Mustaqil ish mavzu



Yüklə 54,25 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü54,25 Kb.
#136549
  1   2
2-mustaqil ish

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Bajardi




MUSTAQIL ISH


MAVZU: Nazorat sinovlari (test, topshiriqlar, loyihalar va bishqalar bilan ishlash)ni electron platform orqali bajarish shartlari, muammolar va yechimlar. Dedlaynga amal qilish. Plagiat haqida tushuncha, antiplagiat haqida huquqiy va me’yoriy hujjatlar. Mualliflik huquqi. Hammualliflik haqida tushuncha
Bajardi: BT 105-guruh talabasi N.M.Tursunxodjayeva
Tekshirdi: Sh.I.Nurmatova


2-MUSTAQIL ISH

Kredit-modul tizimi mazmunan talabaning ehtiyojlariga qaratilgan tizimdir. Shu sababli, rivojlangan davlatlar OTM larida talabalar bilan alohida bo‘lim (Registrator ofisi) shug‘ullanadi. Bu borada oldimizda turgan muammolardan biri - bu talabalar kontingenti bilan shug‘ullanuvchi dekanatlar, o‘quv bo‘limi, kadrlar bo‘limi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi, sirtqi bo‘lim, magistratura bo‘limi, doktorantura bo‘limi va qabul bo‘limi kabi ko‘plab bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirishdir. Ochig‘i, ushbu bo‘limlarda bir-birini takrorlovchi faoliyatlar mavjud. Ular asosida talabalar kontingenti bilan shug‘ullanadigan markazlashgan bo‘linma tashkil qilinishi maqsadga muvofiq.


Registrator Ofisining vazifasi - akademik taqvim tuzish va uning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish, qabul komissiyasining ishini tashkil qilish, fanlarga yozilishni tashkil qilish, guruhlarni shakllantirish, o‘qishga kirishda bilimlarini aniqlashni tashkil qilish va uni nazorat qilish, oraliq va yakuniy nazoratlarni tashkil qilish va o‘tkazish, yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish va o‘tkazishni nazorat qilish, talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivgacha saqlash, “Registrator” ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilash, transkriptni yuritish va unga talabalarning baholarini kiritish, tantanali marosimlarni tashkil qilish va o‘tkazish (bitiruvchilarning diplomlarini rasmiylashtirish va tantanali ravishda taqdim etish), talabalar kontingenti bo‘yicha statistika yuritish kabi vazifalardan iborat bo‘ladi.
Bu tuzilma kredit-modul tizimida talabaga qaratilgan bo‘linma bo‘lib, uni kredit-modul tizimiga to‘liq o‘tilgunga qadar vaqtincha dekanat va bo‘limlardan xodimlarni jalb qilish orqali tashkil qilish mumkin.
Kredit-modul tizimining amaldagi ta’lim tizimidan farq qiluvchi jihatlaridan yana biri shundaki, bunda fanlar modulli asosda tashkil qilinadi va o‘qitiladi. Ya’ni har bir modul (fan va uning bo‘limi) kirish nazorati, nazariy materiallar, amaliy va laboratoriya ishlari materiallari, mustaqil ish topshiriqlari, keyslar, nazorat materiallari, testlar, tarqatma materiallar, glossariy, adabiyotlar, chiqish nazoratlari va h.k. qismlardan tashkil topgan bo‘ladi.
Shu o‘rinda bitta muammo to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish zarur. Amaliyotda kuzatilishicha "toq fanlar" (ya’ni auditoriya soatlarining o‘quv haftalariga nisbati toq bo‘lgan fanlar) dagi toq soat odatda hafta oralatib (toq-juft) yoki semestrning birinchi yoki ikkinchi yarimlarida tashkil etiladi. Kredit-modul tizimida fan modulli tarzda tashkil qilinganligi uchun biror fan bo‘limi (moduli) yakunlanganidan so‘ng keyingi bo‘lim (modul) o‘tiladi. Shu sababli, kredit-modul tizimi uchun dars jadvallarini rejalashtirishda toq soatlarni hafta oralatib rejalashtirish maqsadga muvofiq.
Kredit-modul tizimining afzalliklari haqida gapirganda, albatta, uning imtihonni qayta topshirishlarga chek qo‘yishi va qayta topshirish o‘rniga qayta o‘qishga imkoniyat yaratib berishini ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir. Bu tizimda fanni birinchi urinishda topshira olmagan talabaga, keyingi semestrlar davomida va yozgi semestrda pullik to‘lov asosida qayta o‘qishiga sharoit yaratiladi. Bu jarayon talabalarning o‘qishga bo‘lgan mas’uliyatini oshiradi. Ularning professor-o‘qituvchilarning ortiqcha vaqtlarini olishlariga chek qo‘yiladi. Ilg‘or talabalarga semestr boshida ekstern imtihon topshirish orqali kreditlarni oldindan olish imkonini ham taqdim etish mumkin.
Kredit-modul tizimida pedagoglar lektor, tyutor (amaliy mashg‘ulot o‘qituvchisi), edvayzer, supervayzer, moderator kabi faoliyatlar bilan shug‘ullanishi mumkin. Shuningdek, pedagoglar turli komissiyalar (baholash, o‘quv rejani shakllantirish, ta’lim dasturlarini shakllantirish, fan dasturlari ishlab chiqish va h.k.) tarkibida faoliyat yuritishlari ham mumkin.
Plagiat so'zi lotin tilidan olingan plagium, bu “qullarni o'g'irlash yoki erkin odamlarni qul sifatida sotib olish yoki sotish bo'yicha harakatlar” degan ma'noni anglatadi. Bu so'z, o'z navbatida, yunoncha Tsioz (plágios) so'zidan kelib chiqqan bo'lib, “qiyalik”, “hiyla”, “aldamchi” degan ma'noni anglatadi.
Mualliflik huquqi bevosita “plagiat” atamasi bilan bog‘liqligini ko‘rish mumkin. Ushbu atama XVII asrning boshlarida ilk bor Yevropada qo‘llanila boshlagan. Rim huquqida “plagium” (so‘zma-so‘z tarjima qilinganda o‘g‘irlash) erkin kishini qonunga zid ravishda qul sifatida sotishni anglatgan. Dastlab adabiy asarlarni o‘g‘irlash — “plagium litterarium” deb, “adabiy o‘g‘ri” esa — “plagiator” deb nomlangan. Hozirgi kunda qo‘llanilayotgan “plagiat” atamasi esa frantsuzcha “plagiat” — “taqlid” ma’nosini anglatadi.
Plagiat o‘zganing asarini o‘zining nomidan nashr etishda, shuningdek, o‘zganing asaridagi muayyan qismlardan manbasini ko‘rsatmasdan foydalanishda namoyon bo‘ladi. Plagiatning majburiy belgisi – o‘zganing muallifligini o‘zlashtirib olish. “Plagiat” atamasini amaliyotda keng qo‘llanilayotgan “kontrafakt (soxta) nusxa” atamasidan ham farqlash zarur. Odatda “kontrafakt (soxta) nusxa” deganda intellektual mulk ob’ektiga nisbatan mutlaq huquq egasi (faqat muallif emas, balki ish beruvchi, asardan litsenziya asosida foydalanuvchi, patent egasi va shu kabilar)ning ruxsatini olmasdan undan tijorat maqsadlarida foydalanish tushunilsa, “plagiat” faqat o‘zganing muallifligini o‘zlashtirish, asarni o‘zining ijodiy mehnat mahsuli ekanini da’vo qilishda ifodalanadi.

Yüklə 54,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə