Mustaqil ish Bajardi: Izzatov T. Tekshirdi: Xujamov B. Mavzu: Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining asosiy yo’nalishlari. Institutsioanal iqtisodiyot Reja: Zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar



Yüklə 6,43 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü6,43 Kb.
#180365
Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining asosiy yo’nalishlari.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
Mustaqil ish
Bajardi: Izzatov T.
Tekshirdi: Xujamov B.
Mavzu: Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining asosiy yo’nalishlari.
Institutsioanal iqtisodiyot
Reja:
1. Zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar
2. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi va iqisodiy nazariyaning shakllanishi
3. Iqtisodiy ta’limotlar tarixining asosiy yo‘nalishlari.
Ko’rinib turibdiki, hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlari tobora chuqurlashib, nazariy masalalar hayot bilan chambarchas bog’liq bo’lib bormoqda. Xuddi shuningdek, iqtisodiyot fani uchun iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirish, programmalashtirish va modellashtirish, elektron-hisob mashinalar, kompyuterlar, informatika va kibernetikadan foydalanish asosida keng shakllantirish iqtisodiy siyosat masalalariga tobora yaqinlashib bormoqda va hozirgi davr ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarida ularning ahamiyati keskin o’sib bormoqda, shunga oid iqtisodiy tadqiqot va ta’limotlar ham ko’payib bormoqda.
Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining asosan uch yo’nalishini ajratish mumkin:
1. Neoklassik (yangi klassik).
2. Ijtimoiy-institutsional.
3. Keynschilik.
Neoklassik iqtisodiyot to’grisida fikr yuritib XX asrning 70-yillari iqtisodiy qarashlarda ikki yo’nalish paydo bo’lganligi qayd etiladi: 1) Keyns va keynschilik; 2) Marks g’oyalari. Ayniqsa neoklassik yo’nalishda matematik usullarning keng qo’llanilishi, talab, foydalilik, umumiy iqtisodiy muvozanat masalalarining yangicha tahlili yanada ilmiyroq bo’lib qoldi. A.Marshall, J.B.Klark, U.Jevons, L.Valras, V.Paretto tadqiqotlarida matematik elementlar «iqtisodiy tahlilning nozik metodlari» ga olib keldi. J.M.Keynsning tadqiqoti yuqori baholanadi, «Sey qonuni» ga ehtiyoj qolmadi, deb yozadi P.Samuelson. Keyns va Keynschilar ta’sirida «aralash iqtisodiyot» yaxshi faoliyat ko’rsata boshlaganligi ta’kidlanadi. 2-jahon urushidan so’ng ishlab chiqarish nihoyatda tez o’sganligi, aholi turmush darajasi oshganligi ta’kidlanadi.
Keynschilik — iqtisodiyot nazariyasidagi yetakchi yoʻnalishlardan biri, jamiyat hayotida bir qator makroiqtisodiy hodisalarning oʻzaro taʼsir koʻrsatishini tahlil qilish asosida bozor xoʻjaligi faoliyati mexanizmlarini sharhlaydi va davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi amaliyotini asoslab beradi. 20-asrning 30-y.larida paydo boʻldi. Asoschisi ingliz iqtisodchisi John Maynard Keynes. Keynschilikning asosiy tamoyillari uning „Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi“ (1936) asarida bayon etilgan.
V
Taniqli iqtisodchi olim J.K.Gelbreyt: «Amalda iqtisodiy g'oyalar o'z davri va vujudga kelish joyining mahsuli bo'lib, ular bilan chambarchas bog'langandir; bu g'oyalarni ular tushuntirib berayotgan dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash mumkin emas; bu dunyo esa doimo o'zgarishda bo'ladi, agar bu g'oyalar o'z maqsadlariga to'la javob berishni ko'zlasalar, doimo shunga mos ravishda o'zgarib turishlari kerak», deb yozgan edi.
Bu fan doim rivojlanishda bo'lib, bir-birini to'ldiruvchi evolyuцion (mavjud g'oyalarning yanada chuqurroq takomillashuvi) va inqilobiy (butunlay yangicha konцepцiyalar vujudga kelishi) yo'llari mavjud. Inqilobiy o'zgarishga misol sifatida A.Smit va uning izdoshlari g'oyalari, marjinalistik to'ntarish, yangi klassik yo'nalish (A.Marshall), J.M.Keynsning iqtisodiy qarashlarini keltirish mumkin. O'tish davri iqtisodiyoti bo'yicha g'oyalar hozirgi davrning muhim qarashlari majmuasiga kiradi va nihoyatda dolzarbdir, bu masala O'zbekiston misolida qarab chiqildi.
Taniqli davlat arbobi Uinston Cherchill (1874-1965) «Qaerga borishimizni bilish uchun, qaerdan chiqqan ekanligimizni bilishimiz kerak», deb aytgan edi. Bu g'oya nihoyatda ahamiyatli bo'lib, bosib o'tilgan yo'lni to'g'ri baholash va kelajak istiqbolni ko'zlash haqida gap boradi.
Iqtisodchilarning tadqiqotlaridagi asosiy bosh g'oya - jamiyat, insoniyat, ayrim shaxslarning boyligi masalasidir. Maqsad bir, lekin unga eltadigan yo'llar nihoyatda xilma-xil ekanligini ko'ramiz. Ilk kapitalistik munosabatlar vujudga kelgan davrgacha (XV asr) bo'lgan iqtisodiy g'oyalardagi umumiylik shuki, barcha donishmandlar va ularning yozgan asarlarida mehnat va er boylikning asosiy vositasi ekanligi turli yo'llar bilan talqin etiladi, ularda ishlab chiqarish sohasi asosiy deb hisoblangan.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Yüklə 6,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə