Mustaqil ish reja: Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar


Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə3/3
tarix27.09.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#124053
1   2   3
Moliyaviy qarorlar

Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar
Asosiy vazifasi tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyat sub’ekti (boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyot sub’ekti) firma deb ataladi. Xuddi uy xo‘jaliklari kabi firmalar ham turli shakl va hajm (o‘lcham) da bo‘ladi. Bunda, bir taraf (qutb)da bitta odamga tegishli yoki oilaviy biznes hisoblangan ustaxonalar, do‘konlar va restoranlar tursa, ikkinchi taraf (qutb)da – yuzlab, ba’zida Mitsubishi yoki General Motors, Gazprom, Rosneft, “O‘zbekneftegaz” kabi minglab odamlar ishlaydigan, aksiyador sherik egalari ko‘p korporatsiyalar turadi. Firmalar darajasida moliyaviy qarorlar qabul qilish masalalari bilan shug‘ullanadigan moliya sohasi korxonalar moliyasi yoki korporativ moliya (business or corporate finance) deb ataladi.
Ona tilimizga “kapital” so‘zi nemischa “kapital” va lotincha “capitalis” so‘zlaridan kirib kelgan bo‘lib, so‘zma- Tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun har qanday firma, hajmi (o‘lchami)dan qat’iy nazar kapital7ga ega bo‘lishi kerak. Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar firmaning jismoniy kapitali hisoblanadi. Firmalarga jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlar moliyaviy kapital deyiladi. Bularni chizmali ko‘rinishda quyidagicha aks ettirsa bo‘ladi
Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ish- latiladigan boshqa zarur resurslar Jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aktsiyalar, obligatsiyalar, kreditlar va h.k.lar
Birinchi gal (navbat)da har qanday firma aynan qanday biznes bilan shug‘ullanishini belgilab olishi kerak va bu jarayon strategik rejalash-tirish deb ataladi. Strategik rejalashtirish vaqt omilini inobatga olgan holda xarajat va daromadni baholash bilan bog‘liq ekan, ko‘p jihatdan, uni moliyaviy qarorga kiritish mumkin.
Ko‘pincha, firma o‘zining mahsulot liniyasi (yo‘nalishi)dan kelib chiqqan holda asosiy yo‘nalishga ega bo‘ladi va shu bilan bir qatorda birinchisi bilan o‘zaro bog‘liq boshqa faoliyat bilan ham shug‘ullanadi. Masalan, kompyuter ishlab chiqaradigan firma o‘z faoliyatining ma’lum bosqichida kompyuterlarga xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan ham shug‘ul-lanishga ahd qilishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan kompaniyaning strategik maqsadlari o‘zgarishi, o‘zgarganda ham keskin o‘zgarishi mumkin. Ba’zi korporatsiyalar bir vaqtning o‘zida biznesning bir-biri bilan mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan sohalarida ishlashi uchrab turadigan hol. Bundan tashqari, shunaqasi ham bo‘ladiki, firma o‘zining dastlabki faoliyati bilan umuman shug‘ullanmay qo‘yadi, natijada firmaning nomi uning bugungi vazifalari va maqsadlariga mutlaqo mos kelmay qoladi.
so‘z “bosh”, yoki “asosiy” deb tarjima qilinsa-da, iqtisodiy nuqtai-nazardan, eng oddiy tarzda, quyidagi ma’nolarda ishlatilishi mumkin: a) o‘zini o‘zi ko‘paytirish uchun foydalaniladigan, o‘z egasiga foyda, daromad keltiradigan boylik (qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari, moddiy mol-mulk va sh.k); b) katta mablag‘, ko‘p pul, boylik; v) kimgadir katta boylik, qadriyat hisoblangan, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, ahamiyatga molik narsa.
Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə