Мундaрижa



Yüklə 260,5 Kb.
səhifə4/19
tarix11.12.2023
ölçüsü260,5 Kb.
#146215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
4.XIV ASRDAN XX ASRNING 90-YILLARIGACHA BO’LGAN DAVRDA TARBIYA, MAKTAB VA TA’LIM TIZIMI

Ikkinchi sifat: «Men har doim Islomga qat’iy rioya qildim va Alloh Taoloning amri bilan ulug’langan shaxslarga-hurmat bilan qaradim».
Uchinchi sifat: «Men kambag’allarga ko’p xayr-ehson qildim. Har mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar to’g’ri hal qilishga butun jahdimni sarf qildim».
To’rtinchi sifat: «Xaloyiqqa rahm qildim, barchaga naf’ etkurdim. Bunda birovga nohaq ozor etkazmadim va mendan yordam so’rab kelganlarni ko’kragidan itarmadim. Qur’ondagi parvardigorning Allohning amriga bo’ysunish va xalqiga shafqat qilish darkor, degan oyatini o’zimga farz bilib, uqib oldim va umr bo’yi barcha yumushlarimda unga amal qildim».
Beshinchi sifat: «Islomga taalluqli ishlarni men har doim kundalik va dunyoviy ishlardan ustun qilib keldim. Avval tangriga itoatni ado etib bo’lgandan keyingina kundalik ishlarga qo’l urdim».
Oltinchisifat: «Barcha so’zlarimda doim haqiqatgo’ylikka amal qildim. Bu dunyo va u dunyo haqidagi eshitganlarimdagi haqiqatni yolg’ondan ajrata bildim».
Ettinchi sifat: «Men har kimgaki, va’da bersam, unga vafo qildim. Hargiz va’daga xilof ish qilmadim. Men doimo va’dalarimni aniq bajarsam, shundagina odil bo’lishimni va kimsaga jabr etkazmasligimni angladim».
Sakkizinchi sifat: «Doimo o’zimni Allohning erdagi mulkining posbon deb bildim va parvardigorning iznisiz uni sarf etmadim. Tangrining irodasisiz uning bandalarining hech biriga zarar etkazmadim. Oliy martabadagilarga ham, fuqaroga ham birdek xayriya qilishga intildim. Men hech qachon bi-rovning mulkiga ega bo’lishga intilmadim va, shuningdek, hech qachon ko’proq boylik orttirishga harakat qilmadim. Hech qachon birovga hasad bilan qaramadim. Bu borada Amir Husayn bilan bo’lgan voqea menga ibratli bo’ldi. O’z fuqarolarining mol-mulkiga nisbatan ochko’zligi pirovardida uni halokatga olib keldi».
To’qqizinchi sifat: «Men har doim tangrining amrini va uning payg’ambar Muhammad (s.a.v.)ning hadislarini to’la ado etishga intildim. Barcha qilmishlarimda shariat yo’sunlariga butkul amal qildim va nopok ishlardan butun vujudim bilan o’zimni tiydim. Payg’ambar va uning sahobalarini o’zimning yagona va eng yaxshi do’stlarim deb bildim».

Yüklə 260,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə