bir qator ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Jumladan, 1995-yilda Xo‘jayli shahrida shisha idishlar zavodi qurilib foydalanishga topshirildi. 1996-yilda Qo‘ng‘irotda «Urga» gaz sanoati korxonasida gaz kondensati va tabiiy gaz qazib chiqarilishi boshlab yuborildi. Aholini gaz bilan ta'minlash darajasi 83 foizga etdi.
«Qoraqalpoqqurilish» aksionerlik jamiyatida Italiya firmalarining yuqori sifatli jihozlari bilan jihozlangan, yiliga 60 ming kv.m. marmar bloklari va plitalari ishlab chiqaradigan yangi mramor sexi ochildi. «Nukusun» zavodida esa spirt ishlab chiqaradigan yangi sex qurildi.
yengil sanoat ishlab chiqarishning bazasi kengaya bordi. 1993- yili Nukusda «Kateks» to‘qimachilik majmuasi, 1995-yili ellikqal'a tumanida «elteks» to‘qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi.
Nukus va Qo‘ng‘irot un kombinatlari, To‘rtko‘lda 3 mln shartli banka konserva mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, ellikqal'a tumanida esa shunday quvvatga ega konserva sexi foydalanishga topshirildi.
Qo‘ng‘irot tumanida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan yiliga 190 ming tonna kalsiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi. Zavod tarkibida kimyoviy yo‘l bilan ekologik toza va energiya sarflanmaydigan kaustik soda ishlab chiqarish ham ko‘zda tutilgan. Qo‘ng‘irot-Beyneu avtomobil trassasi, Navoi-Uchquduk-Nukus temir yo‘li qurildi.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida institutsional va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda ma'lum ijobiy siljishlarga yerishildi. Noqulay ekologik sharoitga qaramasdan mintaqada makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida islohotlarni amalga oshirish o‘zining ijobiy samaralarini ko‘rsatmoqda.
Amaliyotda asosan mintaqani rivojlanish strategiyasi davlat tomonidan ishlab chiqilgan maqsadli dasturlar orqali amalga oshiriladi. Misol uchun mintaqani kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvor vazifalar qatoriga kiritilganligi sababli, Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2017-2018-yillarda kompleks rivojlantirish dasturlari ishlab chiqildi.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki mintaqada iqtisodiy o‘sish sur'atlari 2005-2017-yillarda umummamlakat ko‘rsatkichlariga nisbatan yuqori bo‘lgan. Tahlillarni ko‘rsatishicha ushbu yuqori iqtisodiy o‘sish sur'atlari avvalambor mintaqada qurilish, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalari hisobiga yerishildi. Ayniqsa, 2016-yilda yuqori iqtisodiy o‘sish (18,7 foiz) yangi qurilgan Qo‘ng‘irot soda zavodi va Ustyurt gazkimyo majmuasi hisobiga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida o‘sish sur'atlari turlicha bo‘lib, ularning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ta'siri turlicha bo‘lgan. Qishloq xo‘jaligi, investitsiyalar va iste'mol tovarlari ishlab chiqarishda oxirgi yillarda ma'lum darajada nomutanosiblik kuzatilmoqda. Ichki iste'molni shakllantiruvchi tovar ayirboshlash va xizmatlarning o‘sish sur'atlarining keskin kamayishi aholi turmush sifatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumdavlat mehnat taqsimotida tabiiy gaz (2017-yildagi ulushi 3,0 foiz), paxta tolasi (4,0 foiz), osh tuzi (32,0 foiz), soda (100 foiz), guruch (31,0 foiz) ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori salohiyatga ega.
Erishilgan natijalarga qaramasdan mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi mavjud tabiiy salohiyatga mos kelmaydi. 2017-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 3,3 foizni, mos ravishda sanoat ishlab chiqarishi 4,6 foizni, qishloq xo‘jaligi 2,8 foizni, eksport 2,0 foizni, xizmatlar 3,0 foizni tashkil qilgan. Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqa mintaqalarga nisbatan, qishloq xo‘jaligi va chakana tovar ayirboshlash bo‘yicha pastroq natijalarga ega.
Qoraqalpog‘iston respublikasi yalpi hududiy mahsulot, iste'mol tovarlari, pullik xizmatlar indeksi bo‘yicha ham mamlakat mintaqalari orasida oxirgi o‘rinlardan birini egallagan. 2005-2017 - yillar davomida asosiy ijobiy siljish sanoat sohasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu holat mintaqada oxirgi yillarda ishga tushirilgan yirik kimyo korxonalari hisobiga yerishilgan.
Mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijalari iqtisodiyot tarkibini shakllanishi bilan ham to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, yalpi hududiy mahsulotning tarkibida, ya'ni diversifikatsiya jarayonida ma'lum o‘zgarishlar kuzatilgan.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining tarmoqlararo tarkibida 2005-2017 - yillarda bir qator ijobiy siljishlar yuz berdi. Jumladan, yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 14,2 foizdan 26,7 foizga oshgan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligining ulushi 30,1 foizdan 19,2 foizga kamaygan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqarilgan ichki hududiy mahsulotning tarkibiy o‘zgarishida ushbu tendensiyani kuzatish mumkin. Bunda sanoatning ulushi keskin oshgan (9,5 foizdan 32,7 foizga), qishloq xo‘jaligining ulushi esa kamaygan (21,3 foizdan 15,2 foizga). Ushbu vaziyatni mintaqa iqtisodiyoti tarkibini shakllantirishda yuz bergan ma'lum sifat o‘zgarishlar bilan izohlash mumkin. Agarda Qo‘ng‘irot soda zavodi va Ustyurt gazkimyo majmuasi hisobga olinmasa, sanoatning ulushi kamaygan va xizmatlar sohasining rivojlanish darajasi talablarga javob bermasligi, ekologik vaziyatning (Orol dengizi inqirozi, suv va yerning sifat ko‘rsatkichlari tushib ketganligi) salbiy natijalar ekanligini qayd etish lozim.
Shuningdek, mintaqa iqtisodiyoti tarkibini shakllantirishda olib borilayotgan tarkibiy va investitsion siyosatda mavjud tabiiy, ekologik, demografik omillarga tizimli e'tiborning yo‘qligi, yo‘naltirilayotgan moliyaviy mablag‘larning bir qator xorij davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan grantlarning samaradorligi pastligi bilan bog‘liq.
O‘rta va uzoq muddatli mintaqa strategiyasini ishlab chiqishda monografik kuzatuv natijalari orqali aniqlangan reyting, ya'ni eng asosiy tizimli muammolarni hal qilish, aholi turmush sifatini tubdan yaxshilashga qaratilishi maqsadga muvofiq.
Davlatimiz rahbari 2017-yil 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpog‘istonda bo‘lib, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni belgilab bergan edi. O‘tgan vaqt mobaynida ular to‘la amalga oshirildi. 
Tashrif yakunlariga ko‘ra ishlab chiqilgan dasturga muvofiq, sanoatni rivojlantirish borasida umumiy qiymati 160 milliard so‘mga yaqin 242 loyiha bajarildi. Bu qariyb 4 ming ish o‘rni yaratish imkonini berdi. Masalan, Qorao‘zak tumanidagi «Qoraqalpoq sement» korxonasida birinchi bosqichda yiliga 200 ming tonna sement, Nukus shahridagi «Texnik global» korxonasida «Samsung» brendi ostida yiliga 150 ming televizor, «Nukus polimer» korxonasida yiliga 8 ming tonna polietilen quvurlar va xo‘jalik buyumlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. To‘rtko‘l tumanidagi «Vegateks global» korxonasida yiliga 5 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarilmoqda. Bugungi kunda Qoraqalpog‘istonda o‘tgan qisqa vaqt mobaynida bir qator yirik bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, Nukus shahrida – «Nukus polimer» MChJ, «Nukuselektroapparat» MChJ faoliyat olib bormoqda. «Samsung» brendi ostida televizor, changyutkich ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi.
Mo‘ynoq tumani aholisini markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta'minlash bo‘yicha 101 kilometrlik “Qo‘ng‘irot-Mo‘ynoq” suv quvuri va «Qo‘ng‘irot» suv taqsimlash inshooti qurib bitkazildi. Nukus shahri markazidan o‘tuvchi «Do‘stlik» kanalining ikki qirg‘og‘i obodonlashtirilib, bugungi kunda bu sohil atroflari xalqimizning eng sevimli oromgohiga aylangan.
Qorao‘zak tumanidagi «Qoraqalpoq sement», «Titan sement», Taxiatosh tumanidagi metal-konstruksiya ishlab chiqarish zavodi, ellikqal'a tumanidagi «Bo‘ston mega-teksil», To‘rtko‘l tumanidagi «Vegateks global», Chimboy tumanidagi «Lanextrakt» korxonalarida ham ishlab chiqarish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Nukus shahrida «Nukus Med Tex» MChJ, Kegeyli tumanida «Kegeyli qog‘oz» MChJ, «Lanko-miya» korxonasi, Amudaryo tumanida «Amu Shoxjaxon» MChJ, Chimboy tumanida «Pintok» korxonasi tomonidan tibbiyot kilinikasi ishga tushirildi.
Mo‘ynoq tumanida Amfiteatr, «Mo‘ynoq porloq tekstil» tikuvchilik korxonasi, davlat xizmatlari markazi yangidan qurildi hamda futbol o‘yingohi va Madaniyat markazi rekonstruksiyasi to‘liq yakunlandi. Hududda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish yo‘nalishida 2018-2019-yillarda qiymati 27 million dollarga teng 17 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyihalar doirasida 37 turdagi farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqariladi va ularning bir qismi eksport qilinadi. 
Nukus shahridagi «Nukus Med Tex» MChJ tomonidan tibbiy buyumlar, «Berlin farm» MChJ tomonidan onkologik dori vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. To‘rtko‘l tumanidagi «To‘rtko‘l shisha idishlari» MChJda farmatsevtika shisha idishlari tayyor Qoraqalpog‘istonda farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ichki bozorni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli preparatlar bilan to‘ldirish maqsadida bu borada mutaxassislar tayyorlash tizimi takomillashtirilmoqda.
Shu maqsadda qizilmiya bu hudud iqlimi va sharoitiga mos kelganligi uchun Chimboy tumanidagi «Lanextrakt» qo‘shma korxonasida ushbu o‘simlik ildizidan ekstrakt ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Korxonada yiliga 30 ming tonna qizilmiya ildizi qayta ishlanib, 1,3 ming tonna ekstrakt tayyorlanadi. Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan korxonada 200 ish o‘rni yaratilgan. 
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 3-maydagi «Nukus-farm», «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», «Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «Bo‘stonliq-farm» va «Parkent-farm» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida"gi farmoni ijrosi yuzasidan hududda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlari va resurslar salohiyatidan samarali foydalanish orqali yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda. 
Hududda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish yo‘nalishida 2018-2019- yillarda qiymati 27 million dollarga teng 17 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyihalar doirasida 37 turdagi farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqariladi va ularning bir qismi eksport qilinadi. 
Qoraqalpog‘istonda ikki bosqichda sellyuloza ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, amalga oshiriladigan mazkur loyiha qog‘oz ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi. 
Taxiatosh tumanida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, 11 mingga yaqin ish o‘rni yaratildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2018-2019- yillarda kompleks rivojlantirish dasturi doirasida yana 1 ming 309 loyiha rejalashtirilgan. Ularni amalga oshirishga tashabbuskor korxonalar va tijorat banklari mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar yo‘naltiriladi. Buning natijasida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi, mahalliylashtirish va qayta ishlash darajasi oshadi, 10 mingga yaqin ish o‘rni tashkil etiladi. 
Hudud sanoatini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida mamlakatimizdagi yirik korxonalar ham jalb etilgan. Xususan, Navoiy kon-metallurgiya kombinati Taxiatosh tumanida metall konstruksiyalar va nostandart jihozlar, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Qorao‘zak tumanida temir-beton mahsulotlar va qum-shag‘al ishlab chiqarishi rejalashtirilgan. 
Tebinbuloq konini o‘zlashtirish istiqbollariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda metall mahsulotlar mavjud shunday buyumlarni yeritish orqali ishlab chiqarilmoqda. Tebinbuloq koni temir rudasining ulkan zaxirasiga ega. Ushbu konni o‘zlashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Natijada 2021-yildan boshlab yiliga 1 million tonna po‘lat ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu boradagi ishlarni tashkil etish maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tarkibida direksiya tashkil etildi. 
Samarasiz foydalanilayotgan ob'ektlar negizida yangi korxonalar tashkil etish loyihalari ishlab chiqildi.. Qoraqalpog‘istonda 6 ta kichik sanoat zonasi tashkil etish rejalashtirilgan. Ulardagi ob'ektlar 5 yil muddatga keyinchalik mulk huquqini rasmiylashtirish sharti bilan bepul beriladi. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish va tiklash ishlari davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi. Shu tariqa ushbu zonalarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur sharoit yaratiladi. 
Qoraqalpoq aholisi uchun nihoyatda muhim va dolzarb masala bo‘lgan ichimlik suvi muammosi yillar davomida hal etilmay kelayotgan edi. Shuni inobatga olib, qisqa vaqtda 101 kilometrlik «Qo‘ng‘irot – Mo‘ynoq» suv quvuri va «Qo‘ng‘irot» suv taqsimlash inshooti qurib bitkazildi. Buning natijasida Mo‘ynoq tumanidagi 25 ming aholi toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi. 
Shuningdek, investitsiya dasturiga muvofiq byudjet mablag‘lari va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mavjud suv tarmoqlari rekonstruksiya qilindi va yangilandi. Shu tariqa 35 aholi punktida 50 mingdan ziyod odam ichimlik suvi bilan ta'minlangani bu boradagi ishlarning izchil davomi bo‘ldi. 
Prezidentimizning 2020-yil 11-noyabrdagi «2020-2023-yillardagi Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada rivojlantirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.Qarorga muvofiq, har bir shahar va tumanning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda «o‘sish nuqtalari» belgilangan. Qurilish materiallari ishlab chiqarish, oziq-ovqat, to‘qimachilik, neft-kimyo sanoati, bog‘dorchilik, issiqxonalar tashkil qilish, ipakchilik, turizm sohasi shular jumlasidan. Belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar va loyihalarni amalga oshirishga qulay shart–sharoitlar yaratish uchun qaror bilan tadbirkorlik sub'ektlariga yer solig‘i,molk-mulk solig‘idan ozod qilish kabi va boshqa qator imtiyoz hamda yangiliklar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.
Qaror asosida 2788 ta loyiha va ob'ektda 21 trillion 209 millard so‘mlik keng ko‘lamli ishlar bajarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda uning ijrosini ta'minlash yuzasidan ishlar olib borilmoqda. Natijada hozirda dasturga kiritilgan jami 754 ta loyiha ishga tushirilib, 4 ming 75 ta yangi ish o‘rni yaratilishga yerishildi.
Mintaqada yangilanishlar haqida gap ketganda,Prezidentimizning 2020-yil 5 - dekabrdagi «Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv resurslaridan samarali foydalanish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori haqida ham alohida to‘xtalish joiz.
Bu borada Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv xo‘jaligi ob'ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish,suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, yerlarning melorativ holatini yaxshilash,suv resurslari va elektr energiyasidan foydalanishning avtomatlashgan nazoratini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq muhim vazifalar belgilangan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, mamlakatda islohotlar samaradorligini tubdan oshirish hamda davlat va jamiyatning xar tomonlama jadal rivojlanishini ta'minlash uchun barcha shart–sharoitlarni yaratish, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishga katta e'tibor berilmoqda.



Yüklə 13,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə