Mustaqil ish mavzu;davlatning makroiqtisodiy ko’rsatkichlariga pul-kredit siyosatining ta’siri


Pul-kredit siyosati rejimlaridan foydalanishning xalqaro tajribasi



Yüklə 489,29 Kb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü489,29 Kb.
#142771
1   2   3
MUSTAQIL ISH.pptx IQTISOD FANIDAN

Pul-kredit siyosati rejimlaridan foydalanishning xalqaro tajribasi
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar markaziy banklari tomonidan keng qo‘llanilayotgan usullar inflyatsion targetlash, monetar targetlash, valyuta kursini targetlash va nominal yakorsiz rejimlarni o‘z ichiga oladi.
Inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish vazifasi aksariyat markaziy banklar uchun bosh maqsad hisoblansa-da, yuqorida qayd etilgan uslublar asosan tezkor va oraliq mo‘ljallarga qarab farqlanadi.
Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning usul va mexanizmlari inflyatsion targetlash rejimiga o‘tishning ahamiyati

Monetar targetlash rejimi

  • Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning ushbu usulida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida pul agregatlari, rezerv pullar va pul massasi hajmlari o‘zgarishini nazorat qilish nazarda tutiladi.
  • Ushbu strategiyaning samarali qo‘llanilishi inflyatsiya ko‘rsatkichlari va pul agregatlari o‘rtasidagi mustahkam doimiy bog‘liqlik bo‘lishini talab etadi. Bunda inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga pul agregatlari hajmini maqbul darajada ushlab turish vositasida erishiladi.

Milliy iqtisodiyot xususiyatlarini inobatga olgan holda, pul-kredit siyosati rejimlarining o‘ziga xos jihatlari va ta’sirchanligi tahlili o‘rta muddatli istiqbolda Markaziy bankning ustuvor maqsadi sifatida narxlar barqarorligiga erishish vazifasiga inflyatsion targetlash rejimi juda mos kelishini ko‘rsatmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning tamoyil va usullarining inflyatsion targetlashga bosqichma-bosqich yo‘naltirish uchun zaruriy huquqiy asoslar va tayanch iqtisodiy sharoitlar yaratildi. Xususan, valyuta siyosatining liberallashtirilishi va bozor sharoitlarida almashuv kursining shakllanishini ta’minlash bo‘yicha choralar, Markaziy bankning ustuvor maqsadlari va amaliy mustaqilligini aniq belgilanishi, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning faol bosqichiga o‘tilishi, inflyatsiyani hisoblash va baholash usullarini takomillashtirilishi, shuningdek shaffoflikning oshirilishi va kommunikatsion siyosatning kuchaytirilishi kabi amaliy choralar inflyatsion targetlashga o‘tish uchun asosiy sharoitlarni yaratadi. Shu bilan birga, mavjud xatarlar va to‘siqlar inflyatsion targetlash rejimini joriy etish vazifasining bajarilishini qiyinlashtiradi.


Yüklə 489,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə