Mustaqil ishi Bajardi: Jabborova Lolani Qabul qildi: Mavzu: Turkistonni oʻrgangan rus olimlarining asarlari



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə3/3
tarix29.03.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#84822
1   2   3
Turkistonni oʻrgangan rus olimlarining asarlari.

Vasiliy Vladimir Bartold (3(15)-noyabr 1869-yil, Sankt-Peterburg — 1930-yil 19-avgust, Leningrad) — rus va sovet sharqshunosi, turkolog, arabshunos, islomshunos, tarixchi, arxivshunos, filolog; rus sharqshunoslik maktabining asoschilaridan biri. 

Sankt-Peterburg Fanlar Akademiyasi akademigi (1913-yilda), Imperator Pravoslav Falastin jamiyati aʼzosi. Brokgauz va Yefron ensiklopediyasi hamda „Islom ensiklopediyasi“ning birinchi nashri mualliflaridan biri.

Vasiliy Vladimirovich Bartold asli ruslashgan nemis birja brokeri oilasida tugʻilgan. 1887-yilda 8-Peterburg gimnaziyasini tamomlagan. Sankt-Peterburg universitetining Sharq tillari fakultetiga oʻqishga kirgan. 1891-yilda universitetni tamomlagan, 1892-yildan u yerda ishlagan. Otasining mablagʻlari Bartoldga oʻz taʼlimini davom ettirish, shu jumladan chet elda sayohat qilish uchun sarf-xarajatlarni qoplashga imkon berdi.

1899-yilda britaniyalik sharqshunos hamda numizmat Stenli Lan-Buletning „Musulmon sulolalari“ kitobi Bartold tarjimasida tarjimon tomonidan koʻplab tuzatishlar bilan nashr etilgan.

1900-yilda „Turkiston moʻgʻullar istilosi davrida“ (1 va 2-qismlar, Sankt-Peterburg, 1898-1900-yillara) nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib Bartold Sharq tarixi fanlari doktori ilmiy darajasini oldi.

Bartold 1926-yilda Bokuda boʻlib oʻtgan I Butunittifoq turkologik qurultoyining ishtirokchilari va tashkilotchilaridan biri edi.

Bartold Oʻrta Osiyoga birinchi marta 1893 yilda kelgan. Keyinchalik bir necha bor Toshkentda boʻlgan. Toshkentdagi Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi tashkilotchilaridan biri. U Fanlar akademiyasi sharqshunoslar kollegiyasining doimiy raisi, Turkiston xalq universitetining faxriy aʼzosi (1918-yilda), Turkshunoslik qoʻmitasining rahbari (1928–1930-yillarda).

Moddiy madaniyat tarixi Davlat akademiyasi raisi oʻrinbosari, „Eron“ ilmiy jurnalning muharriri. Bartold Yaqin, Oʻrta Sharq, ayniqsa Oʻrta Osiyo va Arab xalifaligi, islom tarixi, turkiy xalqlar tarixi, filologiya va etnografiyasi, Afgʻonistan, Eron, Zakavkazye va qisman Xitoy tarixiga oid asarlar yozgan. Nashr qilingan 685 asaridan 320 tasi Oʻrta Osiyo tarixiga bagʻishlangan. Bartold Shoʻro Sharqidagi xalqlarniig alifbosini arabchadan lotinchaga oʻtkazishda faol qatnashdi.

Biroq u Turkiston xalqi madaniyatini obyektiv va haqqoniy baholay olmadi, maʼlum darajada uni kamsitdi. Bu uning „Ulugʻbek va uning davri“ asarida aniq seziladi. Chunki Bartold Chor Rossiyasi mustamlakachiligining ideologi edi, u yevropaliklarning osiyoliklardan ustunligi gʻoyasini olgʻa surdi va shu ustunlikni ilmiy va mafkuraviy jihatdan asoslashga xizmat qildi.

Akademik V.V. Bartold 1930-yil 19-avgustda vafot etdi. Smolensk lyuteran qabristoniga dafn etilgan. 1963-1977-yillarda 9 jildlik asarlari toʻplami nashr etilgan.



XULOSA

Xulosa qilib aytish mumkinki, XIX asr oxiri XX boshlarida Turkistonda faoliyat yuritgan rus ilmiy jamiyatlari O‘rta Osiyo aholisining etnik tarkibi, etnologiyasi, etnopsixologiyasi, etnomadaniyati xususida talaygina ishlarni amalga oshirganlar.



Mazkur tadqiqotlarni sinchiklab tanqidiy holatda o‘rganish, bugungi kunda o‘lkamizning haqqoniy tarixini yoritish uchun o‘ziga xos omil bo‘lib xizmat qiladi.
Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə