Mustaqil ishi bajardi : Abdullayev Bekzod



Yüklə 87,12 Kb.
səhifə2/3
tarix10.05.2023
ölçüsü87,12 Kb.
#109504
1   2   3
statistika mustaqil ish

Mutlaq miqdorlar ifodalanishiga qarab individual va umumiy miqdorlarga bo'linadi. Birinchi tur miqdorlar boshlang'ich hujjatlarda qayd qilinadi. To‘plam birligi va yakka (individual) miqdorlar soni birbiriga tengdir. Masalan, respublikadagi har bir menejer, futbolchi. har bir fermerning oladigan daromad summasi yakka (individual) miqdorlarga misol bo‘la oladi.Ikkinchi tur, ya'ni umumiy miqdorlar to'plam birliklarining yig'indisini ta’riflaydi. Oldingi misolimizdagi barcha menejerlar , futbolchilar soni vah. k. Umumiy mutlaq miqdorlar o‘rganilayotgan jarayon va hodisalaming umumiy sonini, hajmini, qiymatini o'zida aks ettiradi Mutlaq miqdorlar natural, shartli natural va qiymat (pul) o‘lchov birliklarida ifodalanadi.

Nisbiy miqdorlar

  • Mutiaq miqdorlar hodisa va jarayonlarning miqdori. hajmi, va shu kabilar bilan tekshiruvchini tanishtirib boradiular umumlashtirish qudratiga ega, lekin ular orqali hodisa va jarayonlarning rivojlanish darajasini, o‘zgarishintensivligini xarakterlab bolmaydi. Masalan, Toshkent shahri mavjud aholisi 2014yil boshiga kelib 3.1ntln.kishiga yetdi deylik. Bu mutiaq miqdor oldingi yillarga nisbatan Toshkent shahri aholisi ko'payganligi yoki ozayganligi haqida bizga hech narsa ayta olmaydi va aytishi mumkin ham emas. Bu ishni nisbiy miqdorlar bajarad Ikki solishtirma mutloq miqdorni taqqoslash natijasida olingan natijaga nisbiy miqdor deyiladi.

Nisbiy miqdorlar turlari

  • Dinamika nisbiy miqdori 
  • Tuzilmaviy (struktura) nisbiy miqdori
  • Koordinatsiya nisbiy miqdori
  • Intensivlik nisbiy miqdori
  • Taqqoslash nisbiy miqdori 

 O‘rtacha miqdor 

  • Statistikada o‘rtacha miqdorlarning xilma-xil turlari va shakllari mavjud. Chunonchi, agregat (nozohir shaklli) o‘rtacha, o‘rtacha arifmetik, o‘rtacha geometrik, o‘rtacha garmonik, o‘rtacha kvadratik, o‘rtacha kubik, o‘rtacha xronologik va h.k. shular jumlasidandir. Bular bilan bir qatorda taqsimot qatorlarida o‘rtachaga o‘xshash funksiyani bajaruvchi o‘rta miqdorlar (varianta qiymatlari) ham bor. Bular moda, mediana va turli kvantililardan tarkib topadi. Ular qatorning tartibli yoki davriy o‘rta hadlari (miqdorlari) deb ataladi.

Yüklə 87,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə