Mundarija



Yüklə 66,8 Kb.
səhifə4/7
tarix10.04.2022
ölçüsü66,8 Kb.
#85247
1   2   3   4   5   6   7
Mundarija

Xulosa


Milliy iqtisodiyot ko’plab o’zaro bog’liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo’lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Miliy iqtisodiyot rivojlanishi, uning barqaror o’sishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanoshini ta’minlash yo’lida bir necha strategiyalar qo’llanadi. Makroiqtisodiyot – iqtisodiyotni bir butun holda o’rganadi va ishsizlik, inflyatsiya, iqtisodiy o’sish, to’lov balansi barqarorligi, davlat budjeti, davlat qarzi kabi hozirgi zamon iqtisodiyotining muhim muammolarini tadqiq qiladi.

“Eng muhimi, mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida noreal raqamlar ortidan quvish, amalga oshmaydigan xomhayollarni haqiqat sifatida taqdim etishdek noma’qul ish uslubi tanqidiy qayta ko’rib chiqildi. Amaliy natijakorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati islohatlarning bosh maqsadi etib belgilansin”.6

Hozirgi zamonda davlat - milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish siyosati bilan shug’ullanishi mumkin va lozim bo’lgan yagona institutdir.

Makro va mikrodarajadagi raqobatbardoshlik ajratiladi. Milliy raqobatbardoshlikni mutaxassislar aholi turmush darajasini oshirishda va xalqaro iqtisodiy andozalarga amal qilishda milliy iqtisodiyotning boshqa mamlakatlarda ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlar bilan raqobat sharoitida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda iste’mol qilish qobiliyati sifatida ta’riflashadi.

Mikrodarajadagi raqobatbardoshlik omillarning ikkita guruhi bilan aniqlanadi: milliy kompaniyalarning rivojlanish darajasi, shuningdek, makroiqtisodiy biznesmuhitning sifati bilan. Forum ma’ruzasining mualliflari firmalar darajasidagi raqobatbardoshlikni to’rtta asosiy omil bilan bog’laydilar: resurslar, tashqi raqobat, talab, tarmoqlararo aloqalar.

Bunda firma ichidagi menejment, marketing, harakat strategiyasi («tadbirkorlik muhitining sifati») ham muhim hisoblanadi.

Jahon iqtisodiy forumining ma’lumotlariga asoslangan hisob-kitoblar shuni ko‘rsatmoqdaki, tadbirkorlik muhitining omillari umuman mamlakatlar bo‘yicha iqtisodiy o‘sish dinamikasiga eng katta ta’sir ko‘rsatdi (60 foiz)7.

Janubi-Sharqiy Osiyo YaSM (yangi sanoatlashgan mamlakatlari)ning tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ularning jadal iqtisodiy o`sishining muhim shartlaridan biri bo‘lib aynan davlat - biznes aloqasining mavjudligi hisoblanadi. M.Porterning ta’kidlashicha, firmalarning raqobat jihatdan ustunliklari va mamlakatning iqtisodiy o‘sishi darajasi o‘rtasida bog‘liqlik mavjud.

Tadbirkorlik muhiti tomonidan raqobatbardoshlikning eng muhim omillari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: ichki bozorda raqobatning jadalligi, axborot infratuzilmasining rivojlanishi, talab hususiyatlarining murakkablashuvi va ichki taklifning miqdor va sifat bo‘yicha talabga mosligi.

Raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari va bozor institutlarini shakllantirish hamda rivojlantirish jarayonlari bo‘yicha orqada qolish O‘zbekistonda ham kuzatilmoqda. Bunga barham berishda innovatsion tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirishga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ko‘mak asosiy rolni o‘ynashi mumkin.

Resurslar va daromadlarga bo‘lgan mulkchilikning nodavlat huquqlari institutini rivojlantirish uchun davlat har xil ma’muriy, byurokratik. to‘siqlarga barham berish ishlarini kuchaytirish lozim, bu mayda va o‘rta biznesni shakllantirish va rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik renta hajmini qisqartirish, tadbirkor insonlar muammolari va qiyinchiliklariga katta e’tibor qaratish, zarur moliyaviy va axborot muhitini yaratishni anglatadi. Aksariyat rivojlanayotgan davlatlardagi kabi respublikamizda ham hukumat tomonidan o‘rnatiladigan firmalarning bozorga kirib borishiga ruxsat berish va unda chiqish qoidalari ichki raqobat uchun asosiy institusional to‘siq hisoblanadi. Hukumatning me’yordan ortiq va qimmat turuvchi qoidalari ham korrupsiyaga ko‘maklashadi va resurslarni taqsimlash sohasida noqulay oqibatlarga olib keladi, chunki ular xodimlar va firmani norasmiy bozor sohasiga o‘tishga yoki mamlakatdan chiqib ketishga majbur qiladi. Uning o‘rniga bozorlarda raqobatni rivojlantirish zarur, bu uning barcha ishtirokchilari uchun imkoniyatlar tengligiga erishishga ko‘maklashadi.

Davlat iqtisodiy o‘sish uchun mas’uliyatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z zimmasiga olmasligi kerak - bu biznesning ishi. Davlat faqat xususiy investisiyaga ko‘maklashadi. Davlat yordami o‘zini o‘zi moliyalash asosida yoki loyihalarni amalga oshirish uchun biznesning javobgarligini nazarda tutuvchi boshqa shakllarda nisbatan katta bo‘lmagan miqdorda ko‘rsatiladi. Bunda moliyaviy yordam faqat har yili Rossiya korxonalarida ishlab chiqarilgan yuzlab eng yaxshi mahsulotni tanlab oluvchi tanlov singari oshkora tashkil etilgan tanlovda g’olib chiqqan da’vogarlarga ko’rsatilishi kerak.

Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish vazifalarini hal etish uchun uzoq muddatli rejada, jahon tajribasi ko’rsatib turganidek, kadrlarni tayyorlash va ular malakasini oshirishga, bilimlarni baham ko’rish va ITTKIni qo’llab-quvvatlashga hamda infratuzilmani rivojlantirishga investisiyalar davlat tomonidan tartibga solishning eng samarali choralari hisoblanadi.

Shu bilan birga, davlat siyosatida ustuvor yo’nalishlarni tanlab olish juda muhim. XX asrning 50-60-yillaridan farqli o’laroq davlat hozirgi sharoitda rivojlanishning uzoq muddatli ustuvor yo`nalishlarini o’zi belgilay olmaydi - tashqi muhitning ta’siri juda katta. Ustuvor yo’nalishlarni bozor shakllantiradi, davlatning vazifasi esa rivojlanishning bunday ustuvor yo’nalishlarini tezroq aniqlashga ko’maklashishdan iborat. Buni faqat biznes va o’z mintaqalarining rivojlanishidan manfaatdor bo’lgan mahalliy hokimiyatlar timsolida iqtisodiy agentlar bilan o’zaro hamkorlikda hal etishi mumkin.



Yüklə 66,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə