Мундaрижa



Yüklə 260,5 Kb.
səhifə7/19
tarix11.12.2023
ölçüsü260,5 Kb.
#146215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
4.XIV ASRDAN XX ASRNING 90-YILLARIGACHA BO’LGAN DAVRDA TARBIYA, MAKTAB VA TA’LIM TIZIMI

Bu madaniyatdagi mustamlakachilikka qarshi mustaqillikka xalq ongini oshirish, o’z ahvolini yaxshilashga intilishning ko’rinishlaridan edi".23 Jadidchilikning asosiy mohiyati millatni koloqlik, xurofot botqog’idan chiqarishga qaratilgan.
Qoloqlik va turmushdagi konservatizm bilan kurash, milliylikni saqlagan holda, kundalik turmushdan tortib xamma-sohalarda-maorif, ta’lim-tarbiya, meditsina, madaniyat va sanat, fan-texnikaning yangi turlarini joriy etish, aholiga tarixiy ongni, milliylik va milliy faxr-iftixorni kuchliroq singdirish jadidchilik harakati asosiy maqsadining muhim tamoyillaridan bo’lib hisoblanadi. Jadidlar milliy-g’oyasining asosini Turkiston xalqlarini mustaqillikka erishish uchun birlashtirish tashkil etganligini alohida ta’kidlashga to’g’ri keladi.
Jadidlar, ma’rifatparvarlar millat so’zini xalq ma’nosida qo’llaganlar. Ular mustamlakachilik zulmi ostida ezilib kelayotgan xalq ommasining ijtimoiy axvoli nochorligini, erli aholining g’aflatda kolganligini tushunib, uni ma’rifatga, bilimga, undadilar.57
Mustamlakachilik zulmidan qutilmoq, qo’lni kishandan ozod qilmok, bo’yin egib, tobe bo’lib yashashdan xolos bo’lib, hur va erkin yashamoq uchun birinchi navbatda milliy ruh milliy e’tiqod, ko’p asrlik milliy an’analar va kadriyatlar, milliy hamkorlik va hamjihatlik zarurligini qayta-qayta uqtirdilar. Behbudiyning ta’kidlashicha, "Agarda biz Turkiston musulmonlari xohlasakki, din va millatimizni ittifoq etib, bugundan islohotga, ittifoqqa qadam qo’ysak, ziyoli va taraqqiyparvarlarimiz, boy va ulamolarimiz birlashib, din va millat, vatan rivoji uchun xizmat etsak, shunda biz boshqalarga karam bo’lmaymiz". Jamiyat va millatning taqdiri, milliy ahillik, hamkorlik va hamjihatlikda ekanligi haqidagi g’oya ma’rifataparvar jadidlarning falsafiy karashlarida muhim o’rin tutgan.
XX asr boshidagi ma’rifatparvarlar boylik uchun, shon-shuhrat orttirish uchun maydonga chiqishgan emas. Ular istibdodga qarshi kurashdilar, mustaqillik yo’lida fidoiylik ko’rsatdilar. Turkiston xalqlarining haq-huquqlarini himoya qildilar. O’z hisoblaridan sarf-xarajat qilib maktablar, kutubxonalar, qiroatxonalar, teatrlar, gazetalar tashkil etdilar, ko’llanmalar nashr etdilar, xalqlarning daqqat-e’tiborini ilm-ma’rifatga,
Sharq va G’arb olamidagi yangiliklarga jalb etdilar.
Ularning asarlari millat dardi va xasrati, Vatan ishqi, Vatan taqdiri, Vatan ozodligi va mustaqilligi tuyg’ulari bilan chuqur sug’orilgan. Jadidlar taraqqiyotga fakat tinchlik yo’li bilan, parlament orqali erishishni lozim topganlar. O’zbek xalqining tinchtotuvlikka intilishi va o’ziga xos milliy mentaliteti, xususiyatini xisobga olgan holda, ular tinch yo’l bilan petitsiyalar, namoyishlar uyushtirishar, davlat Dumasida ochiq chiqishlar, turli-tuman ruxsat etilgan vosita va imkoniyatlardan foydalanib, chor xukumatidan o’z xalqi manfaati uchun siyosiy huquqlarni talab qilishga, Turkiston milliy taraqqiyoti uchun ob’ektiv hayotiy talablarga javob beruvchi imkoniyatni yaratishga harakat kilganlar Bu ham milliy g’oyaning bir xususiyati edi deyish mumkin. Qon to’kilishlar, harbiy qurolli to’qnashuvlarga qarshi bo’lsalar xam, jadidlarning shiori "Haq olinur, berilmas"dan iborat edi. Bu jumla o’zida faollik, shijoat va fidoyilikni ifoda etgan.24
Millatni ma’rifatli qilish, g’aflat uyqusidan ko’zini ochish, jaholatda qolib ketishga yo’l ko’ymaslik, zamon va dunyo voqealari bilan tanishtirib borish, shular asosida xalqning milliy mustaqilligiga erishish ma’rifatparvarlarning asosiy maqsadlaridan bo’lib hisoblanadi. “Tariximizning so’nggi yuz yildan ortiqroq davrida xalqimizning eng katta armoni bo’lib qolgan bugungi istiqlol kurtagi dastlab mana shu jadidlar ko’ksida nish urib etilgan edi.
XX asr o’zbek maorifi va madaniyati, qolaversa, bugungi mustaqillik tafakkurimiz, ehtimolki, shu jadidlar oldida burchlidir. "Usuli jadid", "usuli savtiya"nomlari bilan shuxrat topgan yangi maktabni Turkistonda shular tashkil qilganlar. Shular birinchi bo’lib zamonaviy oliy maktab g’oyasini ilgari surdilar, o’nlab jamiyatlar, shirkatlar uyushtirib, ular yordamida qanchadan-kancha yoshlarni taraqqiy qilgan Evropa mamlakatlariga o’qishga yuborishga muvaffaq bo’ldilar. O’zbek teatrining birinchi g’ishtini ko’ygan, nashru matbuotini boshlab bergan ham shulardir.
Jadidlar o’z hisoblaridan maktablar ochib, yosh avlodni istiqlolga tayyorladilar, she’r va maqolalar, sahna asarlari orqali milliy ongni shakllantirishga, milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini singdirishga urindilar.
XIX asr oxirlari va XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan jadidlik harakatlarining tepasida Maxmudxo’ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho’lpon, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Co’fizoda, Xamza, Sadriddin Ayniy, Tavallo singari xalqimizning o’nlab fidoiy farzandlari, shoiru adiblari, davlat va siyosat arboblari turgan edilar.
Turkiston jadidlarining otasi MAHMUDXUJA BEHBUDIY (1878-1919)
Turkiston yoshlarini ilm ma’rifatli qilish to’g’risidagi g’oyalarni targ’ib qilganda, u ikki toifadagi ma’lumotli kishilarni tayyorlashni nazarda tutadi: bir toifadagilar — diniy ma’lumotli kishilar bo’lib, ular millatning diniy murabbiylari sifatida islomning sofligini muhofaza qilishlari zarurligini, ikkinchi toifadagilar esa dunyovny bilim egalari bo’lib, ular ijtimoiy hayotda musulmonlar manfaatlarini himoya qilishlari kerakligi to’g’risida shunday deb yozadi: «Bularning (ya’ni o’sha joylarda o’qib kelganlarning — mualliflar ta’kidi), – Misrdan kelgani olimi dunyovi zamona bo’lib, din va millatimizni dunyo va oxiratda obod bo’lishimizga sabab bo’ladilar. Peterburgdagi tibbiyot, huquqiya, xikmiya, olimiya va adliya maktablarida o’qiganlarimiz tabib, muallim, ahli huquq va hokim bo’lib, davlat ishlariga va hukumat mansablariga aralashib, sizga naf etkurar. Bu ilmlardan o’qib, yuqorida bayon bo’lgan podsholik mansablariga kirib, din va millat, vatan va davlatga xizmat qilmoqni shariat aslo man qilmaydi».25 Behbudiyning bu qarashlari, ayniqsa «Padarqush» “Otasini o’ldiruvchi” pesasidagi ziyolining savodsiz boyga o’g’lini diniy va dunyoviy ilmlardan xabardor qilish borasidagi quyidagi nasihatlarida ochiq-oydin ko’rinadi:
«Biz musulmonlarg’a, alalxusus, bu zamonda ikki sinf ulamo kerakdir: biri ilmi diniy, digari olimi zamoniy, olimi diniy; imon, xatib, mudarris, muallim, qozi, mufti bo’lib, (ular) xaloyiqni diniy va axloqiy va ruhoniy ishlarini boshqarar.
Olimi zamoniy bo’lmoq uchun bolalarni avvaldan musulmoncha xat va savodini chiqarib, zarurati diniya va millatimiz tilini bildirgan so’ngra, hukumatimizni nizomli maktablariga bermoq kerakdir, ya’ni gimnaziya va shahar maktablarini o’qib tamom qilganlaridan so’ng Peterburg, Moskva dorilfununlariga yuborib, doktorlik, zakonchilik, injenerlik, sudyalik, ilmi sanoat, ilmi iqtisod, ilmi hikmat, muallimlik va boshqa ilmlarni o’qitmoq lozimdir.
Rusiya vataniga va davlatini bilfe’l (amalda) sherik bo’lmoq kerakdir va davlat mansablariga kirmoq lozim. Toki maishat va ehtiyoj zamoniyasi to’g’risida vatan va millati islomga xizmat qilinsa va ham davlati Rusiyaga sherik bo’linsa, hattoki shu tariqa Farangiston (Frantsiya), Amerika va Istanbul dorilfununlariga tajriba uchun yubormoq kerakdir. Hazrat payg’ambarimiz: ilm Xitoyga ham bo’lsa talab qilingiz, demadularmu? (Boy uyquda) Bu ishlar bo’lmas, magar pul ila va sizdek katta boylarni himoyatisiz. Chunonchi Kavkaz, Orenburg va Qozon musulmonlarini boy va ahli g’ayrati ilm yo’liga ko’p pul sarf etarlar va kambag’al bolalarini o’qitdirarlar. (Boyga qarab:) Albatta, so’zlarimga tushungansiz, janobi boy! Boy bobo!».26
Umuman, Behbudiyning “Padarkush” dramatik asarining asosini ma’rifatparfarlik g’oyasi tashkil etadi. Chunki Behbudiy xalq ta’limi, yoshlar va kattalar o’rtasidagi munosabatlarni o’ziga xos yo’l bilan badiiy ifoda etgan. Mazkur asarda ota-onalar bilan bolalar o’rtasidagi g’oyat jiddiy, nozik, qaltis munosabatlar ta’lim-tarbiyadagi bosh masala tarzida talqin etiladi.
Behbudiyning “Padarkush” asari Turkiston xalqlarining qalbini muttasil hayajonlantirib kelayotgan muammolarga bag’ishlanganligi va milliy o’ziga xos eng muhim xususiyatlarini o’z ichiga olganligi bilan jamoatchilik e’tiborini tortadi. Bunda oila tarbiyasida ota-onalarning o’rni haqida gap boradi. Behbudiyning pedagogik qarashlarida, maktab tarbiyasi bilan oila tarbiyasi uzviy birgalikda olib borilishi lozim, aks holda fojialar ruy beradi, degan g’oyani oldinga suradi. Maktab har qancha to’g’ri yo’l qo’rsatsa-yu, ota-onalar bolasini boshqa tomonga tortadigan bo’lsa, bola tarbiyasi tamoman izdan chiqadi, degan fikr-mulohazalar asardagi obrazlar faoliyatida ifoda etiladi.
“Padarkush” asaridagi voqea Boy bilan uning o’g’li Toshmurod (ota-bola) o’rtasidagi oddiy bir muloqotdan boshlanadi. Toshmurod:“Tomoshaga boraman, pul bering!” – deb otasi huzuriga kiradi. Boy o’g’liga pul beraturib, barvaqtroq kelishini aytib, kimlar bilan borayotganini so’raydi va “yomon joylarga” bormasligini ham ta’kidlab qo’yadi. Toshmurod otasidan va oldida o’tirgan “yangi fikrli domladan ham uyalmay – netmay: - “Xayr, xov ko’p gapurasiz-da” – deb otasini siltab chiqib ketadi. Toshmurodning otaga qilgan bunday odobsizligi Domla ta’bini xira qilib yuboradi. Domla Toshmurodning bu noo’rin xatti-harakatini ilmsizlik, ma’rifatsizlik oqibati deb biladi. Behbudiy o’z davridagi bolalarning ta’lim-tarbiyasi masalasi o’ylantiradi. U yomon tarbiyali bola butun oilani halokatga olib kelishini, bunga, avvalo, ota-onalarning o’zlari sabab bo’layotganini aytadi. Toshmurodning odobsiz bo’lib o’sishiga Boyning o’zi sababchi: uning odobsizligi, maqtanchoqligi, o’jarligi, mol-dunyoga o’chligi o’g’lini ham shu ko’yga soladi. Toshmurod o’n olti yoshga kirgan bo’lsa ham eski maktabga ham, yangi maktabga ham bormaydi, takasaltanglik, buzuqilik va maishat bilan kun kechiradi. Asarning ichiga chuqurroq kira borgan sari, bolaning otaga, otaning bolaga o’zaro juda mos, bir-biriga juda mutanosib, bir olamning ikki pallasiday o’xshash ekanini idrok etamiz.
“Padarkush” asarida biz ta’lim-tarbiyaning bosh maskani oila, ota-ona ekani haqida g’oyat muhim fikr borlig’ini sezamiz. Behbudiy bu asarda o’z g’oyalarini, ya’nita’limtarbiyaning buzilib ketishiga oilaning o’zi sabab bo’layotganini tomoshabin qalbiga chuqur singdirishga intiladi. Behbudiy aslida Turkiston halqining hammasini boy va badavlat qilish yo’llarini o’ylaydi. Ammo ommaviy farovonlikka erishmoq uchun ilmma’rifat va ta’lim-tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yish zarurligini tushunadi, fuqarolarning ma’naviy dunyosini boyitmay turib, moddiy boyligini oshirib bo’lmasligini tushunadi.
Buni biz Domla obrazida ko’ramiz Domla kuyib-pishib o’g’lini o’qishga berishga da’vat etsa-da, Boyga uning so’zlari ta’sir etmaydi, aksincha, Domlaning so’zini kesib, haqorat qilib, uyidan chiqarib yuboradi. Boy o’z davlatiga mahliyo bo’lib, odob-ahloq, ta’lim-tarbiya, jamiyat, fuqaro taqdiri, vatan, millat kelajagi to’g’risidagi tushunchalardan yiroq yuradi. “Ey Domla – deydi nihoyat g’azablanib Boy – Siz menga tahqiqchimi?

Yüklə 260,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə