Mustaqil ishi Bajardi: Jabborova Lolani Qabul qildi: Mavzu: Turkistonni oʻrgangan rus olimlarining asarlari



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə2/3
tarix29.03.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#84822
1   2   3
Turkistonni oʻrgangan rus olimlarining asarlari.

Vladimir Petrovich Nalivkin (1852.15.7, Kaluga - 1918.20.1, Toshkent) — tarixchi, sharqshunos, lingvist va pedagog.

1873-yil artilleriya bilim yurtini tugatgach, Turkistonda xizmat qilgan, Xiva va Qoʻqon yurishlarida qatnashgan. Qisqa muddat Namanganda harbiy boshliqning yordamchisi boʻlib ishlagan. Yerli aholining tili, turmushi va urf-odatlarini yaqindan oʻrganish uchun Nanay qishlogʻidan yer sotib olib, oilasi bilan shu yerda bir necha yil yashagan. Oʻzbek, tojik, arab tillarini puxta oʻrgangan.

Nanay Turkiston oʻlkasida ochilgan birinchi rus-tuzem maktabining dastlabki oʻqituvchilaridan boʻlgan, Toshkent oʻqituvchilar seminariyasida mahalliy tillardan dars bergan (1890-yilgacha). 1890—95 yillarda Sirdaryo, Fargʻona va Samarqand gubernatorining yordamchisi boʻlgan.

Akad. V. V. Bartoldnint taʼrificha, N. "ruslar orasida oʻzbek tili va turmushini eng yaxshi bilgan" olim edi. Uning xotini M. V. Nalivkina bilan birga yozilgan "Fargʻonadagi oʻtroq aholi ayollarining turmushiga doir ocherklar" hamda "Qoʻqon xonligining qisqacha tarixi" asarlari sharqshunos olimlar tomonidan yuqori baholangan.

Keyingi asar 1899-yilda Parijda fransuz tilida A.Dozon tarjimasida bosilgan. Bolsheviklar Taʼsis majlisini tarqatib yuborib, zoʻravonlik bilan hokimiyatni bosib olgandan keyin Nanay boʻlajak qatagʻonlar va vahshiyliklarni oldindan koʻra olgan. U 1918-yil 20-yanvarda Toshkentda bolsheviklar tuzumiga norozilik sifatida xotinining qabri ustida oʻzini otib oʻldirgan.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə