Мундaрижa



Yüklə 260,5 Kb.
səhifə8/19
tarix11.12.2023
ölçüsü260,5 Kb.
#146215
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
4.XIV ASRDAN XX ASRNING 90-YILLARIGACHA BO’LGAN DAVRDA TARBIYA, MAKTAB VA TA’LIM TIZIMI

O’g’il meniki, sizga nima? O’qiganni biri siz, emoqqa noningiz yo’q, bu holingiz ila menga nasihat qilursiz. Xayrullah mehmonxonani qulfla, uyqum keldi...”. Bu satrlarda Boyning maktab-ma’rifat, ta’lim-tarbiya ishlariga tamoman yot bir unsur ekanligi ifodalangan. O’zida tarbiya bo’lmagan kimsa, birovga tarbiya berolmaydi, shuning uchun bolalar bilan birga, ularning ota-onalarini ham tarbiyalash zamonaning eng katta muammosi sifatida kun tartibiga qo’yiladi. Bu jihatdan asardagi Domla obrazi ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Domla Boydan nihoyatda ranjib, oxiri uning huzuridan ketayotganida yoshlar tarbiyasiga oid fikrlarini shunday izhor etadi: “O’qimoq va mullo bo’lmoq uchun pul kerak, badavlatlarimiz xoli bul, bas, bu ketish ila navzambilloh dunyo va oxiratda rasvo bo’lurmiz, o’qimoq barcha musulmonga, erkak va xotin bo’lsin farz edi. U qayda qoldi? Oh, voy, bizni holimizga.... Boy, men sizga amri ma’ruf etdim va menga shariat bo’yicha lozim bo’lgan ishni bo’ynimdan soqit qildim. Insholloh, mo’ylab chiqarib alifni tayoq demay turgan o’g’lingiz xoyo holatini ko’rarmiz va ham o’qitmaganingiz uchun gunohkor bo’lursiz”.27 Domlaning qanchalik haq ekanligi asar xotimasida Toshmurod va Boy hayotining fojiali yakunida ko’rsatilgan.
Behbudiy Turkiston aholisi orasidagi kaltabin, o’jar, o’zbilarmonlarni g’aflat uyqusidan uyg’otishga, ularni yangi zamon taqozosi bilan etuk shaxslar darajasiga ko’tarishga butun qobiliyatini sarflaydi. Zotan u millatni halokatdan saqlab qolish, qaramlikdan qutqarishning yagona yo’li shu deb biladi. Boy singari kattalarda ko’ringan nuqsonlar ularning bolalariga ham yuqub borayotgani Behbudiyni va butun jadidlarni tashvishga soladi. Bu jihatdan “Padarkush” dramasidagi Ziyoli obrazi va uning faoliyati, ayniqsa, katta ahamiyat kasb etadi. Ziyoli Domlaga nisbatan ilg’or mulohazalarni bayon qiladi. Ziyoli evropacha ta’lim olgan, uning tashqi qiyofasi, kiyim-kechaklari, gapso’zlari ham yangicha, zamonaviy ruhni ko’rsatib turadi. U Domlaning fikrmulohazalarini yanada kengroq ko’lamda davom ettiradi. Shariatda ta’kidlangan ilmma’rifatga oid aqidalarni ham hozirgi dunyo miqyosida rivojlanib borayotgan aniq fanlar, madaniy taraqqiyot haqidagi ma’lumotlarni ham ancha chuqur bayon qilishga intiladi. U bildirgan mulohazalar ham Boyga ta’sir ko’rsatmaydi. Ziyoli o’z mulohazalarida Turkistonda milliy maktablarni rivojlantirish, shunga yarasha o’qimishli fuqarolarni ko’paytirish uchun, avvalo, bolalarni ilm-ma’rifatli qilib tarbiyalash lozimligini tushuntiradi.
Ziyoli mulohazalarida Behbudiy va butun jadidchilik oqimining yoshlar tarbiyasiga oid, ilm-ma’rifat, ta’lim maktab-maorif haqidagi qarashlari to’liq ifodalangan. Binobarin, unda fuqaroni g’aflat uyqusidan uyg’onishga da’vat o’z ifodasini topgan. Uning so’zlaridagi yoshlarni dastlab milliy maktabda xat-savodini chiqarish, ularga diniy ilmlarni o’rgatish, o’z milliy urf-odatlarimizni singdirish, undan keyin Frantsiya, Amerika, Istambul singari rivojlangan mamlakatlarining oliy o’quv yurtlariga yuborib o’qitish, fan-texnika, iqtisod, huquqshunoslik singari muhim siyosiy ilmlarni egallashga erishish masalalariga oid fikrlar hamon e’tiborni jalb etadi.
“Padarkush” asarida mustamlakachilik siyosati tufayli mahalliy aholi va ayniqsa, yoshlar o’rtasida ichkilikbozlik, maishiy buzg’unchalik tarqala boshlagani ham ko’rsatiladi. Liza singari rus ayollari mahalliy millatga mansub yoshlarni ko’plab ergashtira boshlagan, bunday buzilishlar yoshlar tarbiyasini izdan chiqarib, ularni halokatga surgab borayotgani Behbudiy singari tarbiyachilarni tashvishga soladi. Bir to’da yoshlar – Tangriqul, Davlat, Nor va shular bilan birga Boyning o’g’li Toshmurod pivoxonada ichkilikbozlik qilib o’tirishadi. Qadah ko’tarib, og’izlaridan “bodi kirib – shodi chiqib” turadi. Mast-alast holda hech kimdan tortinmay, ko’ngillariga kelgan bema’ni, beparda gaplarni aytishadi, “oh, Lizaxon qaydasan!” deb baqirishadi.... Toshmurodni maqtashib, uning salomatligiga ketma-ket ichishadi. Unga yasama muomala qilib, yolg’ondan “Boyvuchcha, Boyvuchcha!” deyishib, Toshmurodni battar gerdaytirib yuborishadi. Yoshlar tarbiyasining buzilayotgani Lizani qiziqtirmaydi. Bolalar Liza talab qilgan pulni topish uchun o’g’rilik qilishadi: bezori, ichkilikboz Nor, Davlat, Tangriqullar maslahatlashib, Boyning boyligini o’g’irlashga boshchilik qilishni Toshmurodga uqtirishadi. Bu erda gap shundaki, Behbudiy har bir bola o’z ota-onasi, oilasiga dushman demoqchi emas, ota-ona bilan bola o’rtasiga rahna solish maqsadi ham yo’q. Uning asosiy maqsadi, odamlarda ilmsizlik, o’qimaslik, savodsizlik orasida kelib chiqadigan johillik va ongsizlik tufayli ro’y beradigan jinoiy ishlarga qarshi nafrat uyg’otish, ularni bundan ogohlantirishdir. Boy, agar Ziyoli va Domla so’zlariga amal qilib, o’z bolasini qunt bilan o’qitgan-da, Toshmurod, avvalo, yomon doiraga – Nor, Davlat va Tangriqullarga qo’shilmas, Lizaga ham duch kelmasdi.
Toshmurod Tangriqulni kechasi o’z uyiga boshlab keladi. Davlat bilan Nor ko’chada poyloqchilik qilishadi. Uylarning eshigini ochib, otasi yotgan xonaga kirib, uning boyliklari, pullari solingan sandiqni ochib, hammasini olishadi. Otasi uyg’onib qolganini ko’rgan Toshmurod to’pponchadan tepaga qarab o’q uzadiki, uy egalari qiychuv bo’lib qolishadi, qo’ni-qo’shnilar ham yugurishadi... shu orada Tangriqul Boyga pichoq urib o’ldiradi, Toshmurod bilan birga uydan qochib chiqishadi, yana Davlat, Nor hammasi birgalashib, maishatni davom ettirishadi. Liza ham bularga qo’shilib o’tiradi. Toshmurod ham go’yo hech narsa bo’lmaganday, yana kayf-safoda... Ulfatlar yanada ko’proq ichishadi, endi Lizaning salomatligiga – “ura-ura” deb qadah ko’tarishadi. Ayni shu paytda tashqaridan shov-shuv eshitilib, mirshablar bostirib kelishadi. Liza qochib qoladi. Toshmurod, Davlat, Tangriqul va Nor qo’lga olinib, qamaladilar”. (“Padarkush”, 153-154-betlar).
Asarda Ziyoli bunday fojiadan qutilish yo’llari haqida o’z mulohazalarini shunday bayon etadi: “Ilm va tarbiyasiz bolalarni oqibati shuldir. Agarda bularni otasi o’qitsa edi, bu jinoyat va padarkushliklardan sodir bo’lmas va bular ichkilikni bo’yla ichmasdi, xun begayri haqqin qilmas edi. Umri boricha Sibirga va qiyomatga jahannamga qolmas edi”. (“Padarkush”, 153-154-betlar).
Behbudiy ta’lim-tarbiyasi buzilgan bolalar tufayli hayotda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan fojialar dahshatini iloji boricha kishilar qalbiga chuqurroq ta’sir ettirish niyatida Boy boyligining talon-taroj bo’lishiga, o’ldirilishiga o’z bolasi boshchilik qilganligini tasvirlaydi. Sodir bo’lgan jinoyatning ikki dunyodagi oqibotlarini ham izohlab o’tadi.
Hayoti Sibirda chirisa, oxirati do’zaxga mahkumligini ochiq aytadi.
Ziyolining keyingi so’zlarida Behbudiy mustamlakachilar keltirgan va
keltirayotgan salbiy ta’sirlardan qutilish uchun ham aholi saviyasini ko’tarish, o’zligini anglashga o’rgatish lozimli-gini uqtiradi: “Bizlarni – deydi u, – xonavayron, bachagiryon va bevatan va bandi qilg’on tarbiyasizlik va jaholatdir; bevatanlik, darbadarlik, asorat, faqir va xorliklar hammasi ilmsizlik va betarbiyalikning mevasi va natijasidir...
Modomiki, bizlar tarbiyasiz bolalarimizni o’qitmaymiz, bu tariqa yomon hodisalar va badbaxtliklar oramizda doimo hukmron bo’lsa kerak. Bu ishlarni yo’q bo’lmog’iga o’qimoq va o’qitmoqdan boshqa iloj yo’qdur. Alloh tao-lo boshqalarga hajmi ibrat va sizlarga sabr bergay” (“Padarkush”, 155-bet).
Oxirgi jumlalardagi “o’qimoq” va “o’qitmoq” so’zlariga e’tibor berilsa, ta’limtarbiya ishlari faqat yoshlar o’rtasida emas, shu bilan birga, kattalar (ota-onalar) o’rtasida ham olib borilishi lozimligi ta’kidlanadi.
Behbudiy yoshlar ta’lim-tarbiyasi haqida nima ish qilgan, qanday faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, hammasini, asosan, turkiy xalqlarning kelajagini porloq, o’zlarini mustaqil, vatanni obod, el-yurtni qaramlikdan ozod etish uchun qilgan. Turkistondagi barcha ota-onalarni ham, ularning farzandlarini ham shu ruhda tarbiyalashni ko’zda tutgan.
Behbudiy chor Rossiyasiga qaramlikdan qutulmoq, mustaqillikka erishmoq uchun savodxon bo’lmoq darkorligini alohida ta’kidlar, buning uchun ma’rifat o’choqlari bo’lmish yangi usul maktablarini ko’paytirish, maktab va madrasalarda esa diniy bilimlar bilan birga tabiiy fanlarni ham xuddi Ovro’pa mamlakatlaridagi saviyada o’qitish g’oyasini targ’ib qiladi: «...Yahudiy, armani va boshqa ajnabiylarga poymol bo’lishimiz yillarning o’tishi bilan lozim keluvchi bir amri tabiiydir. Zamonamizning ilm va fanidan, ilmi di-nimiz ila birga o’qib o’zimizni din va millatimizni hifz etmak kerak va illo Ovro’pa ashyoniy nafisasi kasabalarimizni va Ovro’pa siyosiylari vujudimizni bo’lib yuboradilar...

Yüklə 260,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə