Mundarija t/r


TANOB- O‘rta Osiyo xonliklarida ekin maydonini o‘lchash uchun ishlatiladigan yuza birligi. 1 tanob 3600 m2. TARIXNAVIS



Yüklə 13,19 Mb.
səhifə83/116
tarix04.05.2023
ölçüsü13,19 Mb.
#108415
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   116
Mundarija t r

TANOB- O‘rta Osiyo xonliklarida ekin maydonini o‘lchash uchun ishlatiladigan yuza birligi. 1 tanob 3600 m2.
TARIXNAVIS- tarixni yozib boruvchi, solnomachi.
UNGUR- tog‘liklardagi tik o‘yiq joy; g‘or.
URUG‘-AYMOQ- qarindoshlik munosabati bilan o‘zaro bog‘langan va bir joyda yashaydigan kishilar; qarindosh-urug‘.
USTURLAB- astronomlar ishlatgan asboblardan birining nomi.
FALAKIYOT- astronomiyaning XX asrning 40- yillarigacha o‘zbek tilida ishlatilib kelgan eski nomi. Hozir ham ayrim Sharq xalqlari tillarida qo‘llaniladi.
FARAK (PARAK) SUVI-Sirdaryoning o‘ng irmog‘i hisoblangan CHirchiq daryosining o‘rta asrlardagi nomlaridan biri. Daryoning CHirchiq deb atalishi Amir Temur zamonidan boshlangan.
FARZ-shariatda hamma musulmonlar bajarishi shart bo‘lgan qat’iy talablar va me’yorlarni anglatuvchi diniy huquqiy tushuncha. Qur’onda ko‘rsatilgan diniy e’tiqod, marosim, urf-odat talablari, ahloqiy va huquqiy me’yorlar farz tushunchasiga kiritilgan.
FATH- o‘ziga bo‘ysundirish, zabt etish, egallash; bosib olish.
FIQH-musulmon huquqshunosligi, shariat qonun-qoidalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi islom ilohiyotining bir sohasi. Fiqh diniy huquqshunoslik sohasida ikki sohada- shariat manbalarini ishlab chiqish (usul al-fiqh) va shariatni aniq sohalariga tatbiq qilish (furu’ al- fiqh)dan iborat bo‘lgan.
FOZIL- fan asoslarini yaxshi egallab olgan kishi, olim.
XALIFA- o‘rinbosar, noib, muovin. Musulmon jamoasi va musulmon teokratik davlati (arab xalifaligi)ning diniy va dunyoviy boshlig‘i. U Muhammad Payg‘ambarning o‘rinbosari. Birinchi to‘rt xalifa ( Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali) «al-Xulafo ar-roshidun» nomi bilan mashhur bo‘lganlar. Ummaviylardan keyin abbosiylar, shuningdek fotimiylar sulolasi vakillari ham xalifa unvoni bilan hokimiyatni boshqarganlar.
XAMSA-besh dostonni o‘z ichiga olgan asar.
XATMI QUR’ON- musulmonlarda marhumlar arvohiga atab, Qur’oni Karimni boshidan oxirigacha qiroat bilan o‘qi tamomlash va shu munosabat bilan o‘tkaziladigan diniy marosim.

Yüklə 13,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə