Мундaрижa



Yüklə 260,5 Kb.
səhifə13/19
tarix11.12.2023
ölçüsü260,5 Kb.
#146215
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
4.XIV ASRDAN XX ASRNING 90-YILLARIGACHA BO’LGAN DAVRDA TARBIYA, MAKTAB VA TA’LIM TIZIMI

«Til – aloqa vositasi» ekan, «so’z» – insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini o’lchab ko’rsatadurg’on tarozusidur» Demak, kishi til vositasida boshqa kishiga «dilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qimmatini» bir so’z bilan aytganda, o’zining ma’naviy qiyofasini ko’rsatadi. Shuning uchunA.Avloniy og’zaki nutq hamda adabiy til tozaligi masalalariga alohida diqqat-e’tibor bilan qaragan edi. «Har bir millatning dunyoda borlig’in ko’rsatadurg’on oinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yo’qotmakdur». A.Avloniyning «Tilimizning yarmiga arabiy, forsiy ulangani kam qilub, bir chetiga rus tilini ham yopishdurmakdadurmiz. Rus lisonin bilmak haet va saodatimiz uchun osh va non kabi keraklik narsadur. Lekin o’z erinda ishlatmak va so’zlamak lozimdur. Zigir yog’i solub, mosh-kichiri kabi qilub, aralashquralash qilmak, tilning ruxini buzadur», deb ona tilimizning sofligi to’g’risida behad qayg’urganligini tushunish qiyin emas, albatta Ayniqsa, A.Avloniyning yoshlarimizga ming yildan ortiq tarixga ega bo’lgan boy madaniy merosimizni va milliy tilni avaylash to’g’risida, «Bobolarimiz etushgan va yaratgan muqaddas til va adabiyot bizga hech kamlik qilmas. O’z uyimizni qidirsak va oxtarsak, yo’qolganlarini ham topamiz. Yo’qolsa, yo’qolsun, o’zi boshimga tor edi, deb Ovrupo qalpog’ini kiyub, kulgi bo’lmak zo’r ayb va uyotdir...
Umummilliy tilni saqlamak ila barobar xususiy, og’iz orasidagi tilni ham saqlamak lozimdur», deb xayqirganligini ma’naviy haetimizda ijobiy hodisa ekanligini va ayniqsa, bugngi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmaganligini unutmasligimiz kerak, albatta.
Ilg’or ma’rifiy-tarbiyaviy va ta’limiy - ahloqiy g’oyalar bilan sug’orilgan «Turkiy Guliston yoxud axloq» asari yangi usul o’zbek milliy maktablarida asosiy darsliklar qatoridan o’rin olgan bo’lsa, 1909-1917 yillar oralig’ida «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» nomli 6 qismdan (I, II, III, IV juzlardan) iborat she’riy to’plamning hamda «Maktab guliston» darsligining nashr etilishi esa bu kitoblarning ijtimoiy-nafis qimmati benihoyat katta ekanligidan va muallifning ezgu maqsad yo’lidagi fidoiyligidan darak beradi, albatta. Bu darsliklarda ifodali o’qishning qator shakllari – ifodali o’qish (individual o’qish), xor bo’lib o’qish, rollarga bo’lib o’qish kabilar beriladiki, bunda bolalarning og’zaki nutqini o’stirish, badiiy so’zlashuvga o’rgatish nazarda tutiladi. Ifodali o’qishning ta’sirchan shakllaridan biri xor bo’lib o’qishga Abdulla Avloniy katta ahamiyat berdi . Shu munosabat bilan u o’z she’rlarini xalq ashulalariga uyg’unlashtirdi va bolalarni xor bo’lib o’qishga o’rgatish uchun alohida she’rlar bag’ishladi, masalan,uning barmoq vaznida yozilgan «To’y haqida» she’ri «Reza» kuyiga solib o’qiladi. Bu haqda shoir o’quvchilarga quyidagicha uslubiy ko’rsatmalar beradi: «Reza kuyi – milliy kuylardan biri!»
Otma mani toshlar bilan yor-yor-yor-u,
Uchib ketay qushlar bilan yor-er-yor-u.
Shu kuyga solinib, milliy she’rdan bir bayt bir kishi tarafidan o’qulub, so’ngidan ko’p kishilar tarafidan ho’r, sozlar ila jo’r qilub ikki bayt o’qulur».
Ma’lumki, bolalarga ifodali o’qishni o’rgatish adabiy o’qish darslarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunday o’qish adabiy matnni chuqur tushunishga olib boradi. Badiiy asarni chiroyli, ifodali qilib o’qish natijasida asar voqealari o’quvchi ko’zi oldida namoyon bo’ladi. Avloniy savod chiqarishga qanchalik katta e’tibor bergan bo’lsa, tushunib o’qishga va badiiy asarni his qilishga ham shunchalik ko’p diqqat qilgan54.
Jadidchilikni gazetalar nashr etishdan boshlagan Abdulla Avloniyning eng yaqin maslakdoshi Mirmuhsin Shermuhamedov (1895-1929) ning faoliyati ham alohida diqqat-e’tiborga loyiqdir. U «Tarixiy ikki voqea» maqolasida usuli qadim tarafdorlari – eski maktabdorlarni qattiq tanqid qilib, maktab va madrasalarda o’quv-o’qitish usullarini isloh qilish shiori bilan chiqdi: «Aziz millat bolalarining ranglarin sap-sariq qilgan... ochlikdan tishlarin kirini so’rdirgan Buxoro va Xivadagi dahshatli, qorong’i, zax zindonlar eshigi buzuldi... Maktab va madrasa islohi desa, tishlarini qichirlatib, ko’zlarin olayturadurg’on maorif dushmani – sudrama chopon, jonli tegirmonlar... qozi qalon, qushbegi, oftobachi, tag’in nima balolar ismi ila shuhratlangan Buxoroning miqroblari... endi quvulurlar... Talabalarning yarim umrin to’zon qilib ko’kka uchurgan muqovasi qalin «Sharhi mullo»lar shoyad endi otilib tashlanurlar. Aning o’rniga shoyad yangi qoida ila yozilgan darsliklar o’qulur, ham o’qulur»55.
Murmuhsinning bunday hur fikrlari o’sha davrdagi jamoatchilik fikrini ostin-ustin qilib yubordi. Oqibatda «Turon» gazetasi yopilib„ A.Avloniydan gazeta chiqarmaslik haqida tilxat olindi. Mirmuhsinni mirshablar ushlab, yuziga qora surkab, eshakka teskari mindirgan holda bozor rastalarini aylantirib, sazoyi qildilar. Toshkent hokimi
Mirmuhsinga berilgan o’lim jazosini 18 oylik qamoq jazosi bilan almashtirdi. Oradan ko’p o’tmay, do’stlari va hamfikrlari ko’magida hibsdan qochishga muvaffaq bo’lgan
Mirmuhsin Ufadagi jadid birodarlari bag’ridan panoh topdi.
Jadidchilik harakatining ilg’or namoyandasi ABDULLA QODIRIY(1894-1940) ham o’z ilk ijodiy asarlari – «Baxtsiz kuyov» dramasi, «Juvonboz», «Jinlar bazmi»,
«Uloqda» hikoyalarida, «To’y», «Millatimga», «Ahvolimiz» kabi qator she’rlarida ma’rifatsizlik orqasida Turkiston erli aholisining qoloqligidan, g’aflatda yotganligidan kuyib-pishib noliydi, o’z xalqi ahvoliga g’oyat achinib, og’ir iztiroblardan qutulishning yagona yo’li – ilm-ma’rifatni egallash g’oyasini ilgari suradi.
Abdulla Qodiriy 1915 yilda chop etilgan «Ahvolimiz» she’rida o’z xalqini, millatini ilm-ma’rifatga da’vat etadi, maktablarni keng ko’lamda rivojlantirish, shu bilan yoshlar tarbiyasiga e’tibor berish g’oyalarini ilgari suradi: Ko’r bizning ahvolimi, g’aflatda qanday yotamiz, Joyi kelgan chog’ida vijdonni pulga sotamiz. O’g’lingizga na adab, na fan, na yaxshi so’ylamak, Na xudoni buyrug’i bo’lgan ulum o’rgatamiz.
Abdulla Qodiriy she’rning birinchi satrlaridayoq mustahkam iroda va e’tiqod – insonning eng oliy-maslagi bo’lishi kerakligini yoshlarga alohida uqtiradi. U insonga xos bo’lmagan befoyda, be’mani odatlarni qattiq qoralaydi: Korimiz shundan iborat bo’ldi ushbu chog’ida, O’ntadan bedana boqib,
yozu qish sayratamiz... Keling, yoshlar ziyolilar, bukun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak uyg’otamiz.
«Millatimga» she’rida g’aflat va jaholat uyqusida yotgan o’zbek xalqining ko’zini ochishga, uyg’otishga butun vujudi bilan harakat qiladi, g’aflat hayot gulshanini jaholat cho’liga aylantirib yuborganidan che-kayotgan iztiroblarini bayoi qilib, bu holdan qutulish uchun barcha boy-savdogarlarni, yoshlarni, qurbi etadigan jamoatchilikni maktab-maorif taraqqiyotiga yordam ko’rsatishga da’vat etadi:
Kel, ey millat, bu kun bir maslahat birlan qaror o’lsun,
Bu kundan o’tgan ishlarga pushaymon birla or o’lsun, Qilaylik bul kun g’ayrat, hamma birdan qilib himmat,
Jaholat cho’lu sahrosini minba’d sabzazor o’lsun. Ayamay kumush-oltinni hamma boyonlar aslo,
Solib dorilfununlar ham makotiblar hazor o’lsun. Uqushsin millat avlodi, bizni doim duo aylab,
Qilib tahsil ulumlarni fununa yaxshi yor o’lsun56.
A. Qodiriyning «To’y» she’rida ham agar boylarni boyligi oshib-toshib ketayotgan bo’lsa, hadeb xo’jako’rsinga katta-katta to’ylar qilavermasdan, balki maktab-maorif ishlariga yordam ko’rsatsinlar, degan g’oya ifoda etiladi.

Yüklə 260,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə