Мундaрижa


ISMATULLA RAHMATULLAEV (1883-1926)



Yüklə 260,5 Kb.
səhifə18/19
tarix11.12.2023
ölçüsü260,5 Kb.
#146215
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
4.XIV ASRDAN XX ASRNING 90-YILLARIGACHA BO’LGAN DAVRDA TARBIYA, MAKTAB VA TA’LIM TIZIMI

ISMATULLA RAHMATULLAEV (1883-1926)ni 1905 yilda ustozi Saidahmad
Siddiqiy o’zi ochgan yangi usul maktabiga arifmetika fani o’qituvchisi bo’lib ishlashga taklif qiladi. Shuningdek, u Siddiqiy kattalar uchun tashkil qilgan kechki maktabda ham dars bergan.
Ismatulla bu davrda o’qituvchilik qilish bilan birga, ustozi
A.Shakuriyning maslahati bilan yangi usuldagi maktablar uchun yangi darsliklar, o’qish kitoblari, alifbe tuzish va ularni nashr etish bilan ham shug’ullandi. Jumladan, u 1907 yilda Abduqodir Shakuriyning II sinf uchun tuzilgan «Jameul-hikoyat» o’qish kitobining nashr etilishida faol qatnashadi.
Katta bilim va muallimlik tajribasini orttirgan Ismatulla Rahmatullaev ustozlari Abduqodir Shakuriy, Saidahmad Siddiqiy va Sadriddin Ayniy maslahati bilan 1915 yilda
Samarqandning hozirgi Registon ko’chasida mehnatkashlarning bolalari uchun yangi maktab ochdi. Maktabda dunyoviy fanlar bilan bir qatorda o’rus tilini o’qitish masalasiga ham alohida e’tibor bergan.
1915 yilda iqtidorli muallim Ismatulla Rahmatullaev o’zining ko’p yillik tarbiyaviy tajribalarini umumlashtirib, tojik tilida «Alifbe ta’limi» («Ta’limi alifbe yohud rahbari maktab») darsligini yozadi. Bu kitobni tuzish va tahrir etishda Sadriddin Ayniyning xizmati katta bo’lgan. Darslik ko’p yillar davomida arab alifbosi bilan tojik, o’zbek tilida savod chiqarishda yaxshi va mazmunli darslik sifatida xizmat qildi. «Alifbe ta’limi» 46 betdan iborat bo’lib, 90 soat darsga mo’ljallangan. Tarbiyashunos olim M.Fattaev bu darslik haqida shunday deb yozadi: «Alifbe o’zlashtirilishi oson bo’lgan tovush va harflar bilan boshlanadi, keyin murakkabroq materiallar beriladi.
Alifbe uch qismdan iborat. Dastlab harf elementlarini yozish mashqlari, keyin harflarning turli ko’rinishlari va nihoyat, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan hikoya va she’rlar beriladi.
Kitob betlarida harflarning yolg’iz yoziladigan va so’zning boshida yoziladigan shakllari o’rgatiladi. Bulardan ayrim so’z va kichik-kichik gaplar tuziladi.
Har bir darsning boshida harflarning yolg’iz yoziladigan va so’zning boshida yoziladigan shakli berilib, uning «a» harfi bilan qo’shilgan shakli ko’rsatiladi.
Ma’lumki, arab alifbosida «v» harfi «v» tovushini va boshqa harflar bilan qo’shilganda «u» yoki «o’» unli tovushlarini ifodalaydi. Bu erda muallif shu sirni o’quvchilarga tushuntiradi. «v» («vov») shakli o’zbek va tojik tillarida «u» hamda «o’» tovushlarini bildirib, ularning birinchisi «vovi majhul» va ikkinchisi «vovi mamdud»
(cho’ziq) deb ataladi. Kitobda bu, pu, tu hamda o’sh, sho’r kabi misollarni keltirish asosida «z» harfining shu xususiyati o’quvchilarga tanishtiriladi. «E» harfi ham shu usul bilan tushuntirilib, uning I, I, E, E kabi tovushlarni bildirib kelishi bayon qilinadi.
Keyingi darslarda harflarning so’z o’rtasida, oxirida yozilishi ko’rsatiladi. Shu asosda arab alfavitining «sir»lari o’quvchilarga ochila boradi. Keyin arab alfavitida yozuvda ifodalanmaydigan «harakatlar» va izofat haqida ma’lumot beriladi. Masalan, «bod tund», «mard dono» yozilsa ham «bod tund», «mardi dono» deb o’qiladi va shu kabilar. Shundan so’ng bir necha darsda alohida-alohida so’zlar, qisqa-qisqa gaplar keltirilib, bu harflarning turli kombinatsiyalari va ularning qoidalari beriladi. Har bir dars uchun ayrim kichik matnlar keltiriladi. Jumladan, «ob» (suv) sarlavhali matndan 10—12 kichik gap orqali suv-ning hayot uchun, qishloq xo’jaligi va umuman obodonchilik uchun ahamiyati tushuntiriladi:
«Suvni ichamiz va u bilan yuvinamiz. Tegirmonlarni suv yurgizadi. Sabzavotchilkk va dehqonchilik suv orqali hosil qilinadi. Suv obodonchilik vositasidir».
Shuningdek, bilim va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan «Chor fasl» (To’rt fasl) maqolasi ham shu usulda yozilgan. «Bir yil to’rt fasldan iborat – bahor, yoz, kuz, qish. Har yil o’n ikki oydan iborat. Bir oy 30 kun yoki 4 haftadan iborat. Bir hafta etti kundir, bir kecha-kunduz 24 soat, bir soat 60 daqiqadan iborat. Har bir daqiqani g’animat bilib o’qish va o’rganish kerak».
Shu asosda bolalar o’qish jarayonida hayotiy zarur bilimlarga ega bo’ladilar. Ma’lumki, arab alifbosida har xil aytilib, har xil yoziladigan bir qancha undosh harflar mavjud. Masalan «z» tovushi aytilishi bir-biriga juda yaqin bo’lgan to’rt xil shaklda (harf) yoziladi. O’zbek va tojik tillarida asosan bu harflarning birinchisi qo’llanilib, qolganlari esa faqat ayrim arabcha so’zlarda uchraydi. Shuningdek, «s» undoshi ham uch shaklga ega.
Kitobning 32-betidagi 60-darsda arab yozuvining mazkur xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi, bu harflarning qanday so’zlarda, qachon ishlatilishi tushuntiriladi. Qitobning alifbe qismi shu bilan tugab, terma asarlar qismi boshlanadi. Terma badiiy kitob sodda, tushunarli tilda yozilgan kichik-kichik hikoyalar, matnlar va she’riy parchalardan tashkil topgan. Bu hikoya va she’rlar ta’lim-tarbiyaviy xususiyatga ega. Misol tariqasida bir-ikkitasini keltiramiz:
«Bekorchilik ishlarning eng yomonidir. Men bekorchilikdan bezorman. Tirik bekorchidan — o’lik yaxshi. Dunyoda har bir jondor biror xizmatga va har bir kishi ma’lum vazifaga ega. Biz shogirdlarning vazifasi o’qish va ilm o’rganishdan iborat. Maktabning har bir shogirdi yaxshi xat-savodga ega bo’lishi kerak. Hushyor va g’ayratli shogirdlar hech vaqt bekor o’tirmaydilar».
Bundan tashqari, bir qancha hikmatlar, iboralar – hikoyachalar ham keltirilgan: Yalqov deydi:
— Bugun o’ynayman, ertaga o’qiyman.
G’ayratli deydi:
— Ertaga o’ynayman, bugun o’qiyman va shu kabilar.
Bu kitobda axloq, odob, tarbiya va dunyoqarashni tarkib toptirishga xizmat qiluvchi materiallar bilan bir qatorda nafosat tarbiyasiga doir ayrim ma’lumotlar (tabiat manzaralarining go’zalligi, yirik shaharlar haqida ma’lumot va shu kabilar) ham beriladi.
O’qish kitobining 37- betidan boshlab bolalar uchun 10 tacha kichik-kichik she’rlar beriladi. Ular ifodali, tushunarli sodda tilda yozilgan bo’lib, katta axloqiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega:
Faridun ko’p yaxshi bola erdi, yig’lab otasiga shundayin derdi:
— Ey, otajon, meni maktabga bergin,
Sargardon ko’chada kezishdan tiygin. Maktab liboslarim tezda tayyor et, Kitoblar keltirgin, bo’lsin bari but. Ber alifbe-yu, daftar, qalamni,
Jildimga solib, bag’rimga olayin. Otasi dediki:
— Ey, Faridunjon,
Hali yoshsan, quvvating kamroq,
Bir yildan so’ng borsang bo’lur yaxshiroq.
— Toqatim toq bo’ldi, aziz otajon,
Hamma dono bo’lsa-yu, men qolaymi nodon, Otasi oxiri maktabga berdi, Bundan Faridun shodlikka to’ldi.
Kitobdagi bunday hikoyalarda ham, she’riy asarlarda ham o’qish, bilim olishga muhabbat, muallim, ota-onalar va umuman, o’zidan kattalarga hurmat, do’stlik, birodarlik, sadoqat, to’g’rilik kabi axloqiy sifatlarni tarbiyalash, o’quvchilarning ma’naviy qiyofasi masalalari yoritilgan»66.
Shunday qilib, o’lkamizda yangi usuldagi maktab va maorifning jonkuyari bo’lgan Ismatulla Rahmatullaev o’zining o’qish-o’qitish va tarbiya uslubida boy xalq tarbiyashunosligiga tayangan holda bolalarda insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik fazilatlarini tarbiyalashga munosib hissa qo’shgan murabbiylardan biridir.


Yüklə 260,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə