Mustaqil ish mavzusi: Trening Reja: 1


Rolli o’yinlar nima va kim tomonidan joriy etilgan?



Yüklə 27,21 Kb.
səhifə4/5
tarix25.03.2023
ölçüsü27,21 Kb.
#103177
1   2   3   4   5
Trening mustaqil ish 1.

Rolli o’yinlar nima va kim tomonidan joriy etilgan?

Treningda tanishuvli o’yinlar nima maqsadda qo’llaniladi ?

Biz o‘z hayotimizda o‘zimizga bog‘liq bo‘lmagan holda turli ijtimoiy rollarga duch kelamiz va o‘zimiz ham turli xil ijtimoiy rollarni bajarishga majbur bo‘lamiz. Masalan, er, xotin, ota, ona, o‘g‘il, qiz, yo‘lovchi, xizmatchi, talaba, do‘st, boshliq va h.k. Bular bizning faqat inson ekanligimizni anglatuvchi tushunchalargina emas, balki biz bajaradigan muayyan ijtimoiy rollar hamdir. Ulardan har biri o‘ziga xos ijtimoiy jihatlarga, huquq va burchlarga, xulq-atvor qoidalariga va normalariga ega
Trening jarayonida qo‘llaniladigan rolli o‘yinlar hayotiy vaziyatlar va munosabatlar modellashtiriladigan, maxsus tashkil qilinadigan o‘yinlar hisoblanadi. Ularning trening jarayonidagi maqsadi - shaxslararo munosabatlar harakterini anglatish va bu munosabatlarni yaxshilash ko‘nikmalarini hosil qilishdan iboratdir. Trening jarayonida rolli o‘yinlar ko‘pincha turli ijtimoiy rollarni bajaruvchi kishilar orasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish uchun taklif qilinadi. Rolli o‘yinlarda eng asosiysi - muloqot yoki munosabatdir. Bu jarayonda biz o‘z pozitsiyamizni o‘zgalarnikiga moslashtirish jarayonida munosabatlarning yangi usullarini ishlab chiqishimiz mumkin: bunda odatlanilgan xulq-atvorning yaxshi va yomon jihatlari yaxshiroq anglanadi yoki boshqa ishtirokchilar bilan bevosita muloqot jarayonida yangi xulq-atvor ko‘rinishlari shakllantiriladi.



Har bir guruh bilan olib boriladigan mashg‘ulot, qanday maqsadda o‘tkazilishidan qat’iy nazar, guruh a’zolari bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlari uchun ishtirokchilarning tanishishuvidan boshlanadi. Bu qismni o‘yin orqali tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. Tanishuv o‘yinlarii — guruhning barcha a’zolari o‘zlarini har jihatdan qulay, dadil tutishlari, shuningdek, o‘zaro ishonch hosil qilishlari uchun birinchi va eng muhim qadam hisoblanadi. Ishtirokchilar bir-birlariga notanish bo‘lgan guruhlarda guruh a’zolari birbirlari bilan muloqоtga kirishishlari oson bo‘lishi va bir-birlarining ismlarini eslab qolishlari uchun yordam beruvchi o‘yin o‘tkazish lozim. Bu borada keng tarqalgan va katta samara beruvchi o‘yinlardan biri — "Qor uyumi" shaklidagi o‘yinlardir. Ayniqsa, "Qor uyumi" шаклида ishtirokchilar faqat ismlarinigina aytish bilan kifoyalanib qolmasdan, тренингни 2-3-4 кунларида o‘zining holati, kayfiyati va hatto harakterini ham ifodalay olishiga imkon beruvchi шаклда танишув o‘yinlarининг o‘tkazilishi treningda juda yaxshi samara beradi. Bunday o‘yinlarga “Ismlar fazilatlar”, “Men hech qachon ... maganman”, “Mening kayfiyatim”, “Holatimning rangi” kabi o‘yinlarni kiritish mumkin



Yüklə 27,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə