Мундaрижa



Yüklə 260,5 Kb.
səhifə11/19
tarix11.12.2023
ölçüsü260,5 Kb.
#146215
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
4.XIV ASRDAN XX ASRNING 90-YILLARIGACHA BO’LGAN DAVRDA TARBIYA, MAKTAB VA TA’LIM TIZIMI

SAIDAZIZIY (1866-1933)ning ham ma’rifatparvarlik faoliyati jadid tarbiyashunosligi taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. U o’z muallimlik faoliyatini Shayxantahurdagi 1o’rus-tuzem maktabida, so’ngra Turkiston o’qituvchilar seminariyasida sart (o’zbek) tilidan dars berishdan boshlagan. Ana shu davrda Gramenitskiy va V.P.Nalivkinlar Saidrasul Saidaziziyga «Musulmoncha sinf»da o’zbekcha xat-savod o’rgatish yuzasidan darslik yozishni topshirganlar, 1992 yilning sentyabr oyida «Ustodi avval»ning birinchi nashri 3000 nusxada chiqqan, 2- nashri 1903 yilda bosilgan. Bu darslik 1917 yilgacha 17 marta nashr qilinib, Turkiston o’lkasida yuzlab yangi usuldagi «Usuli savtiya (tovush usuli) maktablari»ning ochilishiga sabab bo’ldi. Ushbu «Ustodi avval»ni o’qig’on yosh shogirdlar eski tartib birlan o’qishning azob va mashaqqatlaridan qutulib, tez fursatda muddaolarig’a va maqsadlarig’a, ya’ni qora xatni o’qimoq va yozmoq davlatig’a osonliq birlan etib, oz vaqtda bul Turkiston muzofotida turg’uvchi fuqarolarning aksarlari yozadurg’on va qora xatni o’qiydirg’on bo’lib qolsalar ajab emas, tub umid qilamiz45, – deb yozadi chimkentlik Umarjon Abdug’afur o’g’li.
Saidrasul Saidaziziyning «Ustodi avval» kitobi uch qismdan iborat edi: alifbo davri, alifbodan keyingi davr (bu bo’limda o’qish uchun ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati katta bo’lgan bolalarbop she’rlar, hikoyalar, masallar, maqollar berilgan), nihoyat, «Alifboiqur’oniy» qismida esa Qur’ondagi kichik-kichik suralar o’zbekchaga tarjima qilinib, o’zbekcha nutq tovushlari bilan asli arab tiliga xos nutq tovushlarini bir-biriga qiyoslab, ularning har birnni qanday to’g’ri talaffuz qilish zarurligi ham ko’rsatilgan. Kitobda material bayonida analitik-sintetik uslubga amal qilingan.
Tabiiyki, Saidrasul Saidaziziyning «usuli savtiya» maktabidagi ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarga dunyoviy fanlarni chuqur o’rgatish va ularda yuksar insonparvarlik hissiyotlarini shakllantirishni o’z oldiga asosiy vazifa qilib qo’ygan edi. Xullas, Sairasul Saidaziziy o’qitishni «usuli savtiya» usulining asoschisi va «Ustodi avval» darsligining muallifi sifatida o’zbek milliy maktabi tarixida, jadid tarbiyashunosligi va uslubiyati tarixida isloh yasab katta shuhrat qozondi.

Yüklə 260,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə