Mustaqil ish mavzusi: Trening Reja: 1



Yüklə 27,21 Kb.
səhifə2/5
tarix25.03.2023
ölçüsü27,21 Kb.
#103177
1   2   3   4   5
Trening mustaqil ish 1.

2-chi rejani bajarish. Trening o’tkazishga qo’yiladigan talablar haqida nimalar bilasiz ?
Xona - har bir ishtirokchi xonada o‘zini erkin his etishi uchun lozim bo‘lgan barcha sharoitlarning bo‘lishi treningni samarasini ta’minlovchi omillardan biri hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda trening mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan joy shinam, keng, erkin harakatlanishga mo‘ljallangan, kerakli anjomlar bilan jihozlangan bo‘lishi tavsiya etiladi. Xonaning bir qismida dumaloq shaklda qo‘yilgan stullar, bir qismida yumshoq mebel o‘rindiqlari, 2-3 dona stol, akvarium, devorda 1-2 dona manzarali tasvir aks ettirilgan rasmlar, imkon darajasida gullar bo‘lishi tavsiya etiladi. Bulardan tashqari 40 mashg‘ulot jarayonida foydalanish uchun magnitofon, televizor, videopleer, proektor, kompyuter jihozlari bo‘lishi ham lozim. Xonada ishtirokchilarning orasiga to‘siq bo‘ladigan ortiqcha jihozlar (stol, stullar) bo‘lmasligi maqsadga muvofiqdir.
Vaqt- quyidagicha bo‘lishi maqsadga muvofiq:
1. Haftasiga 4-5 kun, bir kunda 8 soatdan mashg‘ulot o‘tiladi (orada 30 yoki 60 minut tanaffus beriladi). Bu eng samarali natija beradigan trening mashg‘uloti hisoblanadi.
2. Haftasiga 2-3 kun, bir kunda 4-5 soat mashg‘ulot o‘tiladi. O‘rtacha samarali natija beradi.
3. Haftasiga 1 kun, 3-4 soatdan mashg‘ulot o‘tkaziladi. Bunday davomiylikda tashkil etilgan trening mashg‘ulotlari kamroq samara berishi kutiladi.
Ishtirokchilar yoshi, jinsi- 8-10 kishidan 19-20 nafargacha bo‘lishi ma’qul variant hisoblanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, eng ideal, ya’ni trener uchun ishlash yengil va yuqori samaraga erishish mumkin bo‘lgan guruh 13-15 kishidan iborat bo‘lgan guruhdir. Buni shunday izohlash mumkinki, ishtirokchilar ko‘p bo‘lgan guruhlarda quyidagi istalmagan holatlar sodir bo‘lishi mumkin: vaqt ko‘p ketishi, zerikishning paydo bo‘lishi, o‘zaro ishonch muhitining tarkib topishi qiyinlashuvi, samimiylikning susayishi kabilar. Aksincha guruh a’zolarining soni (12 kishidan) kam bo‘lgan alohida guruhlarda esa ishtirokchilar bir-birlaridan tez zerikishlari ehtimoli mavjud. 13-15 kishilik guruhda esa guruh a’zolari va trener bir-birlarini tezroq tushunishi va ularning ahillashishlari oson kechganligi kuzatilgan.
Treningda ishtirokchilarning jinsi masalasi ham mashg‘ulot o‘tish va uning samarasiga ta’sir nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Trening guruhi tuzilish jihatdan geterogen (ikki xil jins) bo‘lishi kerakmi yoki gomogen (bir jinsli) bo‘lishi kerakmi degan savol mutaxassislarni qiziqtiradigan savollar sirasiga kiradi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, vazifasi emotsional qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lgan va bir xil jins vakillaridan iborat qisqa muddatli guruh ishtirokchilari 42 bir-biriga o‘xshashga intilishadilar hamda bu yaxshi natija beradi. Aksincha, maqsadi ishtirokchilarda shaxslararo o‘zaro tushunishni shakllantiruvchi uzoq muddatli trening guruhlarida turli jins vakillarining bo‘lgani yaxshi.

Yüklə 27,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə