Mundarija t/r


Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar



Yüklə 13,19 Mb.
səhifə53/116
tarix04.05.2023
ölçüsü13,19 Mb.
#108415
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   116
Mundarija t r

2. Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar.
Qoraqalpog‘istonda mehnatga layoqatli aholining asosiy qismi qishloqda istiqomat qiladi. Agrar sektorda ham iqtisodiy qayta qurish, bozor munosabatlariga o‘tish ro‘y berdi.
1997-yil 1-yanvar holatiga respublikada 263 qishloq xo‘jalik korxonasi faoliyat ko‘rsatdi. Nodavlat sektorning jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil etdi.
Paxta etishtirishda nodavlat korxonalarning hissasi 97,8 foizni, donchilikda 98,1 foizni, kartoshkachilikda 99,7 foizni, sabzavotchilikda 98,8 foizni, polizchilikda 95,1 foizni, bog‘dorchilikda 98,5 foizni, pillachilikda 100 foizni, go‘sht etishtirishda 98,9 foizni, sut va tuhum ishlab chiqarishda 99,4 foizni, qorako‘l teri va jun etishtirishda 100 foizni tashkil etdi.
Dehqonchilikda ekin maydonlarining tarkibi o‘zgardi. G‘alla maydonlari ekin maydonlarining 35,8 foizini tashkil etdi. Bug‘doy va kartoshka etishtirish 3 marta, uzum etishtirish 4 martaga ko‘paydi.
Qoraqalpog‘istonda dehqon fermer xo‘jaliklari tashkil etish bo‘yicha etarli tajriba to‘plandi. 1998 yilga kelib 1686 fermer shirkatlar uyushmalari tashkil etildi. Ellikqal'a tumanida mavjud 14 ta jamoa xo‘jaliklari dehqon-fermer xo‘jaliklari uyushmasiga aylantirildi. Dehqonlarga meros qilib qoldirish huquqi bilan yerlar uzoq muddatga ijaraga berildi. Lekin Qoraqalpog‘istonda ana shu tajribani ommalashtirishga mutlaqo e'tibor berilmadi.
1992- yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil etildi. 1992-2000-yillarda Jahon banki, evropa rivojlantirish banki va boshqa firmalar bilan 100 dan ortiq shartnomalar tuzildi.
Respublikada 303 dan ortiq qo‘shma korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasining tashqi savdodagi asosiy sheriklari Rossiya, AQSh, Janubiy Koreya, Shveysariya, Niderlandiya hisoblanadi.
Asosan paxta tolasi, toladan olinga mahsulotlar, qayta ishlangan neft mahsulotlari, buyan tomirlari sotiladi. Eksport qilingan tovarlar hajmi 1996 yilda 122,9 mln dollarga teng bo‘ldi. G‘arb mamlakatlariga eksport qilingan xom ashyo 113,6 mln dollarni tashkil etdi. Paxta tolasi jami eksport mahsulotlarining 95 foizini tashkil etdi.
Tashqi savdo oborotida importning salmogi 1996 yilda 46,2 foizni tashkil qildi. Import mahsulotlari tarkibiga asosan xalq iste'mol mollari, qora va rangli metallar, oziq-ovqat mahsulotlari kiradi.
Yaqin xorijiy mamlakatlardan asosan shakar, bug‘doy, mashina va jihozlar, agregatlar va ularning ehtiyot qismlari, quvurlar, avtomashinalar, ishlab chiqarishni komplektlovchi materiallar keltirildi. Lekin respublikaning imkoniyatlaridan to‘la foydalanilmayapti. Masalan, 1999-yili respublika xududida 70 ga yaqin foydali qazilma konlari aniqlandi.
Mustaqillik yillarida respublikada ijtimoiy sohalar rivojlanishiga e'tibor kuchaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholi punktlarini elektrlashtirish to‘la hal qilindi. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi 59,5 foizga etdi. 1992-1996 yillarda Tuyamo‘yin suv omboridan respublika aholi punktlariga 2 ming 885 km vodoprovod tarmog‘i olib kelindi. 4057,5 km gaz tarmoqlari o‘tkazildi va tabiiy gaz bilan ta'minlash 85,4 foizni, shu jumladan shaharda 99,4 foizni, qishloqda 72,4 foizni tashkil etdi. Ko‘plab sog‘liqni saqlash ob'ektlari, kasalxonalar, poliklinikalar, tug‘ruqxonalar va turar-joy binolari qurildi.
Mustaqillikning ilk yillaridanoq xukumatimizning fermer xo‘jaliklarini tashkillashtirishga e'tibor qaratgani tufayli boshqa sohalar qatori qishloq xo‘jaligi sohasida ko‘plab ijobiy yutuqlarga yerishildi.
Qishloq xo‘jaligi yerlarining uzoq muddatli ijara mulki qilib berilishi va qishloqda bozor munosabatlarining joriy qilinishi fermer xo‘jaliklarini shakllantirish hamda rivojlantirishning eng muhum omil va asosi bo‘ldi.
Ushbu fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishdagi ulushi 99,5 foizni tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Xo‘jalik yurituvchi su'bektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq, fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko‘pi bilan 4 yilda bir marotaba amalga oshirilishi, yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyatini ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e'tiboran ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilishi mumkin emasligi belgilab berildi.
Bundan tashqari, fermer xo‘jaliklariga soliq va boshqa imtiyozlarni berish bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Bunda paxta xom-ashyosini yig‘ib olish bo‘yicha mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishchilarini daromad solig‘idan ozod etilishi;
-tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilgan yuridik shaxslar tegishli yer uchastkasiga nisbatan 5 yil muddatga yagona yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi;
-fermer xo‘jaliklari manfaatlarini ko‘zlab da'vo arizalarini taqdim etish, sudga davlat boji to‘lamasdan shikoyat qilish huquqi berildi.
Bugungi kunda Respublikada 5430 ta fermer xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, shundan paxta-g‘allachilikda 3682 ta fermer, sabzavot va polizchilikda 321ta fermer, chorvachilikda 377 ta fermer, bog‘ va uzumchilikda 514 ta fermer, g‘alla va sabzavotchilikda 326 ta fermer va 210 ta fermer xo‘jaliklari boshqa yo‘nalishlarda ish bilan band.
2016-yil Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha manzilli Dasturi qabul qilindi.
Dasturga asosan Respublika bo‘yicha jami 748 ta fermer xo‘jaliklarini ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga aylantirish nazarda tutilib, amalda joriy yilning iyul oyiga qadar tashkil etilgan ko‘p sohali fermer xo‘jaliklari soni 433 ta hamda ko‘p sohali faoliyat uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar soni 429 ta fermer xo‘jaliklariga 248 gektar yer maydoniga 2535,0 mln so‘m amalda ajratildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari va Adliya vazirligi xodimlari ta'kidlaganidek, barcha kategoriyadagi xo‘jaliklarida 11 ming 111 gektarga sabzavot, 9508 gektarga poliz, 5325 gektarga kartoshka ekilib, to‘liq navlar olindi.
Bundan tashqari, 247 gektar maydonda yangi intensiv bog‘lar, 247 gektarda tokzorlar yaratildi. Ushbu maydonlarga 123,5 ming dona meva, 296,4 ming dona tokzor navlari ekildi. Shu bilan birga 118 gektar maydondagi eski bog‘da, 65 gektar tokzorlarning rekonstruksiya ishlari olib borildi. Bugungi kunga qadar 6778 gektar bog‘ning, 1268 gektar tokning qator oralariga sabzavot ekinlari ekilib, oziqlantirish ishlari olib borilmoqda.
Fermer xo‘jaliklari ishlarining samaradorligini oshirish va ularga shart-sharoitlar yaratish, ekin maydonlardan maqsadli foydalanish bo‘yicha barcha tumanlarda yer maydonlarini optimallashtirish ishlari olib borilib, to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazildi.
Shuning natijasida meva-sabzavot etishtirishda 321 ta fermer xo‘jaligiga 1467 gektar, bog‘dorchilik va tokzorchilikka ixtisoslashgan 514 ta fermer xo‘jaligiga 1510 gektar, bundan tashqari sabzavot-g‘alla etishtirish bo‘yicha yangidan tashkil etilgan 326 ta fermer xo‘jaliklariga 4532 gektar yer maydonlari ajratilib berildi.
Bugungi kunda meva-sabzavot mahsulotlarini etishtirishuvchi, tayyorlovchi va eksport etuvchi korxonalar bilan «O‘zagroeksport» ixtisoslashgan tashqi savdo kompaniyasi o‘rtasida shartnomalar tuzish ishlari to‘liq tamomlandi. Rossiya Federatsiya va Qozog‘iston Respublikasiga meva-sabzavot mahsulotlar eksport etish bo‘yicha shartnomalar tuzildi. «»
Bugungi fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish bilan chegaralanib qolmasdan, uni qayta ishlashni ham yo‘lga qo‘ymoqda. Natijada qishloq joylariga sanoatni olib kirishga, aholi bandligini ta'minlashga, eng muhimi, ichki iste'mol bozorini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda.
Ayniqsa, keyingi ikki yarim yil ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining barcha yo‘nalishlarini belgilaydigan Farmon va Qarorlari, ularning faol ijrosi xalqimizning turmush tarzini butunlay o‘zgartib yubordi. Avvalombor, inson va uning manfaatlarini ko‘zlab olib borilayotgan islohatlarning natijasi yurtimizdagi har bir fuqaroning baxtli va obodon turmushi, o‘ziga va yurt kelajagiga bo‘lgan mustahkam ishonchida ko‘rinmoqda.
Barcha eski uylar o‘rniga yangi, milliy loyihalar asosida qurilayotgan ko‘rkam binolar, so‘lim va go‘zal xiyobonlar, hatto, qishloqlarimizning, mahallalarimizning alohida «Obod qishloq», «Obod mahalla» dasturlari asosida yangi qiyofa kasb etayotganligi Prezidentimiz yaratib berayotgan imkoniyatlar samarasidir.
Bulardan tashqari, bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida keng ko‘lamli qurilish-obodonlashtirish ishlari ham amalga oshirilmoqda.

Yüklə 13,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə