Мундaрижa



Yüklə 260,5 Kb.
səhifə10/19
tarix11.12.2023
ölçüsü260,5 Kb.
#146215
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
4.XIV ASRDAN XX ASRNING 90-YILLARIGACHA BO’LGAN DAVRDA TARBIYA, MAKTAB VA TA’LIM TIZIMI

«Ovro’pa va Omriqo xalqlari havoda uchar, dengiz ostida suzar, dunyoning eng narigi burchaklari bilan vositasiz xabarlashar, bir holg’a, bir madaniyatga etishdilar»43, deganda xalqimizni kallavaram bo’lib qolmaslikka, umumjahon madaniyati yutuqlaridan bahramand bo’lishga undagan edi. U o’z xalqining hur, millat sifatda shakllangan, ijtimoiy-siyosiy jihatdan barkamol bo’lishini orzu qilgan va shu yo’lda istiqlol uchun kurashgan edi. Uni mana shuning uchun ham qurbon qilishdi.
Munavvar qorining pedagogik qarashlariga to’xtaladigan bo’lsak, insonlarni faqat olijanob fazilatlarga, yoshlarni esa halol mehnat qilishga, ilm-ma’rifat va kasb-hunar o’rganishga, rostgo’y bo’lishga chorladi. Masalan: «Bizda hamiyat» hikoyasida bayon etilishicha, yo’lda suhbatlashib turgan ziyolilar oldidan ko’zi ojiz etim bola chiqib qolib, ulardan sadaqa. so’raydi. Ulardan biri achchiq til bilan ishlash, o’qish kerakligini uqtiradi. Bola ojiz va majolsiz ekanini aytadi, shunda boyagi ziyolilardan biri o’zining jahldorligini fosh etib, jahl bilan: «Ovro’paliklar ko’r, quloqsiz kar va hokazo o’qimog’i mumkin bo’lmagan insonlarga maxsus maktablar ochganlar va u maktab-dardan ko’r, karlardan o’qib chiqqan insonlarniig had va hisobi yo’q, sen ham shundog’ maktabda o’qshi», deydi. Bola ziyolining nodonligi va jaholatparastligini shunday go’zal iboralar bilan fosh qiladi! «Siz bu so’zlaringizni qaysi erda so’zlayursiz? Berlindami, yo Londondami, o’zingizni zan etarsiz... aqlingiz qaerda?
«O’z qilmishidan mulzam bo’lgan ziyolining chehrasi burishadi. Do’stlaridan arazlaydi». Murabbiy Munavvar qori asar qahramoni tilidan gapirib, haqiqiy, ya’ni madaniyatli va aql-farosatli, ziyoli qanday bo’lishi kerakligi haqida shunday deydi: «Ziyoli millat, Vatan nima ekanini bilur va ziyoli millat uchun jonini, molini fido etar va millatning taraqqiysi uchun doimo harakat etar. Vaqti kelganda millat uchun o’zini halokat kartasiga tashlamoqqa muhayyo bo’lur...
Millat, vatan, madaniyat... shunga o’xshash so’zlarni bilmak bilan ziyoli bo’lmaydir»44.
Munavvar qorining «Tug’ishganlik sevgisi» hikoyasida mardlik, insof, diyonat, mehr-oqibatlilik, «Dev pechka» hikoyasida esa mehnatsevarlik, bugungi ishni ertaga qo’ymaslik, ota kasbini o’rganish va uni e’zozlash kabi g’oyalar ilgari suriladi. «Qullikka qanday tushdi?» hikoyasida esa bolalarga xushfe’l, rostgo’y, savodli bo’lishga, yoshlikning qadriga etish to’g’risida pandu nasihatlar qilinadi. Zero, Munavvar qori o’z asarlarida targ’ib qilgan tarbiyashunoslikning bunday dolzarb masalalari bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q, albatta.
Toshkentdagi jadidlar harakatining faol vakillaridan biri SAIDRASUL

Yüklə 260,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə